Minglar hukmronligi davrida siyosat
MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI
O‘ylab ko‘ring
Siyosiy vaziyat
Ashtarxoniy hukmdor Ubaydullaxon davrida markaziy hokimiyat o‘ta zaiflashadi. Oqibatda ham poytaxtning o‘zida, ham joylarda mustaqil siyosat yuritish ilinjida bo‘lgan siyosiy guruhlarning kuchayishi uchun zarur sharoit yuzaga keladi.
Ulardan biri keyinchalik ashtarxoniylardan markaziy hokimiyatni tortib olgan mang‘itlar bo‘lsa, ikkinchisi mang‘itlardan oldinroq “otni qamchilagan”, o‘z siyosiy ishtahasini o‘lkaning bir chekkasida ham qondirish mumkinligini amalda ko‘rsatib qo‘ygan farg‘onalik minglar urug‘i edi.
Ashtarxoniylar o‘zlarining ichki muammolari bilan ovora bo‘lib turganlarida, ming urug‘idan bo‘lgan Shohruxbiy 1709-yilda Farg‘onada o‘z mustaqil hokimiyatini o‘rnatadi.
Siyosiy vaziyat
Shu tariqa, yagona davlat va yurtda siyosiy, iqtisodiy hamda hududiy jihatlardan bo‘linish yuz berib, o‘zagi Farg‘ona vodiysi bo‘lgan, keyinchalik muomalada Qo‘qon xonligi deb yuritila boshlagan mustaqil davlat tashkil topadi. Shohruxbiyning o‘g‘li Abdurahimxon Farg‘ona vodiysini to‘liq bo‘ysundirishdan tashqari, 1733-yili Samarqand, Jizzax va Kattaqo‘rg‘onni, ya’ni ashtarxoniylar izmida bo‘lgan muhim yerlarni ham o‘z boshqaruviga olishga erishadi, lekin og‘ir kasalga chalinib, Xo‘jandda vafot etadi.
Nodirshohning 1740-yildagi bosqini paytida Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Jizzax, ya’ni minglar qo‘l ostida bo‘lgan hududlar dushman ixtiyoriga o‘tadi. Bunga javoban minglar qo‘shini Peshog‘arga yetib kelganida, Eron qo‘shini Xorazmga qarab yurishni davom ettirayotgan edi.
Siyosiy vaziyat
Har ehtimolga qarshi o‘sha davrda Qo‘qon xonligini boshqargan minglar yetakchisi Abdukarimxon Peshog‘ar va Xo‘jandda qo‘shin qoldiradi. O‘zi esa Qo‘qonga qaytadi. Tez orada jung‘orlarning vodiyga bosqinini qaytarishga muvaffaq bo‘ladi.
Abdukarimxon qariyb 9 oy hukmronlik qiladi. Undan keyingi uch yil davomida Qo‘qon taxti da’vogarlar o‘rtasida talash bo‘ladi.
Bir qancha urinishlardan so‘ng Erdonaxon hokimiyat tepasiga keladi. Erdonaxon davrida O‘sh, O‘zgand bo‘ysundiriladi. U Xo‘jand, Sharqiy Turkistonni egallashga ham urinib ko‘radi. Lekin Xitoyning jung‘orlarga tegishli hududlarini Toshkent, Sayram, Suzoq va Turkistongacha kengaytirish niyatini barbod qilishga erishadi.
Siyosiy vaziyat
Xo‘jand Qo‘qon hukmdori tomonidan bir necha marta qo‘lga kiritilib, boy berilgan. Faqat 1758-yilda Erdonaxon raqiblarini mag‘lub etib, Xo‘jand va O‘ratepani egallaydi.
Erdona zamonida xonlik qudrati ancha yuksalib, vodiyda tinchlik va farovonlikka erishiladi. U Qo‘qon xonligini Xitoy va Buxoro amirligi bilan tengma-teng kurasha oladigan davlatga aylantira oladi.
Atamalar
Jung‘or (Oyrat) – Jung‘or xonligi, 1635-yilda Ili vodiysida tashkil topgan davlat. 1758-yilda Xitoy tomonidan tugatilgan.
Manbalarda
Erdona minglar orasida birinchi bo‘lib xon unvonini olgan. So‘nggi izlanishlarga ko‘ra, 1763-yili o‘zbek elchisi Xitoyga olib borgan maktubda u xon sifatida tilga olingan.
O‘ylab ko‘ring
Manbalarda
Qo‘qon xonligiga asos solgan ming urug‘ining boshlig‘i Shohruxbiy ibn Ashur Muhammaddir. Ming urug‘i XVIII asrning boshlarida Farg‘onada siyosiy hokimiyatni xo‘jagon sulolasining qo‘lidan tortib oladi. Xo‘jalar yoki xo‘jagon sulolasi Sharqiy Turkistonning ruhoniy nasabli hokimlari bo‘lishgan.
Sulolaning asoschisi Maxdumi A’zam – Xo‘ja Ahmad ibn Sayyid Jaloliddin bo‘lib, u IX asrda Xuroson va O‘rta Osiyoda paydo bo‘lgan xo‘jagon tariqatiga mansub shaxs. Maxdumi A’zam 1463-yilda tavallud topib, 1542-yilda vafot etgan. Ular Sharqiy va G‘arbiy Turkistonda hukm surgan chig‘atoy hokimlari davrida katta mansab va vazifalarda ishlab, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ta’sir kuchiga ega bo‘lishgan.
Manbalarda
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida Farg‘ona vodiysida eski o‘troq zodagonlardan bo‘lmish xo‘jalarning ta’siri katta edi. XVIII asrning boshlariga kelib ming urug‘ining boshliqlaridan biri Shohruxbiy o‘z hukumati kuch-qudratini mustahkamlash maqsadida Chodak xo‘jalaridan birining qiziga uylanadi. Shuning uchun ham Qo‘qon xonligi shakllanishi va kuchayishi jarayonida mazkur Chodak xo‘jalarining nufuzi va o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.
Shodmon Vohidov, “Qo‘qon xonligi tarixi (xonlik tarixi – manbalarda)”
“Oltin beshik” afsonasi
Qadimdan ma’lumki, mamlakat taxtiga o‘tirish va unga hukmronlik qilish uchun Chingiz yoki Afrosiyob avlodidan bo‘lish zarur bo‘lgan. Shohruxbiy esa Chingiz avlodidan ham, Afrosiyob avlodidan ham bo‘lmaganligi uchun “Oltin beshik” afsonasi to‘qib chiqariladi.
Ushbu afsonaga ko‘ra, Kobul tomon otlangan Zahiriddin Muhammad Bobur yo‘lda tug‘ilgan o‘g‘il chaqalog‘ini oltin beshikka soladi va uni o‘sha yerda qoldirib ketadi. Keyinchalik ming urug‘i vakillari beshikni topib oladilar. Bolaga Oltin beshik deb nom qo‘yadilar. Beshikdagi bola voyaga yetgach, undan Tangriyor tug‘iladi. Tangriyordan Xudoyor, Muhammad Amin, Abulqosim, Shohmastbiy, Hojibiy, Ashurbiy, so‘ng Shohruxbiy dunyoga keladi.
“Oltin beshik” afsonasi
Shohruxbiy hukmronlik qilgan davlat tarkibiga dastlabki yillari poytaxt Qo‘qondan tashqari Namangan, Marg‘ilon, Konibodom va Isfara shaharlari ham kirgan.
Boshboshdoqlikning boshlanishi
Eng uzoq muddat xonlikni boshqargan Norbo‘taxon davri nisbatan siyosiy barqarorligi va iqtisodiyot bir maromda rivojlanib borgani bilan ajralib turadi. Xo‘jandda minglar hokimiyatini o‘rnatish ham aynan unga nasib etadi.
Biroq uning vafotidan so‘ng hokimiyat uchun kurashlar natijasida taxtga Olimxon o‘tiradi. Olimxon hukmronligining dastlabki kunlaridan boshlab muxolifatni yo‘qotish uchun qattiq kirishgani ma’lum. U markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida harbiy sohada islohot o‘tkazadi.
Olimxon qattiq harbiy intizom joriy qiladi. Mamlakatdagi sayyidlar va eshonlarga berilgan tarxonlar, soliqlardan ozod qilingan imtiyozli yerlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadida tekshiruvlar o‘tkazadi.
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
Olimxon ijtimoiy qatlam vakillariga berilgan imtiyoz – soliqlardan ozod etishning haqiqiyligi yoki soxtaligini tasdiqlovchi hujjatlarni aniqlash va qayta nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha farmon beradi. Bu davrga kelib soxta hujjatlarning ko‘payib ketishi natijasida davlat xazinasiga tushadigan daromad kamayib borayotgan edi. Olimxonning bu siyosati nafaqat davlat iqtisodiyotini tartibga solish, balki davlat hujjatlarini qalbakilashtirishga qarshi qaratilgan islohoti ham edi.
Muhammad Alixon davrida Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, O‘ratepa Qo‘qon xonligiga qo‘shib olinadi. 1831-yilgi Pekin bilan imzolangan kelishuvga ko‘ra Koshg‘ardagi xalqaro savdo to‘liq Qo‘qon nazoratiga o‘tadi.
Tarix saboqlari
Muhammad Alixon siyosatidan norozi bo‘lgan ayrim mansabdorlar Buxoro amirligidan panoh topadilar. Ular Buxoro hukmdori Nasrullaxonni Qo‘qonga qo‘shin tortishga ko‘ndiradilar. Nasrullaxon 1842-yili Qo‘qonni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ladi.
Amir Nasrulla mang‘itlardan bo‘lgan Ibrohim parvonachini Qo‘qonga hokim etib tayinlaydi, o‘zi esa Buxoroga qaytadi. “Ibrohim Xayol” laqabi bilan tanilgan bu parvonachi o‘zining ikki oy hukmronligi davrida aholi boshiga yangi-yangi soliqlar soladi. Natijada Qo‘qon xalqi qipchoq va qirg‘iz jamoalari kuchlari bilan birga mang‘itlarni Qo‘qondan haydab chiqaradi. Talas qirg‘izlarining boshlig‘i Muhammadyusuf xon avlodlaridan bo‘lgan Sheralixonni xonlik taxtiga ko‘taradi. O‘zi mingboshi bo‘lib oladi. Qo‘qon xonligining oldingi chegaralari tiklanadi. Qo‘qondan Toshkent, Xo‘jand va janubiy Qozog‘istongacha bo‘lgan mulklarga voliylar qayta tayinlanadi. Sheralixonni taxtga ko‘targan qipchoq-qirg‘iz jamoasi rahbarlik mansablariga tayinlanadilar.
Tarix saboqlari
Biroq orada mang‘itlar lashkarini Qo‘qon hududidan haydashda ishtirok etgan qipchoqlarga oliy mansablar tegmay qoladi. Muhammadyusuf ham ularga qarshi xatti-harakatlarni boshlaydi. Bu xabarni eshitib, qipchoqlar Andijon va Shahrixonga borib qo‘shin yig‘adi. Qipchoqlar oldiga muzokara uchun Yusuf mingboshi va Sheralixonning o‘g‘li Sarimsoqbek yuboriladi. Qipchoqlar talabi bilan Muhammadyusuf mingboshilik mansabidan chetlashtiriladi.
Sheralixonning soliq siyosatiga qarshi xonlikning qator tumanlarida qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. 1845-yilda O‘shdagi qo‘zg‘olonni bostirish uchun Andijon hokimining boturboshisi qipchoq Musulmonqul yuboriladi.
Tarix saboqlari
Mazkur vaziyatdan foydalangan Murod (Olimxonning o‘g‘li) Sheralixonni o‘ldirib, o‘zini xon hamda Buxoro amirining noibi deb e’lon qiladi. Musulmonqul bu voqealardan xabar topib, qizini Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorga turmushga beradi va u bilan birga Qo‘qonga keladi hamda Murodni taxtdan ag‘daradi. Yosh Xudoyor xon deb e’lon qilinadi.
Amalda hokimiyatni Musulmonqul boshqaradi. U ayni paytda mingboshi – Bosh vazir lavozimini egallaydi. Shu davrdan boshlab Qo‘qonda faqat qipchoqlarning hukmronligi boshlanadi. 1852-yil farg‘onalik mulkdorlar toshkentliklar yordamida qipchoqlar hokimiyatiga qarshi qurolli kurash boshlashadi. Kurashda qipchoqlar yengiladi. Musulmonqul o‘ldiriladi.
O‘ylab ko‘ring
Manbalarda
“Shunday zamon bo‘ldiki, har kim o‘zicha hukm surardi. Xon unvoni ma’nosiz bo‘ldi. Musulmonqul va qipchoqning boshqa ashroflari o‘lkani o‘zaro bo‘lib oldilar”.
Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiy, “Tarixi jahonnamoy”
Xudoyorxonning ukasi
Xudoyorxon Musulmonqul ta’siridan qutulsa ham amalda mustaqil xon sifatida hukm sura olmaydi. Mahalliy hokimlardan Abdulg‘afurbek yuz O‘ratepada va ukasi Mallabek Toshkentda unga qarshi chiqa boshlashadi.
1853-yili Oqmasjid graf Perovskiy tomonidan bosib olinadi. Qal’a hokimi To‘raqul (Abdu Vali) va qal’a himoyachilari halok bo‘lishadi. Oqmasjid mag‘lubiyati bilan Qo‘qon – Rossiya munosabatlarining keskinlashuvi boshlanadi. 1853-yilda Rossiya qo‘shinlari ham Oqmasjid orqali Qo‘qon xonligi yerlariga bostirib kirishni davom ettiradi. Xudoyorxon uchtomonlama bo‘layotgan tazyiqlar ostida qoladi.
Manbalarda
Qamal davomida 30 nafar qo‘qonlik, hujum vaqtida esa 212 kishi halok bo‘lgan, shulardan 4 nafar ayol, 2 nafar bola 217 nafar yaralanganlar bilan birga ruslar tomonidan asir olingan.
Xulosa
Muhim sanalar
- 1463-yilda — Maxdumi A’zam 1463-yilda tavallud topib, 1542-yilda vafot etgan.
- 1542-yilda — Maxdumi A’zam 1463-yilda tavallud topib, 1542-yilda vafot etgan.
- 1635-yilda — Jung‘or (Oyrat) – Jung‘or xonligi, 1635-yilda Ili vodiysida tashkil topgan davlat.
- 1709-yilda — Ashtarxoniylar o‘zlarining ichki muammolari bilan ovora bo‘lib turganlarida, ming urug‘idan bo‘lgan Shohruxbiy 1709-yilda Farg‘onada o‘z mustaqil hokimiyatini o‘rnatadi.
- 1733-yili — Shohruxbiyning o‘g‘li Abdurahimxon Farg‘ona vodiysini to‘liq bo‘ysundirishdan tashqari, 1733-yili Samarqand, Jizzax va Kattaqo‘rg‘onni, ya’ni ashtarxoniylar izmida bo‘lgan muhim yerlarni ham o‘z boshqaruviga olishga…
- 1740-yilda — Nodirshohning 1740-yildagi bosqini paytida Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Jizzax, ya’ni minglar qo‘l ostida bo‘lgan hududlar dushman ixtiyoriga o‘tadi.
- 1758-yilda — Faqat 1758-yilda Erdonaxon raqiblarini mag‘lub etib, Xo‘jand va O‘ratepani egallaydi.
- 1758-yilda — 1758-yilda Xitoy tomonidan tugatilgan.
- 1763-yili — So‘nggi izlanishlarga ko‘ra, 1763-yili o‘zbek elchisi Xitoyga olib borgan maktubda u xon sifatida tilga olingan.
- 1831-yilgi — 1831-yilgi Pekin bilan imzolangan kelishuvga ko‘ra Koshg‘ardagi xalqaro savdo to‘liq Qo‘qon nazoratiga o‘tadi.
Bilimingizni sinang
Ming urug‘idan bo‘lgan Shohruxbiy Farg‘onada o‘z mustaqil hokimiyatini qaysi yilda o‘rnatgan?
- 1709-yilda
- 1733-yilda
- 1740-yilda
- 1758-yilda
To‘g‘ri javob: 1709-yilda. Shohruxbiy 1709-yilda Farg‘onada mustaqil hokimiyat o‘rnatgan.
1709-yilda ming urug‘idan bo‘lgan Shohruxbiyning Farg‘onada mustaqil hokimiyat o‘rnatishiga qanday vaziyat imkon bergan?
- Buxoro amirligi bilan Xitoy o‘rtasida urush boshlanib, Farg‘ona vodiysi nazoratsiz qolgani
- Nodirshohning Buxoro va Xivaga yurishi natijasida ashtarxoniylar qo‘shinining tor-mor etilgani
- Xo‘jagon sulolasining Sharqiy Turkistondan keng harbiy yordam ko‘rsatgani
- Ashtarxoniylar ichki muammolari bilan ovora bo‘lib, markaziy hokimiyatning zaiflashib qolgani
To‘g‘ri javob: Ashtarxoniylar ichki muammolari bilan ovora bo‘lib, markaziy hokimiyatning zaiflashib qolgani. Ubaydullaxon davrida markaziy hokimiyat zaiflashgan, ashtarxoniylar ichki muammolar bilan band bo‘lgan paytda Shohruxbiy Farg‘onada mustaqil hokimiyat o‘rnatgan.
Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Jizzax Nodirshohning bosqini paytida qaysi yilda dushman ixtiyoriga o‘tgan?
- 1747-yilda
- 1743-yilda
- 1737-yilda
- 1740-yilda
To‘g‘ri javob: 1740-yilda. Nodirshohning 1740-yildagi bosqini paytida minglar qo‘l ostidagi Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Jizzax dushman ixtiyoriga o‘tdi.
Abdurahimxon 1733-yili qaysi shaharlarni o‘z boshqaruviga oldi?
- Toshkent, Sayram va Turkiston
- Samarqand, Jizzax va Kattaqo‘rg‘on
- Xo‘jand, O‘ratepa va O‘sh shaharlari
- Namangan, Marg‘ilon va Isfara shaharlari
To‘g‘ri javob: Samarqand, Jizzax va Kattaqo‘rg‘on. U 1733-yili Samarqand, Jizzax va Kattaqo‘rg‘onni o‘z boshqaruviga olgan.
Voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang.
- Abdurahimxon fathlari, Shohruxbiy mustaqilligi, Erdonaxonning Xo‘jandni olishi, Nodirshoh bosqini
- Shohruxbiy mustaqilligi, Nodirshoh bosqini, Abdurahimxon fathlari, Erdonaxonning Xo‘jandni olishi
- Shohruxbiy mustaqilligi, Abdurahimxon fathlari, Nodirshoh bosqini, Erdonaxonning Xo‘jandni olishi
- Nodirshoh bosqini, Shohruxbiy mustaqilligi, Abdurahimxon fathlari, Erdonaxonning Xo‘jandni olishi
To‘g‘ri javob: Shohruxbiy mustaqilligi, Abdurahimxon fathlari, Nodirshoh bosqini, Erdonaxonning Xo‘jandni olishi. Shohruxbiy 1709, Abdurahimxon 1733, Nodirshoh bosqini 1740, Erdonaxon Xo‘jandni olishi 1758-yilda.
Abdurahimxon Samarqand, Jizzax va Kattaqo‘rg‘onni o‘z boshqaruviga olganidan necha yil o‘tib, bu hududlar Nodirshohning bosqini paytida dushman ixtiyoriga o‘tdi?
- 9 yil
- 5 yil
- 8 yil
- 7 yil
To‘g‘ri javob: 7 yil. Abdurahimxon bu yerlarni 1733-yili olgan, Nodirshoh bosqini esa 1740-yilda bo‘lgan; farq 7 yil.
Qo‘qon xonligi hukmdori Abdukarimxon qariyb necha oy hukmronlik qilgan?
- 3 oy
- 9 oy
- 12 oy
- 6 oy
To‘g‘ri javob: 9 oy. Abdukarimxon qariyb 9 oy hukmronlik qildi, undan keyin uch yil taxt talashildi.
Abdukarimxon qancha muddat hukmronlik qilgan?
- Qariyb 9 oy
- Qariyb 9 yil
- Qariyb 3 yil
- Qariyb 20 yil
To‘g‘ri javob: Qariyb 9 oy. Abdukarimxon qariyb 9 oy hukmronlik qilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash