XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 279–286-m.

Kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari (1/2)

Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar

279-modda. Kafolatli to‘lovlar va kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar tushunchalari

Kafolatli to‘lovlar xodim ushbu Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan yoxud o‘z ixtiyoriga zid tarzda ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt uchun o‘rtacha ish haqi yoki tarif stavkasi (maosh) miqdoridagi pul to‘lovlaridir.

Kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar ushbu Kodeksda va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda xodimga u muayyan sabablarga ko‘ra o‘z mehnat vazifalarini to‘liq hajmda bajara olmaganda, ushbu xodimning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish maqsadida to‘lanadigan pul summasi hisoblanadi.

280-modda. Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati

Ish beruvchi xodimga:

xodim jamoaviy muzokaralarda, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan davr;

xodimlarning vakillari bo‘lgan va ishlab chiqarish ishlaridan ozod qilinmagan shaxslar tomonidan xodimlarning vakilligi va ularning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vazifalar bajarilgan davr;

mehnat nizolari bo‘yicha komissiya a’zosi ushbu komissiya ishida ishtirok etgan davr;

xodim mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalar tekshiruvidan yoki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘zining aybisiz o‘tmaganligi sababli ishdan chetlashtirilgan davr;

xodim o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganligi tufayli ishdan chetlatilgan davr;

xodim yillik mehnat ta’tilida bo‘lgan davr;

ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan va nuqsonga yo‘l qo‘yilgan davr;

ish beruvchining aybi bilan mehnat normalari bajarilmagan, mehnat (lavozim) majburiyatlari ijro etilmagan davr;

ushbu Kodeksning 364-moddasiga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazilgan davr;

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli shaxs tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilgan davr;

xodim xizmat safarida bo‘lgan davr;

xodim ish beruvchi bilan birgalikda yoki ish beruvchining taklifiga binoan o‘z roziligiga ko‘ra boshqa joyga ko‘chganida unga yangi joyga ko‘chish va joylashish uchun zarur bo‘lgan, lekin olti ish kunidan ko‘p bo‘lmagan vaqt;

280-modda. Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati (davomi)

xodim ishdan ajralgan holda o‘zi va ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan o‘tgan davr;

xodim o‘quv ta’tillarida bo‘lgan davr;

xodim ijodiy ta’tillarda bo‘lgan davr;

alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishga joylashtirish davri;

xodimlar majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tgan davr;

homilador ayol yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazilgan davr;

ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarish qilayotgan ota-onadan biri (vasiy) yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazilgan davr;

xodimni ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazish, g‘ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirish, g‘ayriqonuniy ravishda mehnat shartnomasini bekor qilish, shuningdek yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha organning xodimni ilgarigi ishiga tiklash to‘g‘risidagi qarorini bajarmaslik tufayli xodimning majburiy progul qilgan davri uchun kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatli to‘lovlardan tashqari ish beruvchi xodimlarga ushbu Kodeksda, qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart.

281-modda. Ish beruvchining xodimga kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati

Ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:

ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolish chog‘ida bunday bekor turib qolish davom etgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan, tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini to‘lashi;

ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra xodim tomonidan mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda xodimning amalda ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini saqlab qolishi;

tungi vaqtdagi ish uchun xodimga qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirishi;

dam olish, ishlanmaydigan bayram kunlaridagi va ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan miqdorda haq to‘lashi;

o‘zi uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlarga to‘liq ish vaqtida ishlovchi tegishli toifadagi xodimlar uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash miqdorigacha bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirishi;

ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ayrim asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinganida mazkur Kodeksning 173-moddasining uchinchi qismida belgilangan miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashi;

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatli qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari ish beruvchi xodimlarga ushbu Kodeksda, qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart.

282-modda. Xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda beriladigan kafolatli to‘lovlar

Ish beruvchi xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqtida uni ishdan ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha oylik ish haqini saqlagan holda quyidagi hollarda ozod etishi shart:

saylov huquqini amalga oshirayotganda;

deputatlik vazifalarini, shuningdek o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining vazifalarini bajarayotganda;

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ishida ishtirok etayotganda;

harbiy majburiyatlarni bajarayotganda;

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis sifatida chaqirilganda;

sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etayotganda;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya faoliyatida ishtirok etganda;

xodim davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab harakatlarni amalga oshirganda (avariyalar, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, inson hayotini saqlab qolish, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish, shuningdek boshqa hollarda);

O‘zbekiston Respublikasi qonunida yoki Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

283-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirganda xodimlarga kafolatli to‘lovlar

Ish beruvchi tibbiy tekshiruvdan o‘tish kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida xodimlarni tibbiyot muassasalariga moneliksiz yuborishi shart.

Agar ish beruvchi bilan kelishuvga binoan xodim qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida ishga chiqqan bo‘lsa (bundan xodimning o‘sha kuni ishga chiqish imkoni bo‘lmagan zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar mustasno), unga o‘z xohishiga ko‘ra boshqa dam olish kuni beriladi.

Har yilgi mehnat ta’tili davrida, dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan taqdirda, xodimga uning xohishiga ko‘ra boshqa dam olish kuni beriladi.

Donor bo‘lgan xodimlarga bevosita qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin dam olish kuni beriladi. Xodimning xohishiga ko‘ra bu kun yillik mehnat ta’tiliga qo‘shiladi yoki qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan kundan keyin yil davomida boshqa vaqtda bu kundan foydalanilishi mumkin.

Tibbiy tekshiruv o‘tkaziladigan hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod qilinganda, shuningdek dam olish kunlarida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Donorlik faktini tasdiqlash, shu jumladan tibbiy tekshiruvdan o‘tish hamda bevosita qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish qon xizmati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki boshqa hujjat asosida amalga oshiriladi.

284-modda. Kafolatli to‘lovlarni moliyalashtirish manbalari

Ushbu Kodeksning 280-moddasida nazarda tutilgan kafolatli to‘lovlar ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

2-§. Kompensatsiya to‘lovlari

285-modda. Kompensatsiya to‘lovlari tushunchasi

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimlar tomonidan mehnat majburiyatlarining yoki boshqa majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida belgilangan pul to‘lovlari kompensatsiya to‘lovlaridir.

286-modda. Ish beruvchining xodimga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish majburiyati

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:

xizmat safarlarida bo‘lganda;

sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda;

ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda;

xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi munosabati bilan;

xodim ushbu Kodeks 234-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kompensatsiya to‘lovlaridan tashqari ish beruvchi xodimlarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirishi shart.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 279-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ish beruvchining xodimga kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati
  2. Kafolatli to‘lovlar va kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar tushunchalari
  3. Normalashtirilgan topshiriqlarni va xizmat ko‘rsatish normalarini belgilash
  4. Kompensatsiya to‘lovlari tushunchasi

To‘g‘ri javob: Kafolatli to‘lovlar va kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar tushunchalari. 279-modda: Kafolatli to‘lovlar va kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar tushunchalari.

Mehnat kodeksi: «Kafolatli to‘lovlar va kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar tushunchalari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 285-modda
  2. 281-modda
  3. 278-modda
  4. 279-modda

To‘g‘ri javob: 279-modda. 279-modda: Kafolatli to‘lovlar va kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar tushunchalari.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, kafolatli to‘lovlar nima?
  1. xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishlashni to‘xtatgan vaqt uchun eng kam ish haqi miqdorida beriladigan pul to‘lovlari, shu jumladan qo‘shimcha mukofotlar
  2. xodim ish beruvchining ruxsati bilan ta’tilda bo‘lgan yoki o‘z xohishiga ko‘ra boshqa tashkilotda ishlagan vaqt uchun tarif stavkasining yarmi miqdorida beriladigan pul to‘lovlari
  3. xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan yoki o‘z ixtiyoriga zid tarzda ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt uchun o‘rtacha ish haqi yoki tarif stavkasi (maosh) miqdoridagi pul to‘lovlari
  4. xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarining o‘rnini qoplash maqsadida, ularning haqiqiy miqdoriga muvofiq xodimga to‘lanadigan pul to‘lovlari va ustamalar

To‘g‘ri javob: xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan yoki o‘z ixtiyoriga zid tarzda ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt uchun o‘rtacha ish haqi yoki tarif stavkasi (maosh) miqdoridagi pul to‘lovlari. 279-moddaga ko‘ra, kafolatli to‘lovlar xodim ishdan ozod qilingan yoki ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt uchun o‘rtacha ish haqi yoki tarif stavkasi miqdoridagi to‘lovlardir.

Kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar qanday maqsadda to‘lanadigan pul summasi hisoblanadi?
  1. xodimning mehnat vazifalarini to‘liq bajara olmaganda uning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish maqsadida
  2. xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash maqsadida to‘lanadigan pul summasi
  3. xodimning mehnat natijalarini rag‘batlantirish va uni qo‘shimcha ishga undash maqsadida to‘lanadigan pul summasi
  4. ish beruvchining zararini qoplash va xodimni intizomiy javobgarlikka tortish maqsadida undiriladigan pul summasi

To‘g‘ri javob: xodimning mehnat vazifalarini to‘liq bajara olmaganda uning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish maqsadida. 279-moddaga ko‘ra, kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar xodim vazifalarini to‘liq bajara olmaganda o‘rtacha ish haqini saqlab qolish maqsadida to‘lanadi.

Ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chgan xodimga ko‘chish va joylashish uchun beriladigan kafolatli to‘lovli vaqt ko‘pi bilan necha ish kuni bo‘ladi?
  1. Besh ish kunidan
  2. O‘n ish kunidan
  3. Olti ish kunidan
  4. Uch ish kunidan

To‘g‘ri javob: Olti ish kunidan. Yangi joyga ko‘chish va joylashish uchun zarur vaqt olti ish kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Mehnat kodeksi — 280-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat normalarining amal qilish muddati
  2. Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida narxlarni aniqlash
  3. Normalashtirilgan topshiriqlarni va xizmat ko‘rsatish normalarini belgilash
  4. Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati

To‘g‘ri javob: Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati. 280-modda: Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati.

Mehnat kodeksi: «Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati» qaysi moddada belgilangan?
  1. 277-modda
  2. 275-modda
  3. 280-modda
  4. 278-modda

To‘g‘ri javob: 280-modda. 280-modda: Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, ish beruvchi xodimga quyidagi davrlardan qaysi biri uchun kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart?
  1. xodim jamoaviy muzokaralarda, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan davr uchun
  2. xodim shaxsiy ishlari bo‘yicha o‘z xohishiga ko‘ra ish joyidan bir necha kunga ketgan davr uchun
  3. xodim o‘z ixtiyori bilan boshqa tashkilotda o‘rindoshlik asosida ishlagan davr uchun
  4. xodim intizomiy jazo tariqasida ishdan chetlashtirilgan va aybi tasdiqlangan davr uchun

To‘g‘ri javob: xodim jamoaviy muzokaralarda, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan davr uchun. 280-moddaga ko‘ra, jamoaviy muzokaralarda va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan davr uchun kafolatli to‘lov to‘lanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnatni normalashtirishKeyingi →Kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari (2/2)