XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · O‘zbekiston tarixi · 28-§

Qo‘qon xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Farg‘ona vodiysida qadimdan dehqonchilik va hunarmandchilikning qaysi sohalari rivojlangan edi? Bugungi kunda ulardan qaysi birlari hamon mashhur?
Savollar: 2. Hunarmandchilikning yangi sohalarining ochilishiga qanday omillar sabab bo‘ladi? 3. Bu davrda dunyo mamlakatlarida qanday kasblarga ehtiyoj yuzaga kelgan edi?

Yer-suv munosabatlari

Farg‘ona vodiysida dehqonchilik qadimdan rivojlanib kelgan. Vodiy aholisi g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish hamda ipakchilik bilan shug‘ullangan. Donli ekinlardan jo‘xori yetishtirish keng tarqalgan bo‘lib, u shahar va qishloqlarda kambag‘allarning asosiy iste’mol mahsuloti hamda chorva ozuqasi edi. Shuningdek, XIX asrga kelib xonlikda paxtachilik sohasiga ham katta e’tibor berilishi natijasida paxta ekiladigan maydonlar hajmi to‘xtovsiz kengayib boradi.

Farg‘ona vodiysi g‘arbiy qismining tabiiy sharoiti bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun juda qulay bo‘lgan. Vodiyning janubi-g‘arbidagi Xo‘jand, Konibodom, Isfara, So‘x, Chimyon, Rishton hududlari asosan o‘rik yetishtirishga ixtisoslashgan. Bu davrda butun Farg‘ona vodiysida tut daraxti keng tarqalib, tog‘oldi va qadimgi dehqonchilik vohalari hisoblangan So‘x, Isfara, Namangan, Ashtda ipakchilikni yanada rivojlantirish maqsadida tut daraxtlari soni nihoyatda ko‘paytirilgan.

Yer-suv munosabatlari

Xonlikda yerga egalikning to‘rt turi mavjud edi. Bular: mulk yerlari; davlat yoki amlok yerlari – xonga qarashli yerlar, o‘rmonlar, to‘qaylar; xususiy yerlar – xonning maxsus yorlig‘i bilan harbiylarga berilgan yerlar; vaqf yerlari – diniy muassasalarga, ya’ni masjid, madrasa, maktabxona, xonaqoh, mozorlarga qarashli yerlar. Bundan tashqari, “mulki huri xolis” yerlari ham bo‘lgan. Amlok xon ixtiyoridagi yer bo‘lib, u zamini xos deb ham yuritilgan va undan keladigan barcha daromad xonning ixtiyorida bo‘lgan. Bunday yerlar xon tomonidan yirik dehqonlarga ijaraga berilgan. Yerni olgan kishi uni o‘z hisobidan sug‘orib, olgan hosilidan xazinaga soliq to‘lagan va uning miqdori hosilning 1/5 qismini tashkil qilgan.

Tarix saboqlari

XIX asrda sug‘orish tizimida yangi davr boshlanadi. Yirik sug‘orish inshootlari, katta-kichik ariqlar, to‘g‘onlar qurila boshlaydi. Masalan, Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan bo‘lgan Norin va Qoradaryodan suv oladigan Shahrixonsoy arig‘i, Namangan yangi arig‘i, Chinobod arig‘i, Andijonsoy va boshqa sug‘orish tarmoqlarining qazilishi Farg‘ona vodiysida sug‘orish tarmoqlarining ko‘payishiga, sug‘oriladigan yer maydonlarining sezilarli darajada kengayishiga hamda dehqonchilik va bog‘dorchilikning rivojlanishiga olib keladi.

Olimxon hukmronligi yillarida Farg‘ona vodiysining janubiy hududlaridagi suv ta’minotini yaxshilash uchun So‘x daryosida oltita ariq qaziladi. 1800–1803-yillarda Namangan viloyatida yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun Norin daryosidan suv oluvchi Yangiariq arig‘i qaziladi. 1819-yilda Umarxon farmoni bilan Yangiariq arig‘i yana uzaytirilib, uning uzunligi 120 chaqirimga yetkaziladi. 1868–1871-yillarda qurilgan Ulug‘nahr arig‘i Farg‘ona vodiysidagi eng katta sug‘orish arig‘i bo‘lib qoladi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Xon ixtiyoridagi yer qanday nom bilan atalgan? U boshqa yerlardan nimasi bilan farq qilgan?
Savollar: 2. XIX asrda Qo‘qon xonligining sug‘orish tizimida qanday o‘zgarishlar ro‘y bergan? O‘zgarishlarning sabablari nima edi?

O‘ylab ko‘ring

1. 154-betda berilgan rasmlarga diqqat bilan qarang. Qo‘qon xonligida qanday kasb va hunarlar rivojlanganligini aniqlang.

Savollar: 2. Ushbu kasb va hunarlardan qaysilari bugungi kunda ham mavjud?

Loyiha ishi

1. Har bir buyumning yaratilish tarixini o‘rganing. 2. “Moddiy yodgorliklar tarixdan xabar beradi” mavzusida taqdimot tayyorlang.

Hunarmandchilik

Xonlikning asosini tashkil etgan Farg‘ona vodiysida shaharlashuv jarayonlari faol kechgan. Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, O‘sh, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Xo‘jand shaharlarida hunarmandchilikning miskarlik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, harbiy qurol yasash, sopol va ko‘zachilik, qog‘ozgarlik, to‘qimachilik, do‘ppichilik, kashtachilik, temirchilik kabi turlari rivojlangan. Shaharlarda hunarmandchilikning muayyan bir turi bilan shug‘ullanuvchi mahallalar bo‘lib, ularning nomi ham mazkur hunarlar nomi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu esa o‘sha mahallada yashaydigan aholining kasb-korini ifodalagan.

Xonlikning yirik shaharlarida hunarmandchilikning ixtisoslashgan turlari mavjud bo‘lib, u sohaning yanada rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Masalan, Marg‘ilonda ipakchilik tufayli shoyi matolarning turlari va sifati o‘sib boradi. Hatto Qo‘qon va Marg‘ilonda ishlangan shoyi gazlamalar elchilik munosabatlarida ming hukmdorlarining noyob hadyalari qatoridan o‘rin oladi. Shuningdek, Chust va Shahrixon shaharlarida pichoqchilik taraqqiy etadi. Qo‘qon shahrida yog‘och o‘ymakorligi bilan qog‘ozgarlik yuqori darajaga ko‘tariladi. Natijada Qo‘qon qog‘oziga bo‘lgan ehtiyoj Turonning boshqa hududlarida ham oshib boradi.

Hunarmandchilik

Hunarmandchilik turlari ichida qo‘lyozma kitoblarni tayyorlash – sahhoflik sohasi xonlikdagi madaniy hayotning darajasini ham belgilab beradi. Bu davrda sahhoflar tomonidan Qo‘qonda tayyorlangan noyob qo‘lyozma asarlar bugungi kunda dunyoning yirik kutubxonalari va muzeylarida saqlanmoqda.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qo‘qon xonligida paxtachilikka katta e’tibor berilib, paxta maydonlari to‘xtovsiz kengayib borgan davr qaysi?
  1. XX asrga kelib
  2. XIX asrga kelib
  3. XVIII asrning boshlariga kelib
  4. XVII asrga kelib

To‘g‘ri javob: XIX asrga kelib. XIX asrga kelib xonlikda paxtachilikka e’tibor oshib, paxta maydonlari kengayib bordi.

Xo‘jand, Konibodom, Isfara, So‘x, Chimyon, Rishton hududlari asosan qaysi mevani yetishtirishga ixtisoslashgan edi?
  1. O‘rik
  2. Anjir
  3. Gilos
  4. Olcha

To‘g‘ri javob: O‘rik. Vodiyning janubi-g‘arbidagi bu hududlar asosan o‘rik yetishtirishga ixtisoslashgan.

XIX asrga kelib Qo‘qon xonligida paxta ekiladigan maydonlar to‘xtovsiz kengayib borishining asosiy sababi nima edi?
  1. Vodiy g‘arbida o‘rik yetishtirishga ixtisoslashuv kuchaygani
  2. Jo‘xori kambag‘allarning asosiy iste’mol mahsulotiga aylangani
  3. Ipakchilik uchun tut daraxtlari soni ko‘paytirilgani
  4. Xonlikda paxtachilik sohasiga alohida e’tibor berilgani

To‘g‘ri javob: Xonlikda paxtachilik sohasiga alohida e’tibor berilgani. Paxta maydonlarining kengayishi paxtachilik sohasiga katta e’tibor berilishi natijasi sifatida ko‘rsatilgan.

Qo‘qon xonligida mulk, amlok, xususiy va vaqf yerlaridan tashqari yana qaysi yer turi mavjud bo‘lgan?
  1. mulki huri xolis
  2. mulki xos
  3. mulki vaqf
  4. mulki davlat

To‘g‘ri javob: mulki huri xolis. Yerga egalikning to‘rt turidan tashqari mulki huri xolis yerlari ham bo‘lgan.

Qo‘qon xonligida xonning amlok yerini ijaraga olgan kishi xazinaga hosilning qancha qismini soliq sifatida to‘lagan?
  1. 1/3 qismini
  2. 1/5 qismini
  3. 1/4 qismini
  4. 1/10 qismini

To‘g‘ri javob: 1/5 qismini. Amlok yerini olgan kishi uni o‘z hisobidan sug‘orib, hosilning 1/5 qismini xazinaga soliq to‘lagan.

Qo‘qon xonligida yerga egalikning nechta turi mavjud edi?
  1. To‘rt
  2. Yetti
  3. Sakkiz
  4. Besh

To‘g‘ri javob: To‘rt. Xonlikda yerga egalikning to‘rt turi bo‘lgan.

Xon ixtiyoridagi, zamini xos deb ham yuritilgan yer qanday nom bilan atalgan?
  1. Mulk
  2. Amlok
  3. Vaqf
  4. Mulki huri xolis

To‘g‘ri javob: Amlok. Xon ixtiyoridagi yer amlok, ya’ni zamini xos deb yuritilgan.

Amlok yerini ijaraga olgan dehqon xazinaga hosilning qancha qismini soliq sifatida to‘lagan?
  1. 1/10
  2. 1/3
  3. 1/5
  4. 1/2

To‘g‘ri javob: 1/5. Soliq miqdori hosilning 1/5 qismini tashkil qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQo‘qon xonligida davlat boshqaruviKeyingi →Qo‘qon xonligida kiyinish madaniyati