XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · O‘zbekiston tarixi · 18-§

Tashqi siyosat

QO‘NG‘IROTLAR BOSHQARUVI

Tarix saboqlari

Qo‘ng‘irotlar qozoq juzlari, Buxoro va Qo‘qon hukmdorlari bilan uzluksiz elchilar almashib turgan. Shuningdek, Eron va Rossiya, Hindiston va Usmonli sultonligi bilan ham siyosiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Ruslar Kaspiy-Volga yo‘li orqali savdoni kuchaytirishga harakat qilgan. Chunki Rossiya uchun xonlikning xomashyosi juda muhim edi.

Manbalarda

Turonda o‘z siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini o‘rnatish, ushbu mintaqa orqali Hindistonga yuzlanishni bosh maqsad qilib qo‘ygan Pyotr I harbiy kuchlarini birinchilardan bo‘lib qarshi olgan Sherg‘ozixon bo‘lgan.

Pyotr I topshirig‘i bilan 1714–1717-yillarda uyushtirilgan, Aleksandr Bekovich- Cherkasskiy boshchiligidagi 6000 askardan iborat qurolli yurish xon va uning atrofidagilarda xavotir uyg‘otishi tabiiy edi. Sherg‘ozixon ochiq maydonda urushgandan ko‘ra, dushman kuchlarini mayda-mayda bo‘laklarga ajratib yo‘q qilish rejasini tuzgan va bunga erishgan ham.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Sherg‘ozixonning bu siyosati Rossiya va Xorazm o‘rtasidagi munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Tarix saboqlari

Xiva va Rossiya davlati o‘rtasidagi muzokaralar o‘zaro “bojsiz savdo”ni yo‘lga qo‘yishga qaratiladi. Shu tufayli ham:

Tarix saboqlari

XVI–XIX asrlar davomida Xivadan Rossiyaga 50 marta elchilik yuborilgan. Rossiyadan esa Turkistonning siyosiy markazlariga 17 ta elchilik yuborilgan.

Xorazm hukmdori Elbarsxon Eron qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgach, Xorazm Nodirshoh noiblari tomonidan boshqarila boshlanadi.

Manbalarda

Mashhur davlat arbobi va tarixchi Abulg‘oziy Bahodirxon asarida qayd qilinishicha, uning otasi Arab Muhammad sultonning xonlik davrida (1603–1623) ming nafardan iborat Yoyiq kazak otliqlari Xorazmning Urganch (Ko‘hna Urganch) qal’asiga qadar yetib kelib, uni talon-toroj qilib, mol-mulklarini yoqib yuborganlar. Qo‘lga kiritgan boyliklarini mingta aravaga ortib, mingtacha qiz-juvonlarni ham asir olib ketayotganlarida xorazmliklar tomonidan qirib tashlanganlar.

Tarix saboqlari

Eronda hokimiyat qojarlar sulolasi qo‘liga o‘tgach, ular bilan ham o‘zaro elchilik munosabatlari olib boriladi. Buning sababi chegaradosh hududlarga uyushtiriladigan o‘zaro “olomon” yurishlar va uning oqibatlarining oldini olish, Xurosonning chegaradosh hududlarida ingliz va rus hukumatlarining Xiva – Eron aloqalariga aralashuvi singari masalalarni tartibga solish nazarda tutilgandi.

1812–1852-yillar oralig‘ida Qo‘ng‘irot xonlari va Eron o‘rtasidagi elchilik aloqalari, asosan, asirlarni ozod qilish, qul savdosini to‘xtatish kabi masalalarga qaratilgani bilan ajralib turadi. Asir tushganlarni ozod qilish esa juda murakkab masala bo‘lib, katta miqdordagi to‘lov evaziga amalga oshirilgan.

Tarix saboqlari

Usmonli davlatini Turon bilan bog‘lashda xonlik ham o‘tar hudud sifatida muhim o‘rin tutgan. Hindiston, Xitoy yoki qo‘shni Buxoro, Qo‘qon tomonlarga kelgan turk sayyohlari, elchilari ko‘p hollarda yo‘lni qisqartirish yoki qulay yo‘l orqali o‘z yurtlariga qaytish maqsadida “Xorazm yo‘li”dan foydalanishgan.

Xonlik Usmonli davlati bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Bu aloqalar turli murakkab vaziyatlarda o‘zaro yordam va hamkorlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab turish ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Zero, olis O‘rta dengiz hududlariga yo‘l olgan savdo karvonlari ham, haj ziyoratiga chiqqan ziyoratchilar ham Usmonli sultonligi nazoratidagi hududlardan o‘tgan yo‘llardan keng foydalanishgan. Hindiston bilan ham do‘stona munosabatlar o‘rnatish maqsadida Arab Muhammadxon boburiylar bilan elchilar almashgan.

Tarix saboqlari

Qo‘ng‘irotlarning qozoq juzlari bilan aloqalaridagi asosiy omil Kichik qozoq juzi va Sirdaryo bo‘ylaridagi bir qancha qozoq urug‘larining rus fuqaroligini qabul qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Rossiya imperiyasi ularni “bizning qozoqlarimiz” deb qarasa, qo‘ng‘irotlar tarixan xonlik tarkibidagi yoki unga tutash bo‘lgan ushbu hududlarga o‘z da’volarini bildirib, bu yerlardan soliq (zakot) olishni hamda qozoq urug‘larining ichki ishlariga aralashishni davom ettirganlar. Xiva xonlari ko‘p hollarda u yoki bu qozoq sultonlari va xonlarini qo‘llab-quvvatlashgan, buning evaziga Sirdaryo bo‘yidagi qozoq ovullari Xivaga soliq to‘lab turgan. 1824-yilda rus hukumati tomonidan Kichik qozoq juzidagi xon boshqaruvining tugatilishi u yerda katta noroziliklarni keltirib chiqargan.

Tarix saboqlari

XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida qozoq dashtida Rossiya imperiyasi harbiy harakatlarining faollashuvi ularga qarshi milliy-ozodlik kurashlarining avj olishiga sabab bo‘ladi. Bu kurashlarda qozoq sultonlari va qabila boshliqlari xorazmlik siyosiy kuchlarni o‘zlariga ishonchli ittifoqchi deb bilishgan. Shu jihatdan, Xiva – qozoq aloqalarining yana bir shakli rus hukumatiga qarshi qaratilgan milliy-ozodlik kurashida o‘zaro birdamlik harakati edi.

Qojarlar – 1795 – 1925-yillarda Eronni boshqargan turkiy sulola.

Manbalarda

XIX asr Xiva – rus munosabatlarining keskinlashuvi bilan o‘ziga xosdir. Rus asirlarini ozod qilish bo‘yicha 1837–1838-yillardagi bir qator muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so‘ng, 1839-yil kuzida Orenburgdan V. Perovskiy boshchiligidagi 5 ming kishilik harbiy qo‘shin Xivaga yuboriladi.

Qattiq qish va qalin qor qo‘mondonlikning rejalarini barbod qilib, qo‘shinning harakatini deyarli imkonsiz qilib qo‘yadi. Ketma-ket uchragan mag‘lubiyatlardan so‘ng rus hukumati xonlikni harbiy yo‘l bilan bo‘ysundirish mushkulligini anglab, muzokaralar yo‘liga o‘tadi.

Mustaqil faoliyat

Savollar: 1. Qo‘ng‘irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? 2. Xiva – Rossiya munosabatlarida har bir tomonning manfaatlari nimadan iborat edi? 3. Qo‘ng‘irotlar davlat boshqaruvi qaysi jihatlari bilan shayboniylar, ashtarxoniylar va mang‘itlar hukmronligi davri davlat boshqaruvidan farq qilgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Rossiyaning Kaspiy-Volga yo‘li orqali savdoni kuchaytirishga intilishining asosiy sababi nima edi?
  1. Qo‘ng‘irotlar xonligi harbiy sanoat mahsulotlarini arzon sotgani
  2. Xiva orqali Usmonli sultonligiga chiqish yo‘lini ochish zarurati
  3. Rossiya uchun xonlikning xomashyosi juda muhim bo‘lgani
  4. Qozoq juzlari bilan chegara savdosini to‘xtatish istagi

To‘g‘ri javob: Rossiya uchun xonlikning xomashyosi juda muhim bo‘lgani. Rossiya uchun xonlikning xomashyosi juda muhim bo‘lgani sababli ruslar Kaspiy-Volga yo‘li orqali savdoni kuchaytirishga harakat qilgan.

Pyotr I topshirig‘i bilan Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi 6000 askarli qurolli yurish qaysi yillarda uyushtirilgan?
  1. 1707–1710-yillarda
  2. 1700–1703-yillarda
  3. 1714–1717-yillarda
  4. 1720–1723-yillarda

To‘g‘ri javob: 1714–1717-yillarda. Bekovich-Cherkasskiy yurishi Pyotr I topshirig‘i bilan 1714–1717-yillarda uyushtirilgan.

Pyotr I harbiy kuchlarini birinchilardan bo‘lib kim qarshi olgan?
  1. Sherg‘ozixon
  2. Elbarsxon
  3. Arab Muhammadxon
  4. Muhammad Rahimxon

To‘g‘ri javob: Sherg‘ozixon. Turonda Pyotr I kuchlarini birinchilardan bo‘lib Sherg‘ozixon qarshi olgan.

Pyotr I topshirig‘i bilan Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi qurolli yurish qaysi yillarda uyushtirilgan?
  1. 1698–1701-yillarda
  2. 1714–1717-yillarda
  3. 1739–1740-yillarda
  4. 1837–1838-yillarda

To‘g‘ri javob: 1714–1717-yillarda. Yurish Pyotr I topshirig‘i bilan 1714–1717-yillarda uyushtirilgan.

Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi yurish necha askardan iborat edi?
  1. 600 askar
  2. 2000 askar
  3. 6000 askar
  4. 15 000 askar

To‘g‘ri javob: 6000 askar. Yurish 6000 askardan iborat edi.

Sherg‘ozixon rus qo‘shiniga qarshi qanday reja tuzgan?
  1. Ochiq maydonda dushman bilan hal qiluvchi jang berish
  2. Poytaxtni tashlab, qo‘shin bilan tog‘lar tomon chekinish
  3. Rossiyaga bo‘ysunib, bojsiz savdo ochishga rozi bo‘lish
  4. Dushman kuchlarini mayda bo‘laklarga ajratib yo‘q qilish

To‘g‘ri javob: Dushman kuchlarini mayda bo‘laklarga ajratib yo‘q qilish. U ochiq urushdan ko‘ra dushmanni mayda bo‘laklarga bo‘lib yo‘q qilishni rejalashtirgan.

Pyotr I topshirig‘i bilan Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida Turonga yuborilgan qurolli yurishning asosiy maqsadi nima edi?
  1. Xivani Buxoro xonligiga qarshi ittifoqchiga aylantirib, xonlik hududida rus qal’alarini qurish
  2. Turonda o‘z siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini o‘rnatish hamda mintaqa orqali Hindistonga yo‘l ochish
  3. Qozoq juzlarini rus fuqaroligidan chiqarib, ularni Xiva xonligi nazoratiga topshirish hamda savdo yo‘llarini yopish
  4. Xorazmdagi rus asirlarini ozod qilish va Xiva xonidan ularning zarari uchun tovon undirish

To‘g‘ri javob: Turonda o‘z siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini o‘rnatish hamda mintaqa orqali Hindistonga yo‘l ochish. Pyotr I Turonda manfaatlarini o‘rnatish va shu mintaqa orqali Hindistonga yuzlanishni bosh maqsad qilgan.

Eron bilan Xorazm o‘rtasidagi iliq aloqalar qaysi hukmdorning yurishlari oqibatida buzilgan?
  1. Nodirshohning
  2. Pyotr I ning
  3. Abulg‘oziyning
  4. Perovskiyning

To‘g‘ri javob: Nodirshohning. Aloqalar Nodirshohning 1739–1740-yillardagi yurishlari oqibatida buzilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXiva xonligining tashkil topishiKeyingi →Qo‘ng‘irotlar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot