XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 60–64-m.

Jamoaviy muzokaralar

Ii Bo‘Lim. Mehnat Sohasidagi Ijtimoiy Sheriklik

60-modda. Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo‘lgan huquq

Ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi jamoaviy muzokaralar tashabbuskori bo‘lishi mumkin.

Avvalgi jamoa kelishuvining, jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida yoki ushbu hujjatlarda belgilangan muddatlarda ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi boshqa tarafga yangi jamoa kelishuvini, jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlash to‘g‘risida yozma xabar yuborishga haqlidir.

Ish beruvchilarning manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar, shuningdek ish beruvchilar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, siyosiy partiyalar tashkil etgan yoki moliyalashtiradigan tashkilotlar yoxud organlar tomonidan xodimlar nomidan jamoaviy muzokaralar olib borilishiga hamda jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijtimoiy sheriklik taraflari tegishli so‘rov olingan kundan e’tiboran ikki haftadan kechiktirmay jamoaviy muzokaralar olib borish uchun zarur bo‘lgan o‘zidagi mavjud axborotni bir-biriga taqdim etishi kerak.

Jamoaviy muzokaralar ishtirokchilari, jamoaviy muzokaralar olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shaxslar olingan ma’lumotlarni, agar ushbu ma’lumotlar davlat sirlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli bo‘lsa, oshkor qilmasligi lozim.

61-modda. Jamoaviy muzokaralar boshlanadigan sana

Jamoaviy muzokaralar boshlanishi to‘g‘risida bildirishnoma olgan ijtimoiy sheriklik tarafi yetti kunlik muddatda tashabbuskorga jamoaviy muzokaralar o‘tkazilishi haqida javob yuborgan holda jamoaviy muzokaralarga kirishishi shart. Agar taraflarning kelishuviga ko‘ra jamoaviy muzokaralar boshlanishining boshqa sanasi belgilanmagan bo‘lsa, jamoaviy muzokaralar o‘tkazish tashabbuskori tomonidan mazkur javob olingan kundan keyingi kun jamoaviy muzokaralar boshlanadigan kun bo‘ladi.

62-modda. Jamoaviy muzokaralar olib borish

Birlamchi, hududiy, tarmoq va respublika darajasidagi jamoaviy muzokaralar tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar tomonidan olib boriladi.

Jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi loyihalarini, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalarni, jamoa kelishuvlarini va jamoa shartnomasini bajarish haqidagi qarorlar loyihalarini, shuningdek jamoaviy muzokaralar predmeti bo‘lgan boshqa qarorlar loyihalarini tayyorlash uchun ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha hududiy, tarmoq va respublika komissiyalari ishchi guruhlar tuzadi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha boshlang‘ich darajadagi komissiyalar, zarurat bo‘lganda, ishchi guruhlar tuzishga haqli.

Ishchi guruhlar taraflar tengligi asosida ijtimoiy sheriklik taraflarining vakillaridan shakllantiriladi. Taraflarning har biri ishchi guruhdagi o‘z vakillarining shaxsiy tarkibini mustaqil ravishda belgilaydi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra ishchi guruh tarkibiga maslahat ovozi berish huquqiga ega bo‘lgan mustaqil olimlar, ekspertlar, mutaxassislar shartnoma asosida kiritilishi mumkin.

63-modda. Jamoaviy muzokaralar jarayonida yuzaga kelgan ixtiloflarni hal etish

Agar jamoaviy muzokaralar jarayonida jamoaviy muzokaralar taraflari muzokaralar predmeti bo‘lgan ayrim masalalar yuzasidan kelishuvga erisha olmagan bo‘lsa, ular ixtiloflarga sabab bo‘lmagan masalalarga doir kelishuvni rasmiylashtiradi va bir vaqtning o‘zida kelishuvga erishib bo‘lmagan masalalar bo‘yicha ixtiloflar bayonnomasini tuzadi.

Agar jamoaviy muzokaralar jarayonida muzokaralar predmeti bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan kelishilgan qaror qabul qilinmagan bo‘lsa ham muzokaralar taraflari ixtiloflar bayonnomasini tuzadi.

Ixtiloflar bayonnomasida taraflarning ixtiloflarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan choralar va jamoaviy muzokaralarni qayta tiklash muddatlari to‘g‘risidagi kelishib olingan takliflari ko‘rsatiladi.

Taraflar jamoaviy muzokaralarni qayta tiklash chog‘ida hal qila olmagan ixtiloflarni hal etishga (tartibga solishga) doir nizolar ushbu Kodeksda jamoaviy mehnat nizolarini hal etish uchun belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

64-modda. Jamoaviy muzokaralarda ishtirok etadigan shaxslarga beriladigan kafolatlar va kompensatsiyalar

Jamoaviy muzokaralarda, jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etadigan shaxslar asosiy ishidan taraflarning kelishuvi bilan belgilanadigan muddatga, o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ozod etiladi.

Jamoaviy muzokaralarda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda kompensatsiya qilinadi. Agar jamoa kelishuvida, jamoa shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lmasa, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning xizmatlariga haq to‘lash taklif qiluvchi taraf tomonidan amalga oshiriladi.

Jamoaviy muzokaralarda ishtirok etadigan xodimlarning vakillari bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu muzokaralar olib borilayotgan davrda bekor qilishga, shuningdek ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llashga yoki ularni boshqa ishga o‘tkazishga ularning vakillik qilishiga vakolat bergan organning oldindan roziligini olmasdan yo‘l qo‘yilmaydi.

Bilimingizni sinang

Jamoa shartnomasi amal qilish muddati tugashiga qadar qancha vaqt ichida taraf yangi shartnoma tuzish bo‘yicha muzokara boshlash haqida yozma xabar yuborishga haqli?
  1. Olti oy
  2. Uch oy
  3. Ikki oy
  4. Bir oy

To‘g‘ri javob: Uch oy. Amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida har qanday taraf muzokara boshlash haqida yozma xabar yuborishga haqli.

Mehnat kodeksi — 60-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi
  2. Jamoaviy muzokaralar olib borish
  3. Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo‘lgan huquq
  4. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya a’zosining faoliyatini tugatish yoki uni vaqtincha almashtirish

To‘g‘ri javob: Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo‘lgan huquq. 60-modda: Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo‘lgan huquq.

Mehnat kodeksi: «Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo‘lgan huquq» qaysi moddada belgilangan?
  1. 60-modda
  2. 62-modda
  3. 54-modda
  4. 67-modda

To‘g‘ri javob: 60-modda. 60-modda: Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo‘lgan huquq.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, jamoaviy muzokaralar tashabbuskori kim bo‘lishi mumkin?
  1. Ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi
  2. Faqat ish beruvchi
  3. Faqat kasaba uyushmasi qo‘mitasi
  4. Faqat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi

To‘g‘ri javob: Ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi. 60-modda: ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi jamoaviy muzokaralar tashabbuskori bo‘lishi mumkin.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, taraf yangi jamoa shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlash haqida yozma xabarni avvalgi shartnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qachon yuborishga haqli?
  1. Bir yil ichida
  2. Uch oy ichida
  3. Muddat tugagandan keyin
  4. Olti oy ichida

To‘g‘ri javob: Uch oy ichida. 60-modda: muddat tugaguniga qadar uch oy ichida yoki hujjatlarda belgilangan muddatlarda yozma xabar yuborishga haqli.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, ijtimoiy sheriklik taraflari tegishli so‘rov olingan kundan boshlab muzokaralar uchun zarur axborotni bir-biriga qancha muddatda taqdim etishi kerak?
  1. Ikki oydan kechiktirmay
  2. Uch kundan kechiktirmay
  3. Ikki haftadan kechiktirmay
  4. Yetti kundan kechiktirmay

To‘g‘ri javob: Ikki haftadan kechiktirmay. 60-modda: so‘rov olingan kundan e’tiboran ikki haftadan kechiktirmay axborot taqdim etiladi.

Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan jamoat tashkiloti ishchilar nomidan “Sifat” korxonasi bilan jamoaviy muzokaralar olib borib, jamoa shartnomasi tuzmoqchi. Mehnat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Bu mumkin, agar ish beruvchi rozi bo‘lsa, chunki hokimlik tashkil etgan tashkilot ham xodimlar nomidan muzokaralar olib borishi mumkin
  2. Bu mumkin, agar hokim ruxsat bersa, chunki hokimlik tashkil etgan jamoat tashkiloti xodimlar nomidan muzokaralar olib borishga haqli
  3. Bu mumkin, agar jamoa shartnomasi bir yil muddatga tuzilsa, chunki bunday cheklov muddatli shartnomalarga tatbiq etilmaydi va xodimlar rozi bo‘lsa
  4. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkil etgan tashkilotlar tomonidan xodimlar nomidan muzokaralar olib borilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

To‘g‘ri javob: Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkil etgan tashkilotlar tomonidan xodimlar nomidan muzokaralar olib borilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 60-modda: mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkil etgan yoki moliyalashtiradigan tashkilotlar xodimlar nomidan muzokara olib borishi mumkin emas.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, jamoaviy muzokaralar ishtirokchilari olingan ma’lumotlar bo‘yicha qanday majburiyatga ega?
  1. Ma’lumot davlat sirlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli bo‘lsa, uni oshkor qilmasligi lozim
  2. Barcha ma’lumotni, shu jumladan davlat sirlarini ham, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi lozim
  3. Ma’lumotni faqat o‘z manfaati uchun ishlatishi lozim va uni boshqa taraflarga oshkor qilmasligi shart emas
  4. Ma’lumotni qonun bilan qo‘riqlanadigan sirga taalluqli bo‘lsa ham, uchinchi shaxslarga haq evaziga sotishi mumkin

To‘g‘ri javob: Ma’lumot davlat sirlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli bo‘lsa, uni oshkor qilmasligi lozim. 60-modda: davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga oid ma’lumotlar oshkor qilinmaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari (2/2)Keyingi →Jamoa shartnomasi (1/2)