XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · O‘zbekiston tarixi · 33-§

Qo‘qon xonligining tashqi siyosati

MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Minglarning hokimiyat tepasiga kelishidagi shart-sharoitlar qanday bo‘lgan? Buxoro va Qo‘qon – Xiva munosabatlari qanday kechgan?
Savollar: 2. Eron bilan munosabatlar qanday edi? 3. XVII–XIX asrlarda Rossiya tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini aniqlang. Yevropa davlatlarining Markaziy Osiyo davlatlariga bo‘lgan qiziqishlarining asl sabablari nimada edi? Fikringizni Jahon tarixi darsligidan olgan bilimlaringiz asosida to‘ldiring.

Sharqiy Turkiston muammosi

Abdukarimxon 1745-yili Jung‘or xonligi tomonidan yuborilgan elchilarni qabul qiladi. Shu yilning o‘zida jung‘orlarning Turkiston va Toshkent hududiga bostirib kelishi Qo‘qonga ham xavfni yuzaga keltiradi. Ularga qarshi Abdukarimxon o‘z ukasi Bobobek boshchiligida qo‘shin yuboradi. Lekin qo‘shin mag‘lubiyatga uchraydi.

Norbo‘taxon hukmronligi davrida Qo‘qon xonligining tashqi siyosatiga yana bir omil ta’sir ko‘rsatadi. Bu Xitoy bilan Sharqiy Turkiston xo‘jalari masalasi edi. Norbo‘taxonning faol tashqi siyosati tufayli Chin hukumatiga yuborilgan diplomatik missiyalar ijobiy natijalarga erishadi. U Sharqiy Turkistonda Qo‘qon savdosi va qo‘qonlik savdogarlarning faoliyatini erkinlashtirish uchun 1782–1783-yillarda Abdulqosim, 1792–1793-yillarda Mirza Muhammad Rahim, 1796–1797-yillarda esa Bobojon boshchiligida elchilar guruhini Pekinga jo‘natadi. Bu elchiliklar Sharqiy Turkistondagi qo‘qonlik savdogarlarni nazorat qiladigan va Qo‘qonning rasmiy vakili – xudoydod mansabini joriy etish masalasini hal etadi. Bu mansab egasi nafaqat Qo‘qon savdogarlari faoliyati va ularning haq-huquqlarini, balki Sharqiy Turkistonda muomalada bo‘lgan Qo‘qon tanga-pullarini ham nazorat qilardi. Bundan tashqari, Koshg‘ar xo‘jalarini nazorat qilish evaziga Xitoy Qo‘qonga yillik mablag‘ to‘lab borishi belgilanadi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: 1. Xitoy – Qo‘qon munosabatlari qanday yo‘lga qo‘yildi? 2. Iqtisod va tashqi siyosat o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Qo‘qon – Xitoy munosabatlari

1757–1759-yillarda Xitoy Sharqiy Turkistonda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. 1760-yildan boshlab Erdonaxon faol tashqi siyosat yurita boshlaydi. Xitoyning xonlikning sharqiy hududida joylashgan Sharqiy Turkistonni bosib olishi Qo‘qonga ham xavf tug‘dirgan. Buning oldini olish choralarini ko‘rish juda muhim edi. Shuning uchun afg‘on hukmdori Ahmadshoh Durroniyga maktub yuboradi va uni harbiy ittifoqqa da’vat etadi.

Shunday sharoitda ham xonlik Xitoy bilan savdo munosabatlarini davom ettiradi. Oxir-oqibat Sharqiy Turkiston hududida Qo‘qon savdogarlariga imtiyozlar berilishiga erishadi. Koshg‘arda Qo‘qon xudoydodligi (konsulligi) ham ochiladi.

Qo‘qon – Xitoy munosabatlari

Bu faktlar minglar orasida Erdonaxon faol tashqi siyosat yuritganini tasdiqlaydi. Muhammad Alixon Sharqiy Turkiston hududida Qo‘qon savdogarlariga imtiyozlar berilishiga erishadi. 1831-yili tuzilgan Qo‘qon – Pekin shartnomasi xonlik uchun Koshg‘ardagi xalqaro savdoni to‘liq nazorat qilish imkoniyatini beradi. Mazkur hujjat Xitoy hukumati o‘zining zaifligini tan olganligini, tinchlik evaziga Qo‘qonning talablariga yon berishga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.

Ayni paytda Qo‘qon xonligi Koshg‘arning sobiq hukmdori Jahongirxo‘ja avlodlarini Sharqiy Turkistonga o‘tkazmaslik majburiyatini oladi.

Minglarning Xitoy hukmdori Changlingga (1736–1795) qo‘ygan talabi

1. Xitoyga qarshi harakatlari uchun ayblangan koshg‘arliklarni afv etish.

2. Xitoyning musulmonlardan musodara qilgan yerlar, uylar va boshqa narsalarni qaytarib berishi.

3. Elchilarning hamrohlari, savdogarlarning Koshg‘arga kirganda to‘lanadigan boj yig‘imini Qo‘qon hukumati olishi huquqiga ega bo‘lishi.

4. Qo‘qonliklar Koshg‘arga olib kirgan tovarlari uchun bojxona to‘lovini to‘lamasligi.

5. Xorijliklar tomonidan Oltishaharga olib kirilgan savdo mollari uchun yig‘imlarning barchasi Qo‘qonga tegishli bo‘lishi.

6. Ushbu yig‘imlarni undirish uchun Qo‘qon hukmdorining vakili bo‘lishi.

7. Oltishaharga kelgan barcha xorijliklar ma’muriy va politsiya masalasida Qo‘qon hukmdorining vakiliga bo‘ysunishi.

Tarix saboqlari

Xonlikning Rossiya imperiyasi bilan elchilik munosabatlari esa 1810-yildan boshlanadi. Umarxon hamda Muhammad Alixon hukmronligi yillarida Rossiya bilan savdo aloqalari yanada faollashadi.

1819–1820-yillardan boshlab minglar Usmonli sultonligi bilan elchilik munosabatlarini o‘rnatishga kirishadi. Umarxon tomonidan Xoja Mir Qurbon elchi sifatida Istanbulga yuborilgani ma’lum. Muhammad Alixon ham 1833, 1837-yillarda Usmonlilar poytaxtiga ikki marta elchilik yuboradi. Qizig‘i, ular olib borgan maktublarda siyosiy vaziyat haqida umuman so‘z yuritilmaydi.

Maktublarda barcha masala muxtor elchi tomonidan og‘zaki aytilishi qayd etilgan xolos. Shu yo‘l bilan maktublarning dushmanlar qo‘liga tushishining oldi olingan edi.

Tarix saboqlari

Xoja Mir Qurbon – minglar davrining nufuzli davlat arbobi, u Muhammad Alixon davrida ham Istanbul va Sankt-Peterburgga elchi qilib yuborilgan.

Elchilik tarkibi usmonlilar hukumatidan harbiy qo‘shinning zamonga mos holda jangovar tayyorgarligini oshirish masalasida yordam so‘ragan. Xonlikning Hindiston bilan aloqalari XIX asrning birinchi yarmidan boshlanib, dastlabki elchilik 1837-yilda yuboriladi. Qo‘qon – Hindiston munosabatlari Rossiya imperiyasining bosqini arafasida jadallashadi. Bu davrda xonlik o‘z harbiy salohiyatini ko‘tarish maqsadida Hindiston orqali Buyuk Britaniya hukumati bilan ham aloqa o‘rnatadi.

Qo‘qonda ingliz harbiy usuli asosida hindlarning Qo‘qon askarlariga harbiy mashg‘ulotlarni olib borishiga erishish elchilikning asosiy maqsadi edi.

Tarix saboqlari

Ming hukmdorlari tomonidan Istanbul, Kashmirga yuborilgan maktublardan ma’lum bo‘lishicha, 1820-yillardayoq Rossiya imperiyasi tomonidan tahdid yuzaga kelishi mumkinligini sezgan xonlik harbiy salohiyatni kuchaytirishga intiladi. Ruslarning Farg‘ona vodiysini batamom bosib olishga qaratilgan rejasi ham bejiz emas edi. Rossiya hukumati Qo‘qon hukmdorlarining Usmonlilar sultonligi va Buyuk Britaniya bilan aynan harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha hamkorlikka intilganlaridan yaxshi xabardor bo‘lishgan. Shuning uchun ham, 1850-yillardan boshlab Qo‘qon hukumati Usmonlilar sultonligi va London bilan elchilik aloqalarini sir tutishga harakat qilgan. Biroq barcha sa’y-harakatlar oxir-oqibat natija keltirmaydi.

Qo‘qon – Buxoro munosabatlari

Buxoro amirligi doimo Qo‘qon xonligi hududi shayboniylar va ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi tarkibida bo‘lganligiga urg‘u bergan. Bu esa ikki davlat munosabatlarida dushmanlik kayfiyatining ustunlik qilishiga sabab bo‘ladi.

Ikkinchidan, Buxoro amirligi o‘zini uchta o‘zbek davlati orasida yetakchi deb hisoblar va bu maqomning qolgan ikki o‘zbek davlati tomonidan e’tirof etilishini istar edi.

Uchinchidan, Qo‘qon xonligi o‘z hududini Buxoro amirligi ko‘zlagan yoki uning hokimiyatini tan olgan viloyatlar hisobiga ham kengaytirib boradi. O‘zaro qurolli to‘qnashuvlarda goh Buxoro amirligining, goh Qo‘qon xonligining qo‘li baland kelib turadi.

Qo‘qon – Buxoro munosabatlari

Umarxon davrida Buxoro amiri Haydar hatto butun musulmon olamining xalifasi deb e’tirof etilgan Usmonli davlati sultoni Mahmud II ga Xiva va Qo‘qon xonliklari ustidan arz qilib xat ham jo‘natadi. Xatda Movarounnahr, Qo‘qon, Marv, Balx, Ko‘lob va Badaxshon avvaldan Buxoroga bo‘ysunib kelganligi, Qo‘qon va Xiva xonlari esa Buxoro amirligining oliy hokimiyatini tan olmayotganligidan shikoyat qiladi. Xiva va Qo‘qon munosabatlarida bir-birini o‘zaro tushunib yashash, imkoniyat bo‘lganida o‘zaro yordamga intilish yetakchi bo‘lgan.

Toshkentning mustaqil beklik maqomi esa 1810-yilda tugatiladi va butunlay Qo‘qon xonligiga qo‘shib olinadi.

Mustaqil faoliyat

Savollar: 1. Qo‘qon xonligining Usmonli sultonligi va Hindiston bilan elchilik munosabatlaridan ko‘zlagan maqsadi nima edi?

2. Minglarning Xitoy hukmdori Changlingga qo‘ygan talabini diqqat bilan o‘qib chiqing. Qo‘qon xonligining mavqeyini tasvirlang.

3. Erdonaxonning Durroniyga taklifi mazmunidan kelib chiqib Qo‘qonning siyosiy mavqeyiga baho bering.

Savollar: 4. Mazkur davrda Qo‘qon – Buxoro – Xiva munosabatlari qanday edi?

Shodmon Vohidovning

“Qo‘qon xonligi tarixi (xonlik tarixi – manbalarda)” asari

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qo‘qon xoni Abdukarimxon Jung‘or xonligi tomonidan yuborilgan elchilarni qaysi yili qabul qilgan?
  1. 1735-yili
  2. 1755-yili
  3. 1745-yili
  4. 1765-yili

To‘g‘ri javob: 1745-yili. Abdukarimxon 1745-yili Jung‘or xonligi elchilarini qabul qilgan.

Norbo‘taxon Sharqiy Turkistonda Qo‘qon savdosini erkinlashtirish uchun Abdulqosim boshchiligidagi elchilar guruhini Pekinga qaysi yillarda jo‘natgan?
  1. 1787–1788-yillarda
  2. 1801–1802-yillarda
  3. 1777–1778-yillarda
  4. 1782–1783-yillarda

To‘g‘ri javob: 1782–1783-yillarda. Abdulqosim boshchiligidagi elchilar 1782–1783-yillarda Pekinga jo‘natilgan.

Norbo‘taxon Mirza Muhammad Rahim boshchiligidagi elchilar guruhini Pekinga qaysi yillarda jo‘natgan?
  1. 1797–1798-yillarda
  2. 1792–1793-yillarda
  3. 1802–1803-yillarda
  4. 1787–1788-yillarda

To‘g‘ri javob: 1792–1793-yillarda. Mirza Muhammad Rahim boshchiligidagi elchilar 1792–1793-yillarda yuborilgan.

1745-yilda Abdukarimxon qaysi davlat yuborgan elchilarni qabul qildi?
  1. Jung‘or xonligi
  2. Xitoy imperiyasi
  3. Rossiya imperiyasi
  4. Buxoro amirligi

To‘g‘ri javob: Jung‘or xonligi. Abdukarimxon 1745-yili Jung‘or xonligi yuborgan elchilarni qabul qilgan.

Jung‘orlarning Turkiston va Toshkentga bostirib kelishiga qarshi Abdukarimxon yuborgan qo‘shinga kim boshchilik qilgan?
  1. o‘g‘li Norbo‘ta
  2. Erdonaxon
  3. Umarxon
  4. ukasi Bobobek

To‘g‘ri javob: ukasi Bobobek. Abdukarimxon o‘z ukasi Bobobek boshchiligida qo‘shin yuborgan, ammo qo‘shin mag‘lub bo‘lgan.

Norbo‘taxon 1796–1797-yillarda Pekinga elchilar guruhini kim boshchiligida jo‘natgan?
  1. Abdulqosim
  2. Mirza Muhammad Rahim
  3. Bobojon
  4. Xoja Mir Qurbon

To‘g‘ri javob: Bobojon. 1782–83-yillarda Abdulqosim, 1792–93-yillarda Mirza Muhammad Rahim, 1796–97-yillarda Bobojon boshchiligida elchilar yuborilgan.

Qo‘qonning Sharqiy Turkistondagi rasmiy vakili mansabi qanday nomlangan?
  1. muxtor elchi
  2. xudoydod
  3. ming boshi
  4. qo‘shbegi

To‘g‘ri javob: xudoydod. Qo‘qonning rasmiy vakili – xudoydod mansabi joriy etilgan.

Koshg‘ar xo‘jalarini nazorat qilish evaziga Xitoy Qo‘qonga nimani to‘lab borishi belgilangan?
  1. oltin va kumush tangalar
  2. yillik mablag‘
  3. ipak gazlamalar
  4. qurol-yarog‘

To‘g‘ri javob: yillik mablag‘. Xitoy Koshg‘ar xo‘jalarini nazorat qilish evaziga Qo‘qonga yillik mablag‘ to‘lab borishi belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQo‘qon adabiy muhitiKeyingi →O‘zbek davlatlarining harbiy salohiyati