Ashtarxoniylarning hukmronlik davri
MAMLAKATIMIZ TARIXIDA ASHTARXONIYLAR VA MANG‘ITLAR SULOLASI
Tarix saboqlari
Buxoro xonligidagi shayboniylar sulolasining so‘nggi hukmdori Pir Muhammadxon II ashtarxoniylar urug‘i bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi. Shu tariqa yuz yil davomida o‘zbek davlatini boshqargan sulola faoliyati tugab, hokimiyat 1601-yilda ashtarxoniylar qo‘liga o‘tadi.
O‘ylab ko‘ring
Jahon tarixidan olgan bilimlaringizni muvofiqlashtiring. 1. 1556-yilda Rossiya podshosi Ivan Grozniy qaysi hududlarni bosib olgan? 2. 1552–1556-yillarda Qozon va Ashtarxon xonliklarining taqdirida qanday o‘zgarishlar yuz bergan?
Bilasizmi?
1556-yili Ashtarxon xonligi Rossiya davlati tomonidan bosib olinadi. Oqibatda Yor Muhammadxon Buxoroga jo‘nashga majbur bo‘ladi. U amakivachchalari tomonidan katta izzat-ikrom bilan qabul qilinadi. Shayboniylardan bo‘lgan Iskandarxon Yor Muhammadxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Joni Muhammad sultonga qizi Zuhrabonuni turmushga beradi. Shu orqali ular o‘rtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlanadi. Mazkur nikohdan Din Muhammad, Boqi Muhammad va Vali Muhammadlar dunyoga kelgan.
Tarix saboqlari
Shayboniylar xonadonining eng yaqinlari va tayanchlaridan biriga aylangan Yor Muhammadxon va uning avlodlari oliy hukmdorga xizmat qila boshlashadi. Borib-borib ularning ham mavqelari oshib, mamlakatning e’tiborli viloyatlaridan biri Samarqandni boshqarishga erishadilar. 1601-yilda Boqi Muhammad oliy taxtni shayboniylardan tortib olishga muvaffaq bo‘ladi. Shu bilan mamlakatda ashtarxoniylar sulolasining bir yarim asrlik hukmronlik davri boshlanadi. Boqi Muhammadxon mamlakat yaxlitligini saqlash uchun safaviylar va qozoq xonlari bilan kurash olib borishga majbur bo‘lgan.
Boqi Muhammad vafotidan keyin taxtga o‘tirgan Vali Muhammadxon ham o‘zining olti yillik boshqaruvi davomida, asosan, yurtni birlashtirish, markaziy hokimiyatga bo‘ysunishdan bosh tortgan siyosiy kuchlarga qarshi kurashish hamda davlatning janubiy chegaralarini himoya qilish bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
Bilasizmi?
Boqi Muhammadxon shayboniylar hukmronligining so‘nggi davrida markaziy hokimiyat bo‘ysunuvidan chiqib ketgan Xorazm, Balx, Marv kabi shaharlarni o‘z izmiga solishga muvaffaq bo‘ladi. Andxud, Shibirg‘on, Chechaktu, Maymana, Faryob – Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan yerlar, shuningdek, Bag‘lon, Badaxshon ham o‘zbek davlati ixtiyoriga qaytariladi.
Yalangto‘sh Bahodir
Yalangto‘sh Bahodir 1578-yilda Nurota hokimi oilasida tug‘ilgan. Manbalarda uning ismi Yalangto‘sh biy deb yozilgan. Buxoroda boshqarish ilmi va harbiy sohani juda erta o‘rganadi.
1611-yil Imomqulixonni taxtga o‘tqazishda faol qatnashgan. Shundan so‘ng Yalangto‘sh Bahodirning mavqeyi ortadi. U Samarqandni 1626-yildan amalda mustaqil idora eta boshlaydi. Unga otaliq unvoni beriladi. Yalangto‘sh Bahodir Buxoro xonligining barcha harbiy amaliyotlarida faol ishtirok etadi.
1640-yil Imomqulixon Moskvaga elchilar orqali noma yo‘llab, unda Rossiyaning qalmiqlarga qarshi kurashida Yalangto‘sh Bahodir boshchiligida 12 amir va katta qo‘shin yuborishga tayyor ekanligini bildiradi.
Yalangto‘sh Bahodir
Yalangto‘sh keyinchalik ham ashtarxoniy hukmdorni qo‘llab-quvvatlashda davom etgan. Iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lgan bu amaldorning shaxsiy qo‘shini ham bo‘lgan. 1648-yil yozida Abdulazizxon 200 ming kishilik qo‘shin bilan Balxga yurish qilib, boburiylardan bu viloyatni qaytarib oladi. Bu yurishda Yalangto‘sh Bahodir boshchiligidagi lashkarlar ham bo‘lgan.
“Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi orqali uning qo‘shini va salohiyatiga baho bering.
Filmda aks etgan voqealar ketma-ketligi bo‘yicha infografika tuzing.
Tarix saboqlari
Ashtarxoniylarga bir necha marotaba mag‘lub bo‘lgan safaviy shoh Abbos boshqacha yo‘lni tanlaydi: Vali Muhammadxon huzuriga “yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik” taklifi bilan elchilar yuboradi. Unga javoban ashtarxoniylar ham elchilar jo‘natadi. Safaviylar bilan murosaga borgani uchun bir guruh buxorolik yirik amaldorlar Vali Muhammadxondan norozi bo‘ladilar.
Natijada mahalliy zodagonlar 1611-yilda Samarqand hokimi Imomquli sultonni oliy taxtga o‘tqazadilar.
Imomqulixon mamlakatni o‘ttiz yildan ortiqroq boshqaradi. U mahalliy siyosiy kuchlarning boshboshdoqliklariga hamda o‘zaro urushlariga nisbatan chek qo‘yib, mamlakat chegaralarini mustahkamlash ishiga ham katta kuch-g‘ayrat sarflaydi. Imomqulixonning taxtga chiqishida faol qatnashgan va uning safaviylarga qarshi kurashini qo‘llagan yirik arbob Yalangto‘sh edi.
Tarix saboqlari
1642–1645-yillarda o‘zbek davlatini boshqargan ashtarxoniylar yetakchisi Nadr Muhammadxon taxtga o‘tirgach, muhim siyosiy, iqtisodiy mavqega ega bo‘lgan zodagonlarning mulkini tortib olib, ularni o‘zidan uzoqlashtiradi. Boshqa yirik amirlar va amaldorlarga sovg‘a-salomlar ulashadi, mamlakat viloyatlarini farzandlari, nabiralari va jiyanlariga bo‘lib beradi. Natijada oliy hukmdorga qarshi kayfiyatda bo‘lgan amirlar fitna uyushtiradilar. 1645-yili Movarounnahrga qozoqlar hujum qilib Xo‘jandgacha keladilar. Qozoqlarni quvib chiqarish uchun Nadr Muhammad o‘g‘li Abdulazizni safarbar etadi. Xondan norozi bo‘lgan bir guruh amirlar bundan foydalanib Abdulazizni xon deb e’lon qiladilar. Oxir-oqibat Nadr Muhammadxonning hokimiyatni qaytarib olishga bo‘lgan harakatlari samarasiz yakunlanadi. Nadr Muhammadxon Makkaga haj amalini bajarish uchun ketayotganda yo‘lda vafot etadi.
Tarix saboqlari
Yalangto‘sh (1578–1656) – o‘zbek davlatini ashtarxoniylar boshqargan davrning eng yirik davlat va harbiy arbobi, turli yillarda Balx, Samarqand viloyatlari hokimi.
Ashtarxoniylar: Boqi Muhammad 1601-1605 Vali Muhammad 1605-1611 Imomqulixon 1611-1642 Nadr Muhammad 1642-45 Abdulazizxon 1645-1681 Subhonqulixon 1681-1702 Ubaydullaxon II 1702-1711 Abulfayzxon 1711-1747
Tarix saboqlari
Abdulazizxon davri (1645–1681-yillar)da ham, Subhonqulixon (1681–1702), Ubaydullaxon (1702–1711) va Abulfayzxon (1711–1747) hukmronlik qilgan davrlarda ham mamlakatdagi ichki nizolar tinmaydi. Natijada siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz yuzaga keladi.
Toshkent, Xo‘jand, Balx, Badaxshon, Hisor va boshqa viloyatlar deyarli mustaqil mulklarga aylanadi. Bu holat davlatni xorijiy bosqinchilar uchun yengil o‘ljaga aylantiradi. Yuzaga kelgan vaziyatdan Eron shohi Nodirshoh ustalik bilan foydalanadi. 1740-yilda Buxoroga Eron qo‘shinlarining yurishi boshlanadi. Jangsiz taslim bo‘lgan Buxoroda Abulfayzxon nomigagina oliy hukmdor etib qoldiriladi.
1736 Rizoquli
2. Mamlakatlarning tanazzuliga sabab bo‘ladigan omillarni sanab o‘ting. Fikringizni asoslang.
Manbalarda
Abulfayzxon Eron bosqiniga qarshi kurashni uyushtira olmadi va taslim bo‘ldi. Nodirshoh Buxoro xonligining taslim bo‘lish shartlarini xonlikning Bosh vaziri Muhammad Hakimbiy orqali Abulfayzxonga ma’lum qildi. Taslim bo‘lish haqidagi shartnomani imzolash uchun Abulfayzxon Zarafshon daryosi bo‘yidagi Chorbakr qo‘rig‘iga – Nodirshoh huzuriga borishga majbur bo‘ldi. Shartnomaga ko‘ra, Nodirshoh qo‘shinlari uchun 8 yilga yetadigan 200 ming xarbor bug‘doy va arpa to‘plab berdi. Bundan tashqari, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming kishilik qo‘shin to‘planib Nodirshoh ixtiyoriga jo‘natildi. Bu qo‘shinga Muhammad Hakimbiyning o‘g‘li Muhammad Rahim qo‘mondon etib tayinlandi.
Mustaqil faoliyat
O‘ylab ko‘ring
Chuhra oqosi — hukmdor shaxsiy gvardiyasi, xos soqchilar — chuhra boshlig‘i. Chuhra oqosi lavozimiga hukmdor e’tiborini qozongan shaxslar tayinlangan va ular saroyni qo‘riqlashga mas’ul hisoblangan.
Muhim sanalar
- 1552–1556-yillarda — 1552–1556-yillarda Qozon va Ashtarxon xonliklarining taqdirida qanday o‘zgarishlar yuz bergan?
- 1556-yilda — 1556-yilda Rossiya podshosi Ivan Grozniy qaysi hududlarni bosib olgan?
- 1556-yili — 1556-yili Ashtarxon xonligi Rossiya davlati tomonidan bosib olinadi.
- 1578-yilda — Yalangto‘sh Bahodir 1578-yilda Nurota hokimi oilasida tug‘ilgan.
- 1601-yilda — Shu tariqa yuz yil davomida o‘zbek davlatini boshqargan sulola faoliyati tugab, hokimiyat 1601-yilda ashtarxoniylar qo‘liga o‘tadi.
- 1601-yilda — 1601-yilda Boqi Muhammad oliy taxtni shayboniylardan tortib olishga muvaffaq bo‘ladi.
- 1611-yil — 1611-yil Imomqulixonni taxtga o‘tqazishda faol qatnashgan.
- 1611-yilda — Natijada mahalliy zodagonlar 1611-yilda Samarqand hokimi Imomquli sultonni oliy taxtga o‘tqazadilar.
- 1626-yilda — U Samarqandni 1626-yildan amalda mustaqil idora eta boshlaydi.
- 1640-yil — 1640-yil Imomqulixon Moskvaga elchilar orqali noma yo‘llab, unda Rossiyaning qalmiqlarga qarshi kurashida Yalangto‘sh Bahodir boshchiligida 12 amir va katta qo‘shin yuborishga tayyor ekanligini bildiradi.
Bilimingizni sinang
Yuz yil davomida o‘zbek davlatini boshqargan shayboniylar sulolasi tugab, hokimiyat qaysi yili ashtarxoniylar qo‘liga o‘tgan?
- 1601-yilda
- 1599-yilda
- 1611-yilda
- 1591-yilda
To‘g‘ri javob: 1601-yilda. Shayboniylar sulolasi faoliyati tugab, hokimiyat 1601-yilda ashtarxoniylar qo‘liga o‘tgan.
Ashtarxoniylar hokimiyatni shayboniylardan qaysi yilda qo‘lga oldilar?
- 1556-yilda
- 1601-yilda
- 1611-yilda
- 1642-yilda
To‘g‘ri javob: 1601-yilda. Shayboniylar sulolasi tugab, hokimiyat 1601-yilda ashtarxoniylar qo‘liga o‘tgan.
Buxoro xonligidagi shayboniylar sulolasining so‘nggi hukmdori kim edi?
- Pir Muhammadxon II
- Iskandarxon
- Yor Muhammadxon
- Boqi Muhammadxon
To‘g‘ri javob: Pir Muhammadxon II. Shayboniylarning so‘nggi hukmdori Pir Muhammadxon II ashtarxoniylar bilan jangda halok bo‘lgan.
Ashtarxon xonligi Rossiya davlati tomonidan qaysi yili bosib olingan?
- 1552-yili
- 1556-yili
- 1561-yili
- 1546-yili
To‘g‘ri javob: 1556-yili. Ashtarxon xonligi 1556-yili Rossiya tomonidan bosib olingach, Yor Muhammadxon Buxoroga ketishga majbur bo‘lgan.
1556-yilda Ashtarxon xonligi bosib olingach, Yor Muhammadxon qaysi shaharga jo‘nashga majbur bo‘ldi?
- Samarqandga
- Xivaga
- Buxoroga
- Balxga
To‘g‘ri javob: Buxoroga. Ashtarxon xonligi bosib olinishi oqibatida Yor Muhammadxon Buxoroga jo‘nagan.
Iskandarxon qizi Zuhrabonuni kimga turmushga berdi?
- Boqi Muhammadga
- Din Muhammad sultonga
- Vali Muhammadga
- Joni Muhammad sultonga
To‘g‘ri javob: Joni Muhammad sultonga. Iskandarxon Yor Muhammadxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Joni Muhammad sultonga qizini bergan.
Mamlakatda ashtarxoniylar sulolasining qanday davomiylikdagi hukmronlik davri boshlandi?
- Ikki yarim asrlik
- Bir yarim asrlik
- Uch yarim asrlik
- Ikki yuz yillik
To‘g‘ri javob: Bir yarim asrlik. 1601-yilda ashtarxoniylarning bir yarim asrlik hukmronligi boshlangan.
Ashtarxoniylar taxtni egallashdan oldin xizmat qilib, qaysi e’tiborli viloyatni boshqarishga erishgan edi?
- Samarqand
- Balx
- Hisor
- Toshkent
To‘g‘ri javob: Samarqand. Yor Muhammadxon avlodlari mavqeini oshirib, Samarqandni boshqarishga erishganlar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash