Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (5/9)
Vi Bo‘Lim. Ayrim Toifadagi Xodimlar Mehnatini Huquqiy Jihatdan Tartibga Solishning O‘Ziga Xos Xususiyatlari
428-modda. Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishning, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga faqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
429-modda. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida o‘ttiz kalendar kundan iborat yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bu ta’tildan yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtida foydalanishi mumkin.
Agar yillik mehnat ta’tili berilayotgan ish yili xodimga nogironlik belgilanguniga qadar va belgilanganidan keyingi davrlarni yoxud mazkur xodimning nogironligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan olib tashlanguniga qadar bo‘lgan davrni va olib tashlanganidan keyingi davrni qamrab olsa, yillik mehnat ta’tilining davomiyligi nogironlik belgilangan davrdagi va nogironlik yuzaga kelguniga qadar yoki nogironlik olib tashlanganidan keyingi ish davriga mutanosib ravishda hisoblanadi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
430-modda. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimning ish haqi saqlanmagan holda ta’til olish huquqi
Ish beruvchi I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimning xohishiga ko‘ra uning yozma arizasi asosida unga ish haqi saqlanmagan holda har yili davomiyligi o‘n to‘rt kalendar kungacha bo‘lgan ta’til berishi shart.
431-modda. Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to‘liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.
26-bob. Xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid aloqasi xususiyatiga va o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga bog‘liq holda mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
1-§. O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
432-modda. O‘rindoshlik asosida ishlash tushunchasi
O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning o‘zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.
O‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.
O‘rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat’i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.
433-modda. O‘rindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar
Quyidagi hollarda o‘rindoshlik asosida ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi:
o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga;
agar o‘rindoshning asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno);
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Agar o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sog‘lig‘iga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lsa, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muayyan kasb, mutaxassislik va lavozimlarga nisbatan o‘rindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin.
434-modda. O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilishda taqdim etiladigan hujjatlar
Boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar quyidagilarni taqdim etishi shart:
pasportni yoxud uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoki identifikatsiya ID-kartasini;
asosiy ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha ma’lumotnomani;
bajarilishi uchun qonunchilikka muvofiq faqat muayyan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ishga o‘rindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani;
diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta’lim to‘g‘risidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni, agar bunday ish maxsus bilimlarni yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa;
mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishga qabul qilish chog‘ida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari to‘g‘risidagi olingan ma’lumotnomani.
Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida ushbu modda birinchi qismining ikkinchi hamda to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab oladi.
Ichki o‘rindoshlik shartlari asosida ishga qabul qilish chog‘ida ish beruvchi xodimdan biror-bir hujjatni taqdim etishni talab qilishga haqli emas, agar mazkur ish maxsus bilim yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa va ilgari bu hujjatlar xodim tomonidan taqdim etilmagan bo‘lsa, bundan diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta’lim to‘g‘risidagi yoxud kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish mustasno.
434-modda. O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilishda taqdim etiladigan hujjatlar (davomi)
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish chog‘ida ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
435-modda. O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy ish to‘g‘risida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki o‘rindoshligi chog‘ida xodim bilan o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida alohida mehnat shartnomasi tuziladi.
O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomalari, agar bu qonunchilikka zid bo‘lmasa, bir yoki bir nechta ish beruvchi bilan tuzilishi mumkin.
O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ish o‘rindoshlik asosida bajarilayotganligi ko‘rsatilishi shart.
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasida ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda ish vaqtining davomiyligi va o‘rindoshlik asosida ishlash tartibi ko‘rsatiladi.
436-modda. Xodimning mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish
Xodimning yozma arizasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosida asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasiga ish davrlarini ko‘rsatgan holda o‘rindoshlik asosidagi ish to‘g‘risida yozuv kiritiladi. O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi.
Ichki o‘rindoshlik chog‘ida xodimning mehnat daftarchasiga yozuv uning yozma arizasi asosida kiritiladi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 428-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mehnat shartnomasini ota-onadan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) va vakolatli organlarning talabiga ko‘ra bekor qilish
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlari
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili
- Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishning, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
To‘g‘ri javob: Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishning, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. 428-modda: Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishning, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Mehnat kodeksi: «Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishning, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishning o‘ziga xos xususiyatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 428-modda
- 422-modda
- 425-modda
- 429-modda
To‘g‘ri javob: 428-modda. 428-modda: Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishning, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborish, tungi yoki ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilish qanday shart bilan mumkin?
- Faqat ularning roziligi bilan va bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lsa
- Ish beruvchining buyrug‘i bilan, ularning roziligi talab etilmaydi va tibbiy tavsiyalar hisobga olinmaydi
- Faqat kasaba uyushmasining roziligi bilan va bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida cheklanmagan bo‘lsa
- Faqat ota-onasining yozma roziligi bilan hamda bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalariga zid bo‘lmasa
To‘g‘ri javob: Faqat ularning roziligi bilan va bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lsa. 428-moddaga ko‘ra, faqat xodimning roziligi bilan va tavsiyalarda taqiqlanmagan bo‘lsa mumkin.
Kazus. Nogironligi bo‘lgan xodim Hamid tungi smenada ishlashga rozilik berdi, lekin tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida unga tungi ishlar taqiqlangan. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Rozilik bergani uchun tungi ishga jalb qilish mumkin, tavsiyalar ish beruvchini bog‘lamaydi
- Rozilik bo‘lsa ham tungi ishga jalb qilish mumkin emas, chunki tavsiyalarda taqiqlangan
- Jalb qilish ish beruvchining o‘z qaroriga bog‘liq, tibbiy-ijtimoiy ekspert tavsiyalari majburiy emas
- Tungi ishga faqat bir marta jalb qilish mumkin, takroran jalb qilish rozilik bilan ham mumkin emas
To‘g‘ri javob: Rozilik bo‘lsa ham tungi ishga jalb qilish mumkin emas, chunki tavsiyalarda taqiqlangan. 428-moddaga ko‘ra, tavsiyalarda taqiqlangan bo‘lsa jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga beriladigan yillik mehnat ta’tilining davomiyligi kamida necha kalendar kun?
- Yigirma sakkiz kalendar kun
- O‘ttiz kalendar kun
- Yigirma bir kalendar kun
- O‘n besh kalendar kun
To‘g‘ri javob: O‘ttiz kalendar kun. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga kamida o‘ttiz kalendar kunlik yillik mehnat ta’tili beriladi.
Mehnat kodeksi — 429-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar
- Mehnat shartnomasini ota-onadan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) va vakolatli organlarning talabiga ko‘ra bekor qilish
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari
To‘g‘ri javob: I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili. 429-modda: I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili.
Mehnat kodeksi: «I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili» qaysi moddada belgilangan?
- 426-modda
- 422-modda
- 429-modda
- 423-modda
To‘g‘ri javob: 429-modda. 429-modda: I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga yillik mehnat ta’tili kamida necha kalendar kun beriladi?
- Yigirma sakkiz kalendar kun
- Yigirma bir kalendar kun
- O‘ttiz kalendar kun
- O‘n to‘rt kalendar kun
To‘g‘ri javob: O‘ttiz kalendar kun. 429-moddaga ko‘ra, kamida o‘ttiz kalendar kun.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash