Shayboniylarning tashqi siyosati
XV ASRNING OXIRI – XVI ASRNING BOSHLARIDA TURONDA SIYOSIY VAZIYAT
Shayboniylarning Xurosonni qo‘lga kiritish
Shayboniylar hokimiyat tepasiga kelgan davrdan boshlab butun XVI asr mobaynida faol tashqi siyosat olib bordilar. Hukmronliklarining dastlabki davridayoq ular bilan oldinma-keyin Eronda safaviylar, Hindistonda boburiylar hukmronligining o‘rnatilishi natijasida mintaqada uch siyosiy kuchning manfaatlari to‘qnashadi. Manfaatlar to‘qnashgan asosiy nuqta siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Xuroson edi.
Shayboniylarning Hirot va Balxga egalik qilish borasidagi harakatlari ham bu kurashning markazida turdi.
Xuroson masalasini hal qilish va nazoratda ushlab turishda Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II davrida shayboniylarning qo‘llari baland keladi. Boshqa paytlarda safaviylar g‘olib bo‘lishadi. Xuroson uchun bo‘lgan kurashlarni muvaffaqiyatli olib borish yo‘lida safaviylar uchun asosiy to‘siq Usmonli saltanati edi. Navro‘z Ahmadxon, Abdullaxon II va boshqa hukmdorlar usmonli sultonlar bilan yaqinlashishga harakat qilganlar. O‘z navbatida, ular ham o‘zbek davlati poytaxtiga bir necha bor o‘z elchilarini yuborishgan. Masalan, shahzoda Abdulmo‘min usmonli sultoni Murod III ga yuborgan xatida Eronga qarshi birga kurashish taklifini bildirgan edi.
Shayboniylarning Xurosonni qo‘lga kiritish
Shayboniylar safaviylarga qarshi kurashda boburiylardan ham foydalanishga harakat qilishadi. Biroq boburiylar shayboniylarning safaviylar bilan kurashiga faol aralashish yo‘lini tutishmaydi.
1576-yilda Eronda yuzaga kelgan siyosiy inqirozdan foydalangan usmonli sultoni Murod III safaviylarga qarshi urush ochadi.
Bu voqea Abdullaxon II ning Xurosonga bostirib kirishi, Mashhad, Nishopur va boshqa shaharlarni egallashi uchun qulay vaziyat yaratadi.
Abdullaxon II Hindistonga Mir Quraysh boshchiligida elchilar jo‘natadi. Maqsad Badaxshon va Eronning boshqa hududlarini shayboniy hukmdor tomonidan egallanishi tufayli o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritish edi. Boburiylar yetakchisiga yo‘llangan xatda Badaxshonning zabt etilishi sabablari, u orqali Makka va Madinaga yo‘l ochilgani, bu hududni kofirlar zulmidan qutqarish yo‘lidagi harakat sifatida asoslangan edi.
Shayboniylarning Xurosonni qo‘lga kiritish
1586-yili Buxoroga Hakim Humom va Sadr Jahon boshchiligidagi elchilarning yetib kelgani Akbarshohning shayboniylar bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslikka qaror qilganini ko‘rsatadi.
Bilasizmi?
Manbalarda
“Temur tuzuklari”, “Zafarnoma”, “Boburnoma” kabi tarixiy manbalardagi turk-o‘zbek urug‘larini dasht o‘zbeklarining urug‘lariga taqqoslaganda, ular orasida deyarli farq yo‘qligini ko‘rish mumkin. Yuqoridagi manbalarni yuzakiroq o‘rganishning o‘ziyoq hali dasht o‘zbeklari ikki daryo oralig‘iga joylashmagan XIV–XV asrlarda o‘zbeklarning tarkibida bo‘lgan urug‘lar bu yerda yashaganligini aniqlashga imkon beradi. Jumladan, yuqoridagi manbalarda Temurbek va undan oldingi davrlarda ikki daryo oralig‘ida yashagan arg‘unlar, oyratlar, qovchin, do‘g‘lat, ming, mo‘g‘ul, uyg‘ur, turkman, norin, itarchi (o‘tarchi bo‘lsa kerak), qorluq, qushchi, tulkichi, totar, kerait, qipchoq, mang‘it, tag‘oyi va boshqa turkiy xalqlar keltiriladi. Ana shu urug‘larning barchasi temuriylar davlatida ham, dasht o‘zbeklari davlati tarkibida ham bo‘lgan. Dasht o‘zbeklarining yo‘lboshchisi Shayboniyxonning esa dastlab faqat olti o‘zbek urug‘iga: qushchi, do‘rmon, uyg‘ur, qurlaut, echki, nayman, keyinchalik 15 urug‘iga tayanib hokimiyatni qo‘lga olganligi ma’lum. Shuning uchun ham bu urug‘larning madaniyati, ijtimoiy rivojlanish darajasi har xil bo‘lsa-da, kelib chiqishi deyarli bir xil edi.
Manbalarda
Tarix g‘ildiragining bosib o‘tilgan ma’lum nuqtasida ular hokimiyat va ustunlik uchun bir-biri bilan shiddatli kurash olib borgan siyosiy kuchlar edi. Ammo shunisi aniqki, ikkala sulola ham bizning bobolarimiz, ya’ni ajdodlarimizdir. Vorislar ulug‘ ajdodlarini tanlay olmaydilar, “ular Allohdandir” degan ibora bor, biz esa ular yaratgan qudratli davlatchilik va madaniyatning vorislaridirmiz.
Ziyodulla Muqimov, huquqshunos olim
Shayboniylarning Qozoq, Sibir xonliklari
Shayboniyxonning markazlashgan davlat tuzish yo‘lidagi raqiblaridan biri Qipchoq dashtidagi qozoq sultonlari edi. XVI asrning boshlarida qozoq sultonlari Shayboniyxonning harbiy yurishlaridan foydalanib Movarounnahrga bir necha marta bosqinchilik harakatlari uyushtiradilar, Buxoro va Samarqandni talon-toroj qilib, aholini asir oladilar. 1509-yilda Shayboniyxon qozoq sultonlari Jonish Sulton, Burunduqxon va Qosim Sultonlarga qattiq zarbalar beradi. Buning natijasida Sig‘noq, Yassi, Savron shaharlarini qo‘lga kiritadi hamda Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ta’mirlashga buyruq beradi.
Shayboniylar hukmronligi davrida mamlakatning shimolida joylashib olgan Qozoq xonligi bilan muayyan aloqalar olib boriladi, biroq bu aloqalar ko‘p hollarda harbiy to‘qnashuvlar tufayli izdan chiqar edi.
Shayboniylarning Qozoq, Sibir xonliklari
O‘zbek davlati Sibir xonligi bilan ham aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Kuchumxon Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan 1563-yili Sibir xonligida hokimiyat tepasiga keladi. Shayboniylar Sibir xonligi, xususan, uning g‘arbiy qismida islom dinining tarqalishida muhim o‘rin tutishgan. Jumladan, 1574-yilda Abdullaxon II ga yo‘llagan xatida Kuchumxon uning davlati hududida kishilarni imon yo‘liga boshlovchi aziz-avliyolarning yo‘qligi tufayli bu yerga sayyid-u shayxlardan yuborishni so‘raydi. O‘zbek hukmdori bu iltimosni qondiradi. Shu tariqa, ilk turonliklarning Sibirdagi soni ortib boradi.
Rossiya hukmdori Ivan Grozniy tomonidan Qozon (1552) va Ashtarxon (1556) xonliklari bosib olinganidan so‘ng ruslarning sharqqa yurishi, Sibir yerlarini asta-sekinlik bilan bosib olish jarayoni boshlanadi.
Shayboniylarning Qozoq, Sibir xonliklari
Yermak boshliq kazaklar 1581–1583-yillarda Kuchumxonga qarshi kurashga kirishadi. Bu kurashda Kuchumxonning qo‘li baland kelgan bo‘lsa-da, davlat ichidagi uyushmaganlik uning hokimiyatini zaiflashtiradi.
Shu tariqa, sharqiy yo‘nalishda bir qadar muvaffaqiyatga erishgan Rus davlati shayboniylar bilan elchilik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga harakat qila boshlaydi.
Uzoq Sibirdagi Rossiya fuqarolari o‘z podshosiga “Endilikda biz tomonlarga hech qayerdan savdogarlar kelayotganlari yo‘q va shu sabab nihoyatda nochormiz. Agar savdogarlar kelib-ketib turganlarida edi, bizning qornimiz ham to‘q bo‘lardi... Oliy hazrat, Buxoro va No‘g‘oy xonligiga elchilar yuborib (u tomonlardan savdogarlar yuborilishini so‘ra), toki bizning yerimizda ham to‘kinlik bo‘lsin”, deb yozgan murojaatnomasi ko‘p narsaga ishoradir. Shu sababli rus hukumati buxorolik savdogarlardan soliq olmaslik, ularga boj solmaslik, ular faoliyatiga to‘siq qo‘ymaslik borasida maxsus ko‘rsatma bergan. Shu tariqa Abdullaxon II davrida o‘zbek davlatchiligi yana bir bor yuksak marralarga ko‘tariladi. Davlat markazlashadi, ichki va tashqi siyosatda zalvarli qadamlar qo‘yiladi va madaniy hayot rivoj topadi.
Shayboniylarning Qozoq, Sibir xonliklari
Shayboniylarning asosiy raqibi islomning shialik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchi safaviylar davlati edi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar geosiyosiy maqsadlar borasida ham vujudga kelgan.
Usmonli sultonligi g‘arbda Safaviylar davlati bilan raqobatlashgan, Shayboniylar davlati bilan Usmonli sultonligi o‘rtasida mustahkam diplomatik va ittifoqchilik aloqalari o‘rnatilgan. Usmonli sultonligi safaviylarning Xuroson uchun kurashida shayboniylarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Davlatlar o‘rtasida karvonlar, savdogarlar, elchilar almashinib turgan. Shayboniylarning yana bir o‘zbek davlati – Xiva xonligi bilan munosabatlari turlicha kechgan. Xitoy bilan esa iliq munosabatlarda bo‘lgan.
Mustaqil faoliyat
Muhim sanalar
- 1509-yilda — 1509-yilda Shayboniyxon qozoq sultonlari Jonish Sulton, Burunduqxon va Qosim Sultonlarga qattiq zarbalar beradi.
- 1563-yili — Kuchumxon Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan 1563-yili Sibir xonligida hokimiyat tepasiga keladi.
- 1574-yilda — Jumladan, 1574-yilda Abdullaxon II ga yo‘llagan xatida Kuchumxon uning davlati hududida kishilarni imon yo‘liga boshlovchi aziz-avliyolarning yo‘qligi tufayli bu yerga sayyid-u shayxlardan yuborishni so‘raydi.
- 1576-yilda — 1576-yilda Eronda yuzaga kelgan siyosiy inqirozdan foydalangan usmonli sultoni Murod III safaviylarga qarshi urush ochadi.
- 1581–1583-yillarda — Yermak boshliq kazaklar 1581–1583-yillarda Kuchumxonga qarshi kurashga kirishadi.
- 1586-yili — 1586-yili Buxoroga Hakim Humom va Sadr Jahon boshchiligidagi elchilarning yetib kelgani Akbarshohning shayboniylar bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslikka qaror qilganini ko‘rsatadi.
- XVI asr — Shayboniylar hokimiyat tepasiga kelgan davrdan boshlab butun XVI asr mobaynida faol tashqi siyosat olib bordilar.
- XIV–XV asrlarda — Yuqoridagi manbalarni yuzakiroq o‘rganishning o‘ziyoq hali dasht o‘zbeklari ikki daryo oralig‘iga joylashmagan XIV–XV asrlarda o‘zbeklarning tarkibida bo‘lgan urug‘lar bu yerda yashaganligini aniqlashga imkon beradi.
- XVI asrning — XVI asrning boshlarida qozoq sultonlari Shayboniyxonning harbiy yurishlaridan foydalanib Movarounnahrga bir necha marta bosqinchilik harakatlari uyushtiradilar, Buxoro va Samarqandni talon-toroj qilib, aholini asir…
Bilimingizni sinang
Shayboniylar hokimiyat tepasiga kelgandan boshlab qaysi asr mobaynida faol tashqi siyosat olib bordilar?
- XVI asr
- XV asr
- XVII asr
- XVIII asr
To‘g‘ri javob: XVI asr. Shayboniylar butun XVI asr mobaynida faol tashqi siyosat yuritgan.
Shayboniylar hokimiyat tepasiga kelgach, Eronda va Hindistonda qaysi sulolalar hukmronlik o‘rnatdi?
- Eronda safaviylar, Hindistonda boburiylar
- Eronda boburiylar, Hindistonda safaviylar
- Eronda temuriylar, Hindistonda safaviylar
- Eronda usmonlilar, Hindistonda boburiylar
To‘g‘ri javob: Eronda safaviylar, Hindistonda boburiylar. Eronda safaviylar, Hindistonda boburiylar hukmronligi o‘rnatilib, mintaqada uch kuch manfaati to‘qnashgan.
Shayboniylar, safaviylar va boburiylar manfaatlari to‘qnashgan asosiy hudud qaysi edi?
- Xorazm
- Xuroson
- Farg‘ona
- Kobul
To‘g‘ri javob: Xuroson. Siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatdan muhim Xuroson manfaatlar to‘qnashgan asosiy nuqta bo‘lgan.
Xuroson masalasini hal qilishda qaysi shayboniy hukmdorlar davrida shayboniylarning qo‘llari baland kelgan?
- Husayn Boyqaro, Boburmirzo va Bediuzzamon Mirzo
- Navro‘z Ahmadxon, Abdulmo‘minxon va Iskandarxon
- Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II
- Ko‘chkunchixon, Abusaidxon va Abdullatifxon
To‘g‘ri javob: Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II. Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II davrida shayboniylar ustun kelgan.
Xuroson uchun kurashda safaviylar uchun asosiy to‘siq qaysi davlat edi?
- Qozoq sultonligi
- Qalmoq xonligi
- Mug‘al saltanati
- Usmonli saltanati
To‘g‘ri javob: Usmonli saltanati. Safaviylar uchun asosiy to‘siq Usmonli saltanati bo‘lgan.
Qaysi usmonli sultoniga shahzoda Abdulmo‘min Eronga qarshi birga kurashish taklifi bilan xat yuborgan?
- Murod III
- Sulaymon Qonuniy
- Salim I
- Bayazid II
To‘g‘ri javob: Murod III. Abdulmo‘min Murod III ga yo‘llagan xatida Eronga qarshi birga kurashishni taklif qilgan.
Xuroson uchun kurash haqidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II davrida Xurosonda shayboniylarning qo‘li baland kelgan. II. Safaviylar uchun Xuroson kurashidagi asosiy to‘siq Usmonli saltanati bo‘lgan. III. Boburiylar shayboniylarning safaviylar bilan kurashiga faol aralashgan. Qaysi hukmlar to‘g‘ri?
- I va II
- faqat I
- II va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va II. I va II hukmlar to‘g‘ri; boburiylar esa shayboniylarning safaviylar bilan kurashiga faol aralashmagan.
Usmonli sultoni Murod III Eronda yuzaga kelgan siyosiy inqirozdan foydalanib, safaviylarga qarshi qaysi yilda urush ochdi?
- 1509-yilda
- 1576-yilda
- 1586-yilda
- 1563-yilda
To‘g‘ri javob: 1576-yilda. 1576-yilda Eronda inqiroz yuzaga kelgan va Murod III urush ochgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash