Qo‘qon xonligida kiyinish madaniyati
MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI
O‘ylab ko‘ring
Liboslar
Xonlikda jun, charm, ipak va paxta mahsulotlariga talab yuqori bo‘lganligi sababli ularni ishlab chiqarish rivojlangan. Kosiblar tomonidan to‘qilgan ipak, yarimipak atlas, beqasam, shoyi va abr, tovlanma adras matolarga talab yuqori bo‘lgan. Xonlikda chit va bo‘z matolar ham to‘qilib, nafaqat mahalliy aholi, balki qo‘shni hududlar aholisining ushbu matoga bo‘lgan ehtiyoji qondirilgan.
Liboslar
An’anaviy bosh kiyimlardan biri ro‘mollar bo‘lgan. Marosim va bayramlarda ayollar zar yoki kumush iplar qo‘shib to‘qilgan ro‘mollarni o‘rashgan. Kundalik yumushlarda esa doka ro‘mollarni boshlariga tashlab yurishgan.
Shuningdek, qiz va ayollar iroqi hamda kashtadan tikilgan, gardishlari nafis jiyaklar bilan bezatilgan yoki gulsiz matodan tikilgan do‘ppilarni ko‘p kiyganlar. Boy-badavlat oila ayollari ipak-shoyi gazlamalardan, quyi tabaqa oila ayollari chit matolardan ko‘ylaklar kiyganlar.
Kiyimlar turli bichim va ko‘rinishda mavsumga qarab kiyilgan. Ko‘ylak ustidan “kamzul” yoki “munisak” kiyganlar. Munisaklar astar qo‘shib tikilgan, qishki mavsumda kiyishga mo‘ljallanganlari paxta solib qavilgan. Qulaylik yaratish maqsadida munisaklar yenglari birmuncha kaltaroq tikilgan. Vaqtlar o‘tishi bilan tirsak chizig‘igacha kaltalatilgan munisaklar ham tikilgan. Munisaklar o‘z o‘rnini torroq, kalta va yengi bo‘lgan “kamzul”larga bo‘shatib bergan. Kamzullar asosan tovlanib turuvchi yo‘l-yo‘l yarimipak beqasam, adras, baxmal, duxoba matolardan tikilgan. Ayollar mahsi va kavush kiyganlar. Qishda va namgarchilikda yog‘ochdan yasalgan poshnali “haqqar kavush”lar kiyilgan.
Liboslar
Qo‘qon xonligida erkaklar bosh kiyimi – do‘ppi erkaklar uchun ziynat hisoblangan. Xonlik hududlariga ko‘ra kiyilish usuli, matolarning rangi turlicha bo‘lgan va farqlangan. Mato mo‘yna va kigizlardan tikilib, ular marosim, mavsumiy, iqlimning issiq va sovuq kunlariga mo‘ljallangan.
Salla xonlikning barcha hududlarida o‘ralgan bo‘lsa-da, ammo salla uchun tanlangan matoning rangi, o‘ralish usuli, taxlamalari, shakli va qo‘shma bezak detallari bilan farqlangan. Sallaning mato rangi, uning o‘ralish usuli, shuningdek, bezatilishi erkak kishining etnik va ijtimoiy kelib chiqishi, yoshini bildirib turgan.
“Kuloh”, “Do‘ppi”, “Kallapo‘sh”, “Araqchin”, “Buruk” (barak), “Qalpoq” kabi sallalar bo‘lgan.
Liboslar
“Haqqar kavush”
Kigizdan tikilgan kuloh bir xil konus shaklida (23–26 cm) vertikal bo‘yicha birlashtirib tikilib, ayrimlari kashta bilan bezatilgan. Baland uzunlikdagi kulohlarni darvishlar, pastroq balandlikdagilarni mulla, qozi, ulamo va mudarrislar kiygan.
XIX asrga kelib do‘ppilar kulohlarning o‘rnini egallay boshlaydi. Bu vaqtda sallalarni do‘ppi ustidan o‘rash va araqchin qo‘yish urf bo‘ladi.
Do‘ppilar hududlarga qarab turlicha bo‘lgan. Farg‘ona, Chust, Toshkent, Namangan do‘ppilari o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan.
Erkaklar ko‘ylagi yoqali, yoqasiz, yaxlit bichimli va mavsumiy yaxtaklardan iborat bo‘lgan. Ularning ustidan to‘n kiyilgan. Ichki ko‘ylaklar kabi ustki kiyimlar ham turli bichim va ko‘rinishda bo‘lgan. To‘n, joma, kamzul, chakmon, jelak, nimtan, kebanaklar oldi ochiq qilib tikilgan. Erkaklarning ustki kiyimlari sokin rangda, nimrang yo‘l-yo‘l chiziqli matolardan tikilgan.
Ijodiy faoliyat
2. Har bir libosning nomini va qayerlarga kiyilishini aniqlang.
Muhim sanalar
- XIX asrga — XIX asrga kelib do‘ppilar kulohlarning o‘rnini egallay boshlaydi.
Bilimingizni sinang
Qo‘qon xonligida jun, charm, ipak va paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish nima uchun rivojlangan?
- Ular xorijga chiqarilmagani uchun
- Soliqdan ozod etilgani uchun
- Ularga talab yuqori bo‘lgani uchun
- Xom ashyo arzon bo‘lgani uchun
To‘g‘ri javob: Ularga talab yuqori bo‘lgani uchun. Bu mahsulotlarga talab yuqori bo‘lgani sababli ishlab chiqarish rivojlangan.
Qo‘qon xonligida ayollar kiyimida munisaklar o‘z o‘rnini torroq, kalta va yengi bo‘lgan qaysi kiyimga bo‘shatib bergan?
- nimcha
- beshmet
- chopon
- kamzul
To‘g‘ri javob: kamzul. Munisaklar o‘z o‘rnini torroq, kalta va yengi bo‘lgan kamzullarga bo‘shatib bergan.
Qo‘qon xonligida ayollar qishda va namgarchilikda qanday yog‘och poshnali poyabzal kiyishgan?
- chorug‘
- ichik
- mahsi
- haqqar kavush
To‘g‘ri javob: haqqar kavush. Qishda va namgarchilikda yog‘ochdan yasalgan poshnali haqqar kavushlar kiyilgan.
Marosim va bayramlarda ayollar qanday ro‘mollarni o‘rashgan?
- Oddiy paxta ipidan to‘qilgan arzon doka ro‘mollarni
- Faqat oq ipakdan to‘qilgan, bezaksiz sodda ro‘mollarni
- Qo‘y juni va tuya juni qo‘shib to‘qilgan ro‘mollarni
- Zar yoki kumush iplar qo‘shib to‘qilgan ro‘mollarni
To‘g‘ri javob: Zar yoki kumush iplar qo‘shib to‘qilgan ro‘mollarni. Marosimlarda zar yoki kumush iplar qo‘shilgan ro‘mollar o‘ralgan, kundalik ishda esa doka ro‘mol.
Qishki mavsumga mo‘ljallangan munisaklar qanday tikilgan?
- Mo‘yna bilan qoplab
- Paxta solib qavib
- Kigizdan yaxlit qilib
- Faqat yupqa ipakdan
To‘g‘ri javob: Paxta solib qavib. Qishki munisaklar paxta solib qavilgan.
Qishda va namgarchilikda ayollar qanday poyabzal kiyganlar?
- Teridan tikilgan mo‘ynali baland qo‘njli etik
- Charm tag-poshnali, mis mixli qalin etik
- Yog‘ochdan yasalgan poshnali “haqqar kavush”
- Qalin kigizdan tikilgan baland paypoq-kavush
To‘g‘ri javob: Yog‘ochdan yasalgan poshnali “haqqar kavush”. Qishda va namgarchilikda yog‘ochdan yasalgan poshnali “haqqar kavush”lar kiyilgan.
Qo‘qon xonligida ayollar kiyimi bo‘lgan munisaklarning yenglari birmuncha kaltaroq tikilishining maqsadi nima edi?
- Matoni tejab, ko‘proq kiyim tikish
- Qulaylik yaratish
- Boy ayollarni quyi tabaqa ayollaridan farqlash
- Qishki mavsumda issiqni yaxshiroq saqlash
To‘g‘ri javob: Qulaylik yaratish. Munisaklar yenglari qulaylik yaratish maqsadida kaltaroq tikilgan, keyinchalik ular o‘rnini kalta yengli kamzullar egallagan.
Qo‘qon xonligida boy-badavlat oila ayollari bilan quyi tabaqa oila ayollarining ko‘ylaklari qaysi jihatdan farqlangan?
- Boylar ipak-shoyi gazlamadan, quyi tabaqa vakillari chit matodan ko‘ylak kiygan
- Boylar chit matodan, quyi tabaqa vakillari ipak-shoyi gazlamadan ko‘ylak kiygan
- Boylar faqat kamzul kiygan, quyi tabaqa vakillari esa ko‘ylak kiymagan
- Boylar yoqasiz, quyi tabaqa vakillari yoqali ko‘ylak kiygan
To‘g‘ri javob: Boylar ipak-shoyi gazlamadan, quyi tabaqa vakillari chit matodan ko‘ylak kiygan. Boy ayollar ipak-shoyi gazlamalardan, quyi tabaqa ayollari chit matolardan ko‘ylak kiyishgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash