XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · O‘zbekiston tarixi · 6-§

Shayboniylar davrida ichki va tashqi savdo

XV ASRNING OXIRI – XVI ASRNING BOSHLARIDA TURONDA SIYOSIY VAZIYAT

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Shayboniylar davrida ichki va tashqi savdoning rivojlanishi uchun qanday omillar yuzaga kelgan edi? Hunarmandchilikning rivojlanishi tashqi savdoga qanday ta’sir etgan?

2. To‘yingan bozor va to‘yinmagan bozor tushunchalariga izoh bering.

Savollar: 3. Mazkur davrda jahon bozorlarida qanday mahsulotlar xaridorgir bo‘lgan?

Tarix saboqlari

Shayboniylar davrida ichki va tashqi savdo rivojlanishda davom etadi. XVI asr o‘rtalarida Buxoroda bo‘lgan ingliz diplomati Antoni Jenkinson: “Shaharda har yili Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardan keluvchi savdogarlarning yig‘ilishi bo‘ladi”, deb qayd etgan.

Xorijiy savdogarlar mamlakatga o‘z yurtlaridan asl mollarni olib kelishgan va bu yerdan o‘z davlatlarida ehtiyojtalab mahsulotlarni olib ketishgan. Xususan, hindistonlik savdogarlar qimmatbaho toshlar, marvarid, shuningdek, novshadil, kimxob, doka, chubi sandal, shakar, novvot, xina, sano, o‘sma, zarchuba, haqiq va turli noyob matolar, shol (rizoyi – bir xil rangdagi, raxdor – yo‘l-yo‘l, butador palma tasviri tushirilgan), belbog‘lar uchun mato, alvon, yarimetik juroblar (paypoq) va qo‘lqoplar, qalamdonlar, qo‘lyozmalar va boshqalarni olib kelishgan. Mamlakatning turli markazlari o‘zining ixtisoslashgan bozorlari bilan mashhur bo‘lgan.

Tarix saboqlari

Antoni Jenkinson – ingliz sayyohi, savdo agenti va diplomat. Yevropa, Osiyo va Afrikaga sayohat qilgan.

U Amudaryo, Mang‘it ulusi, Xorazm va Buxoro xonligining XVI asr o‘rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlarining turmushi, odatlari va boshqalar haqida muhim tarixiy ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Manbalarda

“Samarqand shahri ajoyib orasta bir shahardir. Bu shaharning bir xususiyati borki, bunaqasi kamdan kam shaharda bo‘ladi, ya’ni har hunarmandning alohida bozori bor, bir-biriga aralashgan emas, bu qiziq rasmdir”.

Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”

Shayboniylar davrida pul munosabatlari

Shayboniylar davrida oltin (“ashrafiy”), kumush (“tanga”, “tangacha”, “xoniy”), kumush va mis aralashmasidan tayyorlangan mis tangalar (“mis dinor”, “dinor”) muomalada bo‘lgan.

Muhammad Shayboniyxon va Abdullaxon II tomonidan oltin tangalar zarb etilgani ma’lum. Jumladan, Muhammad Shayboniyxon turli og‘irlikdagi tangalar o‘rniga bir xil og‘irlik o‘lchoviga ega kumush (5,2 gramm) va mis tangalar zarb ettirgan.

XVI asrning birinchi choragida ikki dinor, uchdan ikki, yarim, uchdan bir va oltidan bir dinor qiymatiga ega mis tangalar muomalaga chiqarilgan. Eng kichik mis tanga pul deb atalgan.

Kumush tangalarning qiymati mis tangalar bilan belgilanib, u 20–21 mis tangaga teng bo‘lgan. Asta-sekinlik bilan kumushning narxi oshib borgan. Bu esa kumush tangalarning davlat hududidan olib chiqib ketilishiga sabab bo‘lgan.

Shayboniylar davrida pul munosabatlari

Natijada zarbxonalarga kumush tanga zarbi uchun keltiriladigan metallning hajmi kamayib boradi. Shunday sharoitda Abdullaxon II pul islohotini o‘tkazib, juda kichik tanga tarzidagi oltin tanga zarb ettiradi. Kumushning tanqisligi tufayli kumush tanganing qiymati bir yarim barobar oshadi.

Abdullaxon II o‘tkazgan pul islohoti natijasida tanga zarb etish nisbatan markazlashtiriladi. Asosiy zarbxona Buxoroda bo‘lib, Balx, Samarqand va Toshkentda ham tanga zarb etilgan.

Shayboniyxon chiqargan tangalarda u olgan unvonlar: “Eng buyuk sulton, rahmdil (Allohning) podshohi, din himoyachisi”; “O‘z davrining imomi, rahmdil (Allohning) hokimi Abulfath”, degan yozuvlar bo‘lgan.

Shayboniylar davrida pul munosabatlari

Yozuvlar har xil bo‘lib, ikkinchisida ancha aniqroq, ilohiy fikr ifodalangan va sarlavhada Shayboniyxon o‘z davrining imomi ekanligi ta’kidlangan.

Shayboniyxon tomonidan Buxoroda zarb qilingan tanga, 1510-yil

Savollar: 1. Tarixda soliqlar qanday paydo bo‘lgan?

Tarix saboqlari

Savollar: 2. Soliqlarning qanday turlarini bilasiz?

Shayboniylar davrida soliq

Savollar: 3. Soliqlarsiz davlat faoliyat ko‘rsatishi mumkinmi? Soliqlar nimalarga ishlatiladi?

Shayboniylar davrida ham asosiy yer solig‘i temuriylar zamonidagi kabi xiroj (mol) deb atalgan.

Savollar: 4. Kimlarni faol soliq to‘lovchi deb ayta olamiz?

Bog‘lar va polizlarning har tanobidan tanob puli, bedazorlardan alaf puli undirilgan bo‘lib, bu ikki soliq turi ba’zan yagona nom bilan tanobona deb atalgan.

Savollar: 5. Sizning oilangiz qanday turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘laydi?

Shuningdek, xon saroyi, boshqaruv tuzilmasi va harbiy kuchlarni ta’minlash uchun turli soliqlar to‘plami – ixrojot joriy etilgan. Bu soliqlardan tashqari, aholi barcha musulmon davlatlaridagi kabi zakot to‘lagan. Unga ko‘ra, har bir musulmon o‘z daromadining 1/40 qismini zakot tarzida to‘lashi lozim edi. Ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchi aholi zakotni tovar bilan to‘lagan. Ya’ni 40 ta qo‘ydan bir qo‘y to‘langan. Qo‘shin ta’minoti uchun tog‘ar, askarlar uchun oziq-ovqat, ot va tuyalar uchun yem-xashak – oshlig‘ kabilar undirilgan.

Shayboniylar davrida soliq

Aholi bir qator mehnat majburiyatlarini bajarishga – sug‘orish tizimlarini barpo etish, ta’mirlash va tozalash, qal’a yoki qo‘rg‘onlar va shahar devorlarini qurish, qayta tiklash, ta’mirlash kabi ishlarga jalb etilgan.

Mustaqil faoliyat

Savollar: 1. Iqtisodiy bilim asoslari fanidan olgan bilimlaringiz asosida javob berishga harakat qiling: • Davlat qanday holatlarda pul islohotlarini o‘tkazadi? • Shayboniylar davrida pul islohotlarini o‘tkazish uchun zarurat mavjud edimi? • Pul islohotlari davlatning soliq siyosatiga ta’sir etadimi? 2. Shayboniylar davrida mavjud bo‘lgan soliqlar ro‘yxatini shakllantiring. Uni Amir Temur va temuriylar davrida mavjud bo‘lgan soliq turlari bilan taqqoslang.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Xalqlar madaniyatining rivojlanish darajasi nimalar asosida belgilanadi? 2. Ilm-fan, madaniyat rivojlanishi uchun qanday omillar zarur?

Tarix saboqlari

O‘rta Osiyodagi XVI asrga oid me’morchilik obidalarining asosiy qismi Abdullaxon II davrida bunyod etilgan bo‘lib, manbalarning ma’lumot berishicha, ularning soni 1000 dan oshadi.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Ingliz diplomati Antoni Jenkinson Buxoroda qaysi asr o‘rtalarida bo‘lgan?
  1. XV asr
  2. XVI asr
  3. XVII asr
  4. XIV asr

To‘g‘ri javob: XVI asr. Jenkinson XVI asr o‘rtalarida Buxoroda bo‘lib, har yili savdogarlar yig‘ilishini qayd etgan.

XVI asr o‘rtalarida Buxoroda bo‘lgan va shahardagi savdogarlar yig‘ilishi haqida yozgan ingliz diplomati kim edi?
  1. Antoni Jenkinson
  2. Rui Gonsales de Klavixo
  3. Gonsales Pizarro
  4. Vasko da Gama

To‘g‘ri javob: Antoni Jenkinson. Ingliz diplomati Antoni Jenkinson XVI asr o‘rtalarida Buxoroda bo‘lgan.

Hindistonlik savdogarlar Shayboniylar davlatiga qaysi mahsulotlarni olib kelishgan?
  1. Qurol-yarog‘ va ot abzallarini
  2. Qimmatbaho toshlar va marvaridni
  3. Don va un mahsulotlarini
  4. Mis va qo‘rg‘oshinni

To‘g‘ri javob: Qimmatbaho toshlar va marvaridni. Hindistonlik savdogarlar qimmatbaho toshlar, marvarid va boshqa mollarni olib kelgan.

Bobur Samarqandda har hunarmandning alohida bozori borligini “qiziq rasm” deb atagan. Bu holat shayboniylar davri bozorlarining qaysi xususiyatiga mos keladi?
  1. Savdoning asosan xorijiy savdogarlar qo‘lida to‘planib qolganiga
  2. Barcha mollar bitta umumiy bozorda aralash sotilib kelinganiga
  3. Mamlakat markazlari ixtisoslashgan bozorlari bilan mashhur bo‘lganiga
  4. Bozorlarda savdo faqat tovar ayirboshlash orqali olib borilganiga

To‘g‘ri javob: Mamlakat markazlari ixtisoslashgan bozorlari bilan mashhur bo‘lganiga. Samarqanddagi hunar turlari bo‘yicha alohida bozorlar mamlakat markazlarining ixtisoslashgan bozorlari bilan mashhurligiga misol bo‘ladi.

Bobur Samarqand shahrining qanday xususiyatini kamdan kam shaharda uchraydigan qiziq rasm deb ta’riflagan?
  1. Barcha ko‘chalari tosh bilan qoplangani
  2. Har kuni karvonlar kelib turishi
  3. Har hunarmandning alohida bozori borligi
  4. Shahar atrofida baland devor borligi

To‘g‘ri javob: Har hunarmandning alohida bozori borligi. Boburnomada Samarqandda har hunarmandning alohida bozori borligi qiziq rasm sifatida qayd etilgan.

Shayboniylar davrida muomalada bo‘lgan oltin tanga qanday nom bilan atalgan?
  1. Ashrafiy
  2. Tangacha
  3. Mis dinor
  4. Xoniy

To‘g‘ri javob: Ashrafiy. Oltin tanga ashrafiy deb atalgan, kumush tangalar esa tanga, tangacha va xoniy nomlari bilan yuritilgan.

Ikki dinor, uchdan ikki, yarim, uchdan bir va oltidan bir dinor qiymatli mis tangalar qaysi davrda muomalaga chiqarilgan?
  1. XV asrning oxirida
  2. XVI asrning birinchi choragida
  3. XVI asrning oxirida
  4. XVII asrning boshida

To‘g‘ri javob: XVI asrning birinchi choragida. Bunday mis tangalar XVI asrning birinchi choragida muomalaga chiqarilgan.

Shayboniylar davrida eng kichik mis tanga qanday atalgan?
  1. Tangacha
  2. Pul
  3. Xoniy
  4. Dinor

To‘g‘ri javob: Pul. Eng kichik mis tanga pul deb atalgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiShayboniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayotKeyingi →Shayboniylar davrida madaniy hayot