O‘zbek davlatlarining harbiy salohiyati
MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI
O‘ylab ko‘ring
Qo‘shinning tuzilishi
Katta davlatning hukmdoriga aylangan shayboniylar qo‘shini otliq va piyodalardan tashkil topgan. Uning asosi otliq askarlardan iborat bo‘lgan. Qurol-yarog‘ asosan o‘q-yoy, uzun nayza, qilich, gurzi, uzun dastali jang boltasi (tabarzin), ilgaklardan tarkib topgan. Shayboniylardan Ubaydullaxon va Abdullaxon II davrida jang qurollari birmuncha takomillashadi. Abdullaxon II davrida o‘tsochar pilta miltiqlar hamda kichik to‘plardan foydalanilgan.
XVIII–XIX asrlarda xonliklar qo‘shinlari asosan nomuntazam (qilquyruq, qora qozon, qora chechak, qoracherik), shuningdek, tajribali otliq jangchilar – navkarlardan va urush holatida to‘planadigan ko‘ngilli lashkarlardan tarkib topgan. Navkarlar odatda otda jang qilishgan, lekin zarur bo‘lsa, piyoda jangchiga ham aylanishgan. Xon qo‘shinlari o‘nlik tizimi shaklida tashkil qilingan. Safdagi qo‘shinlardan tashqari, xonlarning shaxsiy qo‘riqchilari va saroy soqchilari – otliq qism mavjud bo‘lgan. Tig‘li qurollarning deyarli barcha turlaridan foydalanilgan. XVI asrdan esa o‘qotar qurollardan foydalanila boshlangan.
Qo‘shinning tuzilishi
Jang nog‘orasi
XIX asrning boshlarida Buxoro amirligida harbiy kuchlar ikki qismga: muntazam – “navkariya” va muntazam bo‘lmagan – “qora cherik”ka bo‘lingan. 1837-yilda Amir Nasrulla o‘tkazgan harbiy islohotlar natijasida muntazam qo‘shin tuzilgan. U piyodalar (sarbozlar), navkar (otliq askar) va to‘pchilardan iborat edi.
Piyodalar soni to‘pchilardan 3,5 barobar ko‘p bo‘lgan. Bu davrda sarbozlar va to‘pchilar kiyimi qizil, qora va sariq matodan tikilgan kamzul, oq shim, qorako‘l telpak va bir juft etikdan iborat bo‘lgan. Muntazam qo‘shinni kiyim va qurol-aslaha bilan ta’minlash davlatning zimmasida bo‘lgan.
Buxoro amirligining qo‘shini, XIX asr
Qo‘shinning tuzilishi
Pichoq qini bilan. Damashq po‘lati, fil suyagi, zarhallangan.
Xiva, XIX asr. Usta Xabir
Qo‘qon va Xiva xonligining qo‘shini, XIX asr
Qo‘shinning harbiy holati
XIX asrning boshlarida Xiva xoni Muhammad Rahimxon I tomonidan 2000 ta harbiydan tarkib topgan muntazam qo‘shin tuziladi. Xon navkarlari deb ataluvchi bu qo‘shin tinchlik davrida xon va uning oilasini qo‘riqlagan. Xiva muntazam qo‘shinining maxsus kiyimlari bo‘lmagan.
Qo‘qon xonligida ham qo‘shinlar, asosan, muntazam (askariya) va muntazam bo‘lmagan qismdan iborat bo‘lgan. Muntazam qo‘shin sipoh (otliq), to‘pchilar va sarboz (piyoda)lardan iborat edi. Harbiy libos qizil va moviy chopon, sariq shim va oq salladan iborat bo‘lgan.
Xonliklardagi nomdor jangchilarning himoya aslahasi turli xildagi halqa-parchinli sovutlar, yumaloq konussimon dubulg‘alar, tirsakbandlar, oyoqlarni himoya qiluvchi vositalar va qalqonlardan tashkil topgan. Halqa-parchinli sovutlarning keng tarqalgan turi baktarlar, ko‘krakpo‘sh va yelkapo‘sh bo‘lib, ular parchindan 3–9 qator terib tayyorlangan. Libosning yengi va pochasi sovutdan bo‘lgan. Og‘ir baktarlar parchin bilan deyarli to‘liq qoplangan. Temir sovutlar tez qizib ketganligi bois askarlar jang liboslari ustidan chopon kiyishgan.
Qo‘shinning harbiy holati
Jang liboslarining eng ko‘p tarqalgan turlari parchin qoplangan zirhlar, mashhur kuyaklar bo‘lib, unda parchinlar ichki tomondan shunday qoplanganki, tashqaridan faqatgina parchin qatorlari ko‘ringan.
XVI–XVIII asrlar himoya aslahalarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Ular mahalliy an’analar va Old Osiyo hamda O‘rta Sharqdan keltirilgan yangi qurollarning uyg‘unlashuvidan iborat bo‘lgan. Shuning uchun o‘rta osiyolik qurolsoz ustalar yaratgan himoya qurol-aslahalari qo‘shni davlatlarning jang aslahalariga juda o‘xshab ketgan.
Jangovar otlar XIII asrdan so‘ng zirhli to‘shama (jul)lar bilan himoyalana boshlangan. Ular ikki yonlik, sag‘rinpo‘sh, ko‘krakpo‘sh, bo‘yinbog‘ va peshonabog‘dan iborat bo‘lgan. Ular tizimcha bilan o‘rilgan uzun charm tasmalardan jamlangan va paxta tiqib qavilgan.
Qo‘shinning harbiy holati
XVI–XIX asrlarda qurol-yarog‘ faqatgina muayyan joyning o‘zida tayyorlanmasdan, xonliklarga Eron, Rossiya, Jung‘oriya va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan keltirilgan. Xonliklar qurolsoz ustalari tomonidan yasalgan qurol-aslahalar boshqa davlatlarga ham sotilgan.
Tepkili to‘pponcha.
XIX asr. Metall, yog‘och, sadaf
Tepkili to‘pponcha. O‘rta Osiyo. 1857-yil. Metall, yog‘och, zarhallangan
To‘pponcha. O‘rta Osiyo. XIX asr. Mis, nikel, yog‘och
Moslashtirilgan miltiq. 1857-yil. Kumush, charm, yog‘och
XVI asrdan mis yoki metall stvolli, dastlab piltali, so‘ng burama kertikli (soyli) miltiqlardan muntazam foydalanilgan. Biroq bunday miltiqlar juda oz bo‘lgan. Turg‘un holatda lafet (to‘p)lardan bir yo‘nalish bo‘ylab yadro toshlar otadigan artilleriya bo‘lgan.
Qo‘shinning harbiy holati
O‘ratepada to‘p va yadro toshlar, miltiq va tig‘li qurollar tayyorlaydigan katta ustaxona (zavod) bo‘lgan.
Barcha xonliklarda oliy bosh qo‘mondon xonlar hisoblangan. Harbiy kuchlarga bosh qo‘mondonlik vazifasini Buxoro amirligida vaziri harb (harbiy vazir), Xivada yasovulboshi, Qo‘qonda mingboshi amalga oshirgan.
Harbiy harakatlar vaqtida harbiy kuchlar quyidagicha taqsimlangan: oldinda avangard, uning ortidan aryergard borgan. Ularni chap va o‘ng qanot, markaz va pistirmadan tarkib topgan qo‘shinlar yakunlagan.
Qo‘shinlar jangga bayroqlar va tug‘lar bilan kirgan. Qo‘shinlarda musiqachilar – karnaychi, surnaychi, nog‘orachi, naychi, do‘lchi va boshqalar xizmat qilgan. Sardorlar qo‘shinni oziq-ovqat bilan ta’minlaganlar. Qo‘shinlar bilan birga hunarmandlar, savdogarlar, yo‘llarni tozalab ko‘prik quruvchilar ham borgan.
Qo‘shinning harbiy holati
Xonliklarda muntazam harbiy ko‘rik o‘tkazilib turilgan.
Qarshi - porox - dorukash Samarqandda - to’p O’ratepada - to‘p va yadro toshlar, miltiq va tig‘li qurollar
Manbalarda
Bu zavodlarning tuzilishi ancha sodda, hatto yomon deb aytish mumkin. Lekin shunga qaramay mis to‘plar shu qadar yaxshiki, o‘zining pardozi bilan artilleriya ishidan ozmoz xabardor bo‘lgan har bir yevropalikni lol qoldiradi.
M. Bekchurin, XIX asrda yashagan tarjimon-tilshunos olim
To‘qmoq uchun ilgilar
Mustaqil faoliyat
2. Amir Temur davri va xonliklar davrining harbiy salohiyatini solishtiring. Ularning o‘xshashligi va o‘ziga xosligini aniqlang.
Muhim sanalar
- 1837-yilda — 1837-yilda Amir Nasrulla o‘tkazgan harbiy islohotlar natijasida muntazam qo‘shin tuzilgan.
- XVIII–XIX asrlarda — XVIII–XIX asrlarda xonliklar qo‘shinlari asosan nomuntazam (qilquyruq, qora qozon, qora chechak, qoracherik), shuningdek, tajribali otliq jangchilar – navkarlardan va urush holatida to‘planadigan ko‘ngilli…
- XVI asrdan — XVI asrdan esa o‘qotar qurollardan foydalanila boshlangan.
- XIX asrning — XIX asrning boshlarida Buxoro amirligida harbiy kuchlar ikki qismga: muntazam – “navkariya” va muntazam bo‘lmagan – “qora cherik”ka bo‘lingan.
- XIX asr — Buxoro amirligining qo‘shini, XIX asr
- XIX asr — Qo‘qon va Xiva xonligining qo‘shini, XIX asr
- XIX asrning — XIX asrning boshlarida Xiva xoni Muhammad Rahimxon I tomonidan 2000 ta harbiydan tarkib topgan muntazam qo‘shin tuziladi.
- XVI–XVIII asrlar — XVI–XVIII asrlar himoya aslahalarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi.
- XIII asrdan — Jangovar otlar XIII asrdan so‘ng zirhli to‘shama (jul)lar bilan himoyalana boshlangan.
- XVI–XIX asrlarda — XVI–XIX asrlarda qurol-yarog‘ faqatgina muayyan joyning o‘zida tayyorlanmasdan, xonliklarga Eron, Rossiya, Jung‘oriya va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan keltirilgan.
Bilimingizni sinang
Xonliklar qo‘shinlari asosan nomuntazam (qilquyruq, qora qozon, qora chechak, qoracherik) qismlardan qaysi asrlarda tarkib topgan?
- XVI–XVII asrlarda
- XVIII–XIX asrlarda
- XIV–XV asrlarda
- XVII–XVIII asrlarda
To‘g‘ri javob: XVIII–XIX asrlarda. XVIII–XIX asrlarda xonliklar qo‘shini nomuntazam qismlar va navkarlardan iborat bo‘lgan.
O‘zbek xonliklarida o‘qotar qurollardan foydalanish qaysi asrdan boshlangan?
- XIV asrdan
- XIX asrdan
- XVI asrdan
- XVIII asrdan
To‘g‘ri javob: XVI asrdan. O‘qotar qurollardan foydalanish XVI asrdan boshlangan.
Shayboniylar qo‘shinining asosini qaysi askarlar tashkil etgan?
- Otliq askarlar
- Piyoda askarlar
- To‘pchi askarlar
- Dengiz askarlari
To‘g‘ri javob: Otliq askarlar. Shayboniylar qo‘shini otliq va piyodalardan iborat bo‘lib, uning asosi otliq askarlar edi.
Tabarzin nima?
- Egri tig‘li uzun qilich turi
- Uzun dastali jang boltasi
- Halqa-parchinli sovut turi
- Yoy va o‘q solinadigan qin
To‘g‘ri javob: Uzun dastali jang boltasi. Tabarzin — uzun dastali jang boltasi.
Abdullaxon II davrida qo‘shinda qanday yangi qurollardan foydalanilgan?
- Faqat o‘q-yoy, nayza va og‘ir qilichlardan
- Zamonaviy avtomat va pulemyot qurollaridan
- O‘tsochar pilta miltiqlar va kichik to‘plardan
- Burama kertikli to‘pponcha va miltiqlardan
To‘g‘ri javob: O‘tsochar pilta miltiqlar va kichik to‘plardan. Abdullaxon II davrida pilta miltiqlar va kichik to‘plar qo‘llangan.
Xonliklarning tajribali jangchilari navkarlar odatda qanday jang qilishgan?
- Piyoda holda
- Dengizda kemada
- Faqat qal’a himoyasida
- Otda
To‘g‘ri javob: Otda. Navkarlar odatda otda jang qilgan, zarur bo‘lsa piyoda jangchiga aylangan.
Xon qo‘shinlari qanday tizim shaklida tashkil qilingan?
- O‘nlik tizimi
- Yuzlik tizimi
- Mingliklar tizimi
- Oltilik tizimi
To‘g‘ri javob: O‘nlik tizimi. Xon qo‘shinlari o‘nlik tizimi shaklida tashkil qilingan.
Xonliklarda o‘qotar qurollardan foydalanish qaysi asrdan boshlangan?
- XIV asrdan
- XVI asrdan
- XVIII asrdan
- XIX asrdan
To‘g‘ri javob: XVI asrdan. XVI asrdan o‘qotar qurollar qo‘llanila boshlangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash