XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 295–301-m.

Mehnat intizomi (1/3)

Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar

295-modda. Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta’minlash usullari

Mehnat intizomi barcha xodimlarning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo‘ysunishidir.

Ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlarning mehnat intizomiga rioya etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.

Mehnat intizomi normal ish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratish, halol mehnati uchun rag‘batlantirish va mukofotlash usullari, mehnat (lavozim) majburiyatlarini buzgan xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash orqali ta’minlanadi.

296-modda. Ichki mehnat tartibi qoidalari

Ichki mehnat tartibi qoidalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qilish va xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi, mehnat shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ish rejimi, dam olish vaqti, xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar va jazo choralari, shuningdek ushbu ish beruvchida mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa masalalarni tartibga soluvchi ichki hujjatdir.

Ichki mehnat tartibi qoidalari ushbu Kodeksning 15-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Ichki mehnat tartibi qoidalari intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi o‘ziga nisbatan tatbiq etiladigan xodimlarga ushbu ustavlar va nizomlarga zid bo‘lmagan qismi bo‘yicha qo‘llaniladi.

297-modda. Intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlar

Intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlar iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari xodimlarining ayrim toifalariga, shuningdek ayrim davlat organlarining xodimlariga nisbatan tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi, ushbu xodimlar tomonidan mehnat intizomining buzilishi o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlar O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.

Intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarda ularning amal qilishi o‘ziga nisbatan tatbiq etiladigan xodimlarning doirasi belgilanadi, xodimlarning, shuningdek intizomiy jazo choralarini qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari, rag‘batlantirishlarning, intizomiy jazolarning turlari, ularni qo‘llash tartibi nazarda tutiladi.

298-modda. Mehnat tartibini tartibga soluvchi ichki hujjatlar qoidalarining haqiqiy emasligi

Xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa kelishuvlari yoki jamoa shartnomasiga nisbatan yomonlashtiruvchi mehnat tartibini tartibga soluvchi ichki hujjatlar qoidalari haqiqiy emasdir.

299-modda. Mehnat uchun rag‘batlantirish

Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.

O‘ziga nisbatan intizom haqidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi intizom to‘g‘risidagi tegishli ustavlar va nizomlarda belgilanadi.

Xodimlar mehnat sohasida jamiyat va davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.

Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to‘lash to‘g‘risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi.

Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

300-modda. Xodimning intizomiy javobgarligi

Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish (ushbu Kodeks 301-moddasining ikkinchi qismi) sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

Intizomiy javobgarlikning turlari umumiy va maxsus intizomiy javobgarlikdan iboratdir.

Umumiy intizomiy javobgarlik ushbu Kodeks va ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tartibga solinadigan javobgarlik bo‘lib, u xodimga nisbatan ushbu Kodeksning 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini qo‘llashdan iborat va barcha xodimlarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan o‘zi uchun maxsus intizomiy javobgarlik belgilangan shaxslar mustasno.

Maxsus intizomiy javobgarlik xodimlarning faqat alohida toifalari uchun qonunda, shuningdek intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarda nazarda tutilgan hamda xodimga nisbatan tegishli qonunda, intizom haqidagi ustavda va nizomda nazarda tutilgan intizomiy choralarni qo‘llashdan iborat javobgarlikdir.

301-modda. Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish asosi

Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Intizomiy qilmish deganda xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, g‘ayriqonuniy ravishda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi (mehnat (lavozim) majburiyatlarining buzilishi) tushuniladi.

Agar xodimning o‘z mehnat (lavozim) majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lsa (xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun ish beruvchi tomonidan zarur shart-sharoitlar ta’minlanmaganligi, fors-major holatlari va hokazolarda), xodimni intizomiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.

2-§. Xizmat tekshiruvi

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 295-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Kompensatsiya to‘lovlarini moliyalashtirish manbalari
  2. Ichki mehnat tartibi qoidalari
  3. Xodimning intizomiy javobgarligi
  4. Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta’minlash usullari

To‘g‘ri javob: Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta’minlash usullari. 295-modda: Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta’minlash usullari.

Mehnat kodeksi: «Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta’minlash usullari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 300-modda
  2. 295-modda
  3. 294-modda
  4. 296-modda

To‘g‘ri javob: 295-modda. 295-modda: Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta’minlash usullari.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat intizomi nima?
  1. Xodimlarning ish vaqtidan keyin ham ish beruvchi topshiriqlarini bajarish majburiyati
  2. Xodimlarning faqat mehnat shartnomasida yozilgan vazifalarni bajarish majburiyati
  3. Barcha xodimlarning belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo‘ysunishi
  4. Ish beruvchining xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash huquqi

To‘g‘ri javob: Barcha xodimlarning belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo‘ysunishi. 295-moddaga ko‘ra mehnat intizomi barcha xodimlarning belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo‘ysunishidir.

Mehnat kodeksiga muvofiq, xodimlarning mehnat intizomiga rioya etishi uchun ish beruvchi nima qilishi shart?
  1. Zarur shart-sharoitlar yaratishi shart
  2. Barcha xodimlarni mukofotlashi shart
  3. Har bir xodimdan yozma tushuntirish olishi shart
  4. Ish haqini oldindan to‘lashi shart

To‘g‘ri javob: Zarur shart-sharoitlar yaratishi shart. 295-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra ish beruvchi intizomga rioya etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.

Mehnat intizomi qaysi usullar orqali ta’minlanishi Mehnat kodeksida ko‘rsatilgan?
  1. Faqat jazo choralarini qo‘llash va intizomiy javobgarlikka tortish orqali, rag‘batlantirishsiz
  2. Faqat rag‘batlantirish va mukofotlash orqali, jazo choralarini qo‘llamasdan va nazoratsiz
  3. Majburlash, tazyiq o‘tkazish va ish haqini ushlab qolish choralarini qo‘llash orqali
  4. Shart-sharoit yaratish, rag‘batlantirish va mukofotlash hamda jazo choralarini qo‘llash orqali

To‘g‘ri javob: Shart-sharoit yaratish, rag‘batlantirish va mukofotlash hamda jazo choralarini qo‘llash orqali. 295-moddada intizom shart-sharoit yaratish, rag‘batlantirish-mukofotlash va jazo choralarini qo‘llash orqali ta’minlanishi aytilgan.

Mehnat kodeksi — 296-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Xodimning intizomiy javobgarligi
  2. Ichki mehnat tartibi qoidalari
  3. Xodimga tegishli mol-mulkdan ish beruvchining manfaatlarini ko‘zlab foydalanilganda xarajatlarni kompensatsiya qilish
  4. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodimda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yuz bergan taqdirda xarajatlarni kompensatsiya qilish

To‘g‘ri javob: Ichki mehnat tartibi qoidalari. 296-modda: Ichki mehnat tartibi qoidalari.

Mehnat kodeksi: «Ichki mehnat tartibi qoidalari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 293-modda
  2. 296-modda
  3. 291-modda
  4. 300-modda

To‘g‘ri javob: 296-modda. 296-modda: Ichki mehnat tartibi qoidalari.

Ichki mehnat tartibi qoidalari ish beruvchi tomonidan kim bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi?
  1. Mehnat inspeksiyasi bilan
  2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan
  3. Yuqori turuvchi vazirlik bilan
  4. Xodimlarning umumiy yig‘ilishi bilan

To‘g‘ri javob: Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan. 296-modda ikkinchi qismiga ko‘ra qoidalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiKafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari (2/2)Keyingi →Mehnat intizomi (2/3)