Temuriylar davri me’morchiligi
Amir Temur va temuriylar davri
BUGUN DARSDA
- Temuriylar davri me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlari. • Oqsaroy qurilishi. • Binokorlik.
O‘ylab ko‘ring
Manbalarda
Hofizi Abru Samarqand haqida shunday yozadi: “Mahallalar, bozorlar, ko‘chalar va aksar xonadonlarda oqar suvlar bor. Qaysi joyga bormagin, katta hovlilarning birortasi hovuzsiz va daraxtsiz emas. Shu sababdan, (shahar) “Jannat ad-dunyo” (Dunyoning jannati) degan unvon olmish”.
Temuriylar davri me’morchiligining
Temur saltanat poytaxti Samarqandni obod qilishga alohida e’tibor berdi. Turli mamlakatlardan keltirilgan ustalar Samarqandni o‘z davrining eng go‘zal shahriga aylantirdilar. Me’morchilik obidalari asosan Samarqandda joylashgan.
Temur davrida Samarqand Afrosiyobdan janubda, mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandaq bilan o‘ralib (1371), “hisor” deb ataldi. Hisor 500 gektar bo‘lib, devor bilan o‘ralgan edi. Shaharga oltita darvozadan kirilgan.
Temur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug‘bek davrida gumbazosti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi.
Temuriylar davri me’morchiligining
Shahar mahallalardan iborat bo‘lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me’moriy majmualar shakllanishi Temur va temuriylar davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Me’morchilik taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga ularning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni yukladi.
Samarqandga kiraverishda Ko‘hak tepaligidagi Cho‘pon ota maqbarasi Ulug‘bek davrida qurilgan bo‘lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan.
Temuriylar me’morchiligi Saljuqiylar me’morchiligining o‘ziga xos jihatlaridan foydalangan. Murakkab chiziqli va geometrik naqshlarni tashkil etuvchi feruza va ko‘k plitalar binolarning fasadlarini bezagan. Ba’zan ichki qismi ham xuddi shunday bezatilgan.
Temuriylar davri me’morchiligining
Me’moriy bezaklar. XV asr
Oqsaroy qurilishi
Amir Temur qurdirgan me’moriy inshootlar ichida shubhasiz Oqsaroy eng yirik va nodir obida hisoblanadi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy, suls yozuvlari, koshinkor bezaklar, islimiy, girih naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag‘ishlagan.
Abdurazzoq Samarqandiyning yozishiga qaraganda, Amir Temur to‘rtinchi marta, ya’ni 1379-yili Xorazmga yurishidan qaytganidan so‘ng xorazmlik bir guruh kishilarni Keshga ko‘chirib keltirganligini qayd etadi. Ko‘chirib keltirilganlar orasida quruvchi usta, mutaxassis bunyodkorlar ham bo‘lganki, ular Amir Temurning buyrug‘i bilan Keshda yangi saroy barpo etish ishiga jalb qilinganlar. Oqsaroyning qurilishi 1380-yilning bahorida boshlangan. Jumladan, gumbazli arkni yasash va bezashda tosh kesuvchi usta Muhammad Yusuf Tabriziy ishtirok etgani gumbaz yozuvlarida saqlangan.
Oqsaroy qurilishi
O‘z davrida umumiy balandlik darajasi 70 metrdan balandni tashkil etgan Oqsaroy binosining hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan qismi 38 metrni tashkil etadi. 1404-yil avgustda Keshda bo‘lgan ispan elchisi Klavixo ustalar hanuz qurilish ishlarini davom ettirishayotganligini ta’kidlagan. Saroy hajmi jihatidan nihoyatda ulkan va mahobatli, o‘z davrining o‘xshashi yo‘q binosi bo‘lgan. Nizomiddin Shomiy o‘zining “Zafarnoma” asarida Oqsaroy haqida “Uning toq va ravoqlari ayiq yulduziga yetadi, binobarin, dunyoda unga teng keladigan narsani hech kim hech qachon ko‘rmagan va eshitmagan”, deya yuqori ta’rif bergan edi.
Ushbu me’morchilikning o‘ziga xos xususiyatlari muhtashamlik, ulkanlik, ko‘rinishning ko‘rkamligi va bezatishning yangi uslublaridan foydalanish kabilar edi. Oqsaroy peshtoqlarida sher bilan quyoshning juft tasviri ramziy ma’noga ega.
Oqsaroy qurilishi
Oqsaroyda 1973–1975-yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994–1996-yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan bo‘lsa, 2002-yilda YUNESKO homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u qayta ta’mirlangan.
Oqsaroy. Shahrisabz
Inshoot dastlab 70 metrdan balandroq bo‘lgan. Uning tom qismiga kichik hovuz qurilgan, undan quvurchalar orqali o‘tgan suv sharshara hosil qilgan. Saroy poydevorini bunyod etishda oltin qum ishlatilgan. Bino poydevori ancha chuqur qilib qurilgan.
Hozir saroyning faqatgina ulkan peshtog‘i, ikki chekkasidagi minorasi, poydevorining bir qismigina saqlanib qolgan. Oqsaroyning hozirgi ko‘rinishi ham salobatli va go‘zaldir. Bu salobatlilik va go‘zallikka g‘ishtlarning yaxlit bo‘lib ko‘rinishini ta’minlash – old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravog‘ining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshiqroqni tashkil etgan. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.
Oqsaroy qurilishi
Saroy qabulxonasi arkining kirish qismida sher va quyosh, Temur davlatining ramzi bo‘lmish uchta halqa shakli tasvirlangan.
Manbalarda
Klavixo Oqsaroyni ko‘rganida u hali qurib bitkazilmagan, ba’zi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, sayyoh juda hayratlanganini, saroy nihoyatda go‘zalligini kundaliklarida yozib qoldiradi.
Binokorlik
Temur va Ulug‘bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatlangan. Temur davrida qurilgan binolarda ko‘k va zarhal ranglar ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug‘bek davriga esa Xitoy chinnisiga o‘xshash oq fondagi ko‘k naqshlar xos.
Shahar markazidagi maydon qal’a bilan o‘ralgan. Suv ta’minoti ariqlar tizimi orqali amalga oshirilgan. Xonaqohlar sayohatchilar va savdogarlar joylashishi uchun qurilgan.
G‘isht terib, imorat qaddini bino qiluvchilar “banno”, peshtoq-u ravoq hamda toqlarga parchin va girihlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar “ustod” deyilgan.
Binokorlik
Jamoat binolari masjidlar, madrasalar, saroylar va karvonsaroylardan iborat bo‘lgan.
Amir Temur me’morchilikni yuqori darajaga ko‘tarish borasida muhandislar, me’morlar, bezak ustalari oldiga yangidan yangi vazifalarni qo‘yib, ularning mahoratlarini muntazam oshirib borishga katta e’tibor bilan qaradi. Masalan, Klavixoning guvohlik berishicha, Amir Temur Go‘ri Amir (Amir Temur) maqbarasi qurilishidan uncha qoniqmay, uning gumbazini qayta qurishni buyurgan. Shuningdek, Jome masjidi asosiy peshtoqi avval unga maqbul bo‘lmagan, so‘ng peshtoq ham qayta qurilgan.
Ulug‘bek rasadxonasi balandligi 31 metr bo‘lgan uch qavatli o‘ziga xos inshoot edi. Bino ichidagi hovli 50 metrga 55 metr o‘lchamda bo‘lgan. Temuriylar davriga xos bino kubik shaklidagi maqbara (chohartak) bo‘lib, bino ustida tekis, asosan ko‘k (feruza) gumbaz joylashgan. Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi gumbazining balandligi 44 metr, diametri 22 metr bo‘lgan. Temuriylar davridagi binolarning muhim qismi alohida ajralib turadigan peshtoq – ayvon edi.
Binokorlik
Bibixonim jome masjidining balandligi 33 metrga yetgan bo‘lsa, Oqsaroy binosi esa undan ham balandroq, ya’ni 70 metrdan ortiq edi. Asosiy qurilish materiali ganch ohak bilan mahkamlangan g‘ishtdir.
G‘isht gips bilan qoplangan. Mayolika gumbaz qoplamasi uchun ishlatilgan. Tashqi ko‘rinishni bezatishda plitkalar mozaikasi (moarrak) marmartoshlardan foydalanilgan. Binolar me’morchiligida balandligi 9 metr (eni 4 metr va chuqurligi 3 metr)gacha bo‘lgan qurilish uslubi amaliyotda kam uchraydi. Devorlarga gilamlar, kigizlar, qurollar osilgan. Derazalar rangli oynali vitrajlar va ochiq panjaralar bilan bezatilgan. Sun’iy yoritish uchun devorga bronza va oltin shamdonlar hamda qandillar o‘rnatilgan.
Binokorlik
Naqqoshlikda foydalaniladigan bezak turlari xilma-xildir. Xattotlikda kufiy yozuvidan keng foydalanilgan. Geometrik jihatdan girih, medalyon, spiral, romb va oltiburchak shakli qo‘llangan. Gulli usulda bezatishda poya va gullar bir-biriga bog‘langan holda bo‘lgan.
Qurilishda, asosan, feruza-ko‘k, bezatishda esa ko‘k-oltin ranglari ishlatilgan. Shuningdek, me’morchilikda yashil, qizil, sariq, qora va oq ranglar (ganch) mavjud.
Bu davrda peyzaj san’ati rivojlandi. Amir Temur bog‘lari Samarqand husniga husn qo‘shdi. Bog‘larda mevali daraxtlardan behi, o‘rik, shaftoli, olcha va gullardan binafsha, za’faron, lola va atirgullar ekilgan.
Binokorlik
Temuriylar me’morchiligi XVI–XVIII asrlarda Markaziy Osiyo, Hindiston va Eronda yangi shakllangan uchta me’morchilik maktabining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, ularda bir qancha umumiy rivojlanish belgilari kuzatiladi.
Bunda rivojlanayotgan savdo-sotiq, diplomatik aloqalar va hunarmandlar munosabati muhim rol o‘ynadi. XVII asr o‘rtalarida Buxorodagi Abdulazizxon madrasasining tashqi ko‘rinishi hind me’morchiligi manzarasi aks ettirilgan devoriy suratlar bilan bezatilgan. Bu ko‘rinish Agra shahridagi mashhur Tojmahal maqbarasi qurilishida ishtirok etgan buxorolik ikki nafar o‘ymakor usta va samarqandlik gumbaz quruvchisi tomonidan yaratilgan.
Binokorlik
Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi.
Bibixonim jome masjidi. Samarqand
QR kodda berilgan filmdan Temur va temuriylar davriga oid inshootlarni aniqlang.
Go‘ri Amir (Amir Temur) maqbarasi.
Moviy masjid, Ali maqbarasi va Hazrat Ali ziyoratgohi.
Balx viloyati. Sulton Husayn Mirzo qurdirgan
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
Loyiha ishi – Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan madaniy va ma’naviy meros haqida ma’lumotlar to‘plang. – Ularning jamiyat va davlat rivojidagi ahamiyatini yoriting. – Biror-bir me’moriy obidaning qurilish tarixini yoriting.
Uning o‘ziga xosligi, arxitekturasi, foydalanish maqsadlari, bugungi kundagi holatini aniqlang. 1. Amir Temur qurdirgan inshootlarni sanang. Ular ichidagi Oqsaroy qanday inshoot edi? 2. Nima uchun Amir Temur inshootlar bunyod etishda muhtashamlikka e’tibor bergan? 3. Amir Temur va temuriylar davri me’morchiligi ilm-fanning qaysi sohalari rivojlanishini taqozo qilar edi? 4. Temuriylar davrida qaysi turdagi inshootlar nisbatan ko‘proq qurilgan? Ularning aholi ijtimoiy turmushidagi ahamiyati qanday edi?
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
Turli hududlardan kelgan hunarmandlar, turli soha mutaxassislari qurilish, me’morchilik ishlariga keng jalb etilar edi. Shams Abdulvahob Sheroziy, Tojuddin Isfahoniy, Sharafuddin Tabriziy singari usta me’morlar, yog‘och o‘ymakori Yusuf Sheroziylar shular qatoridan o‘rin olgan mashhur ustalar bo‘lishgan. Movarounnahr o‘lkasining o‘z me’moriy maktablari va bezak ustalari bo‘lgan.
Muhim sanalar
- 1379-yili — Abdurazzoq Samarqandiyning yozishiga qaraganda, Amir Temur to‘rtinchi marta, ya’ni 1379-yili Xorazmga yurishidan qaytganidan so‘ng xorazmlik bir guruh kishilarni Keshga ko‘chirib keltirganligini qayd etadi.
- 1380-yilning — Oqsaroyning qurilishi 1380-yilning bahorida boshlangan.
- 1404-yil — 1404-yil avgustda Keshda bo‘lgan ispan elchisi Klavixo ustalar hanuz qurilish ishlarini davom ettirishayotganligini ta’kidlagan.
- 1973–1975-yillarda — Oqsaroyda 1973–1975-yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994–1996-yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan bo‘lsa, 2002-yilda YUNESKO homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u…
- 1994–1996-yillarda — Oqsaroyda 1973–1975-yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994–1996-yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan bo‘lsa, 2002-yilda YUNESKO homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u…
- 2002-yilda — Oqsaroyda 1973–1975-yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994–1996-yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan bo‘lsa, 2002-yilda YUNESKO homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u…
- XVI–XVIII asrlarda — Temuriylar me’morchiligi XVI–XVIII asrlarda Markaziy Osiyo, Hindiston va Eronda yangi shakllangan uchta me’morchilik maktabining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, ularda bir qancha umumiy rivojlanish belgilari kuzatiladi.
- XVII asr — XVII asr o‘rtalarida Buxorodagi Abdulazizxon madrasasining tashqi ko‘rinishi hind me’morchiligi manzarasi aks ettirilgan devoriy suratlar bilan bezatilgan.
Bilimingizni sinang
Hofizi Abru Samarqandning serobligi sababli uni qanday unvon bilan atagan?
- “Jannat ad-dunyo” (Dunyoning jannati)
- “Sayqali ruyi zamin” (Yer yuzining sayqali)
- “Qubbat ul-islom” (Islomning gumbazi)
- “Gavhari sharq” (Sharqning durdonasi)
To‘g‘ri javob: “Jannat ad-dunyo” (Dunyoning jannati). Mahallalarda oqar suv, hovuz va daraxt ko‘pligi sababli shahar “Jannat ad-dunyo” unvonini olgan.
Temur davrida Samarqandda 1371-yilda qal’a devori va xandaq bilan o‘ralgan maydon qanday nom bilan atalgan?
- hisor
- shahriston
- arkgoh
- rabot
To‘g‘ri javob: hisor. Afrosiyobdan janubda qurilgan, qal’a devori va xandaq bilan o‘ralgan maydon hisor deb atalgan.
Temur davrida Samarqanddagi devor bilan o‘ralgan hisorning maydoni qancha bo‘lgan?
- 300 gektar
- 700 gektar
- 1000 gektar
- 500 gektar
To‘g‘ri javob: 500 gektar. Hisor 500 gektar maydonni egallab, devor bilan o‘ralgan edi.
Temur davrida Samarqand qal’a devori va xandaq bilan o‘ralib, “hisor” deb atalgan yil qaysi?
- 1380-yil
- 1379-yil
- 1404-yil
- 1371-yil
To‘g‘ri javob: 1371-yil. Maydon qal’a devori va xandaq bilan o‘ralib (1371) “hisor” deb atalgan.
Temur davrida Samarqandning yangi qismi qayerda qurila boshlandi?
- Afrosiyobning o‘zida, qadimiy shahar devori va Ark ichidagi eski mahallalarda
- Ko‘hak tepaligining shimolida, Zarafshon daryosi bo‘yidagi yangi hududda
- Afrosiyobdan janubda, mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida
- Afrosiyobdan shimolda, Siyob ariqi yaqinidagi yangi dasht hududida
To‘g‘ri javob: Afrosiyobdan janubda, mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida. Samarqand Afrosiyobdan janubda, mo‘g‘ullar davridagi shahar o‘rnida qurilgan.
Samarqand hisoriga necha darvozadan kirilgan?
- to‘rtta
- oltita
- yettita
- sakkizta
To‘g‘ri javob: oltita. Matnda shaharga oltita darvozadan kirilgani aytilgan.
Gumbaz qurilishida Temur va Ulug‘bek davrlari o‘rtasidagi farq nimada?
- Temur davrida poy gumbaz balandligi oshgan, Ulug‘bek davrida gumbazosti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqilgan
- Temur davrida gumbazosti tuzilmalarning yangi xillari yaratilgan, Ulug‘bek davrida esa poy gumbaz balandligi kichraygan
- Temur davrida faqat bir qavatli gumbazlar qurilgan, Ulug‘bek davrida esa faqat ikki qavatli gumbazlar qurilgan
- Ikkala davrda ham gumbaz tuzilishi va poy gumbaz balandligi o‘zgarmagan, faqat sirlangan koshinlar ko‘paygan
To‘g‘ri javob: Temur davrida poy gumbaz balandligi oshgan, Ulug‘bek davrida gumbazosti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqilgan. Temur davrida ikki qavatli gumbazlarning poy gumbazi balandlashgan; Ulug‘bek davrida gumbazosti tuzilmalarning yangi xillari paydo bo‘lgan.
Temur va temuriylar davri me’morchiligining eng katta yutug‘i nima bo‘lgan?
- faqat kichik turar joylarning ko‘payishi
- shaharda me’moriy majmualarning shakllanishi
- yog‘och inshootlarga o‘tilishi
- qal’alar qurilishining to‘xtatilishi
To‘g‘ri javob: shaharda me’moriy majmualarning shakllanishi. Shaharda me’moriy majmualar shakllanishi eng katta yutuq deb ko‘rsatilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash