XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 367–372-m.

Umumiy qoidalar

V Bo‘Lim. Xodimlarni Kasbga Tayyorlash, Qayta Tayyorlash Va Ularning Malakasini Oshirish

367-modda. Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi

Xodimlarni kasbga tayyorlash deganda xodimlarda nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga, shuningdek muayyan sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirishga va (yoki) muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga imkon beruvchi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish tushuniladi. Xodimlarni kasbga tayyorlash ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha ixtiyoriy ravishda ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.

Xodimlarni qayta tayyorlash deganda xodimlarni texnologiyalarga yoki mehnat jarayoniga nisbatan talablar o‘zgarib borayotganligi sababli yangi kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalarni egallash maqsadida yoki yangi kasbni egallash uchun o‘qitish tushuniladi.

Malaka oshirish deganda xodimning undagi mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovchi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish tushuniladi.

Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xodim hamda ish beruvchi uchun ixtiyoriy tartibda yoki, agar xodimlarni majburiy qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish talablari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, majburiy tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazkur ish beruvchida yoki tegishli ta’lim tashkilotida yoxud boshqa ish beruvchida amalga oshirilishi mumkin.

367-modda. Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi (davomi)

Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish murabbiylik shaklida ham amalga oshirilishi mumkin.

368-modda. Murabbiylik

Murabbiylik deganda xodimlarni qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirish turlari tushunilib, bunda tashkilotning eng tajribali xodimlari (murabbiylar) muayyan bir mehnat vazifasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni tajribasi kamroq bo‘lgan xodimlarga rejali ravishda yetkazishni ta’minlaydi.

Murabbiylik tashkilot xodimlari o‘rtasida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv yoki murabbiy bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, agar unga avvalboshdanoq murabbiylik qilish to‘g‘risidagi tegishli shartlar kiritilgan bo‘lsa, murabbiylikni amalga oshirish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun asos bo‘ladi. Murabbiylik qilish to‘g‘risidagi tegishli shartlar deganda murabbiyning kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimni o‘qitish uchun sarflaydigan ish vaqti, murabbiylik vazifalarini bajarganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori va ushbu Kodeksga, jamoa kelishuvlariga, mehnat huquqi normalarini o‘z ichiga olgan ichki va boshqa hujjatlarga zid bo‘lmagan o‘zga shartlar tushuniladi.

Murabbiylikni amalga oshirish davrida murabbiy kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimning bevosita rahbari hisoblanadi hamda undan mehnat vazifasini lozim darajada bajarishni va mehnat intizomiga rioya etishni talab qilishga haqli.

Murabbiy tayinlangan taqdirda, kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimning mehnat shartnomasida mazkur shart haqida tegishli belgi qo‘yiladi.

368-modda. Murabbiylik (davomi)

Murabbiylikni amalga oshirish tartibi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.

369-modda. Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari

Xodimning malakasi uning muayyan kasbiy faoliyat turini bajarishga tayyorligini tavsiflaydigan kasbiy bilimlari, malakalari, ko‘nikmalari, layoqati va ish tajribasining darajasidir.

Kasb standarti asosiy mehnat vazifalari va ularni bajarish shartlari tavsifini o‘z ichiga olgan, mehnat bo‘yicha malaka darajasiga, layoqatga, mehnat sifati va shart-sharoitlariga doir talablarni belgilaydigan standartdir. Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo‘llash tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Agar qonunchilikda xodimga muayyan mehnat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malakaga nisbatan talablar belgilangan bo‘lsa, kasbiy standartlarning mazkur talablarga doir qismi ish beruvchilar tomonidan qo‘llanilishi shart.

Kasb standartlarida ko‘rsatilgan va qo‘llanilishi majburiyligi ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq belgilanmagan malakalarning tavsiflari ish beruvchilar tomonidan xodimlarning malakasiga doir talablarni aniqlash uchun asos sifatida qo‘llaniladi, bunda xodimlarning qo‘llanilayotgan texnologiyalarga hamda qabul qilingan ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishga bog‘liq holda bajarayotgan mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.

370-modda. Ish beruvchining xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlari

Xodimlarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga bo‘lgan zaruratni ish beruvchi belgilaydi, bundan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarurati mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan hollar mustasno.

Xodimlarni qayta tayyorlashga va o‘z malakasini oshirishga yuborish tartibi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.

Xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha ish haqini saqlab qolishi shart.

Agar qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish vaqtida xodimning ish joyini (lavozimini) saqlab turishi shart. Xodimning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish masalasi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoxud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal qilinadi.

Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari, zarur kasblar hamda mutaxassisliklarning ro‘yxati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.

371-modda. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari

Xodimlar ushbu Kodeksda, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan tartibda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tish huquqiga ega.

Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tish chog‘ida xodimlar ta’lim tashkilotida belgilangan qoidalarga rioya etishi, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish natijalarini ish beruvchiga taqdim etishi shart. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tish chog‘ida xodimlarning zimmasida ushbu Kodeksda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda va mehnat to‘g‘risidagi o‘zga huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

372-modda. Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka

Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti deganda amaliyot o‘tayotgan shaxs tomonidan kasb malakasiga va ish tajribasiga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan hamda amaliyot o‘tayotgan shaxsni o‘quv rejasiga muvofiq ish beruvchida mavjud bo‘lgan bo‘sh (vakant) o‘ringa qabul qilishni nazarda tutuvchi kasb tayyorgarligiga oid o‘quv jarayonining amaliy qismi tushuniladi.

Haq to‘lanadigan stajirovka stajirovka muayyan kasb, mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo‘yicha ishlash uchun zaruriy shart bo‘lgan hollarda bevosita ish joyida xodimni nazariy jihatdan tayyorlash natijasida egallangan kasbiy bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni amaliyotda shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida kasbga tayyorlash bosqichidir.

Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki haq to‘lanadigan stajirovkani o‘tayotgan shaxs bilan muddatli mehnat shartnomasi amaliyotni yoki stajirovkani o‘tash muddatiga tuziladi. Bunda mehnat shartnomasida mehnat shartnomasining majburiy shartlari bilan bir qatorda, amaliyotga yoki stajirovkaga rahbarlik qiluvchi shaxs belgilanishi kerak.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 367-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Murabbiylik
  2. Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi
  3. Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining mazmuni
  4. Xodimlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni davolash-profilaktika muassasalariga olib borish

To‘g‘ri javob: Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi. 367-modda: Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi.

Mehnat kodeksi: «Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 374-modda
  2. 367-modda
  3. 368-modda
  4. 365-modda

To‘g‘ri javob: 367-modda. 367-modda: Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarni kasbga tayyorlash qanday amalga oshiriladi?
  1. Ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha ixtiyoriy ravishda ta’lim tashkilotlarida
  2. Faqat majburiy tartibda, davlat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha ta’lim tashkilotlarida
  3. Xodimning o‘z tashabbusi bilan, ish beruvchi yo‘llanmasisiz, shaxsiy hisobidan
  4. Faqat sudning qarori bilan majburiy tartibda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda

To‘g‘ri javob: Ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha ixtiyoriy ravishda ta’lim tashkilotlarida. 367-moddaga ko‘ra kasbga tayyorlash ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha ixtiyoriy ravishda ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarni qayta tayyorlash deganda nima tushuniladi?
  1. Xodimning mavjud kasbi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar darajasini takomillashtirish, ish haqini oshirish va lavozimga ko‘tarilish uchun o‘qitish
  2. Texnologiyalar yoki mehnat jarayoniga talablar o‘zgargani sababli yangi kasbiy bilimlarni egallash yoki yangi kasbni o‘zlashtirish uchun o‘qitish
  3. Xodimni ishdan bo‘shatish yoki boshqa ish beruvchiga o‘tkazish munosabati bilan yangi kasbiy bilimlarni egallash uchun o‘qitish tartibi
  4. Ish beruvchining xohishiga ko‘ra xodimning mavjud kasbiy malakasini tasdiqlash va attestatsiyadan o‘tkazish uchun o‘qitish va imtihon topshirish

To‘g‘ri javob: Texnologiyalar yoki mehnat jarayoniga talablar o‘zgargani sababli yangi kasbiy bilimlarni egallash yoki yangi kasbni o‘zlashtirish uchun o‘qitish. 367-moddaga ko‘ra qayta tayyorlash yangi bilim, malaka, ko‘nikmalarni yoki yangi kasbni egallash uchun o‘qitishdir.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘rtasidagi farq qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Malaka oshirishda yangi kasb o‘zlashtiriladi, qayta tayyorlashda esa mavjud kasb bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar darajasi takomillashtiriladi
  2. Malaka oshirish faqat yosh xodimlar uchun, qayta tayyorlash esa faqat pensiya yoshidagi xodimlar uchun mo‘ljallangan, ularning mazmuni bir xil
  3. Malaka oshirishda mavjud kasb bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar darajasi takomillashtiriladi, qayta tayyorlashda esa yangi bilim yoki yangi kasb egallanadi
  4. Malaka oshirishda yangi kasb o‘rgatiladi, qayta tayyorlashda esa faqat mavjud kasb bo‘yicha ish haqi darajasi oshiriladi, kasbiy bilim o‘zgarmaydi

To‘g‘ri javob: Malaka oshirishda mavjud kasb bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar darajasi takomillashtiriladi, qayta tayyorlashda esa yangi bilim yoki yangi kasb egallanadi. 367-moddaga ko‘ra malaka oshirish mavjud kasb bo‘yicha darajani takomillashtiradi, qayta tayyorlash yangi kasb yoki yangi bilimlar uchun.

Kazus: Korxonada mehnat shartnomasida xodimlarning har yili malakasini oshirishi majburiy deb belgilangan. Xodim Karim bunga e’tiroz bildirmoqda va uni ixtiyoriy deb hisoblaydi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Qayta tayyorlash va malaka oshirish faqat xodimning roziligi bilan ixtiyoriy amalga oshiriladi
  2. Majburiy tayyorlash faqat sud qarori bilan, ish beruvchi talabi bo‘yicha mumkin bo‘ladi
  3. Majburiy tayyorlash shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa ham, faqat xodim roziligi bilan mumkin
  4. Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, majburiy tartibda amalga oshirilishi mumkin

To‘g‘ri javob: Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, majburiy tartibda amalga oshirilishi mumkin. 367-moddaga ko‘ra majburiy talablar mehnat shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lsa, majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish qayerda amalga oshirilishi mumkin?
  1. Mazkur ish beruvchida, tegishli ta’lim tashkilotida yoki boshqa ish beruvchida
  2. Faqat shu ish beruvchining o‘zida, o‘z bazasida amalga oshirilishi mumkin
  3. Faqat davlat oliy ta’lim muassasasida, ish beruvchining ishlab chiqarishidan tashqarida
  4. Faqat xorijiy ta’lim tashkilotlarida yoki xalqaro markazlarda amalga oshirilishi mumkin

To‘g‘ri javob: Mazkur ish beruvchida, tegishli ta’lim tashkilotida yoki boshqa ish beruvchida. 367-moddaga ko‘ra qayta tayyorlash va malaka oshirish shu ish beruvchida, ta’lim tashkilotida yoki boshqa ish beruvchida amalga oshirilishi mumkin.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish qaysi shaklda ham amalga oshirilishi mumkin?
  1. Faqat dars shaklida
  2. Murabbiylik shaklida
  3. Faqat masofaviy shaklda
  4. Faqat guruhli seminar shaklida

To‘g‘ri javob: Murabbiylik shaklida. 367-moddaga ko‘ra qayta tayyorlash va malaka oshirish murabbiylik shaklida ham amalga oshirilishi mumkin.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnatni muhofaza qilish (2/2)Keyingi →Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi