XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · O‘zbekiston tarixi · 24-mavzu

Xattotlik va miniatyura

Amir Temur va temuriylar davri

BUGUN DARSDA

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Xattotlik san’ati deganda nimani tushunasiz? 2. Sizning husnixatingiz qanday? 3. Temur va temuriylar davrida xattotlik san’atining rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?

Xattotlik san’ati

XIV–XV asrlarda ilm-fan, madaniyat va san’atning barcha sohalarida bo‘lgani kabi xattotlik san’atida ham misli ko‘rilmagan yuksalish kuzatildi. Shu davrdan boshlab O‘rta Osiyoning turli mintaqalarida bir necha xattotlik maktablari paydo bo‘ldi.

XV asrda xattotlik san’ati temuriylar sulolasi hukmdorlarining qo‘llab-quvvatlashlari bilan yuksak pog‘onaga ko‘tarildi.

Amir Temur davrida Mavlono Shamsuddin Munshiy, sangtarosh va xattot Oltun juda mashhur bo‘lgan. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 nafar yirik san’atkor (Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqalar) xattotlikda samarali ijod qilgan. Mirzo Boysung‘ur o‘z saroyida 40 xattotdan iborat guruhni to‘plagan edi. Shunday xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432-1520) bo‘lib, u “Qiblat ul-kuttob” (Kotiblar qiblasi) va “Sulton ul-xattotin” (Xattotlar sultoni) kabi faxriy nomlar bilan mashhur bo‘lgan.

Xattotlik san’ati

U “Yoshlikdan xatga maylim bor edi. Uning ishqi ko‘zimdan uyquni qochirardi. Bekordan bekor yurmas

Temurnoma. Qosim Buxoriy dan, qo‘limga qalam olardim. Ertalabdan kechgacha mashq qilar edim, shuning uchun menda na yotish va na yeyishning g‘ami bor edi” mazmunida she’r ham bitgan. Sultonali Mashhadiy Nizomiyning “Maxzan ul-asror” masnaviysini, Hofizning devonini, Alisher Navoiyning g‘azaliyot devonini kitob shakliga keltirdi. Keyinchalik Navoiyning taklifi bilan Mashhaddan Hirotga kelib, Sulton Husayn Mirzo kutubxonasida xattotlarga boshchilik qildi. U oqqa ko‘chirgan 50 ta asar bizgacha yetib kelgan. Sultonali Mashhadiyning faoliyati borasida Navoiy “Majolis un-nafois”da ma’lumot berib o‘tadi.

Xattotlik san’ati

Xattotlik, kalligrafiya – yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy buyumlarning sirtlariga yozuv yozish san’ati. O‘rta asrlarda 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muhaqqaq, nasta’liq, suls, tavqe, ta’liq, devoniy, riqo, riq’iy) mavjud bo‘lgan.

Sulton Ali Mashhadiy ko‘z charchamasligi uchun oq qog‘ozga emas, balki nimtatir rang berilgan qog‘ozga yozishni maslahat beradi. Xol-xol va to‘q rangdagi qog‘ozlarga rangli siyoh bilan xat bitilgan. Sulton Ali Mashhadiyning so‘zlariga qaraganda, qog‘ozga sariq rang berish uchun za’faron ishlatilgan. “Xitoyi qog‘oz” nomi bilan ataluvchi qog‘ozning kerakli rangdagisini olish uchun unga za’faron, xina va bir necha tomchi siyoh qo‘shilgan. Turli ranglarda bo‘yalgan qog‘ozlarning har biri Sharq manbalarida alohida ma’noni bildirgan. Masalan, ko‘k rang motamni, qizil esa bayram kayfiyatini anglatgan.

Xattotlik san’ati

Temuriy shahzodalar Ibrohim ibn Shohrux, Boysung‘ur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar xat san’at turi bilan shug‘ullanishgan.

Manbalarda

Xat tozaligi ruh tozaligidir.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Sultonali Mashhadiyning “Xat tozaligi ruh tozaligidir” so‘zlaridan nimani tushundingiz? 2. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan zamonaviy xattotlardan kimlarni bilasiz?

Miniatyura maktabi

Amir Temur va temuriylar davrida Samarqand, Hirot kabi shaharlarda miniatyura maktablari tashkil etilgan edi. Hozir Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan miniatyura nusxalari XIV–XV asrlarga oid bo‘lib, ularda alohida shaxslar, daraxtlar, gullar tasvirlangan. Ular kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg‘unligi, harakatlar aniqligi, qiyofalarning o‘z o‘rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.

Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin suratlar “Zafarnoma”ning dastlabki ko‘chirilgan nusxalarida uchraydi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozitsiya va serjilo bo‘yoqlarning uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Miniatyura rassomchiligining taraqqiyoti adabiyotning rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, so‘ng Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlagan.

Miniatyura maktabi

Miniatyuralarning aksariyatida Sharq she’riyatining qahramonlari – Layli va Majnun,

Xusrav va Shirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlangan.

Bu san’at Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnahr va Hindistongacha bo‘lgan hududlarda bir davrga xos badiiy-estetik hodisa edi. Bu hodisa temuriylar bilan bog‘liq bo‘lib, Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markaziy shaharlarda bir necha miniatyura maktablari vujudga kelgan. Miniatyuralarda Sharqiy Turkiston san’atiga xos bo‘lgan turkiy obrazlarda Xitoy rassomchiligining ta’siri sezilib turadi.

1420-yildan keyin Boysung‘ur Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qildi. Mazkur davrga oid tarixiy asarlarga ishlangan miniatyuralarda Amir Temur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlangan rasmlarda ham ular turli holatlarda tasvirlanadi.

Miniatyura maktabi

Miniatyura (ma’nosi “qizil bo‘yoq”) – badiiy usullari o‘ta nafis bo‘lgan kichik hajmli tasviriy san’at asari.

Mirzo Boysung‘ur qabulida

Ulug‘bek akademiyasi olimlari

Kamoliddin Behzod

Kamoliddin Behzod 1455-yili Hirotda tug‘ilgan va 1535-yili Tabrizda vafot etgan.

Temuriy hukmdor Sulton Husayn Mirzo saroyi rassomi bo‘lgan. Behzodning shaxs sifatida dunyoqarashi shakllanishida Alisher Navoiyning o‘rni katta bo‘lgan. Kamoliddin Behzod Sulton Husayn Mirzo saroyida kitobdor lavozimini egallagan. Shuningdek, Hirotdagi musavvirlar ustaxonasi bosh musavviri bo‘lgan. Behzod miniatyura va suratlar yaratish bilan birga turli loyihalarni va rassomlar faoliyatini boshqargan.

Kamoliddin Behzodning shoh kutubxonasidagi mavqeyi baland edi. Uning san’ati o‘ziga xos, fors va mahalliy an’analarni uyg‘unlashtirib, rassomchilikda o‘z uslubini yaratgan.

Kamoliddin Behzod

Behzod kompozitsiya bo‘laklariga qahramonlarni o‘rinli joylash orqali xayoliy kenglikni yarata olgan. Behzod ijodida me’moriy binolar, peshtoqlar, minbarlar, yon devorlar, ko‘priklar, ayvonlar va boshqalar alohida ahamiyat kasb etgan. Behzod miniatyurasining yakunlanganligi va mukammalligi ranglar yechimida ham ifodalanadi. Behzod ko‘plab yozuvchi va shoirlarning kitobini turli tasvirlar bilan bezagan.

Uning miniatyuralari Chester Beytining Londondagi kutubxonasida, Amir Temurning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asariga chizilgan 8 ta miniatyurasi Milliy kutubxonada saqlanadi.

Kamoliddin Behzod rassomchilikda o‘z uslubini yaratgan. Uning ishlarida qadriyat va xarakter individualligidan mohirona foydalanilgan. Behzodning eng mashhur asarlaridan biri – Sa’diy Sheroziyning 1488-yildagi “Bo‘ston” asari uchun tayyorlangan “Yusuf va Zulayxo” miniatyurasidir.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Nima uchun aynan Temur va temuriylar davrida miniatyura rassomchilik maktabi rivojlandi? 2. Bu vaqtgacha miniatyura rassomchilik maktablari bo‘lganmidi? Javobingizni asoslang. 3. Berilgan rasmlar asosida o‘sha davrda urf bo‘lgan kiyimlar, odamlarning mashg‘ulotlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapiring.

Kamoliddin Behzod ijodidan namunalar

O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz

Savollar: 1. Kamoliddin Behzod asarlariga diqqat bilan e’tibor bering. Har bir asar bo‘yicha o‘z munosabatingizni bildiring. 2. Miniatyurada aks etgan tasvirlar asosida temuriylar davri madaniyati va ilm-faniga baho bering. 3. Insonlarning kiyinish madaniyati, binolarning qurilishi, bezaklari haqida insho yozing. 4. Kamoliddin Behzod asarlarining tarixiy ahamiyati qanday? Uning ijodi nimalar haqida ma’lumot beradi? 5. Mamlakatimizda Kamoliddin Behzod nomi bilan bog‘liq qanday obyektlar bor?

BUGUN DARSDA

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Bu davrda qaysi hunarlarga ehtiyoj ko‘proq bo‘lgan? 2. Temur va temuriylar qurgan binolarni ko‘z oldingizga keltiring. Qanday hunarmandchilik namunalarini esladingiz?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Xattotlik san’atida misli ko‘rilmagan yuksalish qaysi asrlarda kuzatildi?
  1. XIV–XV asrlarda
  2. X–XI asrlarda
  3. XII–XIII asrlarda
  4. XVI–XVII asrlarda

To‘g‘ri javob: XIV–XV asrlarda. XIV–XV asrlarda ilm-fan, madaniyat va xattotlikda misli ko‘rilmagan yuksalish bo‘ldi.

Xattotlik san’ati temuriylar sulolasi hukmdorlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan qaysi asrda yuksak pog‘onaga ko‘tarildi?
  1. XIII asrda
  2. XIV asrda
  3. XV asrda
  4. XVI asrda

To‘g‘ri javob: XV asrda. Xattotlik XV asrda temuriylar homiyligida yuksak pog‘onaga ko‘tarildi.

Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida xattotlikda samarali ijod qilgan yirik san’atkorlar soni nechta bo‘lgan?
  1. 15 nafar
  2. 20 nafar
  3. 7 nafar
  4. 11 nafar

To‘g‘ri javob: 11 nafar. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 nafar yirik san’atkor xattotlikda ijod qilgan.

Xattot Sultonali Mashhadiy “Qiblat ul-kuttob” bilan birga yana qaysi faxriy nom bilan mashhur bo‘lgan?
  1. Qiblat ul-xattotin
  2. Sulton ul-xattotin
  3. Sulton ul-shuaro
  4. Sulton ul-ulamo

To‘g‘ri javob: Sulton ul-xattotin. Sultonali Mashhadiy Xattotlar sultoni ma’nosidagi Sulton ul-xattotin nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Amir Temur davrida Mavlono Shamsuddin Munshiy bilan birga mashhur bo‘lgan sangtarosh va xattot kim?
  1. Oltun
  2. Sultonali Mashhadiy
  3. Abduljamil Kotib
  4. Mirak Naqqosh

To‘g‘ri javob: Oltun. Amir Temur davrida sangtarosh va xattot Oltun juda mashhur bo‘lgan.

Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida xattotlikda ijod qilgan yirik san’atkorlar soni qancha edi?
  1. 5 nafar
  2. 11 nafar
  3. 20 nafar
  4. 40 nafar

To‘g‘ri javob: 11 nafar. Navoiy kutubxonasida 11 nafar yirik san’atkor xattotlikda ijod qilgan.

Mirzo Boysung‘ur o‘z saroyida nechta xattotdan iborat guruhni to‘plagan edi?
  1. 11 ta
  2. 20 ta
  3. 40 ta
  4. 50 ta

To‘g‘ri javob: 40 ta. Boysung‘ur saroyida 40 xattotdan iborat guruh to‘plangan.

Sultonali Mashhadiyga berilgan “Qiblat ul-kuttob” faxriy nomi qanday ma’noni bildiradi?
  1. Xattotlar sultoni
  2. Kitob ustasi
  3. Qalam homiysi
  4. Kotiblar qiblasi

To‘g‘ri javob: Kotiblar qiblasi. “Qiblat ul-kuttob” — “Kotiblar qiblasi” degani, “Sulton ul-xattotin” esa “Xattotlar sultoni”.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTemuriylar davri me’morchiligiKeyingi →Temuriylar davrida hunarmandchilik