Qoraqalpoqlarning turmush tarzi
XVI–XIX ASRLARDA QORAQALPOQLAR
O‘ylab ko‘ring
Qoraqalpoqlarda ijtimoiy hayot
Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug‘chilik, qabiladoshlik munosabatlari ancha mustahkam edi. Har bir urug‘ yoki qabilaga biylar boshchilik qilgan. Harbiy qismlarni botirlar boshqargan. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo‘jalarning o‘rni katta edi. Ovul boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in bo‘lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilgan. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy mansablar ham mavjud edi.
Biylar avvallari urug‘ yig‘inlarida saylangan. Biylarbiyi esa qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo‘ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo‘lgan. Xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo‘ysungan. Amudaryoning so‘l sohilidagi Qo‘ng‘irot, o‘ng sohilidagi Chimboy qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga aylanadi.
Qoraqalpoqlarda ijtimoiy hayot
Aholi orasida mulkiy tabaqalanish ham kuchayib boradi. Yerga jamoa bo‘lib egalik qilish asta-sekin barham topib, katta yer egaligi vujudga kela boshlaydi. Chorvachilikda minglab qoramol, qo‘y, echki, yilqi, tuyalarga ega tabaqalar shakllanadi. Juda ko‘p baliq ovlanadigan suv havzalari ham alohida kishilar tomonidan egallanib boriladi. Natijada yersiz, chorva mollarisiz qolgan kambag‘allar soni ko‘payadi. Ular yer egalaridan ijaraga yer olib ishlashga, chorva mollarini boqib kun kechirishga majbur bo‘lishadi.
Xo‘jalik hayoti
Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib kelganlar. “Qirqqiz” dostonida qoraqalpoqlarning yerlarni o‘zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer haydab g‘alla yetishtirganligi, bog‘lar yaratganligi haqida ma’lumotlar bor.
Qoraqalpoqlar Orol bo‘ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi yerlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Bug‘doy, arpa, tariq va boshqa ekinlar ekib, mo‘l hosil olganlar.
Yangi (Jana)daryo va Quvondaryo havzalarida qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug‘orish inshootlari xo‘jalikda dehqonchilik tarmog‘ining yetakchi o‘rinda bo‘lganligidan guvohlik beradi.
XVIII asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko‘l, Kegayli, XIX asr o‘rtalarida Chimboy, Qo‘ng‘irot kabi dehqonchilik vohalari vujudga keladi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o‘roq kabi mehnat qurollaridan foydalanilgan.
Xo‘jalik hayoti
Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida chorvachilik ham muhim o‘rin tutgan. Poda-poda qoramol, qo‘y, echki, ot va tuyalar boqilgan. Chorvadorlar ho‘kiz va tuya qo‘shilgan aravalarda poda va otlari bilan yil davomida sero‘t yaylovlarga ko‘chib yurganlar. Qishlov uchun xashak tayyorlangan. Ayniqsa, mayda qamish chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa bo‘lib xizmat qilgan.
Qoraqalpoqlarning iqtisodiy hayotida baliqchilik ham alohida ahamiyatga ega edi. Orol bo‘ylari, daryolarning havzalari baliqchilikning rivojlanishiga katta imkoniyat yaratgan. Baliqchilik, ovchilik aholi uchun qo‘shimcha tirikchilik manbayi edi.
Hunarmandchilik
Qoraqalpoqlar yashaydigan ovul va qishloqlar o‘zining duradgori, taqachisi, aravasozi, egarchisi, etikdo‘zi va zargariga ega bo‘lgan. Qoraqalpoqlar orasida yog‘ochsozlar, chig‘ir, qayiq va o‘tov yasaydigan ustalar ham ko‘p edi. Ular to‘quvchilik, gilamdo‘zlik, namat, ya’ni kigiz tayyorlash bilan ham shug‘ullanishgan. Bo‘yrachilik mahsulotlari ham xaridorgir edi. Qoraqalpoq kulollari yasagan tandir va sopol idishlarga talab katta bo‘lgan. Egarchi (yershi) ustalar, jumladan, otorqa deb ataladigan qolipda egar yasashgan.
Egarning sakkiz bo‘lagi ana shu qolipda yig‘ilib, yelimlangan. Ip yigirish uchun urchuq ishlatilgan. Jun gazlama, sholcha hamda gilam to‘qish uchun o‘rmak deb atalgan oddiy moslamadan foydalanilgan. Kenagas va mang‘it ayollari nihoyatda mohir to‘quvchi bo‘lgan.
Hunarmandchilik
Turarjoylar qoraqalpoqlar yashaydigan hududning geografik holati, tabiiy va iqlim sharoitlariga qarab har xil qurilgan.
Ularning har qanday sharoitga mos keladigan va eng yaxshi ko‘rgan uyi o‘tov bo‘lib, mahalliy aholi uni “qora uy” deb atagan. Bundan tashqari, “qoqra” nomi bilan ma’lum bo‘lgan loysuvoq uylari ham bo‘lgan. Ayrim hollarda yerto‘lalarda ham yashashgan. Yirik boylarning katta hovlilari bo‘lib, bunday hovlilar paxsadan qurilgan va atrofi devor bilan o‘ralgan.
Soliq va majburiyatlar
Dehqonlardan salg‘ut (yer) solig‘i, chorvadorlardan zakot solig‘i, aholidan ruhoniylar uchun ushur solig‘i olingan. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilagan. Yer solig‘i butun qabila yoki urug‘ga biryo‘la solingan. Biy va amaldorlar ham o‘z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo‘shimcha soliqlar undirganlar. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan qozon (xo‘jalik) solig‘i undirilgan. Yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqirilgan.
Soliqlardan tashqari, xalq kanal va ariqlar qazish, sug‘orish inshootlarini tozalash kabi ishlarga majburiy safarbar etilgan.
Mustaqil faoliyat
O‘ylab ko‘ring
“Folklor” va “san’at” atamalariga izoh bering.
Muhim sanalar
- XVIII asr — XVIII asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko‘l, Kegayli, XIX asr o‘rtalarida Chimboy, Qo‘ng‘irot kabi dehqonchilik vohalari vujudga keladi.
- XIX asr — XVIII asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko‘l, Kegayli, XIX asr o‘rtalarida Chimboy, Qo‘ng‘irot kabi dehqonchilik vohalari vujudga keladi.
Bilimingizni sinang
Qoraqalpoqlarda har bir urug‘ yoki qabilaga kim boshchilik qilgan?
- Botirlar
- Yuzboshilar
- Biylar
- Qozilar
To‘g‘ri javob: Biylar. Har bir urug‘ yoki qabilaga biylar boshchilik qilgan.
Qoraqalpoqlarda harbiy qismlarni kimlar boshqargan?
- Botirlar
- Biylar
- Mirobboshilar
- Shayxlar
To‘g‘ri javob: Botirlar. Harbiy qismlarni botirlar boshqargan.
Qoraqalpoqlarda boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in bo‘lgan ovulning butun hayotiga kim rahbarlik qilgan?
- Qozilar kengashi
- Biylarbiylar kengashi
- Xon noiblari kengashi
- Oqsoqollar kengashi
To‘g‘ri javob: Oqsoqollar kengashi. Ovul boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in bo‘lib, uning hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilgan.
Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo‘ysundirilgach, biylarbiyi qanday tartibda belgilanadigan bo‘lgan?
- Urug‘ yig‘inlarida saylanadigan bo‘lgan
- Xon tomonidan tayinlanadigan bo‘lgan
- Oqsoqollar kengashi saylaydigan bo‘lgan
- Ruhoniylar tanlaydigan bo‘lgan
To‘g‘ri javob: Xon tomonidan tayinlanadigan bo‘lgan. Bo‘ysundirilgach biylarbiyi xon tomonidan tayinlanadigan bo‘lgan, avval biylar urug‘ yig‘inlarida saylangan.
Amudaryoning so‘l sohilidagi Qo‘ng‘irot bilan birga o‘ng sohilidagi qaysi joy qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga aylangan?
- Qalliko‘l
- Kegayli
- Chimboy
- Quvondaryo
To‘g‘ri javob: Chimboy. Qo‘ng‘irot va Chimboy qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga aylangan.
Qoraqalpoqlarda biylar lavozimiga kelish tartibi Xiva xonligiga bo‘ysundirilgunga qadar va undan keyin qanday o‘zgargan?
- Avval biylar urug‘ yig‘inlarida saylangan, keyinchalik biylarbiyi xon tomonidan tayinlanadigan bo‘lgan
- Avval biylar xon tomonidan tayinlangan, keyinchalik ular urug‘ yig‘inlarida saylanadigan bo‘lgan
- Avval biylar merosxo‘rlik asosida o‘tgan, keyinchalik ular Oqsoqollar kengashi tomonidan olib tashlangan
- Biylar har ikki davrda ham faqat ruhoniylar tomonidan tayinlangan
To‘g‘ri javob: Avval biylar urug‘ yig‘inlarida saylangan, keyinchalik biylarbiyi xon tomonidan tayinlanadigan bo‘lgan. Biylar avval urug‘ yig‘inlarida saylangan; Xiva xonligiga bo‘ysundirilgach, biylarbiyi xon tomonidan tayinlangan va boshqa biylar unga bo‘ysungan.
I. Ovul boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in bo‘lib, uning hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilgan. II. Harbiy qismlarni biylar boshqargan. III. Amudaryoning so‘l sohilidagi Qo‘ng‘irot va o‘ng sohilidagi Chimboy bosh ma’muriy markazga aylangan. Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri?
- faqat I
- II va III
- I, II va III
- I va III
To‘g‘ri javob: I va III. Harbiy qismlarni biylar emas, botirlar boshqargan; shuning uchun II hukm noto‘g‘ri.
Mulkiy tabaqalanish kuchayishi natijasida yersiz va chorvasiz qolgan kambag‘allar nimaga majbur bo‘lgan?
- Yer egalaridan ijaraga yer olib ishlashga
- Xonga qo‘shimcha soliq to‘lashga
- Amudaryo bo‘ylarini tark etishga
- Hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga
To‘g‘ri javob: Yer egalaridan ijaraga yer olib ishlashga. Kambag‘allar yer egalaridan ijaraga yer olib ishlash va chorva boqib kun kechirishga majbur bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash