Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi
MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI
O‘ylab ko‘ring
Minglar sulolasi boshqaruvi
Minglar sulolasi ham boshqaruvni o‘zbek davlatchiligida mavjud bo‘lgan an’analar asosida davom ettiradi. Ular ham viloyatlarni o‘z sulola vakillari orqali idora etish tizimini yo‘lga qo‘yishga harakat qilishadi.
Xonlikning poytaxti Qo‘qon shahri bo‘lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazi edi.
Bu sulola davrida ham devonlar tizimi deyarli saqlanib qolmaydi. Devonlar vazifasi esa dargohdagi mansabdorlar zimmasiga yuklatiladi. Xonlikda davlat boshqaruvining oliy idorasi dargoh hisoblangan. Davlat tepasida oliy hukmdor – xon turgan.
Minglar mang‘itlar hukmronligidan ajralib chiqqan ilk paytlarda boshqaruv tizimi deyarli o‘xshash edi. Lekin keyinchalik ayrim o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Buni bosh vazirlik lavozimida ko‘rish mumkin.
Minglar sulolasi boshqaruvi
1810-yilga qadar bosh vazir vazifasini xuddi Buxorodagidek qushbegi bajargan. Umarxon davriga kelib bu lavozim mingboshiga o‘zgartiriladi. Davlat siyosatida harbiy masala ustuvor darajaga ko‘tarilgani uchun shunday qilinadi. Mingboshi lavozimi egasiga lashkarboshilik vakolati ham yuklatiladi. Xonlikning uch tomonida xavfning yuzaga kelishi boshqaruvda ushbu yangilikni kiritishga sabab bo‘ladi.
Boshqaruv tizimidagi yana bir o‘zgarish – bu Toshkent hokimiga beklarbegi unvonining berilishi edi. Boshqaruvdagi bu islohot Muhammad Alixon davriga to‘g‘ri keladi. Aniqrog‘i, poytaxtdan ancha uzoqda joylashgan va XIX asrning dastlabki o‘nyilligida xonlik tarkibiga qo‘shib olingan Toshkent va Qipchoq dashtining xonlikka tegishli hududlarini boshqarish murakkablashadi. Bu esa mazkur hududlarni boshqarish tizimiga ayrim o‘zgartirishlar kiritishni talab etadi. Shundan kelib chiqib, 1831-yili Muhammad Alixon tomonidan beklarbegi unvoni joriy qilinadi. Bu unvon faqat Toshkent hokimiga berilgan edi. Beklarbegi bir qator imtiyozlarga ega bo‘lgan, jumladan, unga xonlikning shimoliy hududlaridagi Turkiston, Chimkent, Avliyoota ustidan siyosiy, iqtisodiy va harbiy nazorat qilish vazifasi topshirilgan.
Minglar sulolasi boshqaruvi
Markaziy boshqaruvda iqtisodiy masalalar bo‘yicha mas’ul amaldor – devonbegi ham muhim o‘rin tutgan. Mamlakat xazinasiga tushadigan mablag‘ va uning sarf-xarajati devonbegi nazoratida bo‘lib, kirim-chiqim maxsus daftarlarda qayd etib borilgan.
Markaziy boshqaruv tizimida xonlikka chet mamlakatlardan siyosiy, iqtisodiy, diplomatik maqsadlarda kelgan elchilarni kutib olish, ularni joylashtirish va xonlikdagi faoliyatiga javobgar bo‘lgan shig‘ovul, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan dasturxonchi, moliya vazirining yordamchisi mehtar, xonning xos va sirdosh mulozimi inoq hamda otaliq kabi mansabdorlar faoliyat yuritishgan.
Minglar sulolasi boshqaruvi
Shuningdek, markaziy boshqaruv tizimidagi eng oliy diniy mansab – shayxulislom, sudlov va huquq-tartibot ishlariga mas’ul – qozikalon, fiqh olimi – xojakalon, harbiy ishlar qozisi – qozi askar lavozimlari mavjud bo‘lgan.
O‘ylab ko‘ring
Markaziy boshqaruv lavozimlarini alohida jadvalga soling (1-ustunda – lavozimi, 2-ustunda – vazifasi, 3-ustunda – unvonlari).
Manbalarda
Qo‘qon xonligi Xivaga nisbatan besh baravar, Buxoroga nisbatan uch baravar, Tehronga nisbatan to‘rt baravar katta bo‘lgan.
1709–1876-yillarda davlat ramzi bo‘lgan Qo‘qon xonligi bayrog‘i
Mahalliy boshqaruv tizimi
Xonlikdagi mahalliy boshqaruv tizimi tepasida turgan viloyat boshliqlari hokim deb yuritilgan. Manbalarda qayd etilishicha, qushbegi, parvonachi, devonbegi, dodxoh kabi mansab va unvon egalari viloyatlarga hokim etib tayinlangan.
Qo‘qon shahrini xonning o‘zi boshqargan. XIX asrning 20-yillarida Qo‘qon shahrida 3 mingga yaqin xonadon va oltita bozor, shu asrning 50-yillarida Qo‘qonda 8 ming xonadon, 30 mingga yaqin aholi, 9 ta karvonsaroy va 6 ta hammom mavjud bo‘lgan.
Ma’muriy-boshqaruv tizimida viloyat hokimining asosiy yordamchilari sarkor (yoki mirzaboshi) hamda boturboshi lavozimlari hisoblangan. Muftiy, a’lam, qozi, rais (muhtasib) kabi mansab egalari zimmasiga aholining ijtimoiy va ma’naviy hayotini tartibga solish masalalari yuklatilgan.
Mahalliy boshqaruv tizimi
Xonlik ma’muriy-boshqaruv tizimining eng quyi bo‘g‘ini oqsoqollikdan iborat bo‘lib, uning tarkibiga katta bir qishloq yoki bir necha kichik qishloqlar kirgan. Mazkur ma’muriy birlikni aminlar va oqsoqollar, ayrimlarini sarkorlar nazorat qilgan.
XIX asrning 40-yillariga qadar xonlik ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar sarkorlikka, sarkorlik oqsoqollik va aminliklarga bo‘lingan holda idora etilgan. Tarixiy manbalarda xonlikning ma’muriy-hududiy bo‘linishi Marg‘ilon, Andijon, Shahrixon, Namangan, Xo‘jand, Chust, Isfara, O‘ratepa, Qurama, Toshkent va Turkiston viloyatlaridan iborat bo‘lgani qayd etiladi. Ushbu viloyatlarga hokimlar tayinlash xon izmida bo‘lgan.
Mahalliy boshqaruv tizimi
Farg‘ona vodiysi xonlik hududining o‘zagi edi. Ilk pallalarda u Namangan, Marg‘ilon va Andijon bilan cheklangan. Abdurahimxon Xo‘jand viloyatini bo‘ysundirishga erishgan. Erdonaxon esa O‘sh va O‘zganni xonlik tarkibiga kiritgan.
1810
Olimxon tomonidan Toshkent bekligining qo‘shib olinishi xonlik hududining yanada kengayishiga olib keladi. Umarxon esa uni Qipchoq dashti yerlarining bir qismi hisobiga kengaytirgan edi. Muhammad Alixon qisqa muddat bo‘lsa-da, Qorategin, Ko‘lob, Darvozni Qo‘qonga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ladi.
Manbalarda
XVIII asr oxirlarida xonlikning hududlari hali Farg‘ona vodiysidan iborat edi. Vodiy qulay iqlim va tabiiy geografik mintaqada joylashgan bo‘lib, uning hududi 22,2 ming km2 ni, tog‘li hududlar bilan birga 80 ming km2 ni, sharqdan g‘arbga tomon uzunligi 300 km, shimoldan janubga qadar ba’zan 170 km ni tashkil qilgan.
V. I. Masalskiy, “Turkestanskiy kray”
Aholining tarkibi
Xonlik aholisining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil qilgan. Shahar va qishloqlarda qadimdan yashab kelgan o‘troq aholi urug‘-qabila tizimiga ega bo‘lmagan Muhammad Shayboniyxon davrida ko‘chib kelgan ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchi xalq edi. Ular chorvadorlar bo‘lib, XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida o‘troqlasha boshlagan.
Shuningdek, xonlik aholisi tarkibining ma’lum qismini tojik va qirg‘izlar tashkil etgan. XVIII asrning ikkinchi yarmidan XIX asrning o‘rtalariga qadar Farg‘ona vodiysiga, asosan, Sirdaryo bo‘ylariga qoraqalpoqlar kelib o‘rnasha boshlagan. Shuningdek, lo‘li, mazang, og‘acha kabi mayda guruhlar hamda hindlar yashashgan.
Mustaqil faoliyat
2. Venn diagrammasini chizing. Qo‘qon, Buxoro va Xiva davlatlarining boshqaruv tizimini solishtiring, o‘xshash va o‘ziga xos jihatlarini aniqlang.
Muhim sanalar
- 1709–1876-yillarda — 1709–1876-yillarda davlat ramzi bo‘lgan Qo‘qon xonligi bayrog‘i
- 1810-yilga — 1810-yilga qadar bosh vazir vazifasini xuddi Buxorodagidek qushbegi bajargan.
- 1831-yili — Shundan kelib chiqib, 1831-yili Muhammad Alixon tomonidan beklarbegi unvoni joriy qilinadi.
- XIX asrning — Aniqrog‘i, poytaxtdan ancha uzoqda joylashgan va XIX asrning dastlabki o‘nyilligida xonlik tarkibiga qo‘shib olingan Toshkent va Qipchoq dashtining xonlikka tegishli hududlarini boshqarish murakkablashadi.
- XIX asrning — XIX asrning 20-yillarida Qo‘qon shahrida 3 mingga yaqin xonadon va oltita bozor, shu asrning 50-yillarida Qo‘qonda 8 ming xonadon, 30 mingga yaqin aholi, 9 ta karvonsaroy va 6 ta hammom mavjud bo‘lgan.
- 20-yillarida — XIX asrning 20-yillarida Qo‘qon shahrida 3 mingga yaqin xonadon va oltita bozor, shu asrning 50-yillarida Qo‘qonda 8 ming xonadon, 30 mingga yaqin aholi, 9 ta karvonsaroy va 6 ta hammom mavjud bo‘lgan.
- 50-yillarida — XIX asrning 20-yillarida Qo‘qon shahrida 3 mingga yaqin xonadon va oltita bozor, shu asrning 50-yillarida Qo‘qonda 8 ming xonadon, 30 mingga yaqin aholi, 9 ta karvonsaroy va 6 ta hammom mavjud bo‘lgan.
- XIX asrning — XIX asrning 40-yillariga qadar xonlik ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar sarkorlikka, sarkorlik oqsoqollik va aminliklarga bo‘lingan holda idora etilgan.
- 40-yillariga — XIX asrning 40-yillariga qadar xonlik ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar sarkorlikka, sarkorlik oqsoqollik va aminliklarga bo‘lingan holda idora etilgan.
- XVIII asr — XVIII asr oxirlarida xonlikning hududlari hali Farg‘ona vodiysidan iborat edi.
Bilimingizni sinang
Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvining oliy idorasi nima deb atalgan?
- Dargoh
- Devon
- Qurultoy
- Mahkama
To‘g‘ri javob: Dargoh. Davlat boshqaruvining oliy idorasi dargoh hisoblangan.
Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvining oliy idorasi dargoh hisoblangan. II. Umarxon davriga kelib bosh vazir lavozimi mingboshiga o‘zgartirilgan. III. Beklarbegi unvoni xonlikning barcha viloyat hokimlariga berilgan.
- I va II
- faqat I
- II va III
- I va III
To‘g‘ri javob: I va II. Beklarbegi unvoni faqat Toshkent hokimiga berilgan, shuning uchun III hukm noto‘g‘ri.
Qo‘qon xonligida bosh vazir vazifasini Buxorodagidek qushbegi bajarish tartibi qaysi yilgacha davom etgan?
- 1810-yilga
- 1805-yilga
- 1800-yilga
- 1822-yilga
To‘g‘ri javob: 1810-yilga. 1810-yilga qadar bosh vazir vazifasini qushbegi bajargan, Umarxon davrida u mingboshiga almashtirilgan.
Qo‘qon xonligida 1810-yilga qadar bosh vazir vazifasini Buxorodagidek qaysi mansabdor bajargan?
- devonbegi
- mingboshi
- qushbegi
- parvonachi
To‘g‘ri javob: qushbegi. 1810-yilga qadar bosh vazir vazifasini Buxorodagidek qushbegi bajargan.
Qo‘qon xonligida Umarxon davriga kelib bosh vazir lavozimi qaysi mansabga o‘zgartirilgan?
- devonbegiga
- shayxulislomga
- mingboshiga
- beklarbegiga
To‘g‘ri javob: mingboshiga. Harbiy masala ustuvor bo‘lgani uchun Umarxon davrida bu lavozim mingboshiga o‘zgartirildi.
Qo‘qon xonligida Muhammad Alixon davrida faqat Toshkent hokimiga berilgan unvon qaysi?
- qushbegi
- mingboshi
- otaliq
- beklarbegi
To‘g‘ri javob: beklarbegi. 1831-yili Muhammad Alixon tomonidan Toshkent hokimiga beklarbegi unvoni berildi.
Toshkent va Qipchoq dashtining xonlikka tegishli hududlari xonlik tarkibiga qaysi asrning dastlabki o‘nyilligida qo‘shib olingan?
- XVII asrning
- XX asrning
- XVIII asrning
- XIX asrning
To‘g‘ri javob: XIX asrning. Poytaxtdan uzoq Toshkent va Qipchoq dashti XIX asrning dastlabki o‘nyilligida xonlikka qo‘shilgan, shuning uchun boshqarish murakkablashgan.
Muhammad Alixon tomonidan beklarbegi unvoni qaysi yili joriy qilingan?
- 1822-yili
- 1826-yili
- 1831-yili
- 1836-yili
To‘g‘ri javob: 1831-yili. Toshkent va Qipchoq dashtini boshqarishni yaxshilash uchun 1831-yili beklarbegi unvoni joriy qilingan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash