XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun · 16–21-m.

Vazirlar Mahkamasining vakolatlari (2/2)

Moddalar

16-modda. Vazirlar Mahkamasining tashqi siyosatni amalga oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari

Vazirlar Mahkamasi:

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, hukumatlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash choralarini ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi;

o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek ushbu shartnomalarning boshqa ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradi;

O‘zbekistonning xorijdagi jismoniy va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning faoliyati tashkil etilishini ta’minlaydi.

17-modda. Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vakolatlari

Vazirlar Mahkamasi:

investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

samarali bojxona-tarif siyosatini olib boradi, eksport qiluvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi, zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi;

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida rahbarlikni amalga oshiradi;

O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini kengaytirish, milliy iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlash va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘radi;

o‘z vakolatlari doirasida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, moliya institutlari va boshqa ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy tizimlar doirasida hamkorlikni rivojlantiradi hamda unda O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ilgari suradi;

oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha investitsiya loyihalari hamda amaliy tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini ishlab chiqadi;

chet eldan olinadigan kreditlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini beradi;

O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

18-modda. Vazirlar Mahkamasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi vakolatlari

Vazirlar Mahkamasi:

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

axborot jamiyatini shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimi joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

davlat funksiyalarini amalga oshirishni raqamlashtirish orqali elektron davlat xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlari spektrini kengaytirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish choralarini amalga oshiradi;

axborot xavfsizligini va axborot muhofazasini ta’minlash, tarmoqlarni, dasturiy mahsulotlarni, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish choralarini ko‘radi.

19-modda. Vazirlar Mahkamasining jamoat tartibini saqlash, davlat xavfsizligini va mudofaa qobiliyatini ta’minlash sohasidagi vakolatlari

Vazirlar Mahkamasi:

davlat xavfsizligini va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hamkorligini ta’minlaydi;

davlat harbiy tashkilotining mudofaa vazifalarini hal etish uchun zarur moliyaviy, moddiy va boshqa resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama ta’minlash, mudofaa manfaatlarini ko‘zlab mamlakat hududini tezkorlik bilan jihozlash masalalarini hal etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qurol-yarog‘, harbiy texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishi hamda ta’minlanishini tashkil etadi;

davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

xorijiy davlatlar bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘radi;

mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligini tashkil etadi, fuqaro muhofazasiga rahbarlikni amalga oshiradi.

20-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga rahbarlik qilish

Vazirlar Mahkamasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘zlari olib borayotgan davlat siyosatining sifatli va samarali amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasi oldida javobgardir.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy hamda boshqa hujjatlarning, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama ishlab chiqilishi, shuningdek ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashkiliy tuzilmasi, shtat birliklari va rahbar o‘rinbosarlarining soni hamda faoliyat yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

20-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga rahbarlik qilish (davomi)

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining alohida yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatchilari ushbu organlar rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hay’atlarining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi maqsadli vazifalarning bajarilishini vazirliklarning va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarning bajarilishini baholashning asosiy mezonlarini hisobga olgan holda ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining asosiy mezonlarda ko‘rsatilgan maqsadli vazifalarning bajarilishi hamda ularga erishilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini tizimli ravishda eshitadi.

Vazirlar Mahkamasi zarurat bo‘lganda davlat boshqaruvining o‘z vakolatiga kiruvchi ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, vazirliklarga va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga berishi mumkin.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

21-modda. Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi

Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.

Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqini qonun loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasi o‘zi kiritgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini tayinlaydi.

Bilimingizni sinang

«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun — 16-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Vazirlar Mahkamasining budjet, moliya va soliq sohasidagi vakolatlari
  2. Bosh vazir
  3. Vazirlar Mahkamasining tashqi siyosatni amalga oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari
  4. Vazirlar Mahkamasining hududlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasining tashqi siyosatni amalga oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari. 16-modda: Vazirlar Mahkamasining tashqi siyosatni amalga oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari.

«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun: «Vazirlar Mahkamasining tashqi siyosatni amalga oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 22-modda
  2. 11-modda
  3. 14-modda
  4. 16-modda

To‘g‘ri javob: 16-modda. 16-modda: Vazirlar Mahkamasining tashqi siyosatni amalga oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari.

Vazirlar Mahkamasi tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining qaysi masalasini ta’minlaydi?
  1. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini
  2. Faqat xorijiy davlatlar bilan viza rejimini
  3. Faqat xalqaro sudlardagi ishtirokini
  4. Xorijiy fuqarolarni saylovlarda ishtirok ettirishni

To‘g‘ri javob: Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini. 16-moddaga ko‘ra, Hukumat O‘zbekistonning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar bo‘yicha qanday ishlarni amalga oshiradi?
  1. Shartnomalarni faqat Prezident nomidan tuzadi, O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi va boshqa ishtirokchilarning majburiyatlari ijrosini kuzatib boradi
  2. Shartnomalarni tuzadi, O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi va boshqa ishtirokchilarning majburiyatlari bajarilishini kuzatib boradi
  3. Shartnomalarni tuzadi hamda O‘zbekiston majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi, boshqa ishtirokchilar ijrosini esa Tashqi ishlar vazirligi kuzatadi
  4. Shartnomalarni tuzmaydi, faqat O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi va boshqa ishtirokchilarning majburiyatlari bajarilishini kuzatib boradi

To‘g‘ri javob: Shartnomalarni tuzadi, O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi va boshqa ishtirokchilarning majburiyatlari bajarilishini kuzatib boradi. 16-moddaga ko‘ra, Hukumat xalqaro shartnomalarni tuzadi, majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi va boshqa ishtirokchilarning bajarishini kuzatadi.

Oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha investitsiya loyihalari hamda amaliy tadbirlar rejalari qanday nom bilan yuritiladi?
  1. tuzilma sxemalari
  2. konsepsiyalar
  3. yo‘l xaritalari
  4. jadval-grafiklar

To‘g‘ri javob: yo‘l xaritalari. Tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalari “yo‘l xaritalari” deb yuritiladi.

«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun — 17-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy sohadagi vakolatlari
  2. Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi
  3. Vazirlar Mahkamasining tashqi siyosatni amalga oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari
  4. Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vakolatlari

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vakolatlari. 17-modda: Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vakolatlari.

«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun: «Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vakolatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 16-modda
  2. 17-modda
  3. 21-modda
  4. 12-modda

To‘g‘ri javob: 17-modda. 17-modda: Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vakolatlari.

Chet eldan olinadigan kreditlar uchun kim kafolat beradi va bu qaysi organning vakolatiga kiradi?
  1. Prezident, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kafolatlarini berish orqali
  2. Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kafolatlarini berish orqali
  3. Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining kafolatlarini berish orqali
  4. Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini berish orqali

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini berish orqali. 17-moddaga ko‘ra, Hukumat chet eldan olinadigan kreditlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini beradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiVazirlar Mahkamasining vakolatlari (1/2)Keyingi →Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish (1/2)