XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 133–142-m.

Mehnat shartnomasi (4/8)

Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar

133-modda. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari

Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari quyidagilardan iborat:

mehnat shartlarining o‘zgarishi;

xodimning boshqa ishga o‘tkazilishi;

ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi;

xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi;

mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishi.

134-modda. Mehnat shartlari tushunchasi

Mehnat shartlari deganda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi.

Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq to‘lash miqdori, ish vaqtining, ta’tilning davomiyligi va boshqa shartlar kiradi.

Ishlab chiqarish omillari jumlasiga texnika, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar kiradi.

135-modda. Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi

Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi.

Mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.

Mehnat shartnomasida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda belgilangan mehnat shartlari mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin emas, bundan ushbu Kodeksning 136 va 137-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

136-modda. Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak. Xodimga uning talablarini qanoatlantirishni rad etish sabablarini xabar qilmaslik xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi ustidan shikoyat qilishi uchun monelik qilmaydi.

137-modda. Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqi

Agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli.

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

Ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi to‘g‘risida xodimni ogohlantirishning ikki haftadan ortiq bo‘lgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bunda xodimni ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik ogohlantirish muddati faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.

Agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ogohlantirish muddati tugagach xodim yangi mehnat shartlarida mehnat qilishni rad etsa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan unga ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan va 100-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etilgan holda bekor qilinishi mumkin.

137-modda. Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqi (davomi)

Agar o‘zining mehnat shartlari o‘zgartirilayotgan xodimlar soni ushbu Kodeksning 98-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorga teng bo‘lsa yoki undan oshadigan bo‘lsa, ish beruvchi xodimlar uchun mehnat shartlarining o‘zgartirilishi xususida kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan dastlabki maslahatlashuvlar o‘tkazadi.

Mehnat shartlari noqulay tarzda o‘zgargan taqdirda, ish beruvchi, agar mehnat shartlari yomonlashayotgan xodimlar soni ushbu Kodeksning 98-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorga teng bo‘lsa yoki undan oshadigan bo‘lsa, mahalliy mehnat organiga, shuningdek kasaba uyushmalarining hududiy yoki tarmoq birlashmasiga bunday o‘zgarishlarning sabablari to‘g‘risida axborot taqdim etishi shart.

Xodim ish beruvchi tomonidan mehnat shartlari o‘zgartirilganligi ustidan shikoyat qilishga haqli. Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rish chog‘ida avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish imkoniyati yo‘qligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.

138-modda. Xodimni boshqa ishga o‘tkazish

Xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi.

Xodim uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganda xodimni boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

139-modda. Xodimni boshqa ishga o‘tkazish muddati

Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda u o‘zi bajarish uchun o‘tkazilgan ishga kirishishi kerak bo‘lgan sana belgilanishi kerak.

Xodimni boshqa ishga o‘tkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga o‘tkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi.

Agar xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish yuz bergan bo‘lsa, bunday o‘tkazish muddati belgilanishi kerak.

Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati quyidagilar vositasida belgilanishi mumkin:

vaqtincha o‘tkazishning umumiy davomiyligini kunlar, oylar, yillar bilan ko‘rsatish;

qaysi ishga o‘tkazish amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha ishni bajarish boshlanadigan kalendar sanani va o‘tkazish muddati tugaydigan kalendar sanani ko‘rsatish;

boshqa ishga o‘tish muddati qaysi hodisaning yuz berishi bilan tugaydigan bo‘lsa, o‘sha hodisani aniqlash (vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).

Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan avvalgi ishini berishi shart.

140-modda. Xodimning boshqa ishga o‘tkazish uchun roziligi

Xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uning roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 145-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi hollari mustasno.

Ish beruvchi xodimning boshqa ishga o‘tkazishga roziligi olinguniga qadar xodim o‘zi o‘tkazilayotgan ishning mazmuni, ushbu ishdagi mehnat shartlari, shuningdek mazkur ishni bajarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ichki hujjatlar bilan oldindan tanishtirilishi shart.

Xodim ish beruvchidan boshqa ishga o‘tkazishni talab qilishga haqli emas, bundan ushbu Kodeksning 142, 143-moddalarining birinchi qismida, 144-moddasining ikkinchi qismida, 364, 394 va 395-moddalarining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

141-modda. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish

Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodim boshqa ishga bir yil muddatgacha vaqtincha o‘tkazilishi mumkin, bunday o‘tkazish qonunga muvofiq o‘zining ish joyi saqlanib qolinadigan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning o‘rnini egallash uchun amalga oshirilayotgan taqdirda ushbu xodim ishga chiqquniga qadar o‘tkazilishi mumkin. Agar xodimni boshqa ishga o‘tkazish muddati tugagach unga avvalgi ishi berilmagan, xodim uning berilishini talab qilmagan va ishlashni davom ettirayotgan bo‘lsa, o‘tkazishning vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi kelishuvning sharti o‘z kuchini yo‘qotadi hamda o‘tkazish doimiy deb hisoblanadi.

142-modda. Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish

Xodimning vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosi ish beruvchi tomonidan quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra qanoatlantirilishi lozim:

qaysi tibbiy xulosaga muvofiq xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lsa, o‘sha tibbiy xulosaning mavjudligi;

qaysi tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayol vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lsa, o‘sha tibbiy xulosaning mavjudligi;

ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onaning biri (vasiy) tomonidan avvalgi ishini bajarish mumkin emasligi;

ushbu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa hollarda. Xodimning tashabbusiga ko‘ra vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun uzrli sabablar ro‘yxati, shuningdek bunday o‘tkazish chog‘ida mehnatga haq to‘lash tartibi jamoa shartnomasida belgilanishi mumkin, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 133-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari
  2. Xodimning boshqa ishga o‘tkazish uchun roziligi
  3. Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqi
  4. Ishga qabul qilish chog‘idagi dastlabki sinov

To‘g‘ri javob: Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari. 133-modda: Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari.

Mehnat kodeksi: «Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 140-modda
  2. 133-modda
  3. 129-modda
  4. 137-modda

To‘g‘ri javob: 133-modda. 133-modda: Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari.

Quyidagilardan qaysi biri Mehnat kodeksiga ko‘ra mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslariga kiradi?
  1. Xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi
  2. Xodimning intizomiy jazo tariqasida boshqa ish joyiga o‘tkazilishi
  3. Xodimning o‘z xohishiga ko‘ra boshqa ish beruvchida o‘rindoshlik bilan ishlashi
  4. Xodimning ta’tilini ish beruvchining ixtiyori bilan keyingi yilga ko‘chirilishi

To‘g‘ri javob: Xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi. 133-moddaga ko‘ra, xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi shartnomani o‘zgartirish asosidir.

Mehnat kodeksi — 134-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish
  2. Dastlabki sinov davrida xodimga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishini tatbiq etish
  3. Mehnat shartlari tushunchasi
  4. Xodimni boshqa ishga o‘tkazish muddati

To‘g‘ri javob: Mehnat shartlari tushunchasi. 134-modda: Mehnat shartlari tushunchasi.

Mehnat kodeksi: «Mehnat shartlari tushunchasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 134-modda
  2. 141-modda
  3. 139-modda
  4. 131-modda

To‘g‘ri javob: 134-modda. 134-modda: Mehnat shartlari tushunchasi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, “mehnat shartlari” deganda nima tushuniladi?
  1. Xodimning mehnat faoliyati davomida oladigan ish haqi va qo‘shimcha to‘lovlar miqdorining jami
  2. Xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui
  3. Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuziladigan shartnomaning mazmuni hamda tomonlarning majburiyatlari yig‘indisi
  4. Xodimning kasbiy malakasi va ishlab chiqarish natijalarini baholash mezonlarining umumiy ro‘yxati

To‘g‘ri javob: Xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui. 134-moddaga ko‘ra, mehnat shartlari ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmuidir.

Quyidagilardan qaysi biri mehnat shartlarining ijtimoiy omillariga kiradi?
  1. Ish joyidagi shovqin, havo harorati va yoritilganlik darajasi
  2. Ish joyining uzoqligi, transport qulayligi va jihozlar holati
  3. Mehnatga haq to‘lash miqdori, ish vaqti va ta’tilning davomiyligi
  4. Ishlab chiqarish jarayonining texnologiyasi va mehnat qurollari

To‘g‘ri javob: Mehnatga haq to‘lash miqdori, ish vaqti va ta’tilning davomiyligi. 134-moddaga ko‘ra, ijtimoiy omillarga haq to‘lash miqdori, ish vaqti va ta’til davomiyligi kiradi; texnika, sanitariya — ishlab chiqarish omillari.

Mehnat kodeksi — 135-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Xodimni haqiqatda ishga qo‘yish
  2. Xodimning boshqa ishga o‘tkazish uchun roziligi
  3. Xodimni boshqa ishga o‘tkazish muddati
  4. Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi

To‘g‘ri javob: Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi. 135-modda: Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnat shartnomasi (3/8)Keyingi →Mehnat shartnomasi (5/8)