Mang‘itlar davrida ilm-fan va madaniyat
MAMLAKATIMIZ TARIXIDA ASHTARXONIYLAR VA MANG‘ITLAR SULOLASI
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
Mang‘itlar davrida ilm-fan yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlarni qayd etishning imkoni yo‘q. To‘g‘ri, madrasalar qurilgan, borlari o‘z faoliyatini davom ettirgan. Biroq ulardagi ta’lim saviyasi tobora ortda qolib ketgan. Bunga jahonda erishilgan marralardan xabarsizlik sabab bo‘lgan.
Me’morchilik-qurilish sohasida Amir Haydar tomonidan Samarqandda qurilgan madrasa, Buxoroda Shayx Jalol xonaqohi, Xalifa Xudoydod masjidi, Rahmonquli madrasasi, Ernazar Elchi madrasasi, Tursunjon madrasasi, Chor minor madrasasi, Qarshida Amir Haydar davrida “sut sotish bilan shug‘ullanuvchi ayol – Gulining mablag‘iga qurilgan” kabi madrasalarni qayd etish mumkin.
Tarix saboqlari
“... jahonda erishilgan marralardan xabarsizlik” degan jumlani “Kimki axborotga ega bo‘lsa, u dunyoga egalik qiladi” degan fikr bilan tushuntiring. Axborotga ega bo‘lish va ilm o‘rganish, zamonaviy kasblarni tanlash mamlakat iqtisodini qay darajada belgilaydi? Misollar bilan tushuntiring.
Jahonda
Yevropada XVII–XVIII asrlarda aniq fanlar sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishiladi. Bu muvaffaqiyatlar, birinchi navbatda, ingliz olimi I. Nyuton (1643–1727) va nemis olimi G. V. Leybnis (1646–1716) nomlari bilan bog‘liq. 14 yoshli I. Nyuton uchun fan asosiy mashg‘ulotga aylanadi.
F=Gm1m2
Uning fizika fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi butun olam tortishish, mexanik harakat va nurning tarqalish qonunlarini kashf etgani bilan belgilanadi. I. Nyuton 1671-yilda shisha linzani, eng katta teleskoplardan ko‘ra osmon jismlarini yaxshiroq ko‘rsatadigan kichkina oynali teleskopni ham ixtiro qiladi. Shu tariqa olim yulduzlar olamini odamlarga yanada “yaqinlashtiradi”. Fan sohasida erishgan katta muvaffaqiyatlari uchun 30 yoshga ham to‘lmagan I. Nyuton Qirollik jamiyati a’zosi (akademik) etib saylanadi.
Tarix saboqlari
XIX asrning birinchi yarmida poytaxt Buxoroda undagi ko‘chalar soniga mos ravishda 360 ta masjid faoliyat ko‘rsatgan. Bu davrda tarix, adabiyot, tibbiyotga oid qator asarlar yaratildi.
“Tuhfat al-xoniy”, “Tarixi amir Haydar”, “Fathnomayi sultoniy”, “Mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi”, “O‘zbek podshohlari zikri”, “Tarixi salotini mang‘itiya, o‘zbakiya va ashtarxoniya” kabi tarixiy asarlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, Muhammad Sharif Buxoriyning “Mizan at-tibb” asariga sharhlar yozildi. Shaharning XVIII asrda kengaytirilgan qal’a qismida Abdulazizxon barpo ettirgan Havzi Nav ansambli, Xalifa Xudoydod kompleksi, Chor minor nomi bilan mashhur bo‘lgan Xalifa Niyoz madrasasi, Baland, Xo‘ja Zayniddin va Bolohovuz masjidlari o‘sha davr me’morchilik ilmining namunalari edi.
Tarix saboqlari
Buxoro amiri Shohmurod (1785–1800) va Amir Haydar (1800–1826) hukmronligi davrida ilmga e’tibor bir qadar kuchayadi. Shohmurod Mir Arab madrasasining bitta hujrasida kecha-kunduz riyozat chekib ilm olish bilan shug‘ullanadi va xalq orasida “Amiri Jannatmakon” nomi bilan taniladi.
Manbalarda
Amir Shohmurod davriga kelib aholisi kamayib, qishloq darajasiga tushib qolgan Samarqand qayta quriladi. Amir Shohmurod Samarqandni qayta qurish tarhini o‘zi chizgan. U shaharda 24 ta mavze qurdirib, davlatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga ko‘plab oilalarni ko‘chirib keltiradi. Natijada shahar gavjumlashib, iqtisodiy va madaniy ahvol ancha yaxshilanadi. Hozirda Samarqand ko‘chalaridan biri uning nomi bilan ataladi.
Amir Shohmurod haqida qo‘shimcha ma’lumot
Xalifa Xudoydod majmuasi
“Tuhfat az-zohirin”da yozilishicha, Xalifa Xudoydod Xorazm shahzodalaridan hisoblanadi. Xalifa Xudoydod Xorazmdan Buxoroga kelib, Mir Arab madrasasida ta’lim olgan.
Xalifa Xudoydod Amir Shohmurod davrida Buxoro shahridan o‘n ikki tanob yer sotib oladi va 1786-yilda u yerda toshdan xonaqoh hamda uning yonidan madrasa, sardoba va tahoratxona qurdiradi. Xalifa Xudoydod har bir bino uchun alohida vaqf ta’sis etadi.
Majmuaga kirish eshigi ikkita bo‘lib, g‘arbiy tomonda asosiy darvoza joylashgan. Majmuaning miyonsaroyi bo‘lib, uning tepasiga kichkina minora qurilgan. Minoradan azon o‘qish maqsadida foydalanilgan. Madrasaning eshigi ikki tabaqali, har bir xonasi ikki-uchta tokchadan iborat bo‘lgan.
Xalifa Xudoydod majmuasi
Majmuada sardoba ham mavjud bo‘lib, ikkita kirish eshigi bor. Xalifa Xudoydod majmuasida 39 ta bir qavatli hujralar ham qurilgan. Madrasada 150–200 talaba tahsil olgan. Hovli uch tomondan bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan. Hovlining janubi-g‘arbida joylashgan masjid murabba tarhli, gumbaz bilan yopilgan, uch tomoniga yog‘och ustunli ayvon ishlangan. O‘ymakor ustunlari naqshlar bilan jozibador bezatilgan. Sardobaga zinapoya orqali kiriladi. Madrasaning old tomonida koshin qoldiqlari saqlangan. Hovlining shimoliy markazi orqali Xalifa Xudoydod qabri bo‘lgan qabristonga o‘tiladi. Qabr yaqinida ikki ustunli, shifti bo‘yama naqshlar bilan pardozlangan ayvon bor.
Xalifa Xudoydod majmuasi
Xalifa Xudoydod majmuasi turli diniy va memorial inshootlarni o‘z ichiga olgan majmua namunasidir. Majmuadagi masjid maydoni 25×25,4 metrga teng va masjid ustida kitoba bo‘lgan, ammo u hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Masjidning shimoliy tomonida ayvon mavjud va uning oldida darsxona ham bunyod etilgan.
Xalifa Xudoydod majmuasi – Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Majmua Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mang‘itlar sulolasi davrida 1777–1855-yillarda Shayx Xudoydod ibn Toshmuhammad Azizon al-Buxoriy tomonidan qurilgan. Majmua madrasa, masjid, hovli, sardoba va qabristondan iborat.
Ijodiy ish
Manbalarda
A.Byorns Buxoroda 366 ta “katta va kichik” madrasa bor, deb ko‘rsatar ekan, madrasalar toliblari orasida “Erondan tashqari hamma mamlakatlar kishilarini uchratish mumkin. Ular yetti yoki sakkiz yillik o‘quv kursini tugatib, o‘z vatanlariga bilim zaxirasi va mashhurlik bilan qaytadilar”, deb qayd etgan edi.
Chorsu (Samarqand)
Amir Shohmurod Samarqand shahri markazida olti qirrali Chorsuni bunyod ettiradi. Chorsuga o‘sha davrda Toqi musaddas deb nom beriladi.
Binoning tashqi devorlari 12 qirrali prizmani hosil qiladi. Olti tarafga qaragan ravoqlar va ular orqasidagi yo‘laklar shaharning asosiy ko‘chalari yo‘nalishlari bo‘yicha qurilgan. Ravoqli tomonlarning oraliqlarida tarhlari uchburchak shaklida bo‘lgan do‘konlar joylashgan.
Yo‘laklar usti kichik gumbazlar bilan, markaz katta gumbaz bilan yopilgan. Chorsu yo‘laklarining 6 ta bo‘lgani shahar darvozalari soniga ishora – ramziy ma’nosi bor. Yo‘laklarning yo‘nalishlari Registon madrasalari tomonlariga ham mos kelgan. Chorsu binosi hozir ham attorlik do‘konlari majmuyi sifatida xizmat qilmoqda.
Chorsu (Samarqand)
Chorsu Registonning janubi-sharqida, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Shahrisabzni bog‘lovchi yo‘llar chorrahasida joylashgan. Chorsu o‘rnida dastlab XV asrda qurilgan bozor bo‘lgan. Ilgari Chorsuda joylashgan bozor bugun Bibixonim masjidi yonidagi Siyob bozoriga aylangan. Hozirda bino muzey va galereya sifatida faoliyat yuritmoqda. Samarqand boshqa me’moriy va arxeologik yodgorliklari bilan birgalikda YUNESKOning O‘zbekistondagi Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Chorsu – Samarqand (Registon) chorrahasida joylashgan usti berk bozor-tim
Amir Haydar davrida
Chor Minor (fors. to‘rt minora) – 1807-yilda qurilgan. Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Chor Minor an’anaviy usulda qurilgan masjid, bir qavatli madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan hovlidan iborat. U o‘z davrida masjid, madrasa, darveshlar va musofirlar tunab qolishi mumkin bo‘lgan xonaqoh vazifasini bajargan. Chor Minor majmuasi Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan.
To‘rt minorali bino ba’zan bir vaqtlar orqa tomonida mavjud bo‘lgan madrasalar uchun eshik vazifasini bajargani taxmin qilinadi. Chor Minor aslida yashash va ibodat qilish uchun mo‘ljallangan kompleks bino hisoblanadi.
Amir Haydar davrida
Sinchli peshayvon tipidagi masjid hovlining janubi-g‘arbiy burchagida joylashgan. Madrasaga ikki qavatli, gumbaz tomli darvozaxona orqali kiriladi. Murabba tarhli darvozaxona o‘ziga xos mujassam yechimga ega: oldi peshtoqli, to‘rt burchagida to‘rtta minora joylashgan (nomi ham shundan), minoralarning tepa qismi gumbaz shaklida yakunlangan bo‘lib, ular sirkori koshinlar bilan bezatilgan. Ikki qavatli inshootning birinchi qavati miyonsaroy ko‘rinishida bo‘lib, izoralari toshlar bilan qoplangan, tomi gumbazli, ikkinchi qavati kutubxona. Kutubxonaning shifti pastak gumbazli bo‘lib, sodda muqarnaslar halqasi bilan to‘ldirilgan. Ikkinchi qavatga minoralarning biridagi zina orqali chiqiladi.
Amir Haydar davrida
Sobiq Ittifoq davrida bu yerdagi masjid tuz omborxonasi sifatida foydalanilganligi bois yaroqsiz holga kelgan va buzib tashlangan.
Bugungi kunda Chor Minorning kirish qismi minoralari, eski hovuz va madrasa qayta ta’mirlanib, oldingi shakliga keltirilgan.
1995-yilda Chor Minor madrasasi YUNESKO tashkiloti tomonidan “Butunjahon madaniy yodgorliklari” ro‘yxatiga kiritildi.
Mir Bekoybiy madrasasi
Bu madrasa Qarshining mashhur va qadimiy madrasalaridan biridir. Ushbu madrasa to‘g‘risida ma’lumotlar unchalik ko‘p saqlanmagan. Bir qancha urinishlar va izlanishlardan so‘ng madrasa haqida tasavvur paydo qilishga imkon bera oladigan ayrim tarixiy manbalar topib o‘rganilgan.
Mazkur hujjatlarda juda aniqlikda bo‘lmasa-da, madrasa o‘rni ham ko‘rsatilgan. U shahar qal’asi ichkarisida, shimoliy darvoza yaqinida joylashgan.
Shimoliy darvoza Tutak darvozasidir. U taxminan hozirgi Abdulazizboy, Qilichboy madrasalari darvozasi ro‘parasida, Bekmir madrasasining orqa tarafidagi yalanglik hududida bo‘lgan.
Manbalarda
Amir Shohmurod mazkur madrasaga vaqf mulki ajratgan. Hijriy 1208-yili davron hukmdori Nasaf shahri muzofotida joylashgan to‘rtta mashhur qishloqning baytulmolga tegishli ekinga yaroqli yerlarini Mir Bekoybiy ibn Kamoybiy madrasasiga vaqf qilish uchun sotib oladi va unga shar’iy tarzda vaqf qiladi.
“Tarixiy savol” ko‘rsatuvi. Mang‘itlar
Atamalar
- Fors tilidan “Chorsu” nomi “to‘rtta yo‘l” deb tarjima qilinadi. – Tim (fors-toj.) – usti yopiq bozor, savdo rastasining baland tomi, gumbazi. – “Registon” so‘zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O‘rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalgan.
Registon maydoni – tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi shu nom bilan atalgan.
Loyiha ishi
1. Buxorodagi me’moriy obidalar haqida qo‘shimcha ma’lumot to‘plang. Taqdimot tayyorlang. 2. Shayboniylar, ashtarxoniylar, mang‘itlar davrini solishtiring. Xulosalaringizni yozing.
Muhim sanalar
- 1208-yili — Hijriy 1208-yili davron hukmdori Nasaf shahri muzofotida joylashgan to‘rtta mashhur qishloqning baytulmolga tegishli ekinga yaroqli yerlarini Mir Bekoybiy ibn Kamoybiy madrasasiga vaqf qilish uchun sotib oladi va unga…
- 1671-yilda — I. Nyuton 1671-yilda shisha linzani, eng katta teleskoplardan ko‘ra osmon jismlarini yaxshiroq ko‘rsatadigan kichkina oynali teleskopni ham ixtiro qiladi.
- 1777–1855-yillarda — Majmua Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mang‘itlar sulolasi davrida 1777–1855-yillarda Shayx Xudoydod ibn Toshmuhammad Azizon al-Buxoriy tomonidan qurilgan.
- 1786-yilda — Xalifa Xudoydod Amir Shohmurod davrida Buxoro shahridan o‘n ikki tanob yer sotib oladi va 1786-yilda u yerda toshdan xonaqoh hamda uning yonidan madrasa, sardoba va tahoratxona qurdiradi.
- 1807-yilda — Chor Minor (fors. to‘rt minora) – 1807-yilda qurilgan.
- 1995-yilda — 1995-yilda Chor Minor madrasasi YUNESKO tashkiloti tomonidan “Butunjahon madaniy yodgorliklari” ro‘yxatiga kiritildi.
- XVII–XVIII asrlarda — Yevropada XVII–XVIII asrlarda aniq fanlar sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishiladi.
- XIX asrning — XIX asrning birinchi yarmida poytaxt Buxoroda undagi ko‘chalar soniga mos ravishda 360 ta masjid faoliyat ko‘rsatgan.
- XVIII asrda — Shaharning XVIII asrda kengaytirilgan qal’a qismida Abdulazizxon barpo ettirgan Havzi Nav ansambli, Xalifa Xudoydod kompleksi, Chor minor nomi bilan mashhur bo‘lgan Xalifa Niyoz madrasasi, Baland, Xo‘ja Zayniddin va…
- XV asrda — Chorsu o‘rnida dastlab XV asrda qurilgan bozor bo‘lgan.
Bilimingizni sinang
Mang‘itlar davrida madrasalardagi ta’lim saviyasi ortda qolib ketishiga nima sabab bo‘lgan?
- Madrasalarning ko‘plab yopilib ketishi
- Jahonda erishilgan marralardan xabarsizlik
- Talabalar sonining keskin kamayib ketishi
- Xorijiy o‘qituvchilarning haddan tashqari ko‘pligi
To‘g‘ri javob: Jahonda erishilgan marralardan xabarsizlik. Matnga ko‘ra sabab jahondagi yutuqlardan xabarsizlik bo‘lgan.
Qarshida Amir Haydar davrida qurilgan madrasa sut sotish bilan shug‘ullanuvchi qaysi ayolning mablag‘iga qurilgan?
- Nodiraning
- Uvaysiyning
- Zebinisoning
- Gulining
To‘g‘ri javob: Gulining. Matnda sut sotuvchi ayol Gulining mablag‘i tilga olingan.
Mang‘itlar davrida madrasalar qurilgan va faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, ulardagi ta’lim saviyasi tobora ortda qolib ketdi. Buning asosiy sababi nima edi?
- Jahonda erishilgan marralardan xabarsizlik
- Madrasalar qurilishining butunlay to‘xtatilishi
- Ilm ahlini tahsil olishdan man etuvchi farmonlarning chiqarilishi
- Buxorodagi toliblar sonining keskin kamayib ketishi
To‘g‘ri javob: Jahonda erishilgan marralardan xabarsizlik. Ilm-fandagi yutuqlar qayd etilmagan, ta’lim saviyasi pasaygan; bunga jahondagi yutuqlardan xabarsizlik sabab bo‘lgan.
Yevropada aniq fanlar sohasida katta muvaffaqiyatlarga qaysi asrlarda erishilgan?
- XIX–XX asrlarda
- XVI–XVII asrlarda
- XVII–XVIII asrlarda
- XV–XVI asrlarda
To‘g‘ri javob: XVII–XVIII asrlarda. Yevropada XVII–XVIII asrlarda aniq fanlarda Nyuton va Leybnis kabi olimlar tufayli katta yutuqlarga erishilgan.
XVII–XVIII asrlarda Yevropada aniq fanlardagi muvaffaqiyatlar ingliz olimi I. Nyuton bilan birga qaysi nemis olimi nomi bilan bog‘liq?
- X. Gyuygens
- G. V. Leybnis
- Blez Paskal
- P. S. Laplas
To‘g‘ri javob: G. V. Leybnis. Matnda Nyuton bilan birga nemis olimi G. V. Leybnis tilga olingan.
Ingliz olimi I. Nyuton nemis olimi G. V. Leybnisdan necha yil oldin tug‘ilgan?
- 2 yil oldin
- 5 yil oldin
- 3 yil oldin
- 11 yil oldin
To‘g‘ri javob: 3 yil oldin. Nyuton 1643-yilda, Leybnis esa 1646-yilda tug‘ilgan, ya’ni ular orasida 3 yil farq bor.
Ingliz olimi I. Nyuton kichkina oynali teleskopni qaysi yilda ixtiro qilgan?
- 1671-yilda
- 1687-yilda
- 1705-yilda
- 1643-yilda
To‘g‘ri javob: 1671-yilda. I. Nyuton 1671-yilda osmon jismlarini yaxshiroq ko‘rsatadigan kichkina oynali teleskopni ixtiro qilgan.
I. Nyuton fizika fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi qaysi qonunlarni kashf etishi bilan belgilanadi?
- Elektr toki, magnit maydoni va issiqlik oqimining tarqalish qonunlarini
- Atom tuzilishi, radioaktiv yemirilish va kvant mexanikasi qonunlarini
- Kimyoviy elementlarning davriy qonuni, gaz bosimi va elektroliz qonunlarini
- Butun olam tortishish, mexanik harakat va nurning tarqalish qonunlarini
To‘g‘ri javob: Butun olam tortishish, mexanik harakat va nurning tarqalish qonunlarini. Nyuton butun olam tortishish, mexanik harakat va nur tarqalish qonunlarini kashf etgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash