XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · O‘zbekiston tarixi · 36-§

O‘zbek davlatlari tarixi bo‘yicha manbalar

MINGLAR HUKMRONLIGI DAVRI

O‘ylab ko‘ring

“Tarix – faoliyatimiz xazinasi, o‘tmish guvohi, bugungi kun uchun ibrat va o‘git, kelajak uchun esa ogohlantirishdir” iborasi mazmunini izohlang.

Arxiv hujjatlari

Tarix uchun ma’lumotlar birinchi navbatda tarixiy hujjatlarni o‘rganish natijasida to‘planadi. Bunday hujjatlar saqlanadigan joy arxiv deyiladi. Olimlar arxiv hujjatlarini o‘rganadilar, sharhlaydilar va shu orqali tarixni tiklaydilar.

O‘zbekiston davlat arxivida uch o‘zbek davlati tarixiga oid hujjatlar ham saqlanib kelinmoqda. Arxiv hujjatlari davlat tuzumi, soliq va majburiyatlar, pul muomalasi, davlatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi, aholining xo‘jalik mashg‘uloti, savdo-sotiqning ahvoli va albatta, davlatning tashqi siyosati haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Xiva xonligi bo‘yicha mahalliy

Tarixchi olim Hasanbek Rumluning “Eng go‘zal tarix” asari XVI asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag‘ishlangan.

Xiva xoni, tarixchi olim Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asari ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Asar turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlari ham xonlik tarixini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Munisning “Firdavs ul-iqbol” deb ataluvchi tarixiy asari 1806-yilda Eltuzarxonning topshirig‘i bilan yozilgan. Asarda Xorazmning 250 yillik o‘tmishi yoritilgan.

Ogahiydan qolgan “Shohidi iqbol” asari esa 1872-yilgacha bo‘lgan tarixni aks ettiradi. Yusufbek Bayoniy Xiva xonligining 1872–1911-yillardagi tarixini 1912-yilda Xiva xoni Asfandiyorxonning topshirig‘i bilan yaratgan.

«Xorazm tarixi» va «Shajarai Xorazmshohiy»

I.Mo’minov "Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi" (1976-yil)

O‘zbek olimlarining asarlari

Bu XATO. Ushbu asarni Yahyo G’ulomov yozgan.

O‘zbek olimlari ham Xiva xonligi tarixini o‘rganish ishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular orasida akademik I. Mo‘minov boshchiligida yaratilgan “Xorazmning sug‘orilish tarixi” (Qadimgi zamonlardan hozirgacha), akademik M. Yo‘ldoshevning “Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi” hamda D. Alimova tahriri ostida chop etilgan “O‘zbekiston tarixi” (XVI–XIX asrning birinchi yarmi) kitobi va boshqalar muhim ahamiyatga ega asarlardir.

Xorazmning eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan 1997-yilda chop etilgan “Xiva – ming gumbaz shahri” kitobi ham tarixiy ma’lumotlarga boy asardir.

O‘zbek olimlarining asarlari

Akademik A. Ziyoning “O‘zbek davlatchiligi tarixi”, akademik A. Asqarov va boshqalar tomonidan yozilgan “O‘zbekiston tarixi (Eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha)” kitoblari ham mazkur davr haqida ma’lumotlar beradi.

Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha asarlar

Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha dastlabki asarlardan biri Abdulkarim Namangoniyning “Umarnoma” yoki “Shohnomayi Umarxon” (1820-yil) kitobi bo‘lib, u she’riy uslubda bitilgan minglar sulolasining rasmiy tarixi sanaladi.

Kitobning asosiy maqsadi – Umarxonning kelib chiqishini “Oltin beshik” rivoyatiga bog‘lab hokimiyatining qonuniyligini asoslashga xizmat qilish bo‘lgan.

Yana bir muhim manba Muhammad Hakimxon to‘ra ibn Sayid Ma’sumxonning “Saralangan tarixlar” asaridir. Muhammad Hakimxon Umarxon davrida saroyda naqib lavozimida xizmat qilgan.

Hakimxonning onasi Oftoboyim Umarxonning singlisi edi. Muhammad Alixon taxtga o‘tirgach Hakimxonni Namangan hokimi etib tayinlaydi. Biroq bir yildan so‘ng uni lavozimidan ozod etadi va ularning mol-mulki musodara qilinadi. Bunga Oftoboyimning o‘g‘illaridan birini taxtga o‘tqazishga urinishi sabab bo‘ladi.

Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha asarlar

Bulardan tashqari, Mirzo Olim Toshkandiyning “Qo‘qon xonligi tarixi”, Mirzo Olim Maxdum hojining “Tarixi Turkiston”, Is’hoqxon Junaydullo o‘g‘li Ibratning “Farg‘ona tarixi” kitoblari ham Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

Bilasizmi?

“Qo‘qon shamoli” badiiy filmini tomosha qiling va ona-bola o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat mazmunini diqqat bilan tinglang.

Ha, o‘tmish tariximiz qayg‘uli voqealarga to‘la. Toj-u taxt uchun kurash qanday oqibatlarga olib kelishini siz temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, arabshohiylar, minglar, mang‘itlar, qo‘ng‘irotlar misolida bilib oldingiz. Bilib olganlaringiz – bu tarixiy saboq. Zero, donishmandlar aytganidek, “tarix – faoliyatimiz xazinasi, o‘tmish guvohi, bugungi kun uchun ibrat va o‘git, kelajak uchun esa ogohlantirishdir”.

Loyiha ishi

Donishmandlarning yuqorida keltirgan fikrlarining har bir qismiga tarixdan dalillar keltiring va ularni daftaringizga qayd eting.

O‘rta asrlar mualliflarining shayboniylar va Bobur Mirzo haqida yozib qoldirgan asarlari

O‘rta asrlar tarixchilari orasida Muhammad Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma” asari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Binoiy 1453-yilda Hirot shahrida tug‘ilgan. Dastlab Zahiriddin Muhammad Bobur, so‘ng Muhammad Shayboniyxonga xizmat qilgan. 1512-yilda Bobur va Najmi Soniylarning Qarshi shahrini egallashi chog‘ida halok bo‘lgan.

Asar Muhammad Shayboniyxonning Samarqandni olishi, uning Ko‘hak daryosiga ko‘prik qurishi kabi voqealar haqida ma’lumot beradi.

Yana bir muhim manba Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” asaridir. Bu asarning qimmati shundaki, u Bobur Mirzoning Ismoil Safaviy bilan 1510-yildan keyingi munosabatlari haqida ma’lumot beradi.

O‘rta asrlar mualliflarining shayboniylar va Bobur Mirzo haqida yozib qoldirgan asarlari

Muhammad Haydar 1507-yildan Kobul shahrida Bobur saroyida yashagan. Boburning Movarounnahr uchun bo‘lgan janglarida qatnashgan. 1511-yilda Boburdan ruxsat olib Andijonga qaytgan.

Bu asarda yozib qoldirilgan quyidagi fikrlar kishini befarq qoldirmaydi: “Bobur podshoh Samarqand qamali paytida opasi Xonzodabegimni o‘z joni evaziga Shohibekxonga (Shayboniyxonga) berib, o‘zi Samarqanddan chiqib ketgan edi. Shayboniyxonning vafotidan so‘ng shoh Ismoil Xonzodabegimni e’zoz va iltifot bilan qabul qiladi va o‘z elchilari ortidan turli tuhfalar, sovg‘a-salomlar bilan Bobur podshoh huzuriga yuboradi”.

(1–2-kitoblar) asari haqida

Mazkur asar Markaziy Osiyo xalqlarining XVI asrdagi tarixini o‘rganishda katta o‘rin tutadi va tarixiy voqealarni to‘liq yoritish bilan o‘sha davrning boshqa tarixiy asarlaridan ajralib turadi.

Bu asar shayboniy Abdullaxon II ning tug‘ilganidan to vafotiga qadar Markaziy Osiyoda kechgan siyosiy voqealar haqida ma’lumot beradi.

Asarning qimmati shundaki, Hofiz Tanish voqealarni uning guvohi bo‘lgan kishilar og‘zidan yozib olgan. Ko‘plariga esa o‘zi shohiddir.

Hofiz Tanishning otasi Ubaydullaxonga yaqin kishilardan bo‘lgan. Asarda ta’kidlanishicha, Ubaydullaxonning o‘limidan so‘ng qo‘shhokimiyatchilik (birinchisi – Buxoroda, ikkinchisi esa Samarqandda) vujudga keladi. Hech kim siyosiy tarqoqlikka barham bera olmaydi. Abdullaxon II faqat Navro‘z Ahmadning vafotidan keyingina og‘ir va qonli kurashlardan so‘ng barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, davlatni yagona markazga birlashtira oladi.

Ashtarxoniylar haqidagi asarlar

Buxoro xoni Ubaydullaxonning o‘ldirilishi haqida Abdurahmon Tole o‘zining “Tarixi Abulfayzxon” asarida batafsil yozib qoldirgan. Chunonchi, asarda quyidagi ma’lumotlar qayd etilgan: “O‘sha kezlarda ulug‘ xon Samarqanddan Buxoroga kelgandi. Xoja Davlat Saroy Javshan qalmiq bilan birlashib, janobi oliylarini o‘ldirmoqchi edi. Bu barcha ig‘volar sababchisi mehtar Kobuliy bo‘lgan. Uning uyi oliy arkning etagida joylashgan edi.

Abulfayz (Ubaydullaxonning ukasi) Bahodirxon ham o‘sha yerda turardi. Mehtar Kobuliy u bilan tanishib, amirlar qoshiga yashirin maslahatga bordi va ul janobi oliylarining xon bo‘lish to‘g‘risidagi xohishni arz qildi. Ular Abulfayz iltimosini qabul qildilar. O‘sha bahor chog‘i hukmdor Ubaydullaxon shaharlar onasi – Balxga bormoqni ixtiyor ayladi. Uni bu yo‘ldan qaytarmoqni istaganlarning gapiga quloq solmadi. Janobi oliylari Piri Mirza chorbog‘iga kelib qo‘ndi. Oradan bir hafta o‘tdi. Qotillar xonga tashlanib uni xanjar bilan halok qildi.

Ashtarxoniylar haqidagi asarlar

Suiqasdga Javshan qalmiq boshchilik qildi. U xonning mahramlarini ham yo‘q qilishga kirishdi. Uning hukmi borgan sayin kuchaydi. Ubaydullaxonga sodiq mulozimlar ta’qib etildi. Oradan to‘rt oy o‘tgach uning o‘zi ham qatl qilindi”.

Mang‘itlar haqidagi asarlar

Mang‘itlar haqida Muhammad Yoqub (Buxoroning ikkinchi amiri Doniyolbiyning o‘g‘li) “Gulshan ul-mulk” nomli asar yozib qoldirgan. Asarda shayboniylar, ashtarxoniylar va asosan mang‘itlar haqida ma’lumot berilgan. Xususan, u Doniyolbek, Shohmurodbek, amir Haydar va Nasrullo davridagi siyosiy voqealarga shaxsan guvoh bo‘lgan. Asarda, jumladan, quyidagilarni o‘qiysiz: “1747-yil Movarounnahrda hokimiyat Muhammad Rahimxon mang‘it qo‘liga o‘tdi. Mang‘itlar 12000 uylik bo‘lib, bir necha urug‘larga bo‘linadi. Ular Shayboniyxon davrida Movarounnahrga kelishgan. U vafot etgach asl vatanlari Qipchoq dashtiga qaytishgan. Qipchoq dashtida mang‘itlar ulug‘i Numonbek edi. Ikki yildan so‘ng Ubaydullaxon bilan yana Movarounnahrga qaytib kelishgan. Bu davrda mang‘itlar oqsoqoli (ulug‘i) Jonibek edi. Ular Samarqandning Konko‘l (Konigil) qoruqiga joylashganlar. So‘ng Qarshiga kelib o‘rnashdi”.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Tarixiy hujjatlar saqlanadigan joy nima deb ataladi?
  1. Arxiv
  2. Kutubxona
  3. Devonxona
  4. Muzey

To‘g‘ri javob: Arxiv. Tarixiy hujjatlar saqlanadigan joy arxiv deyiladi.

Hasanbek Rumluning “Eng go‘zal tarix” asari qaysi asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag‘ishlangan?
  1. XVI asrning
  2. XIX asrning
  3. XV asrning
  4. XVIII asrning

To‘g‘ri javob: XVI asrning. Hasanbek Rumlu asari XVI asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag‘ishlangan.

Tarixchi Hasanbek Rumluning XVI asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag‘ishlangan asari qanday nomlanadi?
  1. Firdavs ul-iqbol
  2. Shohidi iqbol
  3. Eng go‘zal tarix
  4. Shajarayi turk

To‘g‘ri javob: Eng go‘zal tarix. Hasanbek Rumlu asari “Eng go‘zal tarix” deb nomlanadi.

Munisning “Firdavs ul-iqbol” tarixiy asari Eltuzarxon topshirig‘i bilan qaysi yilda yozilgan?
  1. 1816-yilda
  2. 1786-yilda
  3. 1806-yilda
  4. 1796-yilda

To‘g‘ri javob: 1806-yilda. Munisning “Firdavs ul-iqbol” asari 1806-yilda Eltuzarxon topshirig‘i bilan yozilgan.

Yusufbek Bayoniy Xiva xonligining qaysi yillardagi tarixini yozgan?
  1. 1862–1901-yillardagi
  2. 1842–1881-yillardagi
  3. 1872–1911-yillardagi
  4. 1882–1921-yillardagi

To‘g‘ri javob: 1872–1911-yillardagi. Bayoniy Xiva xonligining 1872–1911-yillardagi tarixini yozgan.

Yusufbek Bayoniy Xiva xoni Asfandiyorxon topshirig‘i bilan o‘z asarini qaysi yilda yaratgan?
  1. 1892-yilda
  2. 1902-yilda
  3. 1922-yilda
  4. 1912-yilda

To‘g‘ri javob: 1912-yilda. Bayoniy asarni 1912-yilda Asfandiyorxon topshirig‘i bilan yaratgan.

Hasanbek Rumluning “Eng go‘zal tarix” asari qaysi hudud va davr tarixiga bag‘ishlangan?
  1. XIX asr oxiridagi Buxoro amirligi tarixiga
  2. XVI asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga
  3. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi Qo‘qon tarixiga
  4. XVII asrdagi Ashtarxoniylar sulolasi tarixiga

To‘g‘ri javob: XVI asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga. Asar XVI asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag‘ishlangan.

Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asari qaysi mavzuda qimmatli ma’lumot beradi?
  1. Xiva xonligining soliq tizimi
  2. Xorazmning sug‘orilish tarixi
  3. Turkiy qabilalar shajarasi
  4. Qo‘qon xonligining harbiy tuzilishi

To‘g‘ri javob: Turkiy qabilalar shajarasi. Asar turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTurkistonning uch xonlikka bo‘linib ketishi va uning oqibatlariKeyingi →O‘zbekiston tarixiga oid ayrim muhim sanalar