Jamoa kelishuvlari (1/2)
Ii Bo‘Lim. Mehnat Sohasidagi Ijtimoiy Sheriklik
80-modda. Jamoa kelishuvlarining tushunchasi va shakli
Jamoa kelishuvi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, xodimlar uchun hududiy, tarmoq va respublika darajalarida taraflarning mehnat sharoitlarini, bandlikni hamda ijtimoiy kafolatlarni belgilashga doir majburiyatlarini o‘z ichiga olgan, xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini kelishib olish maqsadida tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir.
Jamoa kelishuvini tayyorlash, tuzish yoki o‘zgartirish yuzasidan jamoaviy muzokaralar o‘tkazish uchun ushbu Kodeksning 50 — 53-moddalarida belgilangan tartibda ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha hududiy, tarmoq va respublika komissiyalari tuziladi.
Jamoa kelishuvlari yozma shaklda tuziladi.
81-modda. Jamoa kelishuvlarining turlari
Tartibga solinadigan munosabatlar sohasiga qarab hududiy, tarmoq va bosh jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin.
Hududiy va tarmoq jamoa kelishuvlari ikki tomonlama yoki uch tomonlama bo‘lishi mumkin.
Ikki tomonlama jamoa kelishuvlari ushbu Kodeksning 42 va 46-moddalarida ko‘rsatilgan xodimlarning hamda ish beruvchilarning vakolatli vakillari o‘rtasida tuziladi.
Uch tomonlama jamoa kelishuvlari ushbu Kodeks 42 va 46-moddalarining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarning hamda ish beruvchilarning vakolatli vakillari va tegishli ijro etuvchi hokimiyat organi o‘rtasida tuziladi. Bunda ijro etuvchi hokimiyat organining ishtirok etishi xodimlar va ish beruvchilar vakolatli vakillarining taklifiga ko‘ra belgilanadi.
Bajarilishining moliyaviy ta’minoti tegishli budjetlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan majburiyatlarni o‘z ichiga olgan jamoa kelishuvlari tegishli vakolatli organning roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi.
Bosh jamoa kelishuvi uch tomonlama bo‘ladi hamda xodimlar va ish beruvchilarning respublika darajasidagi vakolatli vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida tuziladi.
Xodimlarning vakillari ish beruvchi yoki ish beruvchining vakili bo‘lmagan ijro etuvchi hokimiyat organidan ular bilan ikki tomonlama kelishuv tuzishni talab qilishga haqli emas.
82-modda. Hududiy jamoa kelishuvlari
Hududiy jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillik organlari o‘rtasida, taraflarning taklifiga ko‘ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan tuziladi.
Hududiy jamoa kelishuvlari xodimlarning tegishli hudud uchun umumiy bo‘lgan mehnat shartlarini, kafolatlari va imtiyozlarini belgilaydi.
83-modda. Tarmoq jamoa kelishuvlari
Tarmoq jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillari o‘rtasida, shuningdek taraflarning taklifiga ko‘ra tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ish beruvchilar sifatida ish yuritadigan hollarda tarmoq jamoa kelishuvlarining tarafi bo‘lib ishtirok etadi.
Tarmoq jamoa kelishuvlari tegishli tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, mehnat shartlarini va unga haq to‘lashni, tarmoq xodimlari uchun ijtimoiy kafolatlarni belgilaydi.
84-modda. Bosh jamoa kelishuvi
Bosh jamoa kelishuvi a’zolarining soni eng ko‘p bo‘lgan respublika kasaba uyushmalari birlashmasi, o‘z vakolatli vakillari orqali xodimlarning boshqa respublika birlashmalari, o‘z vakolatli vakillari orqali ish beruvchilarning respublika birlashmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida tuziladi.
Bosh jamoa kelishuvi O‘zbekiston Respublikasida kelishilgan holda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib borishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
85-modda. Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishi
Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi.
Jamoa kelishuvlarida:
mehnatga haq to‘lash, mehnat shartlari va mehnatni muhofaza qilish, mehnat va dam olish rejimi to‘g‘risidagi;
mehnatga haq to‘lashni narxlarning o‘zgarishlaridan, inflyatsiya darajasidan, jamoa kelishuvlarida belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda tartibga solish mexanizmi haqidagi;
eng kam miqdori qonunchilikda nazarda tutiladigan kompensatsiya tarzidagi qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘risidagi;
xodimlarning bandligiga, ularni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish haqidagi;
ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda ishlab chiqarishda xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risidagi;
xodimlarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha maxsus tadbirlar haqidagi;
davlat tashkilotlarini xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlari hisobga olinishi to‘g‘risidagi;
yuqoriroq darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar va boshqalar) uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etayotgan ish beruvchilarga beriladigan imtiyozlar haqidagi;
ijtimoiy sheriklikni va uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin.
85-modda. Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishi (davomi)
Jamoa kelishuvlarida qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir qoidalar bo‘lishi mumkin.
86-modda. Jamoa kelishuvlari shartlarining haqiqiy emasligi
Jamoa kelishuvlarida:
xodimlarning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, shuningdek amal qilishi ushbu xodimlarga nisbatan tatbiq etiladigan yuqoriroq darajadagi jamoa kelishuvlariga qaraganda yomonlashtiradigan;
mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
majburiy mehnatni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
ijtimoiy sheriklikning tegishli darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalardan tashqariga chiqadigan shartlar bo‘lmasligi kerak.
Agar jamoa kelishuvida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bo‘lsa, bunday shartlar haqiqiy emasdir. Jamoa kelishuvi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi jamoa kelishuvining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 80-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jamoa kelishuvlarining tushunchasi va shakli
- Jamoa kelishuvlari loyihalarini ishlab chiqish va ushbu kelishuvlarni tuzish tartibi
- Tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilayotganda jamoa shartnomasi amal qilishining saqlanib qolishi
- Jamoa kelishuvlari shartlarining haqiqiy emasligi
To‘g‘ri javob: Jamoa kelishuvlarining tushunchasi va shakli. 80-modda: Jamoa kelishuvlarining tushunchasi va shakli.
Mehnat kodeksi: «Jamoa kelishuvlarining tushunchasi va shakli» qaysi moddada belgilangan?
- 80-modda
- 87-modda
- 86-modda
- 75-modda
To‘g‘ri javob: 80-modda. 80-modda: Jamoa kelishuvlarining tushunchasi va shakli.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, jamoa kelishuvi qanday maqsadda tuziladi?
- Xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini kelishib olish maqsadida
- Ish beruvchining jinoiy javobgarligini aniqlash va unga nisbatan ayblov bildirish maqsadida
- Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish va soliq tushumlarini oshirish maqsadida
- Faqat kasaba uyushmalarining a’zolik badallarini belgilash va ularni undirish maqsadida
To‘g‘ri javob: Xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini kelishib olish maqsadida. 80-modda: jamoa kelishuvi xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini kelishib olish maqsadida tuziladi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, jamoa kelishuvlari qanday shaklda tuziladi?
- Og‘zaki shaklda
- Yozma shaklda
- Faqat elektron shaklda
- Notarial shaklda
To‘g‘ri javob: Yozma shaklda. 80-modda: jamoa kelishuvlari yozma shaklda tuziladi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, jamoa kelishuvini tayyorlash, tuzish yoki o‘zgartirish bo‘yicha jamoaviy muzokaralar o‘tkazish uchun qaysi komissiyalar tuziladi?
- Faqat boshlang‘ich darajadagi komissiyalar va tashkilotlardagi qo‘mitalar
- Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalar va sudlar huzuridagi hakamlik komissiyalari
- Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha hududiy, tarmoq va respublika komissiyalari
- Intizomiy komissiyalar va tashkilotlar huzuridagi tekshiruv komissiyalari
To‘g‘ri javob: Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha hududiy, tarmoq va respublika komissiyalari. 80-modda: muzokaralar uchun hududiy, tarmoq va respublika komissiyalari tuziladi.
Mehnat kodeksi — 81-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishi
- Jamoa shartnomasining bajarilishi ustidan nazorat
- Tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilayotganda jamoa shartnomasi amal qilishining saqlanib qolishi
- Jamoa kelishuvlarining turlari
To‘g‘ri javob: Jamoa kelishuvlarining turlari. 81-modda: Jamoa kelishuvlarining turlari.
Mehnat kodeksi: «Jamoa kelishuvlarining turlari» qaysi moddada belgilangan?
- 85-modda
- 81-modda
- 79-modda
- 75-modda
To‘g‘ri javob: 81-modda. 81-modda: Jamoa kelishuvlarining turlari.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, tartibga solinadigan munosabatlar sohasiga qarab jamoa kelishuvlarining qanday turlari tuzilishi mumkin?
- Boshlang‘ich, o‘rta va oliy kelishuvlar
- Tashkilot, filial va bo‘lim kelishuvlari
- Davlat, xususiy va aralash kelishuvlar
- Hududiy, tarmoq va bosh jamoa kelishuvlari
To‘g‘ri javob: Hududiy, tarmoq va bosh jamoa kelishuvlari. 81-modda: hududiy, tarmoq va bosh jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash