XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · O‘zbekiston tarixi · 21-§

XVI–XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar

XVI–XIX ASRLARDA QORAQALPOQLAR

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Bugungi kunda qoraqalpoq xalqi qaysi hududlarda istiqomat qiladi? 2. “Qoraqalpoq”, “qora uy” atamalarining kelib chiqish sabablari va tarixini bilasizmi? 3. Qoraqalpoqlarning etnogenezida rol o‘ynagan qaysi elatlarni bilasiz?

Tarix saboqlari

Tarixda qoraqalpoqlar dastlab bir nechta qabilalar uyushmasidan tarkib topgan. Ularning eng qadimgi ajdodlari Orol dengizining janubiy sohillarida yashagan massaget qabilalari hisoblanadi.

Qoraqalpoqlarning Amudaryo quyi etagida turkiy bijanak qabilasi negizida xalq sifatida shakllanish jarayoni XI asrda nihoyasiga yetadi.

G‘arbiy Xorazm, Ustyurt va Volga sohillarida yashagan qoraqalpoqlar Oltin O‘rda xonligi hukmronligi ostida bo‘lgan. No‘g‘ay ulusida joylashgan qoraqalpoqlar ham XIV asrning boshlarida Volga sohillariga ko‘chib o‘tgan edi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar Xorazm va Volga o‘rtasidagi kengliklarda yaxlit xalq sifatida shakllandi. XV asrning ikkinchi yarmidan to XVI asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrda qoraqalpoqlar No‘g‘ay xonligi tarkibida bo‘lgan.

Tarix saboqlari

1556-yilda Rossiya Ashtarxon xonligini bosib olgach, No‘g‘ay qabila sardorlari o‘rtasida o‘zaro nifoq va janjallar boshlanadi. Buning ustiga xonlikda ikki yil (1557–1558) davomida ekin bitmay qoladi, oqibatda ocharchilik boshlanadi. Ushbu ofatlar tufayli xonlik hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning ko‘p qismi boshqa o‘lkalarga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi. Qoraqalpoqlar ham No‘g‘ay xonligi hududini tark etib, Amudaryo bo‘ylaridagi avvalgi yerlariga qaytish imkoniyati bo‘lmaganligidan Sirdaryo sohillariga kelib joylashadilar.

O‘sha paytlarda Amudaryo sohillari suvsizlikdan qovjirab qolgan edi. Faqatgina XVII asrning boshlariga kelib Amudaryo eski o‘zanga qaytadi va Kaspiy dengizidan Orol dengiziga quyila boshlaydi. O‘sha davrdan boshlab qoraqalpoqlar Amudaryoning ikki sohili bo‘ylab yastangan qadimiy joylariga qaytib, yerlarni qaytadan o‘zlashtirishga kirishishadi.

Tarix saboqlari

XVII asrda qoraqalpoqlar Xorazmga ko‘chib o‘tgan o‘zbeklar bilan birga Xiva xonligining shimolida Orol (Aran) davlatini barpo etadilar. Orol qoraqalpoqlari va o‘zbeklar XIX asrning boshlarida Xiva xonligi hududida ham yashaganlar. Qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan Qipchoq dashti qabilalari qoraqalpoq tiliga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Ularning shakllanish jarayoni va nomining paydo bo‘lishi XVI–XVIII asrlarga to‘g‘ri keladi. XVIII asrlarda qoraqalpoqlarning bir qismi Farg‘ona vodiysiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, aksariyati XIX asr boshlarida Sirdaryoning quyi oqimidan qozoqlarning siquvi va xonlarning zulmi natijasida Amudaryoning quyi qismlariga ko‘chib ketishga majbur bo‘lishadi.

Manbalarda

Yozma tarixi yo‘q ko‘plab xalqlar kabi qoraqalpoqlarning kelib chiqish tarixi uzoq yillar muammo bo‘lib kelgan edi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, o‘g‘uz-bijanak qavmlaridan bir guruhiga nisbatan qo‘llanilgan qoraqalpoq so‘ziga hamohang “chyorniye klobuki” atamasi XII asrdagi rus solnomalarida uchraydi.

“Chyorniye klobuki”lar rus knyazlari bilan shartnomalar tuzib keng maydonni egallaydilar. Ular Kiyev Rusi knyazining grajdanlari hisoblanib, rus askarlari bilan birgalikda dushmanlarga qarshi janglarda ko‘p qatnashganlar. Sharqshunos P. P. Ivanov Abu Fazl Bayhaqiyning “Tarixi Bayhaqiy” kitobini o‘rganib, XV asrdagi Xorazmshohlar lashkarida “Qalpoq” ismli lashkarboshi bo‘lganini, biroq bu “qalpoq” atamasining lashkarboshiga daxli yo‘qligini, o‘sha paytlardagi taomilga ko‘ra lashkarboshiga o‘zi boshqaruvchi xalq nomi berilishini alohida ta’kidlaydi. Shunday qilib, olim “Qalpoq” so‘ziga ma’nodosh “Qalpoq” etnonimi XI asrda Orol bo‘ylarida yashagan, degan fikrga keladi.

Manbalarda

Tarixchi An-Nuvayriyning XIV asrga mansub xalqlar ro‘yxatida polovets – qipchoq toifalari ichida “qora bo‘rkli” degan atama uchraydi.

Qoraqalpoqlarning aniq nomi ilk bor shayboniylar sulolasidan bo‘lgan Abdullaxon II ning Sig‘noqdagi Ziyovuddin maqbarasiga 1598-yilda bergan yorliqnomasida uchraydi. Abdullaxon II bu yorliqnomasida Sig‘noq atrofida yashaydigan har xil urug‘lar qatorida qoraqalpoq xalqining nomini to‘liq keltirgan.

1723-yilda Jung‘or xonligining Turkistonga hujumi sababli qoraqalpoq xalqi uch guruhga bo‘linib ketdi. Qoraqalpoqlarning bir guruhi Xitoy, Afg‘on ellariga ko‘chdi. Ikkinchi guruhi O‘rta Osiyoning keng dalalarida bo‘linib-bo‘linib yashab qoldi.

Manbalarda

Uchinchi guruhi esa hozirgi Qoraqalpog‘istonda yashovchi qoraqalpoqlarning bobokalonlaridir.

To‘lepbergen Qayipbergenov, “Qoraqalpoqnoma” kitobidan

Bilasizmi?

Tarix saboqlari

Olimlar fikriga ko‘ra, “qoraqalpoq” so‘zi qipchoq tiliga mansub bo‘lib, o‘g‘uz-bijanak qabilalarining boshlariga kiyib yurgan qalpog‘ining shakli va rangiga qarab berilgan nomdir.

XVIII asr boshlariga kelib, Sirdaryo bo‘yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qiladilar.

Buning natijasi o‘laroq, 1714-yilda Sirdaryo bo‘yi qoraqalpoqlari yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) boshchiligida tuzilgan davlatga birlashadilar. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo‘ylari jung‘orlari, Boshqird ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi. Biroq bu davlat iqtisodiy va siyosiy jihatdan Kichik juz qozoq xonligiga qaram bo‘lib qoladi. Qoraqalpoqlar Kichik juzda o‘lpon (yasoq) to‘lashga va harbiy jangchilar bilan ta’minlashga majbur etiladi.

Tarix saboqlari

O‘tov

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qoraqalpoqlarning Amudaryo quyi etagida turkiy bijanak qabilasi negizida xalq sifatida shakllanish jarayoni qaysi asrda nihoyasiga yetgan?
  1. XI asr
  2. IX asr
  3. VII asr
  4. XIII asr

To‘g‘ri javob: XI asr. Qoraqalpoqlarning bijanak qabilasi negizida xalq sifatida shakllanishi XI asrda nihoyasiga yetgan.

No‘g‘ay ulusida joylashgan qoraqalpoqlar qaysi asrning boshlarida Volga sohillariga ko‘chib o‘tgan?
  1. XVI asr
  2. XVIII asr
  3. XIV asr
  4. XII asr

To‘g‘ri javob: XIV asr. No‘g‘ay ulusidagi qoraqalpoqlar XIV asrning boshlarida Volga sohillariga ko‘chib o‘tgan.

Qoraqalpoqlar No‘g‘ay xonligi tarkibida bo‘lgan davr qaysi asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi?
  1. XVII asr
  2. XVIII asr
  3. XIII asr
  4. XV asr

To‘g‘ri javob: XV asr. XV asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning ikkinchi yarmigacha qoraqalpoqlar No‘g‘ay xonligi tarkibida bo‘lgan.

Qoraqalpoqlarning eng qadimgi ajdodlari qaysi qabilalar hisoblanadi?
  1. Orol dengizining shimoliy sohillarida yashagan saklar
  2. Sirdaryo yoqasida yashagan kangarlar
  3. Orol dengizining janubiy sohillarida yashagan massagetlar
  4. Amudaryo yuqori oqimida yashagan so‘g‘dlar

To‘g‘ri javob: Orol dengizining janubiy sohillarida yashagan massagetlar. Matnda eng qadimgi ajdodlar Orol dengizi janubidagi massaget qabilalari ekani aytilgan.

Qoraqalpoqlarning turkiy bijanak qabilasi negizida xalq sifatida shakllanish jarayoni qaysi asrda nihoyasiga yetgan?
  1. XI asrda
  2. IX asrda
  3. XIV asrda
  4. XVII asrda

To‘g‘ri javob: XI asrda. Shakllanish jarayoni XI asrda nihoyasiga yetgani aytilgan.

XV asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning ikkinchi yarmigacha qoraqalpoqlar qaysi xonlik tarkibida bo‘lgan?
  1. Xiva xonligi
  2. Ashtarxon xonligi
  3. Qozoq xonligi
  4. No‘g‘ay xonligi

To‘g‘ri javob: No‘g‘ay xonligi. Matnga ko‘ra bu davrda qoraqalpoqlar No‘g‘ay xonligi tarkibida bo‘lgan.

Rossiya Ashtarxon xonligini bosib olgach, No‘g‘ay qabila sardorlari o‘rtasida nifoq va janjallar boshlangan yil qaysi?
  1. 1565-yil
  2. 1552-yil
  3. 1556-yil
  4. 1559-yil

To‘g‘ri javob: 1556-yil. Rossiya Ashtarxon xonligini 1556-yilda bosib oldi, shundan keyin No‘g‘ay qabila sardorlari o‘rtasida nifoq boshlandi.

Amudaryo eski o‘zanga qaytib, qoraqalpoqlar uning sohillaridagi qadimiy yerlariga qaytishi qaysi asrning boshlariga to‘g‘ri keladi?
  1. XVI asrning boshlariga
  2. XVII asrning boshlariga
  3. XV asrning boshlariga
  4. XVIII asrning boshlariga

To‘g‘ri javob: XVII asrning boshlariga. Amudaryo faqat XVII asr boshlarida eski o‘zanga qaytdi, shundan so‘ng qoraqalpoqlar qadimiy joylariga qaytib, yerlarni qayta o‘zlashtirdilar.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQo‘ng‘irotlar davrida Xiva me’morchiligiKeyingi →Qoraqalpoqlarning qo‘shni xalqlar bilan munosabatlari