Jamoa shartnomasi (1/2)
Ii Bo‘Lim. Mehnat Sohasidagi Ijtimoiy Sheriklik
65-modda. Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli
Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir.
Jamoa shartnomasi umuman tashkilotda, uning alohida bo‘linmalarida tuzilishi mumkin.
Tashkilotning alohida bo‘linmasida jamoaviy muzokaralar o‘tkazish, ish beruvchi nomidan jamoa shartnomasini imzolash uchun ish beruvchi ushbu alohida bo‘linma rahbariga yoki boshqa shaxsga ushbu Kodeksning 46-moddasiga muvofiq zarur vakolatlar beradi.
Tashkilotning alohida bo‘linmasida jamoaviy muzokaralarni o‘tkazish, jamoa shartnomasini imzolash chog‘ida xodimlar manfaatlarini ifoda etish huquqi ushbu bo‘linma xodimlarining vakillariga beriladi.
Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
66-modda. Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish
Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risidagi qaror va uni tuzish masalasi bo‘yicha jamoaviy muzokaralar boshlash to‘g‘risidagi taklif istalgan tarafdan berilishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 49-moddasida belgilangan tartibda jamoaviy muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya tuziladi.
67-modda. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi
Jamoa shartnomasining mazmunini va tuzilishini uning taraflari belgilaydi.
Jamoa shartnomasiga ish beruvchining va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;
narxlarning o‘zgarishidan, inflyatsiya darajasidan, jamoa shartnomasida belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
xodimlarning bandligi, ularni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ishdan bo‘shatish shartlari;
ish vaqti va dam olish vaqtining, ta’tillarning davomiyligi;
xodimlarning, shu jumladan ayollarning, nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
tashkilotni, idoraga qarashli uy-joyni xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlarini hisobga olish;
ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan xodimlar uchun imtiyozlar;
ixtiyoriy tibbiy va ijtimoiy sug‘urta;
ish beruvchi tomonidan xodimlarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari;
jamoa shartnomasining bajarilishi ustidan nazorat qilish, taraflarning javobgarligi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatishi uchun normal sharoitlar bilan ta’minlash.
67-modda. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi (davomi)
Tashkilotning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda, jamoa shartnomasida boshqa shartlar, shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar hamda qoidalarga nisbatan imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga ustamalar, muddatidan oldin pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlarini kompensatsiya qilish, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bepul yoki qisman haq to‘lanadigan tarzda ovqatlantirish, uyali aloqa, Internet jahon axborot tarmog‘i uchun haq to‘lash, oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qitish uchun ssudalar to‘lash va haq to‘lash, boshqa qo‘shimcha imtiyozlar va kompensatsiyalar) ham bo‘lishi mumkin.
Agar qonunchilikda qoidalar jamoa shartnomasida albatta mustahkamlab qo‘yilishi shartligi to‘g‘risidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, ushbu qoidalar jamoa shartnomasiga kiritiladi.
68-modda. Jamoa shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi
Jamoa shartnomasida quyidagi shartlar bo‘lmasligi kerak:
xodimlarning holatini mazkur xodimlarga tatbiq etiladigan qonunchilikka yoki jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiradigan;
mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
majburiy mehnatni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
ichki darajada hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalardan tashqariga chiqadigan.
Agar jamoa shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bo‘lsa, bunday shartlar haqiqiy emasdir. Jamoa shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi jamoa shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.
69-modda. Jamoa shartnomasining loyihasini muhokama qilish
Jamoa shartnomasining loyihasi tashkilotning bo‘linmalarida xodimlar tomonidan muhokama qilinishi lozim hamda kelib tushgan takliflar va mulohazalar hisobga olingan holda ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan maromiga yetkaziladi.
Jamoa shartnomasining loyihasi jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish uchun tegishli kasaba uyushmalariga, ularning birlashmalariga, bo‘linmalarga va kasaba uyushmalari qo‘mitalariga taqdim etilishi mumkin.
Jamoa shartnomasining maromiga yetkazilgan loyihasi mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishiga (konferensiyasiga) ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
70-modda. Jamoa shartnomasini tuzish tartibi
Jamoa shartnomasi, agar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida (konferensiyasida) hozir bo‘lganlarning ellik foizidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, ma’qullangan hisoblanadi. Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma’qullanmasa, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya uni umumiy yig‘ilishning (konferensiyaning) takliflari va mulohazalariga muvofiq maromiga yetkazadi hamda o‘n besh kun ichida umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etadi.
Taraflar jamoa shartnomasi loyihasini ko‘rib chiqish chog‘ida hal qila olmagan ixtiloflarni hal etish bo‘yicha nizolar jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) uchun belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Jamoa shartnomasi mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida (konferensiyasida) ma’qullanganidan keyin taraflarning vakillari uch kun ichida jamoa shartnomasini imzolaydi.
71-modda. Jamoa shartnomasining kuchga kirishi va amal qilish muddati
Jamoa shartnomasi imzolangan kundan e’tiboran yoki jamoa shartnomasida belgilangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va shartnomada nazarda tutilgan muddat ichida, biroq ko‘pi bilan uch yil amal qiladi. Mazkur muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguniga yoki amaldagi jamoa shartnomasini o‘zgartirguniga, to‘ldirguniga qadar amal qiladi. Taraflar jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uni uzaytirishi mumkin.
72-modda. Jamoa shartnomasi amal qilishining shaxslar doirasi bo‘yicha tatbiq etilishi
Jamoa shartnomasining amal qilishi ish beruvchiga va tashkilotning barcha xodimlariga, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan, tashkilotning alohida bo‘linmasida tuzilgan jamoa shartnomasining amal qilishi esa tegishli bo‘linmaning barcha xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Jamoa shartnomasining amal qilishi jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan xodimlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 65-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo‘lgan huquq
- Jamoa shartnomasining loyihasini muhokama qilish
- Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli
- Jamoa shartnomasini tuzish tartibi
To‘g‘ri javob: Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli. 65-modda: Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli.
Mehnat kodeksi: «Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli» qaysi moddada belgilangan?
- 60-modda
- 65-modda
- 69-modda
- 70-modda
To‘g‘ri javob: 65-modda. 65-modda: Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, jamoa shartnomasi qanday huquqiy hujjat?
- Xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjat
- Ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlariga nisbatan bir tomonlama chiqariladigan mehnat to‘g‘risidagi buyruq
- Mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga beriladigan va majburiy bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatma
- Mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan tasdiqlanadigan va taraflar uchun majburiy kelishuv bayonnomasi
To‘g‘ri javob: Xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjat. 65-modda: jamoa shartnomasi xodimlar o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, jamoa shartnomasi qanday shaklda tuziladi?
- Og‘zaki shaklda
- Yozma shaklda
- Faqat notarial tasdiqlangan shaklda
- Elektron xabar shaklida, qog‘ozsiz
To‘g‘ri javob: Yozma shaklda. 65-modda: jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Mehnat kodeksi — 66-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo‘lgan huquq
- Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish
- Jamoaviy muzokaralar olib borish
- Jamoaviy muzokaralar jarayonida yuzaga kelgan ixtiloflarni hal etish
To‘g‘ri javob: Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish. 66-modda: Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Mehnat kodeksi: «Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 60-modda
- 63-modda
- 62-modda
- 66-modda
To‘g‘ri javob: 66-modda. 66-modda: Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risidagi qaror va muzokaralar boshlash haqidagi taklifni kim berishi mumkin?
- Faqat mehnat inspeksiyasi
- Faqat ish beruvchi
- Faqat kasaba uyushmasi
- Istalgan taraf
To‘g‘ri javob: Istalgan taraf. 66-modda: taklif va qaror istalgan tarafdan berilishi mumkin.
Jamoa shartnomasiga qaysi yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘yicha majburiyatlar kiritilishi mumkin?
- O‘n sakkiz yoshga
- Yigirma yoshga
- O‘n olti yoshga
- O‘n besh yoshga
To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshga. Jamoa shartnomasiga o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash majburiyatlari kiritilishi mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash