XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 309–315-m.

Mehnat intizomi (3/3)

Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar

309-modda. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish

Agar xodimning ish joyida hozir bo‘lishi xizmat tekshiruviga xalaqit berishi mumkin deb taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud bo‘lsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli.

Xodimni ishdan chetlashtirish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va buyruq o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimning e’tiboriga imzo qo‘ydirib yetkaziladi. Agar xodim uni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni yoki bunday buyruqqa imzo qo‘yishni rad etsa, komissiya a’zolari tegishli dalolatnoma tuzadi. Ish beruvchi xodimning talabiga ko‘ra unga ishdan chetlashtirish haqidagi buyruqning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini u murojaat etgan kunidan e’tiboran uch kundan kechiktirmay berishi shart. Xodimni ishdan chetlashtirish muddati ushbu Kodeksning 308-moddasida belgilangan xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddatidan oshib ketmasligi kerak.

O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi sababli ishdan chetlashtirilgan xodimga ishdan chetlashtirishning butun davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

310-modda. Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma

Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma tegishli qarorni qabul qilish uchun ovoz bergan komissiya a’zolari tomonidan imzolanishi kerak. Xizmat tekshiruvining natijalari haqidagi qarordan rozi bo‘lmagan komissiya a’zosi xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga ilova qilinadigan o‘zining alohida fikrini yozma shaklda bayon etishga haqlidir.

Xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:

o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan xodim to‘g‘risidagi (xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, u bajarayotgan ish (egallagan lavozim), ushbu ish beruvchidagi ish staji, ilgari sodir etilgan intizomiy huquqbuzarliklar uchun intizomiy jazoning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlar);

xizmat tekshiruvini o‘tkazgan komissiya tarkibi to‘g‘risidagi;

xizmat tekshiruvini o‘tkazish asoslari haqidagi;

xodim intizomiy qilmish sodir etganligi faktining mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi;

intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi;

o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan xodimning tushuntirishlarida ko‘rsatilgan vajlar to‘g‘risidagi;

xodimning intizomiy qilmish sodir etganligi holatlari va uning oqibatlari haqidagi;

xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun uning aybdorligini tasdiqlovchi yoki istisno etuvchi materiallar to‘g‘risidagi;

310-modda. Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (davomi)

intizomiy qilmish sodir etilganligi natijasida xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning xususiyati va miqdori haqidagi (agar shunday zarar mavjud bo‘lsa).

Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning yakunlovchi qismida xizmat tekshiruvi natijasida komissiya kelgan xulosalar shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnomada xodimni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida, xodim ish beruvchiga haqiqatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazganligi fakti aniqlangan taqdirda esa moddiy javobgarlikka ham tortish haqida ish beruvchiga yo‘llangan takliflar, shuningdek mehnat intizomini kuchaytirishga, xodimlar tomonidan intizomiy qilmishlar sodir etishga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, profilaktika xususiyatiga ega bo‘lgan tavsiyalar mavjud bo‘lishi kerak.

Agar xizmat tekshiruvini o‘tkazish natijasida xodimning intizomiy qilmish sodir etganligi faktining mavjud emasligi yoxud xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun aybi yo‘q ekanligi aniqlansa, xizmat tekshiruvining natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning yakunlovchi qismida xodimga nisbatan asossiz shubhalanish uchun imkon bergan sabablar yoxud xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilayotgan haqiqiy sabablar ko‘rsatilishi kerak.

310-modda. Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (davomi)

Agar komissiya xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun xodimning sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi noto‘g‘ri ma’lumotlar asos bo‘lganligini aniqlasa, xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning yakunlovchi qismida ushbu ma’lumotlarni rad etish haqidagi tavsiyalar bo‘lishi kerak.

Agar xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik yoxud jinoyat alomatlari aniqlansa, xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada tekshiruv materiallarini tegishli davlat organlariga yuborish haqidagi takliflar ko‘rsatiladi.

Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma komissiya to‘plagan boshqa materiallar bilan birga ish beruvchiga komissiya majlisida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi haqida qaror qabul qilinganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay topshirilishi kerak.

311-modda. Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi qoidalarni aniqlashtirish

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan xizmat tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi qoidalar ichki mehnat tartibi qoidalarida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi haqidagi ichki hujjatlarda tarmoqning xususiyati, ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari, xodimlar bajarayotgan mehnat vazifalarining tavsifi inobatga olingan holda aniqlashtirilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ichki hujjatlar xodimning holatini ushbu Kodeksga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.

Maxsus intizomiy javobgarlikka tortiladigan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari qonunda, shuningdek intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarda belgilanadi.

3-§. Intizomiy jazolar

312-modda. Intizomiy jazo choralari

Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

Ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda, intizom to‘g‘risidagi ustavlar yoki nizomlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

313-modda. Intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi

Intizomiy jazo choralari ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llaniladi (ushbu Kodeks 127-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari).

Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilguniga qadar, shu jumladan agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘lsa, yozma tushuntirishni talab qilishi shart. Xodimning yozma tushuntirish taqdim etishni rad etganligi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi uchun monelik qilmaydi va hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi ish beruvchiga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qo‘llashda sodir etilgan qilmishning og‘ir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.

Xodimga intizomiy jazo chorasini qo‘llash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida, xodim ishda bo‘lmagan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoning sabablari ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.

O‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash haqidagi buyruq bilan tanishtirilmagan xodim intizomiy jazosi bo‘lmagan deb hisoblanadi.

Xodimning o‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni rad etishi hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda xodim buyruq bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi.

314-modda. Intizomiy jazoni qo‘llash muddatlari

Intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davr hisobga olinmaydi. Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangan kun xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan intizomiy qilmish aniqlangan kun deb hisoblanadi.

Intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra esa, u sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Ushbu muddatlarga jinoyat ishini yuritish vaqti kiritilmaydi.

315-modda. Intizomiy jazoning amal qilish muddati, tugallanishi va olib tashlanishi

Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.

Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.

Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan intizomiy jazo tugallanishi va olib tashlash qoidalari ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlariga muvofiq mehnat shartnomasi bekor qilingan holda qo‘llanilmaydi.

Bilimingizni sinang

Xizmat tekshiruvi sababli ishdan chetlashtirilgan xodim talab qilsa, ish beruvchi unga chetlashtirish buyrug‘ining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini murojaat kunidan e’tiboran qancha muddatdan kechiktirmay berishi shart?
  1. yetti kundan
  2. ikki kundan
  3. besh kundan
  4. uch kundan

To‘g‘ri javob: uch kundan. Buyruqning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi murojaat kunidan e’tiboran uch kundan kechiktirmay beriladi.

Mehnat kodeksi — 309-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimning huquq va majburiyatlari
  2. Komissiya a’zosini rad etish
  3. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish
  4. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati

To‘g‘ri javob: Xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish. 309-modda: Xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish.

Mehnat kodeksi: «Xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 309-modda
  2. 308-modda
  3. 306-modda
  4. 307-modda

To‘g‘ri javob: 309-modda. 309-modda: Xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish.

Xizmat tekshiruvi vaqtida ish beruvchi xodimni qaysi holatda ishdan chetlashtirishga haqli?
  1. Xodimning ish joyida hozir bo‘lishi tekshiruvga xalaqit berishi mumkin deb taxmin qilishga asosli sabablar bo‘lsa
  2. Xodim komissiyaga tushuntirish berishdan bosh tortsa va tekshiruv muddatidan ortiq vaqt talab qilinsa
  3. Xodim ta’tilga chiqishni so‘rab ariza bergan bo‘lsa va ish beruvchi uning ta’tilini tasdiqlamoqchi bo‘lsa
  4. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimni chetlashtirish haqida yozma talab bilan murojaat qilgan bo‘lsa, ish beruvchi rozi bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Xodimning ish joyida hozir bo‘lishi tekshiruvga xalaqit berishi mumkin deb taxmin qilishga asosli sabablar bo‘lsa. 309-moddaga ko‘ra tekshiruvga xalaqit berishi mumkinligiga asosli sabablar bo‘lsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli.

Xodimni ishdan chetlashtirish buyrug‘i xodimning e’tiboriga qanday yetkaziladi?
  1. Telefon orqali og‘zaki
  2. Imzo qo‘ydirib
  3. Faqat kasaba uyushmasi orqali
  4. Ish haqi varaqasi bilan

To‘g‘ri javob: Imzo qo‘ydirib. 309-moddaga ko‘ra buyruq xodimning e’tiboriga imzo qo‘ydirib yetkaziladi.

Kazus: Xodim Murodov ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishdan va imzo qo‘yishdan bosh tortdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Ishdan chetlashtirish buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotadi
  2. Xodim chetlashtirish davrida ish haqini olmaydi
  3. Komissiya a’zolari tegishli dalolatnoma tuzadi
  4. Xodim bosh tortgani uchun darhol ishdan bo‘shatiladi

To‘g‘ri javob: Komissiya a’zolari tegishli dalolatnoma tuzadi. 309-moddaga ko‘ra tanishishni rad etilsa, komissiya a’zolari tegishli dalolatnoma tuzadi.

Ish beruvchi xodimning talabiga ko‘ra ishdan chetlashtirish buyrug‘ining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini qancha muddatda berishi shart?
  1. Murojaat etgan kunidan e’tiboran bir oydan kechiktirmay
  2. Murojaat etgan kunidan e’tiboran uch kundan kechiktirmay
  3. Murojaat etgan kunidan e’tiboran besh kundan kechiktirmay
  4. Murojaat etgan kunidan e’tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay

To‘g‘ri javob: Murojaat etgan kunidan e’tiboran uch kundan kechiktirmay. 309-moddaga ko‘ra ko‘chirma nusxa murojaat kunidan e’tiboran uch kundan kechiktirmay beriladi.

Xizmat tekshiruvi tufayli ishdan chetlashtirilgan xodimga chetlashtirish davri uchun nima saqlanib qoladi?
  1. O‘rtacha ish haqi
  2. Faqat tarif stavkasi
  3. Ish haqining yarmi
  4. Hech narsa to‘lanmaydi

To‘g‘ri javob: O‘rtacha ish haqi. 309-moddaga ko‘ra chetlashtirishning butun davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnat intizomi (2/3)Keyingi →Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi (1/4)