XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · O‘zbekiston tarixi · 32-§

Qo‘qon adabiy muhiti

MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI

Umarxon davrida adabiy

Umarxon Qo‘qon adabiy muhitining shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Qolaversa, o‘zi ham Amiriy taxallusi bilan o‘zbek va fors tillarida she’rlar bitgan. Umarxon Qo‘qonda ilm-fan va adabiyotning gullab-yashnashi uchun sharoit yaratadi. Umarxon davrida Qo‘qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Taraz kabi shaharlarda masjid va madrasalar quriladi. Yangi Shahrixon shahriga asos solinadi.

Umarxon Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni o‘ziga ustoz sanab, ularning asarlarini o‘qib, ijod sirlarini o‘rgangan. Ularga ergashib ijod qilgan, g‘azallariga muxammaslar bitgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig‘ilgan. Xon saroyida eng yaxshi shoirlar, rassomlar va xattotlar to‘plangan.

Umarxon davrida adabiy

Umarxonning g‘azallar devoni 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etilgan.

1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rlarini o‘z ichiga olgan “Majmuayi shoiron” to‘plamini tuzadi.

Umarxon davrida arab va fors tillaridagi kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. Noyob kitoblar iste’dodli xattotlar tomonidan ko‘chiriladi, nozik tasvirlar bilan bezatiladi.

Uning adabiyotga bo‘lgan e’tibori, homiyligi tufayli xonlikning turli hududlaridan tashqari, Buxoro, Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston tomonlardan ham iste’dodli olim va shoirlar kelib ijod qilishadi.

Umarxon davrida yuzaga kelgan adabiy oqim Farg‘ona vodiysida Muqimiy, Furqat, Oraziy, Tajalliy kabi taniqli pedagoglar, demokrat shoirlarning paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.

Umarxon davrida adabiy

Hozirda Umarxonning turli davrlarda ko‘chirilgan 26 ta qo‘lyozma devoni mavjud. Bu qo‘lyozmalar Sankt-Peterburg, Toshkent, Samarqand va Buxoro kutubxonalarida saqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Umarxonning 17 ta qo‘lyozma devoni mavjud.

Maxmur va Gulxaniy

Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug‘ilib, 1844-yili vafot etgan. Maxmur fors tili va she’riyatini mukammal bilgan. Bir qancha forsiy asarlar ham yaratgan. Qo‘qondagi Madrasayi Mirda o‘qigan, keyin qo‘shinda sipohlik qilgan. Maxmurning hajviy she’rlar devoni saqlangan bo‘lib, unda 69 asar (3717 misra) jamlangan. U milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyani yuksak pog‘onaga ko‘targan.

Hajviy asarlarida xalqqa jabr yetkazgan amaldorlarni keskin tanqid ostiga oladi. Xususan, “Hapalak” she’rida Hapalak qishlog‘idagi xalq hayotining ayanchli holatini aks ettirsa-da, aslida bu she’r butun xonlik hududidagi xalq hayotining manzarasini ifodalar edi:

Maxmur va Gulxaniy

Xalqini ko‘rsang agar, o‘lasi-yu qoq-u xarob, Ochlikdin egilib qomati misli kamalak. Ajirig‘ tomirini o‘g‘urida mayda tuyub, Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.

O‘zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo‘nalishini rivojlantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajviygo‘ylik ijodiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Shoir qoldirgan adabiy meros ichida “Karimquli Mehtarning sifatlari” deb nomlangan masnaviy alohida o‘rin tutadi. Tarixan hayotda bo‘lgan voqeani badiiy bayon etuvchi bu asarda shoir mohir hajviy-hazil she’r ustasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif) bo‘lgan. U 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni qishlog‘ida olgan. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qilgan.

Maxmur va Gulxaniy

Keyinchalik Qo‘qonda istiqomat qilgan. Bu yerda hammomda go‘lax (o‘t yoquvchi) bo‘lib ishlagan. Shu bois “Gulxaniy” taxallusi bilan ijod qilgan. Gulxaniy o‘zbek va tojik tillarida ijod etgan. Bizgacha bir necha g‘azali, hajviyalari hamda “Zarbulmasal” (“Yapaloqqush” hikoyasi) nasriy asari yetib kelgan. “Zarbulmasal” nafaqat o‘zbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir.

Gulxaniy “Zarbulmasal”da xalq maqollari (400 ga yaqin), saj’lar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardan samarali foydalangan. Bu masal va rivoyatlar mohiyat jihatdan bir-biriga bog‘lanib, yagona bir butunlikni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyo‘g‘lining quda-anda bo‘lishi sarguzashtlari majoziy, o‘tkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning o‘zaro murakkab munosabatlari asosida o‘z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini ko‘rsatib bergan.

Uvaysiy

Uvaysiy (taxallusi; ismi Jahon) (1779–1845) – shoira, ma’rifatparvar. Uvaysiy oilada xat-savodini chiqarib, avval xalfa, so‘ngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan she’riyat ilmini o‘rgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. U, ayniqsa, aruzni, muammo (she’rda fikrni yashirib ifodalash) san’atini mukammal egallagan. Qo‘qon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va boshqa xotin-qizlarga she’riyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan.

Uvaysiy Nodira bilan Konibodom, Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga safar qilgan. 1842-yilda Buxoro amiri Nasrullaxon Qo‘qonni egallagach, Marg‘ilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan.

Uvaysiy

Uvaysiy o‘zbek mumtoz she’riyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va boshqalarning asarlariga muxammaslar bog‘lagan. Uvaysiy asarlari o‘zining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyiladi. Asarlari hali-hamon hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yo‘lida kuylanib kelinmoqda. Uning xattotlar tomonidan ko‘chirilgan 3 nusxa qo‘lyozma devoni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va Andijon universiteti kutubxonasida saqlanadi.

Ijodiy faoliyat

Savollar: Uvaysiy portretida shoiraning qo‘lida anor ushlab turgan holat aks ettirilishining ramziy ma’nosi nimada deb o‘ylasiz?

Umarxon Uvaysiyga atab Marg‘ilonda muhtasham uy qurdirib bergan. Shoiraning avlodlari bu uyda 1941-yilga qadar yashaganlar. Marg‘ilon shahrida joylashgan Jahon Otin Uvaysiy uy-muzeyi 2007-yilda qurilgan. Muzeydagi eng noyob eksponat – bu Uvaysiyning o‘zi foydalangan sandiq.

Nodira

Nodira – Mohlaroyim (1792–1842) – shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi. “Komila” va “Maknuna” taxalluslari bilan ham she’rlar yozgan. 1807-yilda Umarxonga turmushga chiqadi. 1822-yilda Umarxon vafot etgach, o‘g‘li, 14 yoshli Muhammad Alixon (Madalixon) taxtga o‘tiradi. Lekin davlatni, asosan, Nodiraning o‘zi idora qiladi. U madaniyat va san’atni rivojlantirishga intiladi.

Nodira bir necha kitoblarni ko‘chirtiradi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga ilhomlantiradi. Shoira devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini o‘zi shaxsan ko‘zdan kechirib turgan. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib, ularni “Zarrin qalam” lik mansabiga ko‘targan. Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga e’tibor qaratgan. Go‘ristoni kalondagi Madrasayi Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini bino ettirgan.

Nodira

Nodira o‘z ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yo‘nalishiga asoslangan bir butunlik orqali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhabbat yo‘lidagi ruhiy dunyosini ham juda go‘zal va jonli misralarda ifodalab bergan.

Buxoro amiri Nasrulla 1842-yilda Qo‘qonga bostirib kirib, Madalixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, 14 yashar o‘g‘li Muhammad Aminxonni va Nodirani fojiali ravishda qatl ettirgan.

Manbalarda

“Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayol ekanligini ko‘rsatishdir…

Umarxon vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi kunlarni hasrat-u firoq bilan shu tariqa o‘tishini noshukurlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bog‘iga borib, Farg‘ona, Toshkent, Xo‘jand, Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o‘z xizmatiga chaqirtirib keldi”.

Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonidan

Mustaqil faoliyat

Savollar: 1. Qo‘qon xonligidagi adabiy muhit haqida ma’lumot bering. 2. Maxmur va Gulxaniy ijodi avvalgi shoirlarning ijodidan nimasi bilan farq qiladi? 3. Gulxaniy “Zarbulmasal” asarida qanday muammolarni ko‘targan?

Loyiha ishi

Dilshodi Barno haqida ma’lumot to‘plang. Uning ijodida mamlakatimiz tarixini o‘rganishda foydalaniladigan jihatlarini aniqlang.

Manbalarda

Quyi maktablarda o‘qish 2–5 yil, yuqori maktablarda esa 5–7 yil davom etgan. Kimning maktabxonada necha yil o‘qishi o‘qituvchining mahoratiga, o‘quvchining zehniga va oilasidagi muhitga bog‘liq edi.

Maktabxonalarda dars mashg‘ulotlari quyosh chiqishidan to kechgacha davom etgan. Juma va bayram kunlari dars mashg‘ulotlari bo‘lmagan. Yoz fasli va ramazon (ro‘za) oyida o‘quvchilarga ta’til berilgan.

Dars mashg‘ulotlari arab alifbosini o‘rganishdan boshlangan. Alifbe darslarida dastlab harflarning yozilishi mashq qilingan. So‘ng harflarning turli o‘rinlardagi shakllari o‘rganilgan. Keyin esa zer-u zabar, ya’ni harflarning osti va ustiga qo‘yiladigan farqlovchi belgilar va ularning qo‘llanishi, shuningdek, ular yordamida bo‘g‘in tuzish qoidalari o‘rgatilgan. Maktabdor (o‘qituvchi) harflarni yog‘ochga yoki qattiq lavhalarga yozib devorga osib qo‘ygan. Unga qarab harflari yod olingan. Harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashq qilingan. Duoyi salomni yoza olgan o‘quvchi “xati chiqqan” deb hisoblangan.

Manbalarda

Alifbe o‘rganilib bo‘lingach, “Haftiyak” (muqaddas Qur’oni karimning 1/7 qismi ko‘chirib yozilgan kitob)ni o‘rganishga kirishilgan. Keyin “Tavjid” (Qur’oni karimni qiroat bilan o‘qish san’ati to‘g‘risidagi ilm)ga o‘tilgan. Undan so‘ng esa bevosita Qur’oni karimning o‘zini o‘qitish boshlangan. Shundan so‘ng “Farzi ayn”, ya’ni shariatga ko‘ra barcha musulmonlarga buyurilgan va bajarilishi shart bo‘lgan amallar haqida tushunchalar berilgan. O‘rganilib bo‘lingach, islom dinining asosiy qoidalari bayon etilgan “Chor kitob” (“To‘rt kitob”)ni o‘rganishga kirishilgan. Undan keyin So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” (“Ojizlar saboti”) kitobi o‘qitilgan. Mazkur asarda islom dinining asosiy qoidalaridan tashqari, go‘zal insoniy fazilatlar, axloqiy tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalar, she’r va dostonlar o‘rin olgan.

Manbalarda

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Minglarning hokimiyat tepasiga kelishidagi shart-sharoitlar qanday bo‘lgan? Buxoro va Qo‘qon – Xiva munosabatlari qanday kechgan?
Savollar: 2. Eron bilan munosabatlar qanday edi? 3. XVII–XIX asrlarda Rossiya tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini aniqlang. Yevropa davlatlarining Markaziy Osiyo davlatlariga bo‘lgan qiziqishlarining asl sabablari nimada edi? Fikringizni Jahon tarixi darsligidan olgan bilimlaringiz asosida to‘ldiring.

Sharqiy Turkiston muammosi

Abdukarimxon 1745-yili Jung‘or xonligi tomonidan yuborilgan elchilarni qabul qiladi. Shu yilning o‘zida jung‘orlarning Turkiston va Toshkent hududiga bostirib kelishi Qo‘qonga ham xavfni yuzaga keltiradi. Ularga qarshi Abdukarimxon o‘z ukasi Bobobek boshchiligida qo‘shin yuboradi. Lekin qo‘shin mag‘lubiyatga uchraydi.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Umarxon o‘zbek va fors tillarida she’rlar bitganda qaysi taxallusdan foydalangan?
  1. Oraziy
  2. Amiriy
  3. Muqimiy
  4. Furqat

To‘g‘ri javob: Amiriy. Umarxon Amiriy taxallusi bilan o‘zbek va fors tillarida she’rlar bitgan.

Umarxon she’rlarida qaysi taxallusdan foydalangan?
  1. Nodira
  2. Amiriy
  3. Uvaysiy
  4. Maxmur

To‘g‘ri javob: Amiriy. Umarxon Amiriy taxallusi bilan o‘zbek va fors tillarida she’rlar bitgan.

Umarxon atrofiga nechtadan ortiq shoir yig‘ilgan?
  1. 20 dan ortiq
  2. 30 dan ortiq
  3. 100 dan ortiq
  4. 70 dan ortiq

To‘g‘ri javob: 70 dan ortiq. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig‘ilgan.

Umarxon davrida qaysi shaharga asos solinadi?
  1. Yangi Shahrixon
  2. Yangi Marg‘ilon
  3. Yangi Qo‘qon
  4. Yangi Namangan

To‘g‘ri javob: Yangi Shahrixon. Umarxon davrida Yangi Shahrixon shahriga asos solingan.

Umarxonning g‘azallar devoni Istanbulda qaysi yilda chop etilgan?
  1. 1872-yilda
  2. 1892-yilda
  3. 1862-yilda
  4. 1882-yilda

To‘g‘ri javob: 1882-yilda. Umarxon g‘azallari devoni 1882-yilda Istanbulda nashr etilgan.

Umarxonning g‘azallar devoni Toshkentda qaysi yilda chop etilgan?
  1. 1895-yilda
  2. 1915-yilda
  3. 1905-yilda
  4. 1910-yilda

To‘g‘ri javob: 1905-yilda. Umarxon devoni 1905-yilda Toshkentda chop etilgan.

Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan 63 shoirning she’rlarini o‘z ichiga olgan “Majmuayi shoiron” to‘plamini qaysi yilda tuzgan?
  1. 1831-yilda
  2. 1816-yilda
  3. 1821-yilda
  4. 1824-yilda

To‘g‘ri javob: 1821-yilda. “Majmuayi shoiron” to‘plami 1821-yilda Fazliy Namangoniy tomonidan tuzilgan.

“Majmuayi shoiron” to‘plamini Umarxon amriga binoan kim tuzgan?
  1. Muqimiy Qo‘qoniy
  2. Nodim Namangoniy
  3. Fazliy Namangoniy
  4. Maxmur Qo‘qoniy

To‘g‘ri javob: Fazliy Namangoniy. 1821-yilda Fazliy Namangoniy 63 shoir she’rlarini o‘z ichiga olgan to‘plamni tuzgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQo‘qon xonligida ta’lim va madaniyatKeyingi →Qo‘qon xonligining tashqi siyosati