XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · O‘zbekiston tarixi · 25-§

Qoraqalpoqlarning milliy kiyimlari

XVI–XIX ASRLARDA QORAQALPOQLAR

Kiyim – inson ziynati

Kiyim-kechaklar uchun zarur gazlama va matolarni to‘quvchi ustalar yetkazib bergan. Bo‘z to‘n tikish uchun yo‘l-yo‘l alasha, ayollar ko‘ylaklari uchun ishlatiladigan katak-katak shatirash, ingichka tuya junidan movut (shol), qop va har xil xalta tikishda foydalaniladigan jun gazlama tayyorlangan. Po‘stin, qalpoq va poyabzalbop teriga mahorat bilan ishlov berilgan.

Qoraqalpoq erkaklarining an’anaviy kiyimlari xorazmliklarnikiga o‘xshab ketadi. Erkaklar ko‘ylak, shalvar va dambal kiyganlar. Shalvarning poychalari etik ichiga tiqib kiyilgan. Sovuq kunlarda yupqa shalvar ustidan qalin chit yoki jun gazlamadan tikilgan issiq shim kiyilgan. Keyinchalik no‘g‘ay yoqali ko‘ylak kiyish urfga aylangan. Qoraqalpoqlarda chopon keng tarqalgan. Chopon turli usullarda tikilgan, qavilgan chopon ham ishlatilgan. Jun, gazlama va movutdan shekpen (chakmon) tayyorlangan. Bayram kunlari yaltiroq gazlamadan tikilgan chopon kiyilib, uning ustidan belbog‘, ba’zan esa kayis (kamar) bog‘lab yurilgan. Qoraqalpoqlar qishda po‘stin va qalpoq kiyishgan. Qalpoqni takiya deb ham ataganlar. Qalpoq katta va keng qilib tikilgan. Deyarli salla o‘ralmagan, faqatgina din peshvolarigina bundan mustasno edi. Oyoqqa charm poyabzal, mahsi, kalish, etik, qishda

Kiyim – inson ziynati

Belbog‘ va takiya Takiya bolalar bosh kiyimi esa jun paypoq kiyilgan. Yoshlar bilan katta yoshdagi erkaklarning kiyimlari deyarli farq qilmagan. Faqatgina katta yoshdagilarning kiyimlari sal kengroq va uzunroq ko‘rinishda tikilgan. Qoraqalpoq ayollarining kiyimlari ko‘ylak, lozim, kamzul va yengsiz chopondan iborat bo‘lgan. Ayollar boshlariga do‘ppi kiyib, ro‘mol o‘ragan, yana “jegde” deb ataladigan chopon yopib yurgan. Bayram ko‘ylaklari Buxorodan olib kelingan ola shoyidan tikilgan. Ko‘ylakning tugma qadaladigan ikki tomonida yoqasidan beligacha, yenglari va etagiga xilma-xil rangli ipdan chillak shaklida keng kashta tikilgan. Bunday ko‘ylaklar halqali ko‘ylak deb atalgan. Azador ayollar gulsiz ko‘k ko‘ylak kiygan. Qoraqalpoq ayollarining bosh kiyimlari boshqa xalqlarnikidan yaqqol ajralib turadi. Ayniqsa, kimishek va savkali deb ataladigan bosh kiyimlari juda ham mashhur. Qiz yashaydigan xonadonning hammasida albatta kimishek tikilgan. Uni qizning o‘zi tikkan va ovulga to‘yi kuni kiygan. Kimishekni bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining ovulidan kelgan ayollardan biri qizning bo‘yniga solib qo‘ygan. Chunki kimishekda boshga kiyish uchun maxsus teshigi bo‘lgan. Kimishekning old tarafi qizil movutdan uchburchak shaklda, orqa kuyrikshasi esa Buxoro shoyisidan popukdor qilib, har xil rangdagi jun ipdan to‘qilgan. Yonlarida quloqchinlari, old tarafida peshonaga tushib turadigan jigalari (peshona) bo‘lib, orqasidan uzun guldor “kokil” osilib turgan.

Kiyim – inson ziynati

Qoraqalpoq kiyimlarining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri jengse (yeng)dir. Bunday yenglar ko‘pincha qizil guldor matodan alohida maxsus tayyorlanadi, so‘ngra to‘n yoki choponga tikiladi.

Saukele kiygan ayol

Haykel. Ayollar taqinchog‘i O‘rta yoshli ayol libosi

Oq jegde – keksa ayollar yopinchiq libosi

Turme, oydinli – ayollar boshiga o‘raydigan mato

Bala shapan – bolalar ustki kiyimi

Ayollar poyabzali Sarvi gevish – ayollar kavushi

Chopon Ko‘k ko‘ylak – to‘y ko‘ylagi

Kurte – bolalar kiyimi Sariq ko‘ylak – ayollar kiyimi

Mustaqil faoliyat

Savollar: 1. Nega qoraqalpoqlarning naqshli bezaklari suv ramzini aks ettiruvchi to‘lqindan iborat bo‘lgan? 2. “Qoraqalpoqlar milliy kiyimlarining o‘ziga xos jihatlari” nomli jadval tuzing. 3. Erkak va ayollar kiyimlari uchun ishlatiladigan materiallarning ro‘yxatini tuzing. 4. Berdaqning qoraqalpoq adabiyotida tutgan o‘rni nima bilan belgilanadi?

Loyiha ishi

Qoraqalpoq madaniyat kunlari (liboslar, urf-odatlar, adabiyot va san’at) bo‘yicha taqdimot tayyorlang.

Bilimingizni sinang

Qoraqalpoq erkaklarining an’anaviy kiyimlari qaysi xalq kiyimlariga o‘xshab ketadi?
  1. Buxoroliklarnikiga
  2. Xorazmliklarnikiga
  3. Qozoqlarnikiga
  4. Turkmanlarnikiga

To‘g‘ri javob: Xorazmliklarnikiga. Erkaklar kiyimi xorazmliklarnikiga o‘xshash bo‘lgan.

Qoraqalpoq ustalari yo‘l-yo‘l alasha gazlamasini nima tikish uchun to‘qiganlar?
  1. Ayollar ko‘ylagi
  2. Qop va xalta
  3. Po‘stin
  4. Bo‘z to‘n

To‘g‘ri javob: Bo‘z to‘n. Yo‘l-yo‘l alasha bo‘z to‘n tikish uchun tayyorlangan.

Katak-katak shatirash gazlamasi qaysi kiyimlar uchun ishlatilgan?
  1. Ayollar ko‘ylaklari
  2. Erkaklar shalvari
  3. Bolalar do‘ppisi
  4. Qop va xaltalar

To‘g‘ri javob: Ayollar ko‘ylaklari. Shatirash ayollar ko‘ylaklari uchun ishlatilgan.

Ingichka tuya junidan to‘qilgan movutning qoraqalpoqcha nomi qanday?
  1. Alasha
  2. Shatirash
  3. Shol
  4. Jegde

To‘g‘ri javob: Shol. Ingichka tuya junidan movut (shol) tayyorlangan.

Qoraqalpoqlar qalpoqni yana qanday nom bilan atashgan?
  1. Salla
  2. Takiya
  3. Do‘ppi
  4. Kimishek

To‘g‘ri javob: Takiya. Qalpoqni takiya deb ham ataganlar.

Qoraqalpoqlarda salla o‘rash qaysi toifa vakillariga xos bo‘lgan?
  1. Ovul oqsoqollari
  2. Hunarmandlar
  3. Yoshlar
  4. Din peshvolari

To‘g‘ri javob: Din peshvolari. Salla deyarli o‘ralmagan, faqat din peshvolari bundan mustasno edi.

Qoraqalpoq erkaklarining kiyimi haqidagi hukmlarni o‘qing. I. Erkaklarning an’anaviy kiyimlari xorazmliklarnikiga o‘xshab ketgan. II. Qalpoqni takiya deb ham atashgan. III. Sovuq kunlarda erkaklar shalvar ustidan faqat yupqa ipak shim kiyishgan. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. faqat I
  2. II va III
  3. I va II
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. Sovuq kunlarda yupqa shalvar ustidan qalin chit yoki jun gazlamadan tikilgan issiq shim kiyilgan, shuning uchun III noto‘g‘ri.

Matolar va ularning xususiyatlarini juftlang. Matolar: 1. Alasha; 2. Shatirash; 3. Movut (shol); 4. Jegde. Xususiyatlar: A. ingichka tuya junidan to‘qilgan; B. katak-katak, ayollar ko‘ylagi uchun ishlatilgan; C. ayollar yopinadigan chopon; D. yo‘l-yo‘l bo‘lib, bo‘z to‘n tikishda qo‘llangan.
  1. 1-D, 2-B, 3-A, 4-C
  2. 1-B, 2-D, 3-A, 4-C
  3. 1-D, 2-A, 3-B, 4-C
  4. 1-D, 2-B, 3-C, 4-A

To‘g‘ri javob: 1-D, 2-B, 3-A, 4-C. Alasha yo‘l-yo‘l mato (bo‘z to‘n uchun), shatirash katak-katak (ayollar ko‘ylagi uchun), movut tuya junidan, jegde ayollar yopinadigan chopon.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQoraqalpoqlarning madaniy hayotiKeyingi →Minglar hukmronligi davrida siyosat