Xodimning mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (2/2)
Vi Bo‘Lim. Ayrim Toifadagi Xodimlar Mehnatini Huquqiy Jihatdan Tartibga Solishning O‘Ziga Xos Xususiyatlari
479-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligi kuniga ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish taqiqlanadi.
480-modda. O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llashdagi cheklovlar
O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
481-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qo‘shimcha ta’til
Noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlar yillik qo‘shimcha ta’til olish huquqiga ega.
Qo‘shimcha ta’til olish huquqini beradigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta’tillarning davomiyligi, ularni berish tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarga beriladigan yillik qo‘shimcha ta’tilning eng qisqa davomiyligi, shuningdek noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qo‘shimcha ta’tillarni berish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
482-modda. Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida xodimlar uchun xuddi ish vaqtining normal davomiyligida bo‘lgani kabi miqdorda amalga oshiriladi.
Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash oshirilgan miqdorda belgilanadi.
Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar mehnatiga to‘lanadigan haqni oshirishning eng kam miqdori normal mehnat sharoitlaridagi har xil turdagi ishlar uchun belgilangan tarif stavkasining (maoshning) to‘rt foizini tashkil etadi.
Mehnat haqini oshirishning aniq miqdorlari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
483-modda. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo‘shimcha ta’til
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo‘shimcha ta’til qaysi joylarda ishlaganlik uchun mehnat haqiga tegishli koeffitsiyentlar belgilangan bo‘lsa, o‘sha joylarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarga beriladi.
Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay hududlarning ro‘yxati va bunday sharoitlardagi ish uchun beriladigan yillik qo‘shimcha ta’tilning eng qisqa davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan yillik qo‘shimcha ta’tillar belgilanishi mumkin.
484-modda. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun mehnatga haq to‘lash koeffitsiyentlari
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun mehnatga haq to‘lash koeffitsiyenti ayrim hududlardagi mehnat sharoitlarining xususiyatlari inobatga olingan holda xodimlarga to‘lanadigan kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama turidir. Koeffitsiyentlarning eng kam miqdorlari va ularni qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bilimingizni sinang
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band xodimlarning ish vaqtidan tashqari ishi kuniga necha soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak?
- Bir soatdan
- Uch soatdan
- To‘rt soatdan
- Ikki soatdan
To‘g‘ri javob: Ikki soatdan. Bunday xodimlarning ish vaqtidan tashqari ishi kuniga ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Mehnat kodeksi — 479-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish
- Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun mehnatga haq to‘lash koeffitsiyentlari
- Umumiy qoidalar
- Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar
To‘g‘ri javob: Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar. 479-modda: Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar.
Mehnat kodeksi: «Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar» qaysi moddada belgilangan?
- 485-modda
- 479-modda
- 474-modda
- 484-modda
To‘g‘ri javob: 479-modda. 479-modda: Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band xodimlarning ish vaqtidan tashqari ishi yiliga necha soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak?
- Bir yuz yigirma soatdan
- Bir yuz soatdan
- Ikki yuz soatdan
- Bir yuz ellik soatdan
To‘g‘ri javob: Bir yuz yigirma soatdan. 479-moddaga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ish kuniga ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ish beruvchi o‘ta xavfli mehnat sharoitidagi sexda ishlovchi Valini ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilmoqchi. Mehnat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Jalb qilish mumkin, agar kuniga ikki soatdan oshmasa va xodim yozma rozilik bersa, o‘ta xavfli sharoitda ham
- Jalb qilish taqiqlanadi, chunki o‘ta xavfli sharoitdagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish mumkin emas
- Jalb qilish mumkin, agar Vali yozma rozilik bersa va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bunga qarshilik bildirmasa
- Jalb qilish mumkin, agar ish vaqtidan tashqari ish uchun haq ikki baravar miqdorda to‘lansa va dam olish kuni berilsa
To‘g‘ri javob: Jalb qilish taqiqlanadi, chunki o‘ta xavfli sharoitdagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish mumkin emas. 479-moddaga ko‘ra o‘ta zararli va o‘ta xavfli sharoitlardagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish taqiqlanadi.
Noqulay mehnat sharoitidagi (o‘ta zararli yoki o‘ta xavfli bo‘lmagan) ishda band xodim Hamid uchun ish beruvchi bir kunda 3 soat ish vaqtidan tashqari ish belgiladi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Qonuniy, agar ish vaqtidan tashqari ish yil davomida 120 soatdan oshmasa, kunlik chegarasiz
- Qonuniy, agar kasaba uyushmasi qo‘mitasi bunga qarshi bo‘lmasa va kuniga cheklov belgilanmagan
- Qonunga zid, chunki ish vaqtidan tashqari ish kuniga ikki soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak
- Qonunga zid, chunki noqulay sharoitdagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish taqiqlangan
To‘g‘ri javob: Qonunga zid, chunki ish vaqtidan tashqari ish kuniga ikki soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak. 479-moddaga ko‘ra noqulay sharoitlarda ish vaqtidan tashqari ish kuniga ikki soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Mehnat kodeksi — 480-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tashkilot rahbarining, uning o‘rinbosarlarining, tashkilot bosh buxgalterining va tashkilot alohida bo‘linmasi rahbarining o‘rindoshlik asosida ishlashi
- Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish
- Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari tushunchalari
- O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llashdagi cheklovlar
To‘g‘ri javob: O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llashdagi cheklovlar. 480-modda: O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llashdagi cheklovlar.
Mehnat kodeksi: «O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llashdagi cheklovlar» qaysi moddada belgilangan?
- 474-modda
- 480-modda
- 473-modda
- 487-modda
To‘g‘ri javob: 480-modda. 480-modda: O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llashdagi cheklovlar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash