Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi va tashqi siyosat
MAMLAKATIMIZ TARIXIDA ASHTARXONIYLAR VA MANG‘ITLAR SULOLASI
O‘ylab ko‘ring
Chuhra oqosi — hukmdor shaxsiy gvardiyasi, xos soqchilar — chuhra boshlig‘i. Chuhra oqosi lavozimiga hukmdor e’tiborini qozongan shaxslar tayinlangan va ular saroyni qo‘riqlashga mas’ul hisoblangan.
Davlat boshqaruvi
Ashtarxoniylar davri davlat boshqaruvi shayboniylar zamonidagisidan deyarli farq qilmas edi. So‘z ketayotgan bosqichda ham dargoh (oliy devon) asosiy boshqaruv idorasi sifatidagi mavqeyini saqlab qoladi.
Davlat boshqaruv tizimining turli pog‘onalarini xizmat vazifalari aniq belgilangan dunyoviy va diniy lavozim egalari – naqib, otaliq, parvonachi, dodxoh, devonbegi, qushbegi, chuhraboshi, miroxur, yasovul, inoq, qurchi, qozi, harbiy qozi, bosh qozi, shayxulislom, a’lam, rais, bosh muftiy, harbiy muftiy, eshikog‘aboshi, mirzaboshi, munshiy, saroy kutubxonasi boshlig‘i, dasturxonchi kabilar egallashgan. Ular lavozimlari nazarda tutgan vazifalarni bajarish qatorida harbiy harakatlarda ham faol qatnashgan.
Davlat boshqaruvi
Ashtarxoniylar davrida mahalliy boshqaruv tizimida muhim rol o‘ynagan otaliqning, shuningdek, oliy hukmdorning ovlarda ishtiroki uchun zarur bo‘lgan ov qushlari, tozi itlar va boshqalarga mas’ul bo‘lgan qushbegi lavozimining ham ahamiyati ortib boradi. Chunonchi, qushbegi muayyan shaxslarni mansabga tayinlash va unvon berish, xon yorlig‘isiz ham zarur masalalarda shaxsan yozma ko‘rsatmalar bera olish, oliy qabullarda o‘z xohishiga ko‘ra ishtirok etish kabi imtiyozlarga ega bo‘lgan.
O‘ylab ko‘ring
Tashqi siyosat
Ashtarxoniylar ham shayboniylar kabi Xuroson masalasida Eron va Hindiston omilini hisobga olib harakat qiladilar.
Xurosonni qo‘lga olgan safaviylar Balx va Buxoroni ham egallash yo‘llarini qidira boshladilar. O‘z navbatida, ashtarxoniylar ham Xurosonni Buxoro xonligi hukmiga butunlay o‘tkazish ishini hal qila olmadilar. Natijada, Balx mulkining janubiy hududlarini himoya qilish davlat tashqi siyosati oldida turgan vazifalardan biriga aylanib qoladi.
Xuroson va Hirotga ega bo‘lgan safaviylar o‘z e’tiborlarini Xorazmga qaratadilar. Lekin Eronga shimol va g‘arbdan usmonlilar tahdidi kuchayganda vaziyatdan chiqish uchun safaviylar yana Buxoro bilan do‘stona munosabatda bo‘lishga intilib, ashtarxoniylar davlatiga elchilar yuborib, “tinchlik”, “do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik” siyosatini ishga solishadi.
Tashqi siyosat
Ashtarxoniylar Hindiston bilan aloqalarda barqarorlikni ushlab turishga harakat qiladilar. Imomqulixon davrida “Hindiston hukmdori, Akbar podshohning o‘g‘li Jahongir podshoh” huzuriga qimmatbaho sovg‘alar bilan elchilar yuboriladi. Jahongir podshoh ham xon elchisini ehtirom bilan qabul qilgani ma’lum.
1657-yilda Abdulazizxon ham bu olis yurtga naqshbandiya tariqati vakilini elchi sifatida jo‘natadi. Keyingi yillarda esa Hindistonga Rustambiy va Muhammad Sharif elchiliklarini yuboradi, Hindistondan Buxoroga Yakkatozxon elchiligi keladi. Ikki davlat o‘rtasidagi elchiliklar almashinuvi jarayonida ashtarxoniylar ham, boburiylar ham safaviylarga qarshi kurash rejalarini bir-birlariga taklif qilishgan.
Tashqi siyosat
1691-yilda usmonli Sulton Ahmad II tomonidan Subhonqulixon saroyiga elchi Mustafo yuboriladi. U turk hukmdorining Eronga qarshi birgalikda kurashish taklifini keltiradi.
Ashtarxoniy hukmdorlar davrida ham Rossiya bilan tashqi aloqalar davom etadi. Bu aloqalarni amalga oshirgan ashtarxoniy hukmdorlar, shayboniylar singari, elchilar orqali o‘z savdogarlari uchun qulay sharoitlarni yaratishga intiladilar. Buxorodan Moskvaga yuborilgan Mulla Farrux (1671) elchiligi ulardan biri bo‘lib, u ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashga qaratilgan edi. Rus hukumati buxorolik savdogarlarning Rossiyada erkin faoliyat yuritishiga qarshi bir qator to‘siqlar qo‘yadi. Masalan, Rossiyadan taqiqlangan ayrim tovarlarni savdogarlar emin-erkin xarid qilib, uni o‘z yurtlariga olib keta olishmas edi. Metall va undan yasalgan buyumlar shular jumlasidandir. Metall harbiy sohada asosiy mahsulot bo‘lgani sababli uni mamlakatdan olib chiqish taqiqlangan.
Abdulazizxon 1645-1681
Turkiy dunyo bilan aloqador bo‘lgan Volgabo‘yi, Ural, G‘arbiy Sibir aholisining o‘zbek savdogarlari bilan aloqaga kirishishlarining oldini olishga ham harakat qilishadi. Ashtarxoniylar davrida mamlakatga Ivan Xoxlov, aka-uka Pazuxinlar, Daudov va Muhammad Yusuf Qosimov, Florio Beneveni va Rossiyaning boshqa elchilari keladi.
Dastlab savdo-elchilik tariqasida kelgan ruslar xonlik hududi, karvon yo‘llari, aholisi, ishlab chiqaruvchi kuchlari, iqtisodi, shaharlari, aholining turmush tarzi va boshqalar haqida ma’lumotlar ham to‘playdilar.
Rossiya hukumati bu elchiliklar orqali ashtarxoniylar va hududda joylashgan boshqa davlatlar, shuningdek, Hindiston bilan ham munosabatlar o‘rnatishga harakat qiladi.
Abdulazizxon 1645-1681
XVIII asrning boshlariga kelib, Rossiyadan elchiliklar nafaqat savdo-iqtisodiy, balki biror-bir muayyan siyosiy masalalar yechimiga qaratilgan vazifa bilan ham yuborila boshlanadi.
Jumladan, Florio Beneveni elchiligi zimmasiga Pyotr I tomonidan berilgan yo‘riqnomaga ko‘ra quyidagi vazifalar ham yuklangan:
- o‘zbek davlatini Rossiya bilan harbiy ittifoqqa chaqirish, unga rus soldatlaridan iborat gvardiyani taklif etish;
- Buxoro oltini qayerdan va qancha olinishini aniqlash; – qo‘shni davlatlarning harbiy holati va strategiyasini o‘rganish; – xonlikning Eron, Xiva va usmonlilar bilan munosabatlari haqida ma’lumotlar to‘plash.
Mustaqil faoliyat
Muhim sanalar
- 1657-yilda — 1657-yilda Abdulazizxon ham bu olis yurtga naqshbandiya tariqati vakilini elchi sifatida jo‘natadi.
- 1691-yilda — 1691-yilda usmonli Sulton Ahmad II tomonidan Subhonqulixon saroyiga elchi Mustafo yuboriladi.
- XVIII asrning — XVIII asrning boshlariga kelib, Rossiyadan elchiliklar nafaqat savdo-iqtisodiy, balki biror-bir muayyan siyosiy masalalar yechimiga qaratilgan vazifa bilan ham yuborila boshlanadi.
Bilimingizni sinang
Chuhra oqosi lavozimi nimaga mas’ul bo‘lgan va nima deb ta’riflangan?
- Hukmdor shaxsiy gvardiyasi va xos soqchilar boshlig‘i
- Soliq yig‘ish idorasining boshlig‘i va xazina qo‘riqchisi
- Harbiy qozilar va qo‘shin tartib-intizomi nazorati boshlig‘i
- Saroy kutubxonasi va kitob ko‘chiruvchilar boshlig‘i
To‘g‘ri javob: Hukmdor shaxsiy gvardiyasi va xos soqchilar boshlig‘i. Chuhra oqosi hukmdor shaxsiy gvardiyasi va xos soqchilar boshlig‘i bo‘lib, saroyni qo‘riqlashga mas’ul bo‘lgan.
Ashtarxoniylar davrida asosiy boshqaruv idorasi sifatidagi mavqeyini saqlab qolgan idora qaysi?
- Qushbegilik
- Dargoh (oliy devon)
- Mirzaboshilik
- Eshikog‘aboshilik
To‘g‘ri javob: Dargoh (oliy devon). Dargoh (oliy devon) asosiy boshqaruv idorasi sifatidagi mavqeyini saqlab qolgan.
Ashtarxoniylar davri davlat boshqaruvi shayboniylar davridagisidan qanday farq qilgan?
- Butunlay boshqacha bo‘lgan
- Dargohsiz boshqarilgan
- Deyarli farq qilmagan
- Faqat harbiy tizimga asoslangan
To‘g‘ri javob: Deyarli farq qilmagan. Ashtarxoniylar boshqaruvi shayboniylar zamonidagisidan deyarli farq qilmagan.
I. Ashtarxoniylar davri davlat boshqaruvi shayboniylar zamonidagisidan deyarli farq qilmagan. II. Qushbegi xon yorlig‘isiz ham zarur masalalarda shaxsan yozma ko‘rsatmalar bera olgan. III. Ashtarxoniylar davrida dargoh asosiy boshqaruv idorasi sifatidagi mavqeyini yo‘qotgan. Qaysi hukmlar to‘g‘ri?
- faqat I
- I va II
- II va III
- hammasi
To‘g‘ri javob: I va II. Dargoh (oliy devon) o‘z mavqeyini saqlab qolgan, shuning uchun III hukm noto‘g‘ri.
Ashtarxoniylar davrida oliy hukmdorning ovlari uchun ov qushlari va tozi itlarga mas’ul bo‘lgan lavozim qaysi?
- qushbegi
- dodxoh
- devonbegi
- mirshab
To‘g‘ri javob: qushbegi. Ov qushlari va tozi itlarga mas’ul qushbegi lavozimining ahamiyati ashtarxoniylar davrida ortib borgan.
Oliy hukmdorning ovlari uchun zarur ov qushlari va tozi itlarga mas’ul bo‘lgan lavozim qaysi?
- Otaliq
- Parvonachi
- Dodxoh
- Qushbegi
To‘g‘ri javob: Qushbegi. Ov qushlari va tozi itlarga qushbegi lavozimi egasi mas’ul bo‘lgan.
Quyidagilardan qaysi biri qushbegining imtiyozlaridan biri bo‘lgan?
- Xon yorlig‘isiz ham zarur masalalarda shaxsan yozma ko‘rsatmalar berish
- Xon bilan kelishmay, xonni taxtdan chetlatish va yangisini tayinlash
- Yangi soliq turlarini mustaqil joriy etib, ularni xon nomidan undirish
- Boshqa davlatlarga urush e’lon qilish va tinchlik shartnomalarini imzolash
To‘g‘ri javob: Xon yorlig‘isiz ham zarur masalalarda shaxsan yozma ko‘rsatmalar berish. Qushbegi xon yorlig‘isiz ham zarur masalalarda shaxsan yozma ko‘rsatmalar bera olgan.
Xurosonni qo‘lga olgan safaviylar qaysi shaharlarni egallash yo‘llarini qidira boshladilar?
- Samarqand va Toshkentni
- Balx va Buxoroni
- Xiva va Urganchni
- Qandahor va Kobulni
To‘g‘ri javob: Balx va Buxoroni. Safaviylar Balx va Buxoroni ham egallash yo‘llarini qidira boshlagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash