Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi (1/4)
Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar
316-modda. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi tushunchasi
Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi mehnat shartnomasi tarafining boshqa tarafga yetkazilgan ziyonning o‘rnini ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlikdir.
Zarar yetkazilgandan keyin mehnat shartnomasining bekor qilinishi ushbu shartnoma tarafini moddiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
317-modda. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish
Mehnat shartnomasi yoki unga yozma shaklda tuziladigan qo‘shimcha kelishuv, shuningdek jamoa shartnomasi mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirishi mumkin. Bunda ish beruvchining xodim oldidagi shartnomaviy javobgarligi ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan kam bo‘lmasligi, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
318-modda. Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi yuzaga kelishi shartlari
Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi tarafining aybli g‘ayriqonuniy qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) natijasida ushbu shartnomaning boshqa tarafiga yetkazilgan zarar uchun hamda aybli g‘ayriqonuniy qilmish va yetkazilgan zarar o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqasi mavjudligi uchun yuzaga keladi.
Mehnat shartnomasi taraflaridan har biri o‘ziga yetkazilgan moddiy ziyonning miqdorini isbotlashi shart.
2-§. Ish beruvchining xodimga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgarligi
319-modda. Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon
Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:
xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;
xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;
xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;
xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.
Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.
320-modda. Ish beruvchining xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilganligi natijasida unga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash majburiyati
Ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining o‘rnini unga qoplashi shart. Agar ish haqi quyidagilar natijasida olinmagan bo‘lsa, shunday majburiyat yuzaga keladi:
ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi;
xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganligi;
xodim ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirilganligi;
xodim bilan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi;
xodimga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi ko‘chirmasi berilishi ish beruvchi tomonidan kechiktirilganligi;
mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi qarorini o‘z vaqtida bajarmaganligi;
xodimning boshqa ishga kirishiga to‘sqinlik qiladigan, uning sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar har qanday usul bilan tarqatilganligi;
qonunlar hamda jamoa kelishuvlarida va (yoki) jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar.
321-modda. Ish beruvchining xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash majburiyati
Ish beruvchi xodimning mehnatda mayib bo‘lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart.
Ish beruvchi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham mehnat vazifalarini bajarishda, shuningdek ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga borish yoki ishdan qaytish vaqtida mehnatda mayib bo‘lishi tufayli xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
Ish beruvchi, agar ziyon uning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlab berolmasa, mehnatda mayib bo‘lish va (yoki) kasb kasalligi tufayli xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart.
O‘z mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtida yuqori xavf manbaidan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini ish beruvchi, agar ziyon uni bartaraf etish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchi qasddan qilganligi oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, qoplashi shart.
322-modda. Xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar
Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
xodimga bir martalik nafaqa to‘lash;
xodimga yo‘qotilgan ish haqi uchun yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash tarzida amalga oshiriladigan har oylik to‘lovlar;
xodimning qo‘shimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish.
323-modda. Xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori
Xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori jabrlangan xodimning o‘rtacha oylik ish haqi asosida hisoblangan yillik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
324-modda. Xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan yo‘qotilgan ish haqining o‘rnini qoplash uchun amalga oshiriladigan oylik to‘lovlar miqdori
Xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan yo‘qotilgan ish haqining o‘rnini qoplash uchun amalga oshiriladigan oylik to‘lovlar miqdori jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan uning kasbiy mehnat qobiliyatining yo‘qotilishi darajasiga muvofiq bo‘lgan foizli nisbatda belgilanadi.
Kasbiy mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ziyonning o‘rnini qoplashga oid to‘lovni tayinlashda jabrlanuvchi oladigan ish haqi, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. Bunda mehnatda mayib bo‘lgan jabrlanganlarga — nogironligi bo‘lgan shaxslarga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash summasi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ellik foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 316-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi tushunchasi
- Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma
- Intizomiy jazo choralari
- Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon
To‘g‘ri javob: Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi tushunchasi. 316-modda: Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi tushunchasi.
Mehnat kodeksi: «Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi tushunchasi» qaysi moddada belgilangan?
- 319-modda
- 316-modda
- 312-modda
- 310-modda
To‘g‘ri javob: 316-modda. 316-modda: Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi tushunchasi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi nima?
- Yetkazilgan ziyonning o‘rnini qonunda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlik
- Xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash va uni ishdan bo‘shatish majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlik
- Ish beruvchining soliq va majburiy to‘lovlarni byudjetga o‘tkazish majburiyatini ifodalaydigan javobgarlik
- Xodimning ish vaqtidan keyin qo‘shimcha topshiriqlarni bajarish majburiyatini ifodalaydigan javobgarlik
To‘g‘ri javob: Yetkazilgan ziyonning o‘rnini qonunda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlik. 316-moddaga ko‘ra moddiy javobgarlik — taraf boshqa tarafga yetkazgan ziyonning o‘rnini qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlik.
Kazus: Xodim Anvar ish vaqtida uskunani buzib qo‘ydi, keyin o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shab ketdi. Ish beruvchi zararni qoplashni talab qilmoqda. Mehnat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Mehnat shartnomasi bekor bo‘lgani uchun Anvar javobgarlikdan ozod
- Shartnomaning bekor qilinishi Anvarni moddiy javobgarlikdan ozod etmaydi
- Anvar faqat ish beruvchining roziligi bilan javob beradi
- Ish beruvchi faqat keyingi shartnoma tuzilganda talab qila oladi
To‘g‘ri javob: Shartnomaning bekor qilinishi Anvarni moddiy javobgarlikdan ozod etmaydi. 316-moddaga ko‘ra zarar yetkazilgandan keyin shartnomaning bekor qilinishi taraf moddiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Mehnat kodeksi — 317-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon
- Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish
- Intizomiy jazo choralari
- Intizomiy jazoni qo‘llash muddatlari
To‘g‘ri javob: Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish. 317-modda: Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish.
Mehnat kodeksi: «Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish» qaysi moddada belgilangan?
- 317-modda
- 314-modda
- 319-modda
- 312-modda
To‘g‘ri javob: 317-modda. 317-modda: Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish.
Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi shartnomada aniqlashtirilganda ish beruvchining xodim oldidagi javobgarligi haqida qaysi talab qo‘yiladi?
- U Kodeksda nazarda tutilganidan yuqori bo‘lishi shart
- U umuman belgilanmasligi kerak
- U Kodeksda nazarda tutilganidan kam bo‘lmasligi kerak
- U xodim javobgarligiga teng bo‘lishi shart
To‘g‘ri javob: U Kodeksda nazarda tutilganidan kam bo‘lmasligi kerak. 317-moddaga ko‘ra ish beruvchining xodim oldidagi javobgarligi Kodeksda nazarda tutilganidan kam bo‘lmasligi kerak.
Kazus: Mehnat shartnomasida xodim Nodirning ish beruvchi oldidagi javobgarligi Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan yuqori qilib belgilandi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Qoida qonuniy, chunki taraflar o‘zaro kelishgan va shartnomani xodim ixtiyoriy ravishda imzolagan, shuning uchun u kuchga ega
- Qoida faqat kasaba uyushmasi qo‘mitasi e’tiroz bildirmagan taqdirdagina qonuniy hisoblanadi, shuning uchun u joiz
- Qoida faqat bir yil davomida amal qiladi, shuning uchun uni shartnomaga kiritish vaqtincha joiz hisoblanadi
- Xodimning javobgarligi Kodeksda nazarda tutilganidan yuqori bo‘lmasligi kerak, shuning uchun bunday qoida joiz emas
To‘g‘ri javob: Xodimning javobgarligi Kodeksda nazarda tutilganidan yuqori bo‘lmasligi kerak, shuning uchun bunday qoida joiz emas. 317-moddaga ko‘ra xodimning javobgarligi Kodeksda nazarda tutilganidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash