Shayboniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
XV ASRNING OXIRI – XVI ASRNING BOSHLARIDA TURONDA SIYOSIY VAZIYAT
Shayboniylar davrida xalqning turmush tarzi
Shayboniylar davrida aholi turli ijtimoiy guruhlardan tashkil topgan bo‘lib, hukmdor sulola – xon, shahzodalar, amirlar, turli toifa amaldorlar, harbiylar, katta-kichik mulk egalari, dindorlar, mudarrislar, dehqonlar, hunarmand va savdogarlar, qishloq va shahar kambag‘allaridan iborat edi.
Aholining asosiy qismi sug‘orma dehqonchilik qilishga qulay bo‘lgan vohalar va ularda joylashgan shahar, qishloqlarda yashagan. Shuningdek, yarimko‘chmanchi hayot tarzini kechirgan abdal, qarluq, qang‘li, barlos, jaloyir va boshqa urug‘lar, asosan, lalmi yerlarda yashab, dehqonchilikdan tashqari chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan.
Shayboniylar davrida xalqning turmush tarzi
Shayboniy hukmdorlar iqtisodiyotning asosiy sohasi – dehqonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berishgan. Harbiy harakatlar natijasida dehqonlarning xonavayron qilingan xo‘jaliklarini tiklashga qaratilgan qator chora-tadbirlar ko‘rilgan.
Misol uchun, Shayboniyxon davlat xazinasiga tushadigan soliqlar hajmining pasayib ketmasligini ta’minlash maqsadida qochib ketgan dehqonlar va kichik yer egalarini o‘z joylariga qaytaradi va ularga soliq to‘lashda imtiyozlar beradi.
Dehqonchilikni rivojlantirishda sun’iy sug‘orish tizimi muhim o‘rin tutgan. Zarafshon, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh, Murg‘ob daryolaridan mahalliy aholi asrlar davomida unumli foydalanib kelgan.
Shayboniylar davrida xalqning turmush tarzi
Shayboniylar ham bu an’anani davom ettirishgan. Ularning hukmronligi davrida yangi sug‘orish tizimlarining barpo etilishi, eskilarining ta’mirlanishi dehqonchilikning nisbatan jonlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Muhammad Shayboniyxon Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ayrilish yerida suvtaqsimlagich qurdirgan, Abdullaxon II tomonidan Oqjobda Abdullaxon bandi, XVI asrning ikkinchi yarmida Puli Karmina, Puli Mehtar, Puli Jondor va boshqalar quriladi.
Zarafshon daryosidan Jizzax vohasigacha tortilgan va Sangzor daryosi bilan tutashuvchi Tuyatortar arig‘i, Murg‘ob vohasidagi Hovuzixon suv ombori, Afshona arig‘i, Amudaryodan Chorjo‘ygacha, Murg‘ob daryosidan Marv atrofiga chiqarilgan ariqlar ham aynan Abdullaxon II boshchiligida bajarilgan ishlardir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtda sug‘orish inshootlari yaratiladi, ko‘priklar quriladi va ariqlar qaziladi.
Shayboniylar davrida xalqning turmush tarzi
Muhammad Shayboniyxon tomonidan qurdirilgan Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ayrilish yeridagi suvtaqsimlagich
Manbalarda
“... Ayniqsa ul hazrat Abdullaxon zamonida va shu kunlarda, ya’ni to‘qqiz yuz to‘qson uchunchi yilda uning obodonchiligi kundan kunga ortmoqda. “Odamlar o‘z podshohlarining dinida bo‘ladilar” (maqolining) taqozasicha, arkon-u davlatdan har biri Buxoroda ul hazrat Abdullaxonga muvofiq qilib ko‘p binolar: masjidlar, rabot va ko‘priklar hamda havuzlar bino qildilar. Olimlar, zohidlar, taqvodorlar va diyonatchilarning maoshlari uchun ekinzorlar, obod joylarni vaqf qildilar”.
Hofiz Tanish Buxoriy, “Abdullanoma”
O‘ylab ko‘ring
Manbalarda
1582-yil (bundan 442 yil oldin) – Buxoro hukmdori Abdullaxon II Sohibqirondan o‘rnak olib, Amir Temur bundan qariyb 200 yil oldin qurdirgan minora qarshisida Ulug‘tog‘ safaridan yodgorlik sifatida masjid qurdiradi. Bu haqda tarixchi Hofiz Tanish Buxoriy shunday yozadi: “O‘sha kuni (1582-yil 3-may) namozi peshingacha to‘xtab lashkarga buyurdiki, “Ko‘p tosh to‘plasinlar”. Buyruqni bajarib to‘plangan toshdan-u makonda bir masjid bino qildilar. Shu bilan ro‘zg‘or sahifalarida u balandqadr shohdan bir yodgorlik qoldirdilar. Shunday ishni firdavsmakon, din-u dunyo qutbi shahriyor Amir Temur Ko‘ragon... ham qilgan edi”.
Surxondaryoda xalq orasida Iskandar ko‘prigi nomi bilan mashhur bo‘lgan G‘ishtko‘prik
Abdullaxon bandi
Bu inshoot qoldiqlari Navoiy viloyati Nurota tumanining Eski Oqchob qishlog‘i yaqinidagi Beklarsoy darasida hozirgacha saqlangan.
1582-yilning kuzida Abdullaxon Qipchoq dashtidagi Bobo Sultonga qarshi jangdan qaytayotganda Oqchob darasida band qurdirishga buyruq beradi. Chunki bahorgi yog‘ingarchilikdan so‘ng bu yerda ko‘p miqdorda suv to‘planar, bu suvlardan hech foydalanilmas edi. Oqchob darasi Nurota tizmasining Jo‘sh qishlog‘iga yaqin yerda joylashgan. Nurota hududida qurilgan bu to‘g‘on shayboniylar davridagi ulkan va ancha murakkab suv inshootlaridan biri bo‘lgan. Bugungi kunda to‘g‘onning uchdan ikki qismi saqlanib qolgan.
Abdullaxon bandi
Beklarsoy darasi, Eski Oqchob qishlog‘i, Nurota, Navoiy viloyati
Shayboniylar davrida hunarmandchilik
Shayboniylar davrida ham iqtisodiy munosabatlarda muhim o‘rin tutgan hunarmandchilik keng rivojlangan edi. Samarqandda tuzilgan qozilik hujjatlarida oltmishdan ortiq hunar turi keltirib o‘tilgani buning tasdig‘idir.
Hunarmandchilikning eng rivojlangan asosiy sohalaridan biri to‘qimachilik edi. To‘quvchilar yaratgan ko‘pdan ko‘p mahsulot turlariga qo‘shni qishloqlar, boshqa shaharlar va mamlakatlar orasida ham talab katta bo‘lgan.
Mamlakatning turli markazlarida ip gazlamalar (bo‘z, olacha, zandanachi, chit), ipak gazlamalar, oltin va kumush bezakli yo‘l-yo‘l parchalar, atlaslar, baxmallar, kimxob, tafta va zarbof, yarimipak gazlamalar va boshqalar ishlab chiqarilgan. Bu matolarga xorijda ham talab katta edi.
Manbalarda
Sirlangan sopol ko‘za
“Yaxshi nonvoyliklari va oshpazliklari bordir. Shaharni mashhur etgan yana bir mahsulot yozuv qog‘ozi bo‘lib, olamda yaxshi qog‘oz Samarqanddan chiqadi. Qog‘oz juvozlariga suv butkul Konigildan kelgan. Samarqandlik hunarmand-qog‘ozgarlar ipakdan (qog‘ozi abrishumi), yarimipakdan va paxtadan qog‘oz tayyorlashgan. Qog‘ozning qizil, ko‘k, sariq va boshqa ranglarga bo‘yalgan xillari ham mavjud edi”.
Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”
Shisha idish
Sirlangan sopol lagan
Eng mashhur matolardan biri Samarqandning baxmali edi. Zahiriddin Muhammad Bobur “Samarqandning yana bir matosi qirmizi baxmaldirki, uni atrof va yiroq-yaqinlarga eltadilar”, deb yozgan.
Manbalarda
Bo‘yoqchilik, kiyim-bosh (to‘n, ko‘ylak, ro‘mol, poyabzal va boshqalar), kulolchilik (turli-tuman idishlar, tandirlar, g‘isht, qurilishda ishlatiladigan koshinli g‘ishtlar va h.k.), yog‘ochga ishlov berish, kemasozlik, teriga ishlov berish, metallar – temir, mis, birinj, cho‘yan, kumush, oltin kabilardan turli-tuman uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari, binolar qurilishida ishlatiladigan turli temir moslamalar va buyumlar, zeb-ziynat asboblari, harbiy qurol-aslahalar ishlab chiqarish ham rivojlangan.
Abdullaxon II ning “oltin dubulg‘a”si va “yuzlab ko‘zlar ochilib turgan sovut”i haqidagi ma’lumot temirchiustalarning yuksak mahoratidan darak beradi.
Mustaqil faoliyat
1. Mavzuda berilgan rasmlar asosida shayboniylar davrida ilm-fanning qaysi sohalari rivojlanganligini mulohaza qiling.
Sirlangan sopol koshin
Sirlangan sopol tovoq
Mis ko‘za
Ayollar taqinchog‘i, tumor
Muhim sanalar
- 1582-yil — 1582-yil (bundan 442 yil oldin) – Buxoro hukmdori Abdullaxon II Sohibqirondan o‘rnak olib, Amir Temur bundan qariyb 200 yil oldin qurdirgan minora qarshisida Ulug‘tog‘ safaridan yodgorlik sifatida masjid qurdiradi.
- 1582-yil — Bu haqda tarixchi Hofiz Tanish Buxoriy shunday yozadi: “O‘sha kuni (1582-yil 3-may) namozi peshingacha to‘xtab lashkarga buyurdiki, “Ko‘p tosh to‘plasinlar”.
- 1582-yilning — 1582-yilning kuzida Abdullaxon Qipchoq dashtidagi Bobo Sultonga qarshi jangdan qaytayotganda Oqchob darasida band qurdirishga buyruq beradi.
- XVI asrning — Muhammad Shayboniyxon Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ayrilish yerida suvtaqsimlagich qurdirgan, Abdullaxon II tomonidan Oqjobda Abdullaxon bandi, XVI asrning ikkinchi yarmida Puli Karmina, Puli Mehtar,…
- 3-may — Bu haqda tarixchi Hofiz Tanish Buxoriy shunday yozadi: “O‘sha kuni (1582-yil 3-may) namozi peshingacha to‘xtab lashkarga buyurdiki, “Ko‘p tosh to‘plasinlar”.
Bilimingizni sinang
Shayboniylar davrida aholining asosiy qismi qayerlarda yashagan?
- Cho‘llar va qumliklar chekkasidagi chorvachilikka qulay yaylovlarda
- Sug‘orma dehqonchilikka qulay vohalar, shahar va qishloqlarda
- Tog‘ yon bag‘irlaridagi uzoq va yetib bo‘lmas ovullar va qo‘rg‘onlarda
- Dashtdagi chorvachilik yaylovlari va ko‘chmanchi qo‘rg‘onlar yonida
To‘g‘ri javob: Sug‘orma dehqonchilikka qulay vohalar, shahar va qishloqlarda. Aholining asosiy qismi sug‘orma dehqonchilikka qulay vohalar va ulardagi shahar, qishloqlarda yashagan.
Lalmi yerlarda yashagan yarimko‘chmanchi urug‘lar (abdal, qarluq, qang‘li va boshqalar) dehqonchilikdan tashqari yana nima bilan shug‘ullangan?
- Savdo karvonlari bilan
- Baliqchilik bilan
- Chorvachilik bilan
- Kemasozlik bilan
To‘g‘ri javob: Chorvachilik bilan. Ular lalmi yerlarda yashab, dehqonchilikdan tashqari chorvachilik bilan ham shug‘ullangan.
Shayboniylar davrida sug‘orma dehqonchilikka qulay vohalarda yashagan aholi bilan abdal, qarluq, qang‘li kabi yarimko‘chmanchi urug‘lar hayoti o‘rtasidagi asosiy farq nimada edi?
- Urug‘lar faqat chorvachilik bilan shug‘ullanib, dehqonchilikni mutlaqo bilmagan va doimo ko‘chib yurgan
- Urug‘lar asosan sug‘orma yerlarda yashab, dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik bilan shug‘ullangan
- Urug‘lar asosan lalmi yerlarda yashab, dehqonchilik bilan birga chorvachilik bilan ham shug‘ullangan
- Vohalar aholisi chorvachilik bilan, urug‘lar esa faqat savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan
To‘g‘ri javob: Urug‘lar asosan lalmi yerlarda yashab, dehqonchilik bilan birga chorvachilik bilan ham shug‘ullangan. Yarimko‘chmanchi urug‘lar lalmi yerlarda dehqonchilikdan tashqari chorvachilik bilan ham shug‘ullangan, asosiy aholi esa sug‘orma dehqonchilik vohalarida yashagan.
Shayboniy hukmdorlar iqtisodiyotning qaysi asosiy sohasini rivojlantirishga katta e’tibor bergan?
- Dehqonchilikni
- Dengiz savdosini
- Konchilikni
- Chorvachilikni
To‘g‘ri javob: Dehqonchilikni. Shayboniy hukmdorlar iqtisodiyotning asosiy sohasi – dehqonchilikka katta e’tibor bergan.
Shayboniyxon qochib ketgan dehqonlarni o‘z joyiga qaytarib, soliqda imtiyoz bergani sababi nima edi?
- Xalq orasida shuhrat qozonib, o‘z hukmronligiga ko‘proq tarafdor topish
- Harbiy qo‘shinni ko‘paytirish va chegara qo‘rg‘onlarini mustahkamlash
- Sug‘orish tizimini kengaytirib, yangi ekinzorlar ochishga erishish
- Xazinaga tushadigan soliqlar hajmi pasayib ketmasligini ta’minlash
To‘g‘ri javob: Xazinaga tushadigan soliqlar hajmi pasayib ketmasligini ta’minlash. U xazinaga tushadigan soliqlar hajmi pasayib ketmasligi uchun dehqonlarni qaytargan.
Shayboniyxon qochib ketgan dehqonlar va kichik yer egalarini o‘z joylariga qaytarib, ularga soliq to‘lashda imtiyozlar berishining asosiy sababi nima edi?
- Harbiy harakatlarda ishtirok etgan dehqonlarni mukofotlab, ularga yer ulashish
- Davlat xazinasiga tushadigan soliqlar hajmi pasayib ketmasligini ta’minlash
- Yarimko‘chmanchi urug‘larni o‘troq hayotga o‘tkazib, ularni soliqqa tortish
- Sug‘orish inshootlarini xorijiy ustalar yordamisiz mustaqil qurib olish
To‘g‘ri javob: Davlat xazinasiga tushadigan soliqlar hajmi pasayib ketmasligini ta’minlash. Matnda imtiyozlar xazinaga tushadigan soliqlar hajmi kamayib ketmasligi uchun berilgani aytilgan.
Shayboniylar davrida Abdullaxon II tomonidan Puli Karmina, Puli Mehtar, Puli Jondor kabi ko‘priklar qaysi asrning ikkinchi yarmida qurilgan?
- XV asr
- XIV asr
- XVII asr
- XVI asr
To‘g‘ri javob: XVI asr. Matnga ko‘ra Puli Karmina va boshqa ko‘priklar XVI asrning ikkinchi yarmida qurilgan.
Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ayrilish yerida suvtaqsimlagich qurdirgan hukmdor kim?
- Ubaydullaxon Shayboniy
- Muhammad Shayboniyxon
- Ko‘chkunchixon Shayboniy
- Pir Muhammadxon II
To‘g‘ri javob: Muhammad Shayboniyxon. Bu suvtaqsimlagichni Muhammad Shayboniyxon qurdirgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash