Ish beruvchi tomonidan bandlik va ishga joylashtirish sohasida taqdim etiladigan kafolatlar
Iii Bo‘Lim. Ishga Joylashtirish
97-modda. Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari
Ish beruvchining zimmasida bandlik va ishga joylashtirish sohasida quyidagi majburiyatlar bo‘ladi:
ushbu Kodeksning 166-moddasiga muvofiq xodimlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida axborot taqdim etish;
ushbu Kodeksning 119-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘ymaslik;
ushbu Kodeksning 99-moddasiga muvofiq ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga shaxslarni ishga joylashtirish;
ushbu Kodeksning 165-moddasiga muvofiq xodimlarni mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish;
ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq xodimning ish o‘rnini boshqa ishga o‘tkazish tartibida saqlash choralarini ko‘rish;
mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 100-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda o‘rtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qolish;
taklif etilgan shaxslarga ushbu Kodeksning 101-moddasiga muvofiq kafolatlar berish;
o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 102-moddasiga muvofiq alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan xodimlarni qayta ishga qabul qilish;
jamoa kelishuvlariga va jamoa shartnomasiga muvofiq qo‘shimcha kafolatlar berish.
Ish beruvchining zimmasida bandlik va ishga joylashtirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
98-modda. Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish chog‘idagi kafolatlar
Ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi sababli yoki tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutilayotgan xodimlar sonining ko‘rsatkichlaridan iboratdir.
Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- a) xodimlarining soni yigirma nafar va undan ortiq bo‘lgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo‘linmasini) tugatish;
- b) xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:
o‘ttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning;
oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq xodimning;
to‘qson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorlarni ushbu kechiktirish keltirib chiqargan yo‘qotishlarni ish beruvchiga bir vaqtning o‘zida qisman yoki to‘liq kompensatsiya qilish orqali olti oy muddatgacha to‘xtatib turishi mumkin.
Ish beruvchi xodimlarni kelgusida ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotni ushbu Kodeksning 166-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda mehnat organining hamda hududiy yoki tarmoq kasaba uyushmalari birlashmalarining e’tiboriga yetkazishi shart. Mehnat organlari mazkur axborotni olgach, ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rishi shart.
99-modda. Ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga joylashtirish
Ish beruvchi malaka talablari hisobga olingan holda zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan yuboriladigan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
Ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
100-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda o‘rtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qolish kafolatlari
Mehnat shartnomasi quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqining ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ko‘pi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi:
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;
xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga ko‘chishni rad etganligi;
xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holati bo‘yicha o‘ziga qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan boshqa ishga o‘tishni rad etganligi yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi;
texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi;
tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) o‘z ta’sischilari (ishtirokchilari) qaroriga ko‘ra tugatilganligi yoxud ta’sis hujjatlari bilan shunga vakolatli bo‘lgan yuridik shaxs organining qaroriga ko‘ra tugatilganligi;
bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi;
sudning tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirganligi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa bosh buxgalter vazifalarini amalga oshiruvchi xodim (bundan buyon matnda bosh buxgalter deb yuritiladi) bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilingan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi, bundan banklar sanatsiya qilingan taqdirda mehnat shartnomasining bekor qilinishi mustasno.
100-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda o‘rtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qolish kafolatlari (davomi)
Ushbu moddaning birinchi qismida ayrim toifadagi xodimlar uchun nazarda tutilgan kafolatlarni taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeks 494-moddasining beshinchi qismiga, 506-moddasining to‘rtinchi qismiga, 511-moddasining yettinchi qismiga, 518-moddasining yettinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xodimlarga uch oylik davr tugagach maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e’tirof etiladi.
Ish beruvchi to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan taqdirda, u bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan xodimlar ish haqi va o‘ziga tegishli boshqa to‘lovlar xususida boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadi.
Tugatilayotgan tashkilotlarda mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
101-modda. Taklif etilgan shaxslarga ishga joylashtirish sohasidagi qo‘shimcha kafolatlar
Basharti ish beruvchi ishga joylashtirish to‘g‘risidagi taklif bilan jismoniy shaxsga taklifnoma yuborgan bo‘lsa, ish beruvchi taklifnomaning amal qilish muddati davomida, agar taklifnomada muddat shartlashilmagan bo‘lsa, taklifnoma yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida ushbu shaxsni ishga qabul qilishni rad etishga haqli emas. Taklifnoma deganda ish beruvchining ushbu jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasini tuzish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, aniq ifodalangan rozilik bildirishi tushuniladi. Taklifnoma ish beruvchining tegishli vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari xodim qonunchilikda nazarda tutilgan barcha zarur tartib-taomillardan o‘tgan taqdirda chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
102-modda. Ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish tartibi
Davlat organlaridagi yoki xodimlarning vakillik organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan shaxslarga ularning saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa boshqa teng ish (lavozim) beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zolarini vakolatlari muddati tugaganidan keyin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilgan taqdirda ishga joylashtirish “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) xodim zaxiraga bo‘shatilganidan yoki iste’foga chiqarilganidan keyin, agar u ishga joylashish masalasi bo‘yicha ish beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay murojaat qilgan bo‘lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi.
Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan xodim, agar u harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kundan e’tiboran ko‘pi bilan uch oy o‘tgan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytish huquqiga ega.
102-modda. Ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish tartibi (davomi)
Tashkilot qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni tashkilotning huquqiy vorisi, tashkilot tugatilganda esa mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.
Xodimlarga ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan kafolatlarni berish imkoni bo‘lmagan hollarda mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirishni, zarur bo‘lganda esa ularni bepul kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi.
Ish beruvchi ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga ko‘ra ilgari o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni, basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran olti oy ichida tashkilotda xodim ilgari egallagan o‘sha mutaxassislik va malaka bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, ishga qabul qilishi shart.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 97-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari
- Jamoa kelishuvlarining kuchga kirishi va amal qilish muddati
- Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish sohasidagi qo‘shimcha kafolatlar
- Mehnat shartnomasining mazmuni
To‘g‘ri javob: Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari. 97-modda: Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari.
Mehnat kodeksi: «Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 97-modda
- 96-modda
- 104-modda
- 91-modda
To‘g‘ri javob: 97-modda. 97-modda: Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari.
Xodimlarining soni kamida nechta bo‘lgan tashkilotni tugatish xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezoni hisoblanadi?
- O‘n besh nafar va undan ortiq
- Ellik nafar va undan ortiq
- Yigirma nafar va undan ortiq
- O‘n nafar va undan ortiq
To‘g‘ri javob: Yigirma nafar va undan ortiq. Xodimlari soni yigirma nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotni yoki uning alohida bo‘linmasini tugatish ommaviy ishdan bo‘shatish mezonidir.
Ellik nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi ommaviy ishdan bo‘shatish mezoni bo‘lishi uchun qancha muddat ichida sodir bo‘lishi kerak?
- Yigirma kalendar kun
- Oltmish kalendar kun
- O‘ttiz kalendar kun
- Qirq besh kalendar kun
To‘g‘ri javob: O‘ttiz kalendar kun. O‘ttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi ommaviy ishdan bo‘shatish mezonlaridan biridir.
Mehnat kodeksi — 98-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga joylashtirish
- Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish chog‘idagi kafolatlar
- Taklif etilgan shaxslarga ishga joylashtirish sohasidagi qo‘shimcha kafolatlar
- Jamoa kelishuvlarini e’lon qilish
To‘g‘ri javob: Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish chog‘idagi kafolatlar. 98-modda: Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish chog‘idagi kafolatlar.
Mehnat kodeksi: «Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish chog‘idagi kafolatlar» qaysi moddada belgilangan?
- 98-modda
- 99-modda
- 92-modda
- 101-modda
To‘g‘ri javob: 98-modda. 98-modda: Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish chog‘idagi kafolatlar.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezoni hisoblanishi uchun unda kamida nechta xodim bo‘lishi kerak?
- yigirma nafar va undan ortiq
- o‘n nafar va undan ortiq
- ellik nafar va undan ortiq
- yuz nafar va undan ortiq
To‘g‘ri javob: yigirma nafar va undan ortiq. 98-moddaga ko‘ra, xodimlari soni yigirma nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotni tugatish ommaviy bo‘shatish mezoni hisoblanadi.
Mehnat kodeksiga muvofiq, o‘ttiz kalendar kun ichida nechta va undan ortiq xodim shtatining qisqarishi ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezoniga kiradi?
- yigirma nafar
- ellik nafar
- ikki yuz nafar
- besh yuz nafar
To‘g‘ri javob: ellik nafar. 98-moddaning b) bandiga ko‘ra, o‘ttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi mezon hisoblanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash