Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari (1/2)
Ii Bo‘Lim. Mehnat Sohasidagi Ijtimoiy Sheriklik
48-modda. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimi
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimini boshlang‘ich, hududiy, tarmoq va respublika darajalarida tuziladigan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar tashkil etadi.
Xodimlar va (yoki) ish beruvchilar tomonidan vakolat berilgan bir necha vakillar mavjud bo‘lgan taqdirda, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar tarkibi mutanosib vakillik prinsipi asosida, taqdim etilayotgan xodimlar va ish beruvchilarning soniga qarab shakllantiriladi.
49-modda. Boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya
Boshlang‘ich darajada xodimlar va ish beruvchining teng sonli vakillaridan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya tuziladi.
Taraflarning har biridan bo‘lgan vakillarning son jihatidan tarkibi ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Ish beruvchi vakillarining shaxsiy tarkibi ish beruvchining buyrug‘i bilan, kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillarining shaxsiy tarkibi esa kasaba uyushmasi qo‘mitasining qarori bilan tasdiqlanadi.
50-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar
Xodimlar va ish beruvchilarning teng sonli vakillaridan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama yoxud uch tomonlama hududiy komissiyalar tuzilishi mumkin.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hududiy komissiya tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning hududiy birlashmalari vakillari kiradi.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama hududiy komissiya xodimlar va ish beruvchilarning hududiy birlashmalari taklifi asosida tuziladi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama hududiy komissiya tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning hududiy birlashmalari vakillari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari kiradi.
Taraflarning har biridan bo‘lgan vakillarning son jihatidan tarkibi taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Xodimlar vakillarining shaxsiy tarkibi xodimlarning tegishli hududiy birlashmasi tomonidan, ish beruvchilar vakillarining shaxsiy tarkibi ish beruvchilarning hududiy birlashmasi tomonidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi vakillarining shaxsiy tarkibi esa ushbu organ rahbari tomonidan belgilanadi.
51-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha tarmoq komissiyalari
Tarmoq darajasida xodimlar va ish beruvchilarning teng sonli vakillaridan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama yoxud uch tomonlama komissiyalar tuzilishi mumkin.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama tarmoq komissiyasi tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning tarmoq birlashmalari vakillari kiradi.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama tarmoq komissiyasi xodimlar va ish beruvchilarning tarmoq birlashmalari taklifi asosida tuziladi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama tarmoq komissiyasi tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning tarmoq birlashmalari vakillari, shuningdek tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari kiradi. Tegishli tarmoqdagi davlat respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ish beruvchilar sifatida ish yuritgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama tarmoq komissiyasida ishtirok etadi.
Taraflarning har biridan bo‘lgan vakillarning son jihatidan tarkibi taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Xodimlar vakillarining shaxsiy tarkibi xodimlarning tegishli tarmoq birlashmasi tomonidan, ish beruvchilar vakillarining shaxsiy tarkibi ish beruvchilarning tarmoqdagi birlashmasi, tegishli tarmoq respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillarining shaxsiy tarkibi esa ushbu organ rahbari tomonidan belgilanadi.
52-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi
Respublika darajasida xodimlar va ish beruvchilarning teng sonli vakillaridan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiya tuziladi.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning respublika birlashmalari vakillari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari kiradi.
Taraflarning har biridan bo‘lgan vakillarning son jihatidan tarkibi taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Xodimlar vakillarining shaxsiy tarkibi xodimlarning respublika birlashmalari tomonidan, ish beruvchilar vakillarining shaxsiy tarkibi ish beruvchilarning respublika birlashmalari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillarining shaxsiy tarkibi esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan belgilanadi.
53-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar vakolatlarining muddati
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlardir. Komissiyalar vakolatlarining muddati tegishli jamoa kelishuvini yoki jamoa shartnomasini tayyorlash va uning amal qilish muddatiga belgilanadi.
Taraflar tomonidan yangi jamoa kelishuvini, jamoa shartnomasini tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ular ushbu Kodeksning 48 — 51-moddalarida nazarda tutilgan tartibda yangidan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha tegishli komissiyalarni tuzadi. Bunda, agar ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya ishining yakunlariga ko‘ra tegishli taraf avvalgi komissiya tarkibida bo‘lgan shaxslarning faoliyatini qoniqarli deb topgan bo‘lsa, tegishli tarafning qarori bilan komissiya tarkibiga ushbu shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 48-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xodimlar vakillarining huquqlari
- Xodimlarning vakilligi
- Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimi
- Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllari
To‘g‘ri javob: Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimi. 48-modda: Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimi.
Mehnat kodeksi: «Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimi» qaysi moddada belgilangan?
- 48-modda
- 43-modda
- 41-modda
- 42-modda
To‘g‘ri javob: 48-modda. 48-modda: Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimini nima tashkil etadi?
- Boshlang‘ich, hududiy, tarmoq va respublika darajalarida tuziladigan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar
- Faqat hududiy va respublika darajalarida tuziladigan mehnat sudlari hamda ularning hakamlik komissiyalari
- Mehnat inspeksiyalari, prokuratura va ichki ishlar organlari qoshida tuziladigan ijtimoiy-mehnat kengashlari
- Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar kengashlari qoshida tuziladigan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha qo‘mitalar
To‘g‘ri javob: Boshlang‘ich, hududiy, tarmoq va respublika darajalarida tuziladigan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar. 48-modda: ijtimoiy sheriklik organlari tizimini boshlang‘ich, hududiy, tarmoq va respublika darajalaridagi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar tashkil etadi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, vakolat berilgan bir necha vakillar mavjud bo‘lsa, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar tarkibi qaysi prinsip asosida shakllantiriladi?
- Navbatma-navbat vakillik prinsipi
- Mutanosib vakillik prinsipi
- Teng vakillik prinsipi
- Yoshi bo‘yicha vakillik prinsipi
To‘g‘ri javob: Mutanosib vakillik prinsipi. 48-modda: komissiyalar tarkibi mutanosib vakillik prinsipi asosida, xodimlar va ish beruvchilar soniga qarab shakllantiriladi.
Mehnat kodeksi — 49-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi
- Boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya
- Ish beruvchilarning vakillari
- Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar
To‘g‘ri javob: Boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya. 49-modda: Boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya.
Mehnat kodeksi: «Boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya» qaysi moddada belgilangan?
- 46-modda
- 50-modda
- 49-modda
- 52-modda
To‘g‘ri javob: 49-modda. 49-modda: Boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, boshlang‘ich darajada ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha qanday komissiya tuziladi?
- Uch tomonlama komissiya, mahalliy hokimiyat va kasaba uyushmasi vakillaridan iborat
- Faqat ish beruvchi vakillaridan iborat komissiya, xodimlar vakillarisiz tuziladi
- Xodimlar va ish beruvchining teng sonli vakillaridan ikki tomonlama komissiya
- Mahalliy hokimiyat vakillari ishtirokidagi uch tomonlama komissiya, xodimlarsiz
To‘g‘ri javob: Xodimlar va ish beruvchining teng sonli vakillaridan ikki tomonlama komissiya. 49-modda: boshlang‘ich darajada xodimlar va ish beruvchining teng sonli vakillaridan ikki tomonlama komissiya tuziladi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, boshlang‘ich darajadagi komissiyada taraflarning har biridan bo‘lgan vakillarning son jihatidan tarkibi qanday belgilanadi?
- Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, ish beruvchi roziligisiz
- Mehnat inspektorining ko‘rsatmasiga ko‘ra, kasaba uyushmasisiz
- Xodimlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, ish beruvchisiz
- Ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuviga ko‘ra
To‘g‘ri javob: Ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuviga ko‘ra. 49-modda: vakillarning son jihatidan tarkibi ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuviga ko‘ra belgilanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash