Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi (3/4)
Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar
334-modda. Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
Xodimning mol-mulkiga zarar yetkazgan ish beruvchi, agar u o‘zining aybi yo‘qligini isbotlab berolmasa, ushbu zararning o‘rnini to‘liq hajmda qoplaydi. Zararning miqdori zararning o‘rnini qoplash kuni mazkur hududda amalda bo‘lgan bozor narxlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xodimning roziligi bilan natura tarzida qoplanishi mumkin.
335-modda. Xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish
Ish beruvchining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon xodimga mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida kompensatsiya qilinadi.
Nizo yuzaga kelgan taqdirda, xodimga ma’naviy ziyon yetkazilganligi fakti va uni kompensatsiya qilish miqdorlari, o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan moddiy zarardan qat’i nazar, sud tomonidan belgilanadi.
336-modda. Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi
Hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Ish beruvchi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida arizani ko‘rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart.
Ish beruvchining xodimga hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodimga yoki ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslarga ushbu buyruq qabul qilingan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda topshiriladi.
Xodim yoki ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi bo‘lmagan yoki ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
3-§. Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarligi
337-modda. Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati
Xodim ish beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.
Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchidagi mol-mulki, agar ish beruvchi mazkur mol-mulkni but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchi uchun mol-mulkni sotib olish, tiklash yoxud xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ortiqcha xarajatlar qilish va to‘lovlarni amalga oshirish zarurati tushuniladi.
338-modda. Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
Zarar uni bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch, oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.
Oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi deganda qo‘yilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin bo‘lmaganda, xodimning o‘z zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan holda hamda xo‘jalik tavakkalchiligining obyekti odamlarning hayoti va sog‘lig‘idan emas, balki moddiy boyliklardan iborat bo‘lgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi.
339-modda. Ish beruvchining xodimdan zararni undirishdan voz kechish huquqi
Ish beruvchi moddiy zarar yetkazilgan aniq sharoitlarni hisobga olgan holda zararni aybdor xodimdan to‘liq yoki qisman undirishdan voz kechish huquqiga ega. Tashkilot mulkdori ish beruvchining mazkur huquqini qonunchilikda, shuningdek tashkilotning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda cheklashi mumkin.
340-modda. Xodimning moddiy javobgarligi doirasi
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xodim o‘zining o‘rtacha oylik ish haqi doirasida moddiy javobgar bo‘ladi.
341-modda. Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi
Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi uning ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini to‘liq miqdorda qoplash majburiyatidan iboratdir.
Yetkazilgan zarar uchun to‘liq miqdordagi moddiy javobgarlik ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida yetkazilgan zarar uchun, shuningdek jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi.
342-modda. Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi hollari
Yetkazilgan zarar uchun to‘liq miqdordagi moddiy javobgarlik quyidagi hollarda xodimning zimmasiga yuklatiladi:
- 1) to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida o‘ziga ishonib topshirilgan qimmatliklarning kamomadida;
- 2) xodim tomonidan bir martalik hujjat (tovar-moddiy qimmatliklarni olish ishonchnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolar) bo‘yicha olingan boyliklarning but saqlanishi ta’minlanmaganda;
- 3) qasddan zarar yetkazilganda;
- 4) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida zarar yetkazilganda;
- 5) xodimning sud tomonidan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda;
- 6) ma’muriy huquqbuzarlik natijasida zarar yetkazilganda, agar bu tegishli davlat organi yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa;
- 7) davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni (tijorat, xizmat sirini yoki boshqa sirlarni) tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor qilinganda;
- 8) xodim mehnat majburiyatlarini bajarmagan taqdirda zarar yetkazilganda.
To‘liq moddiy javobgarlik ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga hollarda ham xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida tuzilmasi rahbari ushbu Kodeksning 488-moddasiga muvofiq to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 334-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xodimning moddiy javobgarligi doirasi
- Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi
- Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati
To‘g‘ri javob: Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi. 334-modda: Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi.
Mehnat kodeksi: «Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi» qaysi moddada belgilangan?
- 334-modda
- 337-modda
- 341-modda
- 340-modda
To‘g‘ri javob: 334-modda. 334-modda: Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi.
Xodimning mol-mulkiga zarar yetkazgan ish beruvchi qachon zararning o‘rnini to‘liq hajmda qoplaydi?
- Agar u o‘zining aybi yo‘qligini isbotlab berolmasa
- Faqat xodim sudga murojaat qilgan taqdirdagina
- Faqat zararni qasddan yetkazganligi isbotlansa
- Faqat kasaba uyushmasi yozma talab qilgan taqdirda
To‘g‘ri javob: Agar u o‘zining aybi yo‘qligini isbotlab berolmasa. 334-moddaga ko‘ra ish beruvchi aybi yo‘qligini isbotlay olmasa, zararning o‘rnini to‘liq hajmda qoplaydi.
Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdori qaysi narxlar bo‘yicha hisoblab chiqariladi?
- Xodim mol-mulkni xarid qilgan paytdagi narxlar bo‘yicha, eskirish hisobga olinmagan holda
- Davlat tomonidan belgilangan eng kam narxlar bo‘yicha, hududdagi bozor narxlariga qaramasdan
- Ish beruvchi o‘zi belgilagan ichki hisob narxlari bo‘yicha, zarar yetkazilgan kunga qarab
- Zararning o‘rnini qoplash kuni mazkur hududda amalda bo‘lgan bozor narxlari bo‘yicha
To‘g‘ri javob: Zararning o‘rnini qoplash kuni mazkur hududda amalda bo‘lgan bozor narxlari bo‘yicha. 334-moddaga ko‘ra zarar qoplash kuni mazkur hududda amalda bo‘lgan bozor narxlari bo‘yicha hisoblanadi.
Kazus: Ish beruvchi xodim Alisherning velosipedini ish joyida buzib qo‘ydi va aybsizligini isbotlay olmadi. Pul o‘rniga shunga o‘xshash velosiped bermoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Natura tarzida qoplash mumkin emas
- Natura tarzida qoplash ish beruvchi xohishi bilan mumkin
- Zararni natura tarzida qoplash xodimning roziligi bilan mumkin
- Natura tarzida qoplash faqat sud qarori bilan mumkin
To‘g‘ri javob: Zararni natura tarzida qoplash xodimning roziligi bilan mumkin. 334-moddaga ko‘ra zararning o‘rni xodimning roziligi bilan natura tarzida qoplanishi mumkin.
Mehnat kodeksi — 335-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni ish beruvchi tomonidan qoplangan taqdirda amalga oshiriladigan to‘lovlar
- Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan qo‘shimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish
- Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati
- Xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish
To‘g‘ri javob: Xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish. 335-modda: Xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish.
Mehnat kodeksi: «Xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 337-modda
- 329-modda
- 332-modda
- 335-modda
To‘g‘ri javob: 335-modda. 335-modda: Xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish.
Ish beruvchining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon qanday kompensatsiya qilinadi?
- Faqat ish beruvchi tomonidan rasman uzr so‘rash shaklida
- Qo‘shimcha ta’til berish shaklida, pul to‘lamasdan
- Davlat byudjetiga jarima to‘lash shaklida, taraflar kelishuvisiz
- Taraflar kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida
To‘g‘ri javob: Taraflar kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida. 335-moddaga ko‘ra ma’naviy ziyon taraflar kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida kompensatsiya qilinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash