XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 113–122-m.

Mehnat shartnomasi (2/8)

Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar

113-modda. Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar

Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra muddatli mehnat shartnomasi:

mikrofirmalar yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lgan ish beruvchilarga ishga kirayotgan shaxslar bilan;

jismoniy shaxslar bo‘lgan ish beruvchilarga shaxsiy xizmat ko‘rsatish va uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha yordam berish maqsadida ishga kirayotgan shaxslar (uy ishchilari) bilan;

cho‘ldagi, baland tog‘li, aholisi kam bo‘lgan tumanlarda joylashgan tashkilotlarga ishga kirayotgan shaxslar bilan, agar bu ish joyiga ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lsa. Bunday tumanlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi;

halokatlar, avariyalar, baxtsiz hodisalar, epidemiyalar, epizootiyalarning oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish, shuningdek ushbu va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun;

madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar, shuningdek asarlarni yaratishda va (yoki) ijro etishda (namoyish etishda) ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda ishlar, kasblar, lavozimlarning tasdiqlanadigan ro‘yxatlariga muvofiq;

113-modda. Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar (davomi)

agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z tashkiliy-huquqiy shakllaridan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tashkilotlarning rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari, shuningdek ular alohida bo‘linmalarning rahbarlari bilan;

kunduzgi o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan;

o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar bilan tuzilishi mumkin.

Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra muddatli mehnat shartnomasi ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunga muvofiq o‘zga hollarda ham tuzilishi mumkin.

114-modda. Mehnat shartnomasining muddatini belgilash usullari

Muddatli mehnat shartnomasida uning muddati quyidagilar orqali belgilanishi mumkin:

mehnat shartnomasi muddatining umumiy davomiyligini kunlarda, oylarda, yillarda ko‘rsatish;

mehnat shartnomasi bo‘yicha ish boshlanadigan kalendar sanani va mehnat shartnomasining muddati tugaydigan kalendar sanani ko‘rsatish;

yuz berishi bilan mehnat shartnomasining muddati tugaydigan hodisani aniqlash (obyektni foydalanishga topshirish, o‘rniga ishlab turish vaqtiga boshqa xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).

115-modda. Mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishning bajarilishini talab qilishni taqiqlash

Ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:

agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishni bajarishni;

qonunga xilof bo‘lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, ularning sha’ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.

116-modda. Bir necha kasbda (lavozimda) ishlash, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish, ish hajmini ko‘paytirish, vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan ishdan ozod etilmagan holda bajarish

Xodimning roziligi bilan unga ish kunining (smenaning) belgilangan davomiyligi mobaynida xuddi o‘sha ish beruvchida qo‘shimcha haq evaziga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan asosiy ish bilan bir qatorda, asosiy ishidagi kabi aynan o‘sha kasb (lavozim) bo‘yicha yoki boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha ham qo‘shimcha ishni bajarish topshirilishi mumkin.

Xodimga topshirilayotgan qo‘shimcha ish quyidagilar vositasida bajarilishi mumkin:

xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan asosiy ishga nisbatan boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha qo‘shimcha ishni bajarayotgan hollarda bir necha kasbda (lavozimda) ishlash;

xodim asosiy ishidagi ayni o‘sha kasb (lavozim) bo‘yicha qo‘shimcha ishni bajarayotgan hollarda xizmat ko‘rsatish doiralarini kengaytirish yoki ishlar hajmini ko‘paytirish;

vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan, asosiy ishidagi ayni o‘sha kasb (lavozim) yoki boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha ishdan ozod etilmagan holda bajarish.

Xodim ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qo‘shimcha ishni qaysi muddat ichida bajaradigan bo‘lsa, o‘sha muddat, uning mazmuni va hajmi ish beruvchi hamda xodim o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha belgilanadi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodim tomonidan qo‘shimcha ishni bajarish muayyan muddatga yoxud nomuayyan muddatga belgilanishi mumkin. Xodimning zimmasiga vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan asosiy ishdan ozod etilmagan holda bajarishni yuklatish vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning o‘rniga ishlash muddati bilan chegaralanadi.

116-modda. Bir necha kasbda (lavozimda) ishlash, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish, ish hajmini ko‘paytirish, vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan ishdan ozod etilmagan holda bajarish (davomi)

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qo‘shimcha ishning xodim tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi kelishuvga mehnat shartnomasining taraflari xodimni ishga qabul qilishda yoki xodim tomonidan xuddi o‘sha ish beruvchida mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida erishishi mumkin. Agar xodim tomonidan ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ish doimiy asosda bajarilishi haqidagi kelishuvga mehnat shartnomasining taraflari xodimni ishga qabul qilish chog‘ida erishgan bo‘lsa, bu mehnat shartnomasida uning qo‘shimcha sharti sifatida ko‘rsatiladi. Agar xodim ushbu ish beruvchida mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida taraflar ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ish xodim tomonidan doimiy asosda bajarilishi to‘g‘risida kelishib olgan bo‘lsa, bunday kelishuv mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv tarzida rasmiylashtiriladi.

Xodimning ish beruvchi bilan kelishuvga ko‘ra belgilangan muddat mobaynida qo‘shimcha ishni bajarishga roziligi mehnat shartnomasiga o‘zgartishlar kiritilishini talab etmaydi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Xodim buyruqning matni bilan tanishtirilishi va rozi bo‘lgan taqdirda uni imzolashi kerak.

Vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini asosiy ishdan ozod etilmagan holda bajarishni shtatdagi uning o‘rnini bosadigan, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat shartnomasiga, mansab yo‘riqnomasiga muvofiq o‘z lavozim majburiyatlariga vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish kiradigan shaxs zimmasiga yuklatish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, majburiyatlarni vaqtincha bajarish zimmasiga yuklatilayotgan xodimning biror-bir qo‘shimcha roziligini olishni talab etmaydi hamda qo‘shimcha ravishda haq to‘lanmaydi.

116-modda. Bir necha kasbda (lavozimda) ishlash, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish, ish hajmini ko‘paytirish, vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan ishdan ozod etilmagan holda bajarish (davomi)

Uch ish kunidan kechiktirmay boshqa tarafni yozma shaklda ogohlantirgan holda xodim qo‘shimcha ishni bajarishni muddatidan oldin rad etish, ish beruvchi esa uni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqlarni muddatidan oldin bekor qilish huquqiga ega. Bu qoida ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan holga nisbatan tatbiq etilmaydi.

117-modda. Ish bilan bog‘liq hujjatlarni va ularning ko‘chirma nusxalarini berish

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish beruvchi ariza berilgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay xodimga ish bilan bog‘liq hujjatlarni (ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqlarning ko‘chirma nusxalarini; mehnat daftarchasidan yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmalarni; ish haqi to‘g‘risidagi, hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatan to‘langan soliqlar va yig‘imlar haqidagi, mazkur ish beruvchida ishlash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni va boshqalarni) berishi shart.

Mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda xodimga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma berish, shuningdek xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berish ushbu Kodeksning 171-moddasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.

Ish bilan bog‘liq hujjatlarning ko‘chirma nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri (u mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Ish bilan bog‘liq hujjatlar va ularning ko‘chirma nusxalari xodimga bepul beriladi.

2-§. Mehnat shartnomasini tuzish

118-modda. Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh

Ishga qabul qilishga ushbu Kodeksning 20-moddasiga muvofiq shaxslar mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lishi bilan, o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, o‘qitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ishga qabul qilishga — ular o‘n besh yoshga to‘lishi bilan ota-onadan birining (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxsning) yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek professional sportchilar bilan ota-onaning har ikkisining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda (ko‘rgazmaga qo‘yishda) ishtirok etish uchun o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunday holda xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) imzolaydi. Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi.

118-modda. Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh (davomi)

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish va ularning mehnatini qo‘llash ushbu Kodeksning 411 — 422-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

119-modda. Ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi

Ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdir:

mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzish;

ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;

ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;

homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul qilmaslik;

sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart. Yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.

120-modda. Ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishning huquqiy oqibatlari

Ishga qabul qilish o‘ziga qonunga xilof ravishda rad etilgan deb hisoblaydigan shaxs qonunga xilof ravishda rad etilganligi fakti ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi, shu jumladan tegishli ishni taqdim etish, o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

Nizolarni ko‘rib chiqish chog‘ida ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.

121-modda. Qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishini cheklash

O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi. Ushbu qoidadan istisnolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

122-modda. Ishga qabul qilish bosqichlari

Ishga qabul qilish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

ishga qabul qilish chog‘idagi tanishtirish tartib-taomilini;

mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha taraflarning kelishuvga erishishini hamda shartnomani xodim va ish beruvchi tomonidan imzolashni;

ish beruvchi tomonidan xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilishni hamda ishga qabul qilish haqidagi ma’lumotlarni xodimning mehnat daftarchasiga va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 113-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishning bajarilishini talab qilishni taqiqlash
  2. Mehnat shartnomasining kuchga kirishi va ishning boshlanish sanasi
  3. Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar
  4. Ish bilan bog‘liq hujjatlarni va ularning ko‘chirma nusxalarini berish

To‘g‘ri javob: Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar. 113-modda: Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar.

Mehnat kodeksi: «Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 113-modda
  2. 117-modda
  3. 115-modda
  4. 108-modda

To‘g‘ri javob: 113-modda. 113-modda: Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar.

Mehnat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, taraflarning kelishuviga binoan muddatli mehnat shartnomasi quyidagilardan qaysi biri bilan tuzilishi mumkin?
  1. Mikrofirmalar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lgan ish beruvchilarga ishga kirayotgan shaxslar bilan
  2. Yirik korxonalar yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlar bo‘lgan ish beruvchilarga ishga kirayotgan shaxslar bilan
  3. Faqat byudjet tashkilotlari bo‘lgan ish beruvchilarga ishga kirayotgan pensiya yoshidagi shaxslar bilan
  4. Barcha ish beruvchilarga ishga kirayotgan, shuningdek chet el fuqarolari bo‘lgan shaxslar bilan

To‘g‘ri javob: Mikrofirmalar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lgan ish beruvchilarga ishga kirayotgan shaxslar bilan. 113-moddaga ko‘ra, mikrofirmalar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga ishga kirayotganlar bilan kelishuvga ko‘ra muddatli shartnoma tuzilishi mumkin.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, “uy ishchilari” kimlar?
  1. Yuridik shaxs bo‘lgan ish beruvchilarning ishlab chiqarish jarayonida yordamchi ishlarni bajarish uchun ishga kirayotgan shaxslar
  2. Jismoniy shaxslar bo‘lgan ish beruvchilarga shaxsiy xizmat ko‘rsatish va uy xo‘jaligini yuritishda yordam berish uchun ishga kirayotgan shaxslar
  3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga savdo-sotiq faoliyatini yuritishda ko‘maklashish maqsadida ishga kirayotgan va ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar
  4. Davlat tashkilotlarida xo‘jalik va tozalash ishlarini bajarish uchun muddatli shartnoma asosida ishga kirayotgan, yakka tartibdagi shaxslar

To‘g‘ri javob: Jismoniy shaxslar bo‘lgan ish beruvchilarga shaxsiy xizmat ko‘rsatish va uy xo‘jaligini yuritishda yordam berish uchun ishga kirayotgan shaxslar. 113-moddaga ko‘ra, uy ishchilari jismoniy shaxs ish beruvchiga shaxsiy xizmat va uy xo‘jaligida yordam beruvchilardir.

Cho‘ldagi, baland tog‘li, aholisi kam bo‘lgan tumanlarning ro‘yxati kim tomonidan belgilanadi?
  1. Mahalliy mehnat organi tomonidan kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda
  2. Hokimlik tomonidan Mehnat vazirligining xulosasi asosida har yili qaytadan
  3. Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch tomonlama komissiya bilan kelishilgan holda
  4. Qonunchilik palatasi tomonidan ish beruvchilar uyushmasi bilan kelishilgan holda

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch tomonlama komissiya bilan kelishilgan holda. 113-moddaga ko‘ra, bunday tumanlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch tomonlama komissiya bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Quyidagi shaxslardan qaysi biri bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, kelishuvga binoan muddatli shartnoma tuzilishi mumkin?
  1. Faqat davlat xizmatchilari bilan
  2. Pensiya yoshidagi barcha shaxslar bilan
  3. Ish beruvchining qarindoshlari bilan
  4. Professional sportchilar bilan

To‘g‘ri javob: Professional sportchilar bilan. 113-moddaga ko‘ra, professional sportchilar bilan Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan ro‘yxatlarga muvofiq muddatli shartnoma tuzilishi mumkin.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, muddatli mehnat shartnomasi tashkilot rahbarlari bilan qaysi holda tuzilishi mumkin?
  1. Qonunda boshqacha qoida bo‘lmasa, tashkilot rahbarlari, o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari bilan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar
  2. Qonunda boshqacha qoida bo‘lmasa, faqat davlat tashkilotlarining rahbarlari bilan, nodavlat tashkilotlarda esa tuzilmaydi
  3. Qonunda boshqacha qoida bo‘lmasa, tashkilot rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari bilan, bosh buxgalterlarsiz, faqat davlat tashkilotlarida
  4. Faqat tashkilot rahbarining roziligi bilan va aynan bir yildan oshmagan muddatga, tashkilot ustavida ko‘rsatilgan hollarda

To‘g‘ri javob: Qonunda boshqacha qoida bo‘lmasa, tashkilot rahbarlari, o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari bilan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar. 113-moddaga ko‘ra, tashkilot rahbarlari, o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari bilan muddatli shartnoma tuzilishi mumkin.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, kelishuvga ko‘ra muddatli shartnoma qanday ta’lim olayotgan shaxslar bilan tuzilishi mumkin?
  1. Sirtqi o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan
  2. Kunduzgi o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan
  3. Masofaviy o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan
  4. Kechki o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan

To‘g‘ri javob: Kunduzgi o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan. 113-modda davomiga ko‘ra, kunduzgi ta’lim olayotgan shaxslar bilan muddatli shartnoma tuzilishi mumkin.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnat shartnomasi (1/8)Keyingi →Mehnat shartnomasi (3/8)