Ichki va tashqi savdo. Soliq tizimi
MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI
Ichki savdo
Qo‘qon xonligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotining muhim bo‘g‘ini hisoblangan ichki savdo hukmdorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Yangi bozorlar, savdo majmualari, karvonsaroylar qurilib, mavjudlari ta’mirlangan. Mamlakat bozorlariga shahar va qishloq aholisi dehqonchilik hamda hunarmandchilik mahsulotlari, tog‘li hudud aholisi va ko‘chmanchi chorvadorlar chorva va chorvachilik mahsulotlarini olib kelishgan. Mahalliy savdogarlar xonlikning chekka qishloqlariga borib, o‘sha hududda yetishtiriladigan yoki tayyorlanadigan mahsulotlarni ulgurji sotib olgan va yirik shahar bozorlariga keltirib sotishgan. O‘z navbatida, hunarmandlarning mollarini sotib olib, boshqa bozorlarga yoki shaharma-shahar, qishloqma-qishloq sotib yuruvchi savdogarlar ham faoliyat ko‘rsatishgan.
Ichki savdo
Qo‘qon shahri xonlikning yirik iqtisodiy markazi edi. Mahalliy aholi Qo‘qon bozorlariga hunarmandchilik, shahar atroflaridan esa dehqonchilik mahsulotlarini olib kelishgan.
Qo‘qondan Toshkentga paxta, xom ipak hamda ipak va yarimipak, ip matolar, quruq mevalar, Koshg‘ar va Xitoy mollari keltirilgan.
Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga esa har yili 10 mingdan ortiq tuyada g‘alla, temir, po‘lat, cho‘yan, mis va ulardan yasalgan buyumlar keltirilgan.
Ijodiy faoliyat
Tashqi savdo
Qo‘qon xonligi faol tashqi savdo aloqalarini olib borgan. XVIII asrning o‘rtalari, aniqrog‘i, Erdonaxon hukmronligidan boshlab Xitoy mollarini Turonning boshqa hududlariga yo‘naltirishda vodiylik savdogarlar asosiy vositachilikni o‘z qo‘liga olganlar. Qolaversa, xonlik Koshg‘ardagi xalqaro savdoni to‘liq nazorat ham qilgan.
Xitoydan Turonga, asosan, choy, xom ipak va ipak matolar, chinni, qog‘oz, kumush yombi, mushk, rovoch va boshqa mahsulotlar olib kelingan.
Turon bozorlariga Xitoy choyini farg‘onalik savdogarlar olib kelishgan. Muhammad Alixon saroyidagi omborxonalarda katta miqdorda xitoy choyi saqlangan. Muhammad Alixon xalqaro savdoga alohida e’tibor qaratgan, ayniqsa, choy savdosini o‘z nazoratiga olgan.
Tashqi savdo
Farg‘onalik savdogarlar tomonidan birgina Buxoroning o‘ziga yiliga 1000 tuyada ipak jo‘natilgan. Uning miqdori 12 ming pudga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, 1860-yili 1 pud ipakning bahosi 22 oltin tangaga, rus pulida esa 197 rublga teng bo‘lgan. Aslida butun Farg‘ona vodiysida qadimdan ipak yetishtirilgan bo‘lsa-da, Turon bozorlaridagi ehtiyojni ta’minlab bera olmagan. Shu bois uni to‘la qondirish uchun Xitoydan ham katta hajmda ipak keltirilgan.
Turonda qog‘oz ishlab chiqarish, asosan, Samarqand va Qo‘qonda yo‘lga qo‘yilgan. Shuning uchun Qo‘qon va Samarqand qog‘ozi mashhur edi. Lekin XIX asrda Turon bozorlarida xitoy qog‘ozi sotilganligi ham ma’lum.
Tashqi savdo
Buxoro bozorlariga Qo‘qon savdogarlari “Ishtarxoniy” navli Qo‘qon qog‘ozini keltirishgan. Bundan tashqari, Xitoydan “Abrisham” qog‘oz turi juda ko‘p miqdorda Qo‘qon orqali olib kelingan.
XIX asrda xonlik o‘zbek davlatchiligi hududida faoliyat yuritayotgan mang‘itlar va qo‘ng‘irotlar qo‘l ostidagi yerlar, Rossiya imperiyasi, Qozoq dashtlari, Koshg‘ar, Xitoy, Afg‘oniston, Eron, Hindiston bilan bevosita va bilvosita savdo aloqalarini amalga oshirishgan. Qo‘qondan Hindiston va Afg‘onistonga xom ipak, yarimipak matolar, quritilgan mevalar, echki momig‘i jo‘natilgan. Xonlikda tayyorlangan ipakning “Chilla” deb nomlangan navi Hindistonda juda mashhur bo‘lgan. O‘z navbatida, Hindistondan dorivor giyohlar, murch-ziravorlar, banoras kimxobi, kashmir ro‘mollari, qimmatbaho toshlar, choy va hatto diniy kitoblar ham olib kelingan.
Tashqi savdo
1813-yilda imzolangan Qo‘qon–Xitoy shartnomasiga ko‘ra, Qo‘qon xoni Koshg‘arda savdogarlardan boj yig‘ish huquqini olgan.
O‘ylab ko‘ring
Davlat hujjatlari, chet ellarga maktublar, kitoblar Samarqand va Qo‘qon qog‘oziga yozilgan.
Soliq tizimi
Xonlikda soliqlarning uzoq tarixiy davrlar mobaynida shakllangan turlari deyarli o‘zgarishsiz saqlanib qolgan. Davlat g‘aznasiga tushadigan asosiy soliq turlari xiroj, tanobona va zakotdan iborat bo‘lgan.
Xonlik soliqchiligi mahalliy boshqaruv tizimi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Soliqlarning asosiy qismi viloyatlarda to‘planib, davlat xazinasiga yuborilgan. Soliq tizimida faoliyat yuritadigan mansabdorlar sarkor (yoki mirzaboshi), amlokdor, mirzolardan iborat bo‘lib, ularga mahalliy boshqaruvdagi ariq oqsoqoli, mirob, amin va oqsoqollar yordam berishgan.
Har bir viloyatda sarkor amlokdorlar va soliq yig‘uvchi mirzolarning faoliyatini nazorat qilish bilan bir qatorda, soliq yig‘ish jarayonida ham faol ishtirok etgan. Ular har bir ma’muriy birlikda faoliyat yuritib, undirilishi lozim bo‘lgan soliqning xazinaga to‘liq tushishini nazorat qilgan.
Soliq tizimi
Soliq tizimida maxsus umumiy kirim-chiqim daftarlari bo‘lib, ularda soliq va tushum turlari, soliq undirilgan ma’muriy birliklar hamda xazinaga berilgan pullar miqdori alohida qayd qilib borilgan.
Xiroj (yer solig‘i) donli ekinlar va paxta hosili yig‘ishtirib olingandan so‘ng tovar shaklida hosilning 1/3 va 1/5 miqdorida davlat foydasiga undirilgan. 1/10 miqdorida undirilgan soliq esa ushr deb atalgan.
Xonlikda tanobona solig‘i mevali bog‘lardan va poliz ekinlaridan olingan. Tanobona ham xiroj singari yer solig‘i hisoblansa-da, soliqning ushbu turi pul hisobida undirilgan.
Har bir musulmon mol-mulkining 1/40 (2,5%) miqdorida zakot to‘lagan. Soliq va yig‘imlardan tashqari davlat xazinasiga tushadigan turli to‘lovlar ham mavjud edi. Asosiy davlat soliqlaridan tashqari turli xizmat ko‘rsatish evaziga undiriladigan yig‘imlar bo‘lgan.
Xulosa
Muhim sanalar
- 1813-yilda — 1813-yilda imzolangan Qo‘qon–Xitoy shartnomasiga ko‘ra, Qo‘qon xoni Koshg‘arda savdogarlardan boj yig‘ish huquqini olgan.
- 1860-yili — Shuningdek, 1860-yili 1 pud ipakning bahosi 22 oltin tangaga, rus pulida esa 197 rublga teng bo‘lgan.
- XVIII asrning — XVIII asrning o‘rtalari, aniqrog‘i, Erdonaxon hukmronligidan boshlab Xitoy mollarini Turonning boshqa hududlariga yo‘naltirishda vodiylik savdogarlar asosiy vositachilikni o‘z qo‘liga olganlar.
- XIX asrda — Lekin XIX asrda Turon bozorlarida xitoy qog‘ozi sotilganligi ham ma’lum.
- XIX asrda — XIX asrda xonlik o‘zbek davlatchiligi hududida faoliyat yuritayotgan mang‘itlar va qo‘ng‘irotlar qo‘l ostidagi yerlar, Rossiya imperiyasi, Qozoq dashtlari, Koshg‘ar, Xitoy, Afg‘oniston, Eron, Hindiston bilan bevosita…
Bilimingizni sinang
Qo‘qon xonligida chekka qishloqlarga borib mahsulotni ulgurji sotib olib, yirik shahar bozorlarida sotuvchilar kimlar edi?
- Ko‘chmanchi chorvadorlar
- Mahalliy savdogarlar
- Karvonsaroy mirzolari
- Amlokdorlar
To‘g‘ri javob: Mahalliy savdogarlar. Mahalliy savdogarlar chekka qishloqlardan mahsulotni ulgurji olib, yirik shahar bozorlariga keltirib sotishgan.
Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga g‘alla, temir, po‘lat, mis va ulardan yasalgan buyumlar har yili necha tuyada keltirilgan?
- 5 mingdan ortiq
- 20 mingdan ortiq
- 15 mingdan ortiq
- 10 mingdan ortiq
To‘g‘ri javob: 10 mingdan ortiq. Toshkentdan vodiyga har yili 10 mingdan ortiq tuyada g‘alla, temir, po‘lat, cho‘yan va mis keltirilgan.
Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga har yili nechtadan ortiq tuyada g‘alla, temir, mis va ulardan yasalgan buyumlar keltirilgan?
- 10 mingdan ortiq
- 1000 dan ortiq
- 5 mingdan ortiq
- 50 mingdan ortiq
To‘g‘ri javob: 10 mingdan ortiq. Toshkentdan vodiyga har yili 10 mingdan ortiq tuyada g‘alla, temir, po‘lat, cho‘yan va mis keltirilgan.
Qo‘qon savdogarlari Erdonaxon hukmronligidan boshlab Xitoy mollarini Turonning boshqa hududlariga yo‘naltirishda vositachilikni qaysi asr o‘rtalarida o‘z qo‘liga olgan?
- XVI asr o‘rtalarida
- XVII asr o‘rtalarida
- XVIII asr o‘rtalarida
- XIX asr o‘rtalarida
To‘g‘ri javob: XVIII asr o‘rtalarida. XVIII asr o‘rtalaridan, Erdonaxon davridan boshlab vodiylik savdogarlar vositachilikni o‘z qo‘liga olgan.
Xitoy mollarini Turonning boshqa hududlariga yo‘naltirishda vodiylik savdogarlar vositachilikni qaysi hukmdor davridan boshlab o‘z qo‘llariga olishgan?
- Muhammad Alixon
- Olimxon
- Umarxon
- Erdonaxon
To‘g‘ri javob: Erdonaxon. XVIII asr o‘rtalarida Erdonaxon hukmronligidan boshlab vodiylik savdogarlar asosiy vositachi bo‘lishgan.
Qaysi xon xalqaro savdoga alohida e’tibor qaratib, choy savdosini o‘z nazoratiga olgan?
- Muhammad Umarxon
- Sherali Bahodirxon
- Muhammad Alixon
- Mallaxon Bahodir
To‘g‘ri javob: Muhammad Alixon. Muhammad Alixon choy savdosini o‘z nazoratiga olgan va saroy omborxonalarida xitoy choyi saqlangan.
Xitoydan Turonga olib kelingan mahsulotlar qatoriga qaysi biri kiradi?
- Banoras kimxobi
- Kashmir ro‘mollari
- Kumush yombi
- Murch-ziravorlar
To‘g‘ri javob: Kumush yombi. Xitoydan choy, ipak, chinni, qog‘oz, kumush yombi, mushk va rovoch keltirilgan; qolganlari Hindistondan.
Muhammad Alixon saroyidagi omborxonalarda katta miqdorda xitoy choyi saqlanishi uning qanday siyosatini ko‘rsatadi?
- Choy savdosini farg‘onalik savdogarlarning to‘liq ixtiyoriga topshirib, undan chetlashganini
- Ichki savdoni cheklab, faqat Hindiston bilan savdoga e’tibor qaratib, choyni zaxira qilganini
- Xalqaro savdoga, ayniqsa choy savdosini o‘z nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratganini
- Choy savdosini taqiqlab, uning o‘rniga ipak va paxta savdosini rag‘batlantirganini
To‘g‘ri javob: Xalqaro savdoga, ayniqsa choy savdosini o‘z nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratganini. Xon xalqaro savdoga e’tibor qaratib, choy savdosini o‘z nazoratiga olgani omborxonalardagi choy zaxirasida namoyon bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash