Xiva xonligining tashkil topishi
QO‘NG‘IROTLAR BOSHQARUVI
O‘ylab ko‘ring
Arabshohiylarning hokimiyatga kelishi
Muhammad Shayboniyxon 1505-yilda Urganchni egallagach, Xorazmda ham temuriylar sulolasi boshqaruviga chek qo‘yadi. 1510-yilda esa Xorazmni safaviylar bosib oladi.
Arabshohiylar – 1511– 1770-yillarda Xorazmda hukmronlik qilgan sulola; sulola nomi Elbarsxonning Arabshoh avlodidan ekani bilan bog‘liq.
Ammo 1511-yilda Xorazmda safaviylarga qarshi xalq harakati boshlanadi. Bu harakatga Vazir shahrining (Ustyurtda, Ko‘hna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan) qozisi Umar Shayx boshchilik qiladi.
Qo‘zg‘olonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, Xiva, Hazorasp shaharlaridagi eroniy noiblar va ularning qo‘shinini mag‘lub etadi. Xorazmning obro‘li shayxlaridan bo‘lgan Shayx Ota avlodlari Qipchoq dashtidagi ko‘chmanchi o‘zbeklarning Berka sulton avlodidan bo‘lgan Elbarsxonga maktub yo‘llab, uni Xorazm taxtiga taklif qiladilar.
Arabshohiylarning hokimiyatga kelishi
Arabshohning shajarasi Jo‘jining beshinchi o‘g‘li Shaybonga borib taqaladi.
1511-yilda Xorazmda Shaybon avlodi bo‘lgan arabshohiylar sulolasining hukmronligi boshlanadi. Shu tariqa O‘rta Osiyoda ikkinchi o‘zbek davlati – Xiva xonligi tashkil topadi.
Elbarsxon tez orada Xiva, Hazorasp, Urganchdan ham eronliklarni haydab chiqaradi va bu bilan cheklanmay, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda Orol dengizi, janubda esa Atrok daryosi va Saraxs atroflarigacha bo‘lgan yerlarni bo‘ysundirishga erishadi.
Elbarsxon vafotidan keyingi davrda arabshohiylar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketadi. Ubaydullaxon Xorazmga qo‘shin tortib boradi va Xorazmni yana markaziy hokimiyat izmiga qaytaradi. O‘g‘li Abdulazizxonni noib etib tayinlaydi. Lekin 1538-yilda Elbarsxonning amakivachchasi bo‘lgan Dinmuhammad sulton Abdulazizni o‘z yurtiga qochishga majbur qiladi. Buxoro xoni Ubaydullaxonning Xorazmni qayta bo‘ysundirish yo‘lidagi urinishlari esa natija bermaydi.
Arabshohiylarning hokimiyatga kelishi
1558-yillardan vaziyat biroz mo‘tadillashadi, siyosiy barqarorlik o‘rnatilib, nisbatan tinchosoyishta hayot ta’minlanadi.
Aynan shu davrdan boshlab Xiva shahrining poytaxt sifatidagi ahamiyati oshib boradi. U qo‘shnilar bilan aloqalarini imkoniyat darajasida mustahkamlashga muvaffaq bo‘ladi. Lekin shayboniylardan Abdullaxon II 1575-yilda Urganchni, 1593-yilda esa butun Xorazmni bo‘ysundirishga erishadi.
Arabshohiylar Abdullaxon II vafotidan keyingina (1598) Xorazmda hokimiyatni yana qo‘lga oladi. 1739–1740-yillarda esa Eron shohi Nodirshohning Xorazmga hujumi vaziyatni og‘irlashtiradi.
Xonlikda taxtga qo‘g‘irchoq xonlarni o‘tqazish va ularni tez-tez almashtirish davri boshlanadi. Ana shunday vaziyatda ko‘pdan beri hokimiyatga intilayotgan siyosiy kuchlardan biri – qo‘ng‘irot qabilasi yetakchisi hamda 1762-yildan buyon otaliq lavozimini egallab kelayotgan Muhammad Amin inoq raqiblarini yengib, 1770-yilda uzil-kesil hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi. Shu tariqa Xorazmda qo‘ng‘irotlar sulolasining rasmiy hukmronligi boshlanadi.
Davlat boshqaruvi
Arabshohiylar boshqaruv tizimi xuddi shayboniylarda bo‘lgani kabi ko‘chmanchi dasht tartib-qoidalari bilan mahalliy o‘troq davlatchilik an’analarining qorishuvidan iborat bo‘lgan. Oliy hukmdorlik chingiziy sultonlardan yoshi eng ulug‘iga o‘tgan. Ya’ni taxt otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tgan emas. Xonning ukalari bo‘lmagan taqdirdagina katta o‘g‘il taxtga o‘tqazilgan.
Ma’muriy, qonunchilik va sud hokimiyati to‘laligicha mutlaq oliy hukmdor – xon qo‘lida edi. Qo‘ng‘irot xonlarining dastlabki vakillari davrida davlat boshqaruvi tizimida Oliy Kengash faoliyat yuritgan bo‘lib, unda ayrim umumdavlat darajasidagi, jumladan, hukmdorni taxtga o‘tqazish masalalari muhokama etilgan.
Davlat boshqaruvi
Oliy hukmdor hayotlik vaqtida valiahd, ya’ni taxt vorisini tayinlab qo‘yish hamda xorazmshohlarning davlatchilik an’analarida mavjud bo‘lgan ko‘pgina mansab va lavozimlar, ularning vakolatlari ma’lum darajada o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.
Taxt vorisi qolxon yoki kolxon, xonadonning boshqa a’zolari – shahzodalar sulton deb atalganlar.
Xon xonadonining boshqaruv ishiga layoqatli vakillariga turli viloyat va shahar yoki ma’lum bir ma’muriy-hududiy birlik mulk qilib berilgan.
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
Bu davrda Urganch, Kot, Vazir, Yangi Shahar, Tirsak, Xiva, Hazorasp va unga tutash hududlar hukmron sulola vakillarining mulki hisoblangan. Xonning qarindoshlari katta-kichikligi va unga uzoq yoki yaqinligiga qarab ayrim shahar hamda viloyatlarni boshqarish huquqini olganlar.
Qarindoshlar kam bo‘lsa, ularning har biriga bir nechta shahar tekkan. Agar qarindoshlar ko‘payib ketsa, daromadiga qarab shaharning yarmini olishga ham majbur bo‘lishgan.
Xiva shahri XVI asr ikkinchi yarmi boshlarida Po‘lod sulton va Temur sultonning mulki sanalgan. Xonga yaqin qarindoshlar iqtisodiy va siyosiy jihatdan muhimroq hududlarni qo‘lga kiritishgan. Albatta, xonlarning almashinib turishi bilan turli hududlarga egalik qilish huquqi ham o‘zgarib borgan.
Tarix saboqlari
Qipchoq dashtidan kirib kelgan urug‘larning XVI–XVII asrlar Xorazmda o‘troqlashish jarayoni, o‘z navbatida, alohida urug‘larning o‘zaro aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda ularning umumdavlat boshqaruvida ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladigan ma’lum bir tizim va tartibni ishlab chiqishni talab etar edi. Bunday tadbirlar Abulg‘ozixonning hukmronligi davrida o‘tkazilgan bo‘lib, u xonlikning boshqaruv tizimini qayta tashkil etadi va Xorazm aholisi quyidagi to‘rtta asosiy bo‘linmaga (to‘pga) bo‘linadi:
- uyg‘ur-nayman; – qiyot-qo‘ng‘irot; – nukus-mang‘it; – qang‘li-qipchoq.
Markaziy boshqaruvda Oliy va Kichik Kengash tashkil etilgan. Xonlik hayotiga oid kundalik eng muhim masalalar Kichik Kengashda hal etilgan.
Tarix saboqlari
Buxoro amirligidan farqli ravishda Xiva xonligida Bosh vazir mehtar (vaziri a’zam, dasturi mukarram, nizom ul-mulk) deb atalgan. Qushbegi esa soliqlar yig‘imiga, davlat moliyasiga, shuningdek, qo‘shinning shay turishiga javobgar bo‘lgan.
Boshqaruv tuzilmasiga ham jiddiy o‘zgarishlar kiritilgan. Muhammad Rahimxon I davrida davlat lavozimlari soni 360 tadan 100 taga qisqartiriladi. Biy, otaliq, inoq singari mansablar bekor qilinadi.
Muhammad Rahimxon I ning o‘tkazgan ma’muriy islohoti natijasida xonlikning markaziy va janubiy qismlaridagi quyi ma’muriy bo‘linishning ilgarigi kent shakli o‘rniga masjid birliklari (masjid qavmi yoki masjid jamoasi) joriy etiladi.
Tarix saboqlari
Xonlik ma’muriy-hududiy jihatdan bekliklarga bo‘lingan va ularni hokimlar boshqarishgan.
Xon tomonidan tayinlangan hokimlar o‘zlari boshqargan hudud doirasida keng vakolatlarga ega bo‘lib, ma’muriy, moliyaviy va sud ishlarini amalga oshirishgan. Jinoyatchilarni “oliy jazo”ga buyurish esa faqat oliy hukmdor vakolatida edi.
Poytaxt shahar bo‘lgan Xiva bevosita oliy hukmdor boshqaruvida bo‘lgan. Poytaxt shahar boshqaruvi masalalari xonning qarorgohi – Arkda hal etilgan.
Hukmdor saroyida “hukumat devonxonasi ” tashkil etilgan. Quyi ma’muriyat vakili oqsoqol bo‘lib, u huquq-tartibot ishlarini nazorat qilgan va yuqori vakolatli organlar qarorlarining ijrosini ta’minlagan.
O‘ylab ko‘ring
Muhim sanalar
- 1505-yilda — Muhammad Shayboniyxon 1505-yilda Urganchni egallagach, Xorazmda ham temuriylar sulolasi boshqaruviga chek qo‘yadi.
- 1510-yilda — 1510-yilda esa Xorazmni safaviylar bosib oladi.
- 1511– 1770-yillarda — Arabshohiylar – 1511– 1770-yillarda Xorazmda hukmronlik qilgan sulola; sulola nomi Elbarsxonning Arabshoh avlodidan ekani bilan bog‘liq.
- 1511-yilda — Ammo 1511-yilda Xorazmda safaviylarga qarshi xalq harakati boshlanadi.
- 1511-yilda — 1511-yilda Xorazmda Shaybon avlodi bo‘lgan arabshohiylar sulolasining hukmronligi boshlanadi.
- 1538-yilda — Lekin 1538-yilda Elbarsxonning amakivachchasi bo‘lgan Dinmuhammad sulton Abdulazizni o‘z yurtiga qochishga majbur qiladi.
- 1558-yillarda — 1558-yillardan vaziyat biroz mo‘tadillashadi, siyosiy barqarorlik o‘rnatilib, nisbatan tinchosoyishta hayot ta’minlanadi.
- 1575-yilda — Lekin shayboniylardan Abdullaxon II 1575-yilda Urganchni, 1593-yilda esa butun Xorazmni bo‘ysundirishga erishadi.
- 1593-yilda — Lekin shayboniylardan Abdullaxon II 1575-yilda Urganchni, 1593-yilda esa butun Xorazmni bo‘ysundirishga erishadi.
- 1739–1740-yillarda — 1739–1740-yillarda esa Eron shohi Nodirshohning Xorazmga hujumi vaziyatni og‘irlashtiradi.
Bilimingizni sinang
Muhammad Shayboniyxon Urganchni egallab, Xorazmda temuriylar sulolasi boshqaruviga chek qo‘ygan yil qaysi?
- 1505-yilda
- 1495-yilda
- 1512-yilda
- 1500-yilda
To‘g‘ri javob: 1505-yilda. Muhammad Shayboniyxon 1505-yilda Urganchni egallab, Xorazmda temuriylar hukmronligini tugatgan.
Xorazmni safaviylar qaysi yilda bosib olgan?
- 1520-yilda
- 1505-yilda
- 1500-yilda
- 1510-yilda
To‘g‘ri javob: 1510-yilda. Safaviylar Xorazmni 1510-yilda bosib olgan.
Xorazmda safaviylarga qarshi xalq harakati qaysi yilda boshlangan?
- 1505-yilda
- 1520-yilda
- 1538-yilda
- 1511-yilda
To‘g‘ri javob: 1511-yilda. Safaviylarga qarshi xalq harakati 1511-yilda boshlangan va unga Umar Shayx boshchilik qilgan.
Umar Shayx qozi bo‘lgan Vazir shahri Ko‘hna Urganchdan necha kilometr uzoqlikda joylashgan?
- 60 km
- 80 km
- 100 km
- 40 km
To‘g‘ri javob: 60 km. Vazir shahri Ustyurtda, Ko‘hna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan.
Muhammad Shayboniyxon Urganchni qaysi yilda egallab, Xorazmda temuriylar sulolasi boshqaruviga chek qo‘ydi?
- 1500-yilda
- 1505-yilda
- 1510-yilda
- 1511-yilda
To‘g‘ri javob: 1505-yilda. Shayboniyxon 1505-yilda Urganchni egallagach, Xorazmda temuriylar boshqaruvi tugagan.
Arabshohiylar sulolasi Xorazmda qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
- 1505–1598-yillarda
- 1598–1739-yillarda
- 1770–1920-yillarda
- 1511–1770-yillarda
To‘g‘ri javob: 1511–1770-yillarda. Arabshohiylar 1511–1770-yillarda Xorazmda hukmronlik qilgan sulola hisoblanadi.
1511-yilda Xorazmda safaviylarga qarshi boshlangan xalq harakatiga kim boshchilik qilgan?
- Dinmuhammad sulton
- Elbarsxon
- Umar Shayx
- Muhammad Amin inoq
To‘g‘ri javob: Umar Shayx. Harakatga Vazir shahri qozisi Umar Shayx boshchilik qilgan.
Voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang. 1) Dinmuhammad sultonning Abdulazizni o‘z yurtiga qochishga majbur qilishi; 2) Umar Shayx boshchiligida safaviylarga qarshi xalq harakatining boshlanishi; 3) Shayboniyxonning Urganchni egallashi; 4) Abdullaxon II ning butun Xorazmni bo‘ysundirishi.
- 3–2–4–1
- 2–3–1–4
- 3–2–1–4
- 3–1–2–4
To‘g‘ri javob: 3–2–1–4. Urganch 1505-yilda egallangan, xalq harakati 1511-yilda boshlangan, Dinmuhammad sulton 1538-yilda Abdulazizni haydagan, Abdullaxon II esa 1593-yilda butun Xorazmni bo‘ysundirgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash