Mehnat shartnomasi (5/8)
Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar
143-modda. Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga doimiy o‘tkazish
Ish beruvchi bo‘sh (vakant) ish o‘rni mavjud bo‘lgan taqdirda, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan ishga doimiy o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni uning roziligi bilan shunday ishga o‘tkazishi shart.
Xodim ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan boshqa ishga o‘tkazilishni rad etgan taqdirda, shuningdek agar ish beruvchida xodim sog‘lig‘i holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ish bo‘lmasa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim sog‘lig‘i holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazilishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganligi munosabati bilan xodimga ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan hamda va 100-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etilgan holda bekor qilinishi mumkin.
144-modda. Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga o‘tkazish
Agar mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 143-moddasining ikkinchi qismida, 161-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida, 168-moddasi birinchi qismining 2, 4, 5 va 9-bandlarida, 489-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyat ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu Kodeks 168-moddasi birinchi qismining 4 yoki 5-bandiga ko‘ra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, xodimni boshqa ishga o‘tkazish tegishincha mazkur Kodeks 168-moddasining beshinchi yoki oltinchi qismi talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Xodim malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga (egallab turgan lavozimiga) muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi xodimga xodimning mutaxassisligiga mos keladigan, birmuncha kam malaka talab etiladigan ishni, bunday ish mavjud bo‘lmaganda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.
Agar tibbiy xulosaga muvofiq xodimga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarishga qarshi ko‘rsatma bo‘lsa, ish beruvchi xodimni tibbiy xulosaga mos keladigan boshqa ishga o‘tkazishni taklif etishi kerak. Bunda xodimga o‘zida mavjud bo‘lgan mutaxassislik va malaka bo‘yicha ish taklif etilishi, ish beruvchida bunday ish mavjud bo‘lmagan taqdirda esa boshqa ish taklif etilishi kerak.
144-modda. Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga o‘tkazish (davomi)
Agar ish beruvchida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan doimiy xususiyatga ega ish mavjud bo‘lmasa, biroq muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha bajarilishi mumkin bo‘lgan ish mavjud bo‘lsa, ish beruvchi xodimga shunday ishga o‘tishni taklif etishi shart. Bunday holda xodimni muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha boshqa ishga o‘tkazish amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasini ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan asoslarga ko‘ra bekor qilishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
xodim ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda ish beruvchi taklif etgan boshqa ishga o‘tishni rad etganda;
ish beruvchida bo‘sh (vakant) o‘rinlar yoki xodim sog‘lig‘i holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan ish mavjud bo‘lmaganda;
xodim ushbu ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka talablariga muvofiq emasligi sababli uni boshqa ishga o‘tkazish mumkin bo‘lmaganda.
145-modda. Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodimni mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan boshqa ishga uning roziligisiz, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra vaqtincha o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lgan boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas. Bekor turib qolish sababli xodimni pastroq malaka talab etiladigan ishga vaqtincha o‘tkazishga xodimning yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ishda bekor turib qolishning oldini olish yoki bartaraf etish, vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning o‘rniga ishlab turish, ishlab chiqarish avariyasi va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish, favqulodda holat yoki favqulodda vaziyatda bajariladigan yoki tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi (yong‘in, suv toshqini, zilzila, epidemiya, epizootiya va boshqa) halokat oqibatlarining oldini olish va (yoki) ularni bartaraf etish maqsadida, shuningdek butun aholi yoki uning bir qismi hayoti yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda amalga oshiriladigan kechiktirib bo‘lmaydigan kutilmagan ishlarni bajarish zarurati ishlab chiqarish zaruriyatidir.
Ishni iqtisodiy, texnologik, tashkiliy sabablarga, boshqa ishlab chiqarishga doir yoki tabiiy xususiyatga ega bo‘lgan sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtatib turish bekor turib qolishdir.
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodim vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrda xodimning mehnatiga haq to‘lash bajarayotgan ishiga qarab, biroq avvalgi o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
145-modda. Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish (davomi)
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodimni boshqa ishga o‘tkazish davrlari bir kalendar yil davomida jami oltmish kalendar kundan oshishi mumkin emas.
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodimni boshqa ishga o‘tkazishning oxirgi muddatlari, mehnatga haq to‘lashning aniq miqdorlari, shuningdek ishlab chiqarish zaruriyatining alohida hollari jamoa shartnomasida belgilanadi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra aniqlanadi.
146-modda. Ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi
Ish beruvchi xodimni ish beruvchining kelgusida boshqa joyga (xodimning yashash joyidan unga yashash joyiga qaytish imkonini bermaydigan masofada joylashgan hududga) ko‘chishi to‘g‘risida kamida ikki oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart.
Ish beruvchi o‘zining kelgusida boshqa joyga ko‘chishi to‘g‘risida xodimni ikki haftadan oshadigan ogohlantirish muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli.
Xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chib o‘tishga roziligi mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan xodimga ushbu Kodeksning 289-moddasida nazarda tutilgan kompensatsiya to‘lovlari beriladi.
Xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chishni yozma ravishda rad etgan taqdirda, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chishni rad etganligi sababli xodimga ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan va ishga joylashish davrida 100-moddasi birinchi qismiga muvofiq o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda bekor qilinadi.
Agar ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chib o‘tishni rad etgan xodim ish beruvchining taklifi bilan tanishgan bo‘lsa, biroq o‘zining rad etishini yozma shaklda bayon etishga rozi bo‘lmagan bo‘lsa, uning rad etishi bunda hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
146-modda. Ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi (davomi)
Mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda, xodimning ish beruvchi bilan boshqa joyga ko‘chib o‘tishni rad etganligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
147-modda. Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi. Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi.
Zarur bo‘lgan taqdirda xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborish muddati vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodim, xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchi va xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan uzaytirilishi, biroq ko‘pi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga diplomatik, konsullik, ma’muriy-texnik lavozimlarga yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlariga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi va muddatlari qonunchilikda belgilanadi.
Xodim boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilganda xodimning roziligi bilan uning mehnat vazifasi o‘zgartirilishi mumkin.
Vaqtincha xizmat safariga yuborilganda mehnatga haq to‘lash xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu ish beruvchi to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lgan taqdirda, bajarilgan ish uchun haq to‘lash majburiyati xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchiga nisbatan regress da’vo qo‘zg‘atish huquqi bilan xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
147-modda. Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish (davomi)
Agar yangi ish joyidagi mehnatga haq to‘lash shartlari yoki dam olish vaqti xodim uni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchida foydalanganidan farq qilsa, xodimga nisbatan qulayroq shartlar qo‘llaniladi.
Boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodimning ish staji umumiy ish stajiga kiritiladi.
Vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa chog‘ida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisa tekshiruvini tashkil etish xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
148-modda. Ish joyini o‘zgartirish
Ish joyi ish beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan joy bo‘lib, xodim bu joyda bo‘lishi yoki u mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga doir ishni bajarish uchun bu joyga yetib kelishi kerak.
Mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ish joyining o‘zgarishi (xodimni ayni o‘sha ish beruvchidagi boshqa ish joyiga, xuddi o‘sha hududda joylashgan boshqa alohida bo‘lmagan bo‘linmaga o‘tkazish yoki xodimga boshqa mexanizmda yoki agregatda ishlashni topshirish) ish avvalgi mehnat vazifasi bo‘yicha va ayni o‘sha mehnat sharoitlarida davom ettirilgan taqdirda, xodimning roziligini talab etmaydi.
Agar muayyan ish joyidagi (ayni o‘sha hududda joylashgan alohida bo‘lmagan bo‘linmadagi, aniq mexanizmdagi yoki agregatdagi) ish mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa, ish joyini o‘zgartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
149-modda. Mehnat shartnomasini o‘zgartirishni rasmiylashtirish
Mehnat shartnomasini o‘zgartirish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Xodimni doimiy boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini o‘zgartirish haqida, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyini o‘zgartirish to‘g‘risida, shuningdek ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyni o‘zgartirish haqida buyruqlar chiqarish uchun mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartishlar asos bo‘ladi. Mehnat shartnomasiga doir o‘zgartishlar xodim va ish beruvchi tomonidan yozma shaklda tuziladigan hamda mehnat shartnomasining ajralmas qismi bo‘lgan qo‘shimcha kelishuv imzolash orqali rasmiylashtiriladi. Mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv kamida ikki nusxada tuziladi. Qo‘shimcha kelishuvning har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzosi bilan mustahkamlanadi. Ish beruvchida muhr mavjud bo‘lgan taqdirda, mehnat shartnomasining barcha nusxalarida mansabdor shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi. Qo‘shimcha kelishuvning bir nusxasi xodimga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida mehnat shartnomasi bilan birga saqlanadi. Xodim tomonidan qo‘shimcha kelishuvning nusxasi olinganligi xodimning ish beruvchida saqlanadigan qo‘shimcha kelishuvning nusxasiga qo‘yilgan qo‘shimcha imzosi bilan tasdiqlanadi.
Xodimni doimiy boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini o‘zgartirish, shuningdek mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyini o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyruqlar mehnat shartnomasi taraflari tomonidan qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali ushbu shartnomaga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmuniga aynan muvofiq ravishda chiqariladi va xodimga imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.
149-modda. Mehnat shartnomasini o‘zgartirishni rasmiylashtirish (davomi)
Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish o‘tkazishning muddati ko‘rsatilgan holda buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra va xodimning tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun xodimning yozma arizasi asos bo‘ladi.
Xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish, homilador ayolni, shuningdek ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onadan birini (vasiyni) ularning avvalgi ishni bajarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq chiqarish uchun ularning arizasi va tibbiy xulosa asos bo‘ladi.
Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish faktlarining mavjudligi asos bo‘ladi.
Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish mehnat shartnomasida aks ettirilmaydi.
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish haqida buyruq chiqarish uchun xodim hamda mazkur xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchi bilan kelishuvga ko‘ra xodim qaysi ish beruvchiga xizmat safariga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan alohida muddatli mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.
150-modda. Mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda o‘zgartirishning huquqiy oqibatlari
Mehnat shartnomasi o‘zgartirilganligini qonunga xilof deb hisoblovchi xodim o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zgartirilganligi ustidan shikoyat qilishga haqli.
Mehnat sharoitlari qonunga xilof ravishda o‘zgartirilgan taqdirda, xodimning avvalgi mehnat sharoitlarini tiklash to‘g‘risidagi talablari qanoatlantirilishi lozim.
Agar mehnat sharoitlarining qonunga xilof deb e’tirof etilgan o‘zgarishlari xodimning mehnatga haq to‘lash miqdori kamayishiga olib kelgan bo‘lsa, xodimning o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablari qanoatlantirilishi lozim.
Xodim boshqa ishga qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan taqdirda, xodimning o‘zini avvalgi ishiga tiklash, boshqa ishga qonunga xilof ravishda o‘tkazilganligi sababli kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq to‘lanishi to‘g‘risidagi talablari qanoatlantirilishi lozim. Agar xodim o‘zi qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan ishni bajarsa, lekin bu ishdagi mehnatiga haq to‘lash miqdori ushbu xodim bu ishga o‘tkazilishidan ilgari bajargan ishidagi mehnatiga haq to‘lash miqdoridan past bo‘lsa, majburiy progul uchun haq to‘lash xodimga avvalgi ishidagi va xodim qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan ishdagi mehnatga haq to‘lash o‘rtasidagi farqning o‘rnini qoplashdan iborat bo‘ladi.
Agar xodimning mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyi ish beruvchi tomonidan xodimning roziligisiz avvalgi mehnat vazifasiga doir va avvalgi mehnat sharoitlaridagi ishini, shu jumladan mehnat haqini saqlab qolgan taqdirda o‘zgartirilgan bo‘lsa, xodimning unga avvalgi ish joyini taqdim etish to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.
150-modda. Mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda o‘zgartirishning huquqiy oqibatlari (davomi)
Agar mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda o‘zgartirilganligi munosabati bilan xodimga ma’naviy yoki jismoniy azoblar yetkazilgan bo‘lsa, xodimning o‘ziga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi talablari qanoatlantirilishi lozim.
4-§. Xodimni ishdan chetlashtirish
151-modda. Xodimni ishdan chetlashtirish hollari
Ishdan chetlashtirish xodimni mehnat majburiyatlarini, qoida tariqasida, ish haqi saqlanmagan holda bajarishga vaqtincha yo‘l qo‘ymaslikdir.
Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart:
qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra;
alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo‘lganida;
mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmaganda;
majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganda;
xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi ko‘rsatmalar aniqlanganda;
tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra to‘rt oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni o‘tkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin bo‘lmaganda;
xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart bo‘lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.
Xodim karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishdan chetlashtirishga haqli.
151-modda. Xodimni ishdan chetlashtirish hollari (davomi)
Xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan taqdirda ham, agar muayyan xodimning ishda bo‘lishi xizmat tekshiruvini o‘tkazishga xalaqit beradi deb taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud bo‘lsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli.
Ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilguniga qadar butun davrga uni ishdan chetlashtiradi.
152-modda. Xodimni ishdan chetlashtirish davrida ish haqini hisoblash
Ishdan chetlashtirish davrida xodimga ish haqi hisoblanmaydi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
O‘z aybisiz mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmagan yoki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodim ishdan chetlashtirilgan hollarda yoxud, agar xodimga ish beruvchi tomonidan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalari berilmagan, shuningdek agar xodim ish beruvchi tomonidan unga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi munosabati bilan ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, ishdan chetlashtirilgan davr uchun xodimning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 143-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga doimiy o‘tkazish
- Ish joyini o‘zgartirish
- Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish
- Xodimning boshqa ishga o‘tkazish uchun roziligi
To‘g‘ri javob: Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga doimiy o‘tkazish. 143-modda: Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga doimiy o‘tkazish.
Mehnat kodeksi: «Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga doimiy o‘tkazish» qaysi moddada belgilangan?
- 140-modda
- 141-modda
- 143-modda
- 148-modda
To‘g‘ri javob: 143-modda. 143-modda: Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga doimiy o‘tkazish.
Mehnat kodeksining 143-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodimni sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq ishga doimiy o‘tkazishi shart bo‘lishi uchun qanday shartlar zarur?
- Vakant ish o‘rni mavjud bo‘lishi, tibbiy xulosa va xodimning roziligi
- Xodimning faqat og‘zaki arizasi va kasaba uyushmasi xulosasi
- Mahalliy mehnat organining yo‘llanmasi va ish beruvchining xohishi
- Tibbiy xulosa bo‘lmasa ham, xodimning roziligi yetarli
To‘g‘ri javob: Vakant ish o‘rni mavjud bo‘lishi, tibbiy xulosa va xodimning roziligi. 143-moddaga ko‘ra, vakant o‘rin bo‘lsa, tibbiy xulosaga muvofiq xodimni roziligi bilan yengilroq ishga o‘tkazish shart.
Xodim sog‘lig‘iga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazilishni rad etsa yoki ish beruvchida tegishli ish bo‘lmasa, mehnat shartnomasi qanday bekor qilinishi mumkin?
- Ishdan bo‘shatish nafaqasi (173-modda) to‘lanmasdan, 100-moddadagi kafolatlar berilgan holda
- Ishdan bo‘shatish nafaqasi (173-modda) to‘langan va 100-moddadagi kafolatlar berilgan holda
- Ishdan bo‘shatish nafaqasi (173-modda) to‘langan, ammo 100-moddadagi kafolatlar berilmagan holda
- Xodimning yozma roziligi bilan, nafaqa to‘lanmasdan va kafolatlar berilmagan holda
To‘g‘ri javob: Ishdan bo‘shatish nafaqasi (173-modda) to‘langan va 100-moddadagi kafolatlar berilgan holda. 143-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, bunday hollarda shartnoma 173-moddadagi nafaqa to‘langan holda bekor qilinishi mumkin.
Mehnat kodeksi — 144-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga o‘tkazish
- Xodimni boshqa ishga o‘tkazish
- Xodimni boshqa ishga o‘tkazish muddati
- Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish
To‘g‘ri javob: Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga o‘tkazish. 144-modda: Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga o‘tkazish.
Mehnat kodeksi: «Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga o‘tkazish» qaysi moddada belgilangan?
- 144-modda
- 139-modda
- 138-modda
- 141-modda
To‘g‘ri javob: 144-modda. 144-modda: Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga o‘tkazish.
Mehnat shartnomasida belgilangan ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa, ish beruvchi 144-moddaga ko‘ra xodimga qanday ishni taklif etishi shart?
- Faqat avvalgi lavozimiga mos ishni, bunday ish bo‘lmasa, xodimni ishdan bo‘shatilishi haqida ogohlantirishi
- Mutaxassisligidan qat’i nazar, ish beruvchida mavjud boshqa ishni, ish haqi kamaytirilgan holda
- Mutaxassisligi va malakasiga muvofiq ishni, bunday ish bo‘lmasa, ish beruvchida mavjud boshqa ishni
- Faqat yuqoriroq malakali ishni, bunday ish bo‘lmasa, xodimga ish haqining yarmi bilan ta’til berishni
To‘g‘ri javob: Mutaxassisligi va malakasiga muvofiq ishni, bunday ish bo‘lmasa, ish beruvchida mavjud boshqa ishni. 144-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, avval mutaxassislikka muvofiq, bo‘lmasa mavjud boshqa ish taklif etiladi.
Xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga muvofiq bo‘lmasa, ish beruvchi qanday ish taklif etishi shart?
- Yuqoriroq malaka talab etiladigan ishni
- Faqat boshqa shahardagi ishni
- Ish beruvchi ish taklif qilmasdan, darhol ishdan bo‘shatishi mumkin
- Mutaxassisligiga mos keladigan, birmuncha kam malaka talab etiladigan ishni
To‘g‘ri javob: Mutaxassisligiga mos keladigan, birmuncha kam malaka talab etiladigan ishni. 144-moddaga ko‘ra, malakasi yetarli bo‘lmagan xodimga birmuncha kam malaka talab etiladigan ish taklif etiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash