Turkistonning uch xonlikka bo‘linib ketishi va uning oqibatlari
MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI
O‘ylab ko‘ring
1. Turon, Turkiston va Movarounnahr atamalariga izoh bering. 2. Jahon tarixi darsligidan foydalanib XVI asr Yevropasini XVI asr O‘rta Osiyosi bilan taqqoslang.
Turkistonning bo‘linib ketishi
Temuriylar davridagi yagona saltanat XVI asr boshida dastlab ikki, XVIII asr boshida esa (1709-yil) uchta o‘zbek xonligiga bo‘linib ketadi. XV asr oxirlarida Yevropada markazlashgan kuchli davlatlar (Fransiya, Angliya va boshqalar) qaror topadi.
Buxoro amirligida o‘zbeklarning mang‘it, Xiva xonligida qo‘ng‘irot va Qo‘qon xonligida esa ming urug‘i vakillari hukmronlik qiladilar. Ayni paytda bu sulola hukmdorlari orasida o‘zaro nizolar va urushlar davom etib turadi. Ular o‘zaro g‘animlarga aylanadilar.
Buxoro amiri Farg‘ona vodiysining Buxoro xonligi tarkibidan ajralib chiqqanligi va Qo‘qon xonligi tuzilganini tan olmas edi. Bu esa urushlarga, hudud talashishlarga sabab bo‘ladi.
Ijodiy faoliyat
O‘zbek xonliklarining jahon taraqqiyotidan uzilib qolishi
XVII–XIX asrlar G‘arbiy Yevropa tarixida yuksalish davri bo‘ldi. Xususan, XVIII asrda Buyuk Britaniyada sanoat to‘ntarishi yuz berdi. Bu – ishlab chiqarishda texnikaning (mashina) keng qo‘llanilishi boshlandi degani edi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot (ishlab chiqarish) qaror topdi. Mashinalashgan ishlab chiqarish natijasida qo‘l mehnati siqib chiqarila boshlandi. Ishlab chiqarishda dastgoh (stanok)larning qo‘llanishi yirik ixtiro bo‘ldi. 1825-yilda dunyoda ilk temiryo‘l qurildi.
Jorj Stefnson (1814)
Temiryo‘l qurilishining boshlanishi, o‘z navbatida, cho‘yan, temir va po‘latga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Sanoatning yangi tarmog‘i – parovozsozlik paydo bo‘ldi. Bu esa qudratli savdo va harbiy-dengiz floti tuzishga imkon berdi. XIX asr insoniyat tarixiga bug‘ mashinalari asri bo‘lib kirdi.
XIX asrning 40-yillariga kelib qishloq xo‘jaligida ham mashinalar va kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanish boshlandi. Temiryo‘llar va yirik sanoat korxonalari qurilishi katta mablag‘ talab etardi. Bu esa tijorat banklarining qudratini yanada orttirdi. Ular endi xalqaro miqyosda ham faoliyat ko‘rsata boshladilar. Jahon tarixida birinchi marta mamlakat iqtisodiyotida yetakchilik qishloq xo‘jaligidan sanoatga o‘tdi.
Ijodiy faoliyat
Tarix saboqlari
Turkiston xonliklari esa ana shunday jarayonlardan chetda qoldi. Nima uchun shunday bo‘ldi? Birinchidan, Osiyoda, shu jumladan, Turkistonda ham an’anaviylikka asoslangan tartib-qoidalar hukm suravergan. Ya’ni mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilar edi.
Bu – o‘zgarmas, turg‘un va islohotlarga toqatsiz jamiyat edi. Osiyoda, jumladan, Turkistonda ham yer davlat mulki bo‘lib qolavergan.
Yevropada esa yerga nisbatan xususiy mulkchilik qaror topgan edi. G‘arbiy Yevropada yer-mulk otadan katta farzandga meros qolgan bo‘lsa, Osiyoda ota bir parcha yer-mulkini ham merosxo‘rlarga teng bo‘lib bergan. Chunki jamiyatda qaror topgan axloq me’yorlari mayda va jamoat mulkchiligini himoya qilgan. Davlat yerini ijaraga olib mehnat qilayotgan dehqonni hech qachon yerning unumdorligini oshirish masalasi tashvishlantirmagan. Bu qoida ishlab chiqarishning yiriklashuviga, daromadning yagona qo‘lda to‘planishiga imkon bermaydi.
Tarix saboqlari
XIX asrning boshlarida Osiyoning iqtisodiy rivojlanishda tobora Yevropadan ortda qolib borishi kuchayadi. Masalan, Yevropa Osiyodan aholi jon boshiga daromad bo‘yicha 2 barobar o‘zib ketadi.
Yerga xususiy mulkning to‘la qaror topmaganligi mulkchilikning boshqa sohalariga ham ta’sir o‘tkazadi. Osiyoda hunarmandchilik fabrika ishlab chiqarishi darajasiga ko‘tarila olmaydi. Aksincha, u, asosan, erkin oilaviy sharoitda rivojlanadi. Natijada Yevropadagidek mashina kuchidan foydalaniladigan sanoat ishlab chiqarishga ehtiyoj tug‘ilmaydi. Iqlimning noqulay o‘zgarishi, haroratning pasayishi, tez-tez qurg‘oqchilikning ro‘y berishi ham iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda o‘zaro urushlar, ko‘chmanchilar hujumi ham dehqonchilik maydonlarining uzoq vaqt qarovsiz qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu holat harbiy xarajatlarning ko‘payishiga olib keladi.
Tarix saboqlari
Bundan tashqari, Osiyoda ishlab chiqarishda texnikaning qo‘llanilmaganligi xo‘jalikning intensiv rivojlanishiga to‘siq bo‘lib qoladi. Natijada ekstensiv rivojlanish usulining yetakchiligi qaror topadi.
Yevropada kuchli mulkiy tabaqalanish o‘zaro begonalashishni, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yishini, yashash uchun shafqatsiz kurash sharoitiga moslashishni vujudga keltirgan bir sharoitda an’anaviylik Osiyoda shaxs tashabbuskorligini rag‘batlantirmaydi. Bu omillar Osiyoda O‘rta asrlar tartiblarining uzoq saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi.
Ikkinchidan, bo‘linish natijasida Turkiston mintaqasida yagona ichki bozor shakllanmaydi. Uchinchidan, xonliklar o‘rtasidagi (asosan Buxoro – Xiva, Buxoro – Qo‘qon) o‘zaro urushlar, xonliklar ichidagi o‘zaro nizolar iqtisodni tang ahvolga keltirib qo‘yadi.
Tarix saboqlari
To‘rtinchidan, XVI asrda dengiz savdo yo‘llarining ochilishi Buyuk ipak yo‘lini ahamiyatsiz qilib qo‘yadi. Shunday sharoitda ham hukmdorlar o‘zaro ichki iqtisodiy va savdo birligini shakllantirishga intilmaydilar. Natijada Turkiston xalqlari o‘rtasida yagona xalq, yagona vatan tushunchasi shakllanmaydi.
Beshinchidan, Turkistonda vatan istiqboli uchun qayg‘uradigan, xalqni yagona g‘oya va ezgu maqsad yo‘lida birlashtirishga qodir, qadim Turon jangovarlik ruhini namoyish qila oladigan yo‘lboshchi chiqmaydi. Oqibatda bu holat XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonning Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylanishiga zamin yaratadi.
Mustaqil faoliyat
Muhim sanalar
- 1709-yil — Temuriylar davridagi yagona saltanat XVI asr boshida dastlab ikki, XVIII asr boshida esa (1709-yil) uchta o‘zbek xonligiga bo‘linib ketadi.
- 1825-yilda — 1825-yilda dunyoda ilk temiryo‘l qurildi.
- XVI asr — Jahon tarixi darsligidan foydalanib XVI asr Yevropasini XVI asr O‘rta Osiyosi bilan taqqoslang.
- XVI asr — Temuriylar davridagi yagona saltanat XVI asr boshida dastlab ikki, XVIII asr boshida esa (1709-yil) uchta o‘zbek xonligiga bo‘linib ketadi.
- XVIII asr — Temuriylar davridagi yagona saltanat XVI asr boshida dastlab ikki, XVIII asr boshida esa (1709-yil) uchta o‘zbek xonligiga bo‘linib ketadi.
- XV asr — XV asr oxirlarida Yevropada markazlashgan kuchli davlatlar (Fransiya, Angliya va boshqalar) qaror topadi.
- XVII–XIX asrlar — XVII–XIX asrlar G‘arbiy Yevropa tarixida yuksalish davri bo‘ldi.
- XVIII asrda — Xususan, XVIII asrda Buyuk Britaniyada sanoat to‘ntarishi yuz berdi.
- XIX asr — XIX asr insoniyat tarixiga bug‘ mashinalari asri bo‘lib kirdi.
- XIX asrning — XIX asrning 40-yillariga kelib qishloq xo‘jaligida ham mashinalar va kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanish boshlandi.
Bilimingizni sinang
Temuriylar davridagi yagona saltanat dastlab ikki o‘zbek davlatiga qaysi asr boshida bo‘linib ketgan?
- XVI asr
- XV asr
- XIV asr
- XVII asr
To‘g‘ri javob: XVI asr. Yagona saltanat XVI asr boshida dastlab ikkiga bo‘lingan.
Temuriylar davridagi yagona saltanat uchta o‘zbek xonligiga (1709-yil) qaysi asr boshida bo‘linib ketgan?
- XVII asr
- XIX asr
- XVI asr
- XVIII asr
To‘g‘ri javob: XVIII asr. XVIII asr boshida (1709-yil) saltanat uchta o‘zbek xonligiga bo‘lingan.
Yevropada Fransiya, Angliya kabi markazlashgan kuchli davlatlar qaysi asr oxirlarida qaror topgan?
- XV asr
- XIV asr
- XVII asr
- XIII asr
To‘g‘ri javob: XV asr. Yevropada markazlashgan kuchli davlatlar XV asr oxirlarida qaror topgan.
Turkistondagi yagona saltanat XVIII asr boshida (1709-yil) nechta o‘zbek xonligiga bo‘linib ketdi?
- Uchta
- Ikkita
- To‘rtta
- Beshta
To‘g‘ri javob: Uchta. XVI asr boshida ikkiga, 1709-yilda esa uchta o‘zbek xonligiga bo‘linish yuz bergan.
Buxoro amirligida o‘zbeklarning qaysi urug‘i vakillari hukmronlik qilgan?
- Qo‘ng‘irot
- Mang‘it
- Ming
- Qipchoq
To‘g‘ri javob: Mang‘it. Buxoro amirligida mang‘itlar hukmron bo‘lgan.
Qo‘qon xonligida qaysi urug‘ vakillari hukmronlik qildi?
- Mang‘it
- Qo‘ng‘irot
- Ming
- Saroy
To‘g‘ri javob: Ming. Qo‘qon xonligida ming urug‘i vakillari hukmronlik qilgan.
Buxoro amiri Farg‘ona vodiysining ajralib chiqishi bilan bog‘liq nimani tan olmasdi, bu esa urushlarga sabab bo‘ldi?
- Xiva xonligi mustaqilligini
- Rossiya elchisi tayinlanishini
- Temuriylar merosini
- Qo‘qon xonligi tuzilganini
To‘g‘ri javob: Qo‘qon xonligi tuzilganini. Buxoro amiri Qo‘qon xonligi tuzilganini tan olmas edi, bu urushlar va hudud talashishlarga sabab bo‘lgan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang. 1. Dunyoda ilk temiryo‘lning qurilishi 2. Turkistonning uchta o‘zbek xonligiga bo‘linishi 3. Dengiz savdo yo‘llarining ochilishi 4. Yevropada markazlashgan kuchli davlatlarning qaror topishi
- 3–4–2–1
- 4–3–2–1
- 4–2–3–1
- 4–3–1–2
To‘g‘ri javob: 4–3–2–1. Markazlashgan davlatlar XV asr oxirida, dengiz yo‘llari XVI asrda, uch xonlik 1709-yilda, ilk temiryo‘l esa 1825-yilda paydo bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash