Mehnatni muhofaza qilish (1/2)
Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar
351-modda. Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi
Mehnatni muhofaza qilish mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari va vositalari tizimidir.
352-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar
Ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart.
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda (bundan buyon matnda mehnatni muhofaza qilish qoidalari deb yuritiladi) belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar mehnat faoliyati jarayonida xodimning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan qoidalarni, tartib-taomillarni va mezonlarni belgilaydi.
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), ulardan foydalanish, mashinalarni, mexanizmlarni va boshqa jihozlarni konstruksiya qilish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, shuningdek o‘zga turdagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
Xodimlarning shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari mehnatni muhofaza qilishga doir talablarga mos kelishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘z ichiga olgan qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va o‘zgartirish tartibi Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining takliflari inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
353-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar uchun ish beruvchi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar va materiallar
Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish uchun ish beruvchi tomonidan zarur mablag‘lar va materiallar ajratiladi. Bu mablag‘lar va materiallarni boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi. Mazkur mablag‘lar va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish uchun ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish fondini tashkil etishga haqli.
Xodimlar mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan chiqimdor bo‘lmaydi.
Mehnat jamoalari, kasaba uyushmasi qo‘mitalari mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar va materiallardan foydalanilishini nazorat qiladi.
354-modda. Ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning VI bo‘limida va mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilanadi.
Og‘ir ishlarda hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning, shuningdek mazkur ishlar sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
2-§. Mehnat shartnomasi taraflarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
355-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Xodim quyidagi huquqlarga ega:
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga mos ish joyiga ega bo‘lish;
ish beruvchidan mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklariga va boshqa kasalliklarga chalinish xavfi, shu tufayli o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish;
mehnatni muhofaza qilishning belgilangan normalariga va talablariga muvofiq ish beruvchining mablag‘lari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish;
qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtalanish;
mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi oqibatida o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda bunday xavf bartaraf etilguniga qadar ishlarni bajarishni rad etish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan o‘z ish joyidagi mehnat sharoitlarini va mehnatni muhofaza qilishni tekshiruvdan o‘tkazishni so‘rash;
ish beruvchining mablag‘lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari bo‘yicha o‘qish;
qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar olish;
o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni ish beruvchi tomonidan qoplanishi;
355-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari (davomi)
o‘z ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda, o‘zi bilan ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisani yoki o‘zining kasb kasalligini tekshirishda shaxsan ishtirok etish yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish;
tibbiy tavsiyalarga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida o‘z ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanib qolingan holda mazkur tibbiy ko‘rikdan navbatdan tashqari o‘tish;
mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi sababli ish joyi tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablag‘lari hisobidan o‘qish va qayta tayyorgarlikdan o‘tish.
Xodim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Xodim:
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etishi;
shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashi;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tishi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qishi hamda malaka oshirishi;
majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi;
odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid solayotgan har qanday vaziyat to‘g‘risida, shuningdek ish jarayonida yoki unga bog‘liq holda ishlab chiqarishda yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
356-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan sharoitlarni ta’minlash kafolatlari
Davlat xodimlarga mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan sharoitlarda mehnat qilish huquqi himoya qilinishini kafolatlaydi.
Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlari mehnatni muhofaza qilish talablariga mos kelishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar buzilganligi tufayli ish beruvchining faoliyati to‘xtatilgan vaqtda xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Bu vaqtda xodim bajarayotgan ishi bo‘yicha mehnatiga haq to‘langan holda, lekin avvalgi ish bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘langan holda o‘z roziligi bilan ish beruvchi tomonidan boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin.
Xodim o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelganda ishni bajarishni rad etgan taqdirda, ish beruvchi bunday xavf bartaraf etilguniga qadar xodimga boshqa ish berishi shart.
Agar xodimga obyektiv sabablarga ko‘ra boshqa ish berishning imkoni bo‘lmasa, xodimning o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf bartaraf etilguniga qadar bekor turib qolgan vaqti uchun ish beruvchi tomonidan ushbu Kodeks 266-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq haq to‘lanadi.
Xodim belgilangan normalarga muvofiq shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlanmagan taqdirda, ish beruvchi xodimdan mehnat majburiyatlarini bajarishni talab qilishga haqli emas va shu sababdan ishda yuzaga kelgan bekor turib qolganlik uchun ushbu Kodeks 266-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq haq to‘lashi shart.
356-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan sharoitlarni ta’minlash kafolatlari (davomi)
Xodimning mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi oqibatida o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelgan taqdirda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlarni bajarishni rad etishi uni intizomiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi.
Xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan hayotiga va sog‘lig‘iga ziyon yetkazilgan taqdirda, ushbu ziyonning o‘rnini qoplash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida davlat mazkur talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi tashkil etilishini hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi va ish beruvchi hamda uning mansabdor shaxslarining mazkur talablarni buzganlik uchun javobgarligini belgilaydi.
357-modda. Xodimni ishga qabul qilish va boshqa ishga o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari
Xodimni sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan ishga qabul qilish va boshqa ishga o‘tkazish taqiqlanadi.
Xodimni uning hayotiga va sog‘lig‘iga yuqori darajadagi xavf ehtimoli oldindan ma’lum bo‘lgan ishga qabul qilayotganda hamda o‘tkazayotganda ish beruvchi uni bu haqda ogohlantirishi shart.
358-modda. Xodimning o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan ishni bajarishni rad etish huquqi
Xodim ish jarayonida o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish beruvchini darhol xabardor qilib, o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilguniga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga haqli. Ana shu davr mobaynida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Agar xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf soladigan holatlar yuzaga kelmaganligi aniqlansa, ish beruvchi ushbu Kodeksning 302 — 311-moddalarida belgilangan tartibda xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 351-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi
- Xodimdan undiriladigan zarar miqdorining sud tomonidan kamaytirilishi
- Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar
- Tashkilotga uning rahbari tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
To‘g‘ri javob: Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi. 351-modda: Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi.
Mehnat kodeksi: «Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi» qaysi moddada belgilangan?
- 350-modda
- 349-modda
- 352-modda
- 351-modda
To‘g‘ri javob: 351-modda. 351-modda: Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnatni muhofaza qilish nima?
- Mehnat jarayonida xavfsizlik, hayot va sog‘liq, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va boshqa tadbirlar hamda vositalar tizimi
- Ish beruvchining mol-mulki, ishlab chiqarish jarayoni va tijorat sirini saqlashni ta’minlashga doir huquqiy, tashkiliy, texnikaviy va boshqa tadbirlar hamda vositalar tizimi
- Xodimlarning ish vaqti davomiyligini cheklash, dam olish vaqtini ta’minlash va ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishiga doir huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa qoidalar hamda kafolatlar tizimi
- Faqat xodimlarning ish haqi, nafaqalari va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini himoya qilishga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va boshqa tadbirlar hamda vositalar tizimi
To‘g‘ri javob: Mehnat jarayonida xavfsizlik, hayot va sog‘liq, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va boshqa tadbirlar hamda vositalar tizimi. 351-moddaga ko‘ra mehnatni muhofaza qilish xavfsizlik, hayot, sog‘liq va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir tadbirlar va vositalar tizimidir.
Mehnat kodeksi — 352-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar
- Ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
- Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
- Xodimning o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan ishni bajarishni rad etish huquqi
To‘g‘ri javob: Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar. 352-modda: Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar.
Mehnat kodeksi: «Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar» qaysi moddada belgilangan?
- 354-modda
- 358-modda
- 355-modda
- 352-modda
To‘g‘ri javob: 352-modda. 352-modda: Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, ish beruvchilar mehnat sharoitlari borasida nima qilishi shart?
- Barcha xodimlarni sanatoriy-kurort davolanishiga yiliga bir marta bepul yuborishi
- Ish vaqtini qisqartirib, mehnat sharoitlaridan qat’i nazar qo‘shimcha dam kunlari berishi
- Ish haqini har oy oshirib, xavfsizlik talablaridan qat’i nazar nafaqa to‘lashi
- Xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi
To‘g‘ri javob: Xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi. 352-moddaga ko‘ra ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart.
Kazus: Korxona xodimlarga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalarini bermoqchi. Mehnat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Sertifikat talab etilmaydi, chunki shaxsiy himoya vositalarini tanlash to‘liq ish beruvchining xohishiga bog‘liq
- Muvofiqlik sertifikati faqat jamoaviy himoya vositalari uchun talab etiladi, shaxsiy vositalar uchun esa talab etilmaydi
- Muvofiqlik sertifikati faqat xodim talab qilgan taqdirdagina kerak bo‘ladi, aks holda vositalar sertifikatsiz berilishi mumkin
- Shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari muhofaza talablariga mos kelishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart
To‘g‘ri javob: Shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari muhofaza talablariga mos kelishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart. 352-moddaga ko‘ra himoya vositalari talablarga mos kelishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar va qoidalarni o‘z ichiga olgan qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va o‘zgartirish tartibini kim belgilaydi?
- Uch tomonlama komissiya takliflarisiz Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi
- Kasaba uyushmalari federatsiyasi ish beruvchilar bilan kelishgan holda
- Oliy sud plenumi uch tomonlama komissiya takliflari inobatga olingan holda
- Uch tomonlama komissiya takliflari inobatga olingan holda Vazirlar Mahkamasi
To‘g‘ri javob: Uch tomonlama komissiya takliflari inobatga olingan holda Vazirlar Mahkamasi. 352-moddaga ko‘ra tartib uch tomonlama komissiya takliflari inobatga olingan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash