Shayboniylar davri me’morchiligi
XV ASRNING OXIRI – XVI ASRNING BOSHLARIDA TURONDA SIYOSIY VAZIYAT
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
Shayboniylar 100 yil mobaynida (1500–1601) Markaziy Osiyoda hukmronlik qilib, tarixda salmoqli iz qoldirdi.
Shayboniylar dastlab temuriylar davridagi me’morchilik an’analarini davom ettiradilar. Buxoro shahrida katta qurilish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshiradilar. Shaharni ta’mirlash ishlari kengaytiriladi, uning mudofaa devorlari yanada mustahkamlanadi. Shaharning shohko‘chalarida mahobatli jamoat binolari barpo etiladi. Bu qurilishlarda, ularni bezash ishlarida Movarounnahr, Hirot, Balx ustalari ishtirok etadilar.
Toqi Sarrofon. Buxoro
Bilasizmi?
Ko‘kaldosh madrasasi (Toshkent)
Shayboniylar davrida Toshkentda Ko‘kaldosh madrasasi qad ko‘targan. Madrasa 1551–1575-yillar orasida qurib ishga tushirilgan. Ko‘kaldosh madrasasi hozirgi Chorsu maydonidagi Shahriston tepaligida, Xo‘ja Ahror Valiy jome masjidining yonida an’anaviy sharq uslubida bunyod etilgan. Binoni qurishda an’anaviy kompozitsiyaga rioya qilingan: chorsu hovlisi keng, hujralar va ochiq ayvonlar bilan o‘ralgan. Hovlining yo‘llari hujralarni (darsxonalarni) masjid bilan ulaydi. Hujralar soni 38 ta bo‘lgan. Ko‘kaldosh Toshkentdagi eng chiroyli madrasalardan biridir.
Madrasa dastlab 3 qavatli edi. Darvozadan kiraverishda chapda masjid, o‘ngda darsxona joylashgan. Masjid va darsxonalarning usti o‘zaro kesishgan ravoqlarga o‘rnatilgan gumbazlardan iborat.
Ko‘kaldosh madrasasi (Toshkent)
Me’morlar madrasani bezashda, asosan, binoning old tomoniga e’tibor berishgan. Sirkor parchin va girih naqshlar bilan bezatilgan hashamatli peshtoqning ikki yoniga ikki qavatli ravoq ishlangan. Ikkinchi qavatdagi hujralar faqat peshtoqning ikki yonidagina saqlangan. Bosh tarzining ikki burchagi guldastalar bilan yakunlanib, tepasiga qafasa o‘rnatilgan.
Mir Arab madrasasi
Mir Arab madrasasi – Buxorodagi Minorayi kalonning qarshisida joylashgan me’moriy yodgorlik. Mir Arab madrasasi ikki ulkan gumbazi bilan boshqa tarixiy binolardan ajralib turadi. Madrasaning kirish qismi kunbotar tomondadir. Darvoza ulkan peshtoq ostida joylashgan. Bino to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, unda 114 ta xona bor. Madrasaning ichki qismi ham ajoyib tarzda loyihalashtirilgan. Hujralarni to‘rtta ulkan peshtoq ajratib turadi. Madrasa binosini 1530–1536-yillarda shayx Mir Arab qurdirgan. Xalq orasida “Mir Arab” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olimning asl ismi Sayyid Abdulloh Yamaniydir. U yigirma ikki yoshida ilm izlab Samarqandga keladi va Xoja Ahror Valiyga shogird tushadi. Xoja Ahror Valiy vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Muhammad Bakr Sayyid Abdullohni Buxoro amiri Ubaydullaxon bilan tanishtiradi. Tez orada u ilm-ma’rifati bilan el orasida taniladi va hurmat qozonadi. Biroq madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmaydi, 1536-yil boshida Mir Arab vafot etadi va uning vasiyatiga ko‘ra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazadi.
Mir Arab madrasasi
Madrasa O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida bo‘lib, sho‘rolar davrida diniy o‘quv yurti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Madrasaga, asosan, maktabni tugatganlar qabul qilingan. 10 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar tahsil olgan. Bosh tarzi ulkan peshtoqli, darvozasi orqasida 5 gumbazli miyonsaroy, ikki yonida baland gumbazli keng darsxona va masjid, go‘rxona joylashgan. Koshinkori naqshlar yozuvlar bilan uyg‘unlashgan. Go‘rxona ichi gumbazosti bag‘ali qalqonsimon muqarnasli, shipi va devorlari ganch o‘ymakorligida bezatilgan, izorasi rang-barang koshinli. Go‘rxonada Ubaydullaxonning yog‘ochdan xotamkori usulida ishlangan sag‘anasi, Mir Arab va uning qarindoshlari qabrlari bor.
Mir Arab madrasasi
Hozirgi kunga kelib Mir Arab madrasasida 3 yil davomida diniy ta’lim bilan bir qatorda umumta’lim fanlari ham o‘qitiladi.
Toqi Zargaron
Mazkur me’moriy yodgorlik ham shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida qurilgan. Toqi Zargaron chorsuda joylashgan ikkita katta yo‘lni me’moriy jihatdan uyg‘unlashtirgan yodgorlik hisoblanadi. Chorsu ikkala yo‘ldagi qatnovni ham osonlashtirgan.
Toqning atrofida to‘rtburchak shaklni hosil qiluvchi kichik gumbazlar mavjud. Sakkiz burchakli xona ulkan gumbaz bilan yopilgan. Ular burchaklardagi do‘kon va ustaxonalar tomi bo‘lgan. Toqning gumbaz tomli xonalari bo‘lib, salqin va qorong‘i edi.
Toqda ziraklar, uzuk, qurol-aslahalar uchun bezaklar, o‘yma muhrlar, munchoq va marjonlar yasalgan.
Toqi Zargaronda chet davlatlardan savdogarlar kelib o‘z buyumlarini sotishgan. Asosan, bu toqqa arablar, forslar, hindlar, ruslar, xitoylar, turklar va boshqa millatga mansub savdogarlar kelishgan. Ular toqda Xitoy shoyisi, Kashmir ro‘moli, Misr zarbof gazlamalari, arab joynamozlari, Tibet ziravorlari kabi mahsulotlar sotishgan. Ovqatlanish uchun ajratilgan joylarda somsa, non va issiq taomlar sotilgan. Mazkur toqda hukmdor farmonlari ham e’lon qilingan.
Toqi Zargaron
O‘tmishda uning dalonlarida 36 ta zargarlik ustaxonasi va do‘konlar bo‘lgan. Atrofiga savdo rastalari, ombor, karvonsaroylar qurilgan.
Toqi Zargaron Ulug‘bek madrasasi yonida, qadimiy shahriston markazi – ikkita katta ko‘cha kesishgan chorraha ustini qoplab turadi.
Toqi Zargaronda ayni davrda hunarmandlar ustaxonalari va savdo rastalari mavjud. Ushbu do‘konlarda hozirgi kunda ziravorlar, yog‘ochdan yasalgan buyumlar va zargarlik ashyolari, qadimiy kolleksiyalar sotiladi.
Abdullaxon madrasasi (Buxoro)
Mazkur me’moriy obida Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. Uning qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‘tib, ikki yondagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.
Me’moriy obida Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gumbazli uslubda, bezaklar qo‘llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan birgalikdagi ko‘rinishi “qo‘sh” uslub namunasi hisoblanadi.
Abdullaxon madrasasi (Buxoro)
Madrasa darvozasi xotamkori uslubining noyob namunasi – girih shaklli mayda yog‘och parchalaridan terilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa ro‘paradagi Modarixon madrasasiga qarab biroz egilgan holatda qurilgan.
Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasiga atab qurilganligini hisobga olsak, bu onaga o‘ziga xos hurmat ramzidir. Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi bo‘lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarini namoyon etadi.
Manbalarda
- Shayboniyxon o‘rta osiyoliklarning ichki kuchlariga tayanib yurishlar qilgan va oqibatda chegarasi Amudaryo doirasidan juda uzoqqa cho‘zilgan ulkan mamlakatni barpo etgan buyuk hukmdorlarning oxirgisi edi.
- Ilk Amu va Sir daryolarining narigi tarafidagi musulmonlar bilan G‘arbiy Osiyodagi din qardoshlari o‘rtasida juda yaqin bo‘lmasa-da, doimiy aloqa bor edi. Temuriylarning inqirozi bilan bu aloqa tamom bo‘ladi. Movarounnahr mustaqil bo‘lishi natijasida juda qadim zamonlardagi kabi uning suv hududi Turon bilan Eron orasida asosiy bir chegara holatini oladi.
Buxoro hammomlari
XVI asrda qurilgan Hammomi Bozori kord (erkaklar hammomi) va Hammomi Kunjak (ayollar hammomi) hali-hamon xizmat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, Hammomi Sarrofon (erkaklar hammomi) bizning davrimizgacha buzilmay yetib kelgan.
Arxitekturasi bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan bu hammomlarning yechinish xonasi, choy ichib hordiq chiqariladigan katta (yog‘och ustunli) xona, o‘rtada asosiy xona, uning atrofida yuvinish xonalari bo‘lib, ular katta va kichik gumbazlar bilan yopilgan. Ustunlari juda mustahkam.
Hammom yerosti qismining tuzilishida oldin chuqurlik bo‘lib, chuqurlikda go‘lax (olovxona) joylashtirilgan. Keyin issiq havo aylanib yurish yo‘llari bo‘lgan. Xonalar poyostonasi issiq havo yo‘li va go‘lax ustida qurilgan.
Buxoro hammomlari
Buxoro hammomlari, asosan, madrasa, masjid, bozorlar va boshqa tarixiy binolar markazlari oldida qurilgan. Hammomlar ko‘p xonali, yer ostida gumbazsimon shaklda bunyod etilgan. Hammomlar polosti kanallar orqali issiq havo bilan isitilgan. Oqova suvlar uchun ariqchalar qazilgan, xushbo‘y moddalar va kul suv (ishqorli suv) uchun mo‘ljallangan hovuzchalar sirti suvga chidamli maxsus qorishmalar bilan qoplangan, devorlar ganch bilan suvalgan, sirli sopol parchinlar bilan bezatilgan.
Hammomlarni yoritish va havosini yangilab turish maqsadida gumbazlar cho‘qqisi oynaband qilib ishlangan. O‘rta asrlarda Buxoro hammomlari “garmoba” deb nomlangan bo‘lib, ichki va tashqi me’moriy uslubi o‘zgarmasdan birdek saqlanib kelingan. Hammomlarning ichki qismi dam olish va yechinish kabi xonalardan iborat bo‘lgan. Asosiy yuvinish xonalariga pillapoya orqali bir metr pastga tushilgan. Mavjud yettita xona ichma-ich qurilgan. Xonalarning havosi bir-biridan issiq va sovuqligi hamda hajmi bilan ajralib turgan. Birinchi xona oyoq yuviladigan xona, harorati o‘rta, sovuqxona ham deyilgan. Sovuqxonaning devor tomonlariga marmartosh bilan uzun supa qilingan. Supalarning usti nafis marmarlar bilan qoplangan. Supalar balandligi yarim metr bo‘lgan. Xonalar katta-kichik hajmdagi gumbazlar bilan bir-biriga tutashtirib borilgan. Sovuq havoli xonalar devori bir qavatli, issiqxonalar devori esa ikki qavatli bo‘lgan.
Manbalarda
1558-yil Buxoroga tashrif buyurgan ingliz sayyohi Antoni Jenkinson bu yerdagi hammomlar haqida shunday deydi: “Ayniqsa, hammomlar shunday ko‘rkam qurilganki, bunaqasi dunyoning hech qayerida yo‘q”.
Mustaqil faoliyat
1. Mamlakatda ilm-fanning rivoji uchun eng zarur bo‘lgan asosiy omillarni qayd eting. 2. Mamlakatimiz hududida XVI asrda qurilgan me’moriy obidalar haqida ma’lumot to‘plang va quyidagi savollarga javob bering.
- Obidaning arxitekturasi, o‘ziga xosligi. – Hozirgi kundagi ahvoli. Javoblaringiz asosida taqdimot tayyorlang.
Baroqxon madrasasi
Baroqxon madrasasi 1531–1532-yillar – XVI asr ikkinchi yarmida Toshkentda qurilgan. Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq bo‘lib, madrasaning g‘arbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq g‘ishtdan ishlangan. Ba’zi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi o‘rnida dastlab ikkita (katta va kichik) maqbara bo‘lgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Baroqxon ikki maqbarani o‘z ichiga olgan madrasa qurdirgan. Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoqqa rang-barang sirkor g‘ishtchalardan namoyon terilgan. U handasiy va girih naqshlar bilan hoshiyalangan.
Baroqxon – shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xon. Abulxayrxonning nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxo‘janing kichik o‘g‘li edi.
Baroqxon madrasasi
Peshtoqning yuqori qismi saqlanmagan. Asosiy peshtoqning orqa tomonida yana peshtoq va besh qirrali ravoq bor. G‘arb tomondagi ichki peshtoq ko‘k gumbazning tarkibiy qismi bo‘lgan.
Baroqxon madrasasining to‘rt burchagida cho‘ziq xona (qorixona)lar bo‘lgan. Bino shakli va bezaklari o‘z holicha qolgan. Uning 22 m li gumbazi ko‘k sirkor g‘ishtchalar bilan pardozlangan. Gumbaz ostidagi 4,5 m li poygumbazga turli rangdagi sirkor g‘ishtchalardan handasiy va girih naqshlar terib ishlangan, Qur’on suralari bitilgan. Maqbara ichki qismidagi bezaklar keyinchalik ko‘chib tushgan.
Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar bo‘lib, ularga oltin suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora bor (ular yashil sirkor, zarhalli g‘ishtchalar bilan ajratilgan). Baroqxon madrasasi naqshlarining go‘zalligi, qurilish uslubi jihatidan Samarqandning eng yaxshi me’moriy yodgorliklaridan biri – XV asrning ikkinchi yarmiga oid Oqsaroyga yaqin turadi.
O‘ylab ko‘ring
Muhim sanalar
- 1530–1536-yillarda — Madrasa binosini 1530–1536-yillarda shayx Mir Arab qurdirgan.
- 1531–1532-yillar — Baroqxon madrasasi 1531–1532-yillar – XVI asr ikkinchi yarmida Toshkentda qurilgan.
- 1536-yil — Biroq madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmaydi, 1536-yil boshida Mir Arab vafot etadi va uning vasiyatiga ko‘ra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazadi.
- 1551–1575-yillar — Madrasa 1551–1575-yillar orasida qurib ishga tushirilgan.
- 1558-yil — 1558-yil Buxoroga tashrif buyurgan ingliz sayyohi Antoni Jenkinson bu yerdagi hammomlar haqida shunday deydi: “Ayniqsa, hammomlar shunday ko‘rkam qurilganki, bunaqasi dunyoning hech qayerida yo‘q”.
- XVI asrda — Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi bo‘lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarini namoyon etadi.
- XVI asrda — XVI asrda qurilgan Hammomi Bozori kord (erkaklar hammomi) va Hammomi Kunjak (ayollar hammomi) hali-hamon xizmat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, Hammomi Sarrofon (erkaklar hammomi) bizning davrimizgacha buzilmay yetib…
- XVI asrda — Mamlakatimiz hududida XVI asrda qurilgan me’moriy obidalar haqida ma’lumot to‘plang va quyidagi savollarga javob bering.
- XVI asr — Baroqxon madrasasi 1531–1532-yillar – XVI asr ikkinchi yarmida Toshkentda qurilgan.
- XV asrning — Baroqxon madrasasi naqshlarining go‘zalligi, qurilish uslubi jihatidan Samarqandning eng yaxshi me’moriy yodgorliklaridan biri – XV asrning ikkinchi yarmiga oid Oqsaroyga yaqin turadi.
Bilimingizni sinang
Shayboniylar Markaziy Osiyoda qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
- 1451–1526-yillarda
- 1500–1601-yillarda
- 1405–1500-yillarda
- 1370–1405-yillarda
To‘g‘ri javob: 1500–1601-yillarda. Shayboniylar 100 yil mobaynida, 1500–1601-yillarda Markaziy Osiyoda hukmronlik qilgan.
Shayboniylar dastlab me’morchilikda qaysi sulola davridagi an’analarni davom ettirgan?
- Somoniylar
- Qoraxoniylar
- Xorazmshohlar
- Temuriylar
To‘g‘ri javob: Temuriylar. Shayboniylar dastlab temuriylar davridagi me’morchilik an’analarini davom ettirgan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang. I. Antoni Jenkinsonning Buxoroga tashrifi (1558). II. Shayboniylar hukmronligining tugashi (1601). III. Mir Arabning vafoti (1536). IV. Shayboniylarning Markaziy Osiyoda hukmronligi boshlanishi (1500).
- IV–III–I–II
- IV–I–III–II
- III–IV–I–II
- IV–III–II–I
To‘g‘ri javob: IV–III–I–II. Shayboniylar hukmronligi 1500-yilda boshlanib 1601-yilda tugagan; Mir Arab 1536-yilda vafot etgan, Jenkinson esa 1558-yilda Buxoroga kelgan.
Shayboniylar hokimiyat tepasiga kelgach, me’morchilik sohasida qanday yo‘l tutdilar?
- Temuriylar davri me’morchiligini butunlay rad etib, faqat Eron uslubini joriy qildilar va Buxoroda yangi mudofaa devorlarini qurdirdilar
- Temuriylar davridagi me’morchilik an’analarini davom ettirib, Buxoroda keng qurilish va mudofaa devorlarini mustahkamlash ishlarini olib bordilar
- Qurilish ishlarini to‘xtatib, mablag‘ni faqat harbiy yurishlarga sarflab, Buxoroda mudofaa devorlarini mustahkamlashni ham to‘xtatib qo‘ydilar
- Poytaxtni Samarqanddan Balxga ko‘chirib, Buxoroni qarovsiz qoldirdilar va uning mudofaa devorlari ham buzilib ketishiga yo‘l qo‘ydilar
To‘g‘ri javob: Temuriylar davridagi me’morchilik an’analarini davom ettirib, Buxoroda keng qurilish va mudofaa devorlarini mustahkamlash ishlarini olib bordilar. Shayboniylar dastlab temuriylar me’morchilik an’analarini davom ettirgan, Buxoroda katta qurilish olib borib, mudofaa devorlarini mustahkamlagan.
Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasida hujralar soni nechta bo‘lgan?
- 38 ta
- 24 ta
- 32 ta
- 44 ta
To‘g‘ri javob: 38 ta. Ko‘kaldosh madrasasida hujralar soni 38 ta bo‘lgan.
Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi qaysi yillar orasida qurib ishga tushirilgan?
- 1530–1536-yillar orasida
- 1531–1532-yillar orasida
- 1551–1575-yillar orasida
- 1500–1510-yillar orasida
To‘g‘ri javob: 1551–1575-yillar orasida. Ko‘kaldosh madrasasi 1551–1575-yillar orasida qurib ishga tushirilgan.
Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi qaysi masjid yonida bunyod etilgan?
- Minorayi Kalon jome masjidi
- Bolo Hovuz yonidagi jome masjid
- Xo‘ja Ahror Valiy jome masjidi
- Shayx Zayniddin jome masjidi
To‘g‘ri javob: Xo‘ja Ahror Valiy jome masjidi. Ko‘kaldosh Chorsu maydonidagi Shahriston tepaligida, Xo‘ja Ahror Valiy jome masjidi yonida qurilgan.
Ko‘kaldosh madrasasida nechta hujra (darsxona) bo‘lgan?
- 38 ta
- 28 ta
- 54 ta
- 114 ta
To‘g‘ri javob: 38 ta. Ko‘kaldosh madrasasidagi hujralar soni 38 ta bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash