Xodim mehnatining xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (1/2)
Vi Bo‘Lim. Ayrim Toifadagi Xodimlar Mehnatini Huquqiy Jihatdan Tartibga Solishning O‘Ziga Xos Xususiyatlari
485-modda. Umumiy qoidalar
Tashkilot rahbari ushbu Kodeksga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, tashkilotning ta’sis hujjatlariga, ichki hujjatlarga muvofiq mazkur tashkilotga rahbarlikni amalga oshiruvchi, shu jumladan uning yagona ijro etuvchi organi vazifalarini bajaruvchi jismoniy shaxsdir.
Ushbu paragrafdagi qoidalar, tashkilotlarning tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulk shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, tashkilotlar rahbarlariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar:
tashkilot rahbari yagona ishtirokchi (ta’sis etuvchi), tashkilot mol-mulkining yagona mulkdori bo‘lsa;
tashkilotni boshqarish boshqa tashkilot (boshqaruvchi tashkilot) bilan shartnoma asosida amalga oshirilsa.
Tashkilot rahbarining o‘rinbosari rahbar yo‘qligida uning vazifasini vaqtincha bajarib turish yoki lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalar bo‘yicha rahbar vazifasini bajarish o‘z xizmat vazifalari jumlasiga kiruvchi shaxsdir.
Tashkilot bosh buxgalteri tashkilotda shtatdagi lavozimni egallab turgan, hisob siyosatini shakllantirish, buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va haqqoniy buxgalteriya, soliq va statistika hisobotlari o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beruvchi, amalga oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini, tashkilot mol-mulkining harakati va majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi shaxsdir.
Tashkilotda bosh buxgalter lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda ushbu paragrafning qoidalari tashkilotda bosh buxgalter vazifasini amalga oshirayotgan mansabdor shaxsga nisbatan tatbiq etiladi.
485-modda. Umumiy qoidalar (davomi)
Tashkilotning alohida bo‘linmalari rahbarlari tarkibiy bo‘linmalarni tashkil etgan tashkilot tomonidan lavozimga tayinlanadigan va mazkur alohida bo‘linmani tashkil etgan tashkilot tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat ko‘rsatuvchi mansabdor shaxslardir.
Tashkilot rahbarining, uning o‘rinbosarlarining, tashkilot bosh buxgalterining va tashkilot alohida bo‘linmasi rahbarining mehnatga oid munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlari ushbu Kodeksda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, tashkilotning, alohida bo‘linmaning ta’sis hujjatlarida, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Qonunda tashkilotlar rahbarlarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning ushbu paragrafda nazarda tutilganidan tashqari boshqa o‘ziga xos xususiyatlari ham belgilanishi mumkin.
486-modda. Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish
Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri va tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari bilan tashkilotning ta’sis hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida belgilangan muddatga muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining rahbari bilan qonunda belgilangan muddatga muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.
Qonunda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, tashkilotning ta’sis hujjatlarida tashkilot rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzilishidan oldingi tartib-taomillar (tanlov o‘tkazish, lavozimga saylash yoki tayinlash va hokazo) belgilanishi mumkin.
Tashkilot rahbarini, uning o‘rinbosarlarini, tashkilot bosh buxgalterini va tashkilotning alohida bo‘linmasi rahbarini ishga qabul qilish chog‘ida olti oygacha muddat bilan dastlabki sinov belgilanishi mumkin.
487-modda. Tashkilot rahbarining, uning o‘rinbosarlarining, tashkilot bosh buxgalterining va tashkilot alohida bo‘linmasi rahbarining o‘rindoshlik asosida ishlashi
Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri va tashkilot alohida bo‘linmalarining rahbari boshqa ish beruvchida faqat tashkilotning vakolatli organi yoki tashkilot mulkdori yoxud mulkdor vakolat bergan shaxs (organ) ruxsati bilan o‘rindoshlik asosida ishlashi mumkin.
488-modda. Tashkilot rahbarining, uning o‘rinbosarlarining, tashkilot bosh buxgalterining va tashkilot alohida bo‘linmasi rahbarining moddiy javobgarligi
Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri va tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari tashkilotga o‘zi bevosita yetkazgan haqiqiy zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini tashkilot mulkdorining (aksiyadorlar, ishtirokchilar, muassislar umumiy yig‘ilishining) yoxud kuzatuv kengashining yoki mulkdor vakolat bergan boshqa organning talabiga binoan qoplaydi. Bunda zararlarni hisob-kitob qilish fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
489-modda. Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslardan tashqari tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
- 1) tashkilot mulkdori o‘zgarganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra. Mehnat shartnomasini shu asosga ko‘ra bekor qilishga tashkilot mulk qilib olingan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘l qo‘yiladi. Mazkur muddatga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrlari, uning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lganligi vaqti, boshqa uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan davrlari kiritilmaydi;
- 2) mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra.
Quyidagilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligini olish talab qilinmaydi:
ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan asoslardan istalgan biriga ko‘ra tashkilot rahbari, shuningdek alohida bo‘linma rahbari bilan;
ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, alohida bo‘linma rahbari bilan.
Tashkilot rahbari o‘z tashabbusiga ko‘ra nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugashidan oldin muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli bo‘lib, bu haqda ish beruvchini ikki oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak.
489-modda. Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)
Rahbarning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, alohida bo‘linmalar rahbarlari o‘z tashabbusiga ko‘ra nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugashidan oldin muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli bo‘lib, bu haqda ish beruvchini bir oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak.
490-modda. Tashkilotning kollegial ijro etuvchi organi a’zolarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Qonunchilikda, tashkilotning ta’sis hujjatlarida tashkilot rahbari uchun ushbu paragrafda belgilangan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari mehnat shartnomasini tuzgan tashkilot kollegial ijro etuvchi organi a’zolariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin.
2-§. Mavsumiy xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
491-modda. Mavsumiy ishlar
Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir.
Mavsumiy ishlarning davomiyligi, qoida tariqasida, olti oydan oshmasligi kerak.
Mavsumiy ishlarning, shu jumladan olti oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ayrim mavsumiy ishlarning ro‘yxatlari va mazkur ayrim mavsumiy ishlarning eng ko‘p davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
492-modda. Mavsumiy ishlarni bajarish to‘g‘risida mehnat shartnomasi tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ishning mavsumiy xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi.
Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi.
493-modda. Mavsumiy xodimlarning mehnat ta’tili
Mavsumiy xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.
Agar mavsumiy xodim to‘liq mavsum ishlagan bo‘lsa, unga keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda haq to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi. Bu holda ta’tilning oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda haq to‘lanadigan mehnat ta’tili o‘rniga mavsumiy xodimga uning xohishiga ko‘ra pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Agar mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mavsum tugagunga qadar muddatidan oldin bekor qilinsa, mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida unga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda kompensatsiya to‘lanadi.
494-modda. Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mavsumiy xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o‘z niyati to‘g‘risida mavsumiy xodimni:
tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi), shuningdek xodimlarning soni yoki shtati o‘zgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida yetti kalendar kun oldin;
mavsumiy xodim malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart.
Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, mavsumiy xodim o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida bir kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi.
Mavsumiy xodimni ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish o‘rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to‘lashga haqli.
Mavsumiy xodim bilan mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 173-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilgan asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, unga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.
494-modda. Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)
3-§. Vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 485-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
- Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish
- Mavsumiy ishlarni bajarish to‘g‘risida mehnat shartnomasi tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari
- Umumiy qoidalar
To‘g‘ri javob: Umumiy qoidalar. 485-modda: Umumiy qoidalar.
Mehnat kodeksi: «Umumiy qoidalar» qaysi moddada belgilangan?
- 489-modda
- 485-modda
- 486-modda
- 492-modda
To‘g‘ri javob: 485-modda. 485-modda: Umumiy qoidalar.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, tashkilot rahbari kim?
- Tashkilotga rahbarlikni amalga oshiruvchi, shu jumladan uning yagona ijro etuvchi organi vazifalarini bajaruvchi jismoniy shaxs
- Tashkilotning bosh buxgalteri sifatida hisob siyosatini shakllantiruvchi, shu jumladan moliyaviy hujjatlarni imzolovchi jismoniy shaxs
- Tashkilot mol-mulkining har qanday egasi, shu jumladan uning yagona ijro etuvchi organi vazifalarini bajarmaydigan ta’sischilar
- Tashkilotning kasaba uyushmasi raisi sifatida xodimlar manfaatlarini himoya qiluvchi, jamoa shartnomasini imzolovchi jismoniy shaxs
To‘g‘ri javob: Tashkilotga rahbarlikni amalga oshiruvchi, shu jumladan uning yagona ijro etuvchi organi vazifalarini bajaruvchi jismoniy shaxs. 485-moddaga ko‘ra rahbar tashkilotga rahbarlikni amalga oshiruvchi, shu jumladan yagona ijro etuvchi organ vazifalarini bajaruvchi jismoniy shaxsdir.
Ahmadjon “Sharq” MChJ rahbari, shu bilan birga yagona ta’sischi va tashkilot mol-mulkining yagona mulkdori. Mehnat kodeksidagi tashkilot rahbarlari mehnatiga oid maxsus qoidalar unga nisbatan qo‘llanadimi?
- Ha, chunki qoidalar barcha rahbarlarga, shu jumladan yagona ishtirokchi va mulkdorga ham tatbiq etiladi
- Ha, faqat unga nisbatan mehnat shartnomasi tuzilgan taqdirda bu maxsus qoidalar tatbiq etiladi
- Yo‘q, chunki rahbar yagona ishtirokchi va mol-mulkning yagona mulkdori bo‘lsa, bu qoidalar tatbiq etilmaydi
- Yo‘q, chunki MChJ rahbarlariga bu qoidalar tegishli emas, faqat aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga tatbiq etiladi
To‘g‘ri javob: Yo‘q, chunki rahbar yagona ishtirokchi va mol-mulkning yagona mulkdori bo‘lsa, bu qoidalar tatbiq etilmaydi. 485-moddaga ko‘ra rahbar yagona ishtirokchi va yagona mulkdor bo‘lsa, paragraf qoidalari tatbiq etilmaydi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, tashkilot rahbarining o‘rinbosari kim?
- Faqat bosh buxgalter, u rahbar yo‘qligida uning vazifasini vaqtincha bajarib turish yoki lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalarni hal etish huquqiga ega shaxs hisoblanadi
- Tashkilot mulkdori yoki uning vakolat bergan vakili, rahbar yo‘qligida uning vazifalarini bajaruvchi va lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalar bo‘yicha qaror qabul qiluvchi shaxs
- Alohida bo‘linmani tayinlovchi shaxs, tashkilot rahbari yo‘qligida vazifasini bajarishi xizmat vazifalariga kirmaydigan, lekin bo‘linma bo‘yicha ishonchnoma asosida faoliyat ko‘rsatuvchi mansabdor shaxs
- Rahbar yo‘qligida uning vazifasini vaqtincha bajarib turish yoki lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalar bo‘yicha rahbar vazifasini bajarish xizmat vazifalariga kiruvchi shaxs
To‘g‘ri javob: Rahbar yo‘qligida uning vazifasini vaqtincha bajarib turish yoki lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalar bo‘yicha rahbar vazifasini bajarish xizmat vazifalariga kiruvchi shaxs. 485-moddaga ko‘ra o‘rinbosar rahbar yo‘qligida vazifasini bajaradigan yoki taqsimot asosida ayrim masalalarni hal etadigan shaxsdir.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, tashkilot bosh buxgalterining vazifalariga nimalar kiradi?
- Tashkilot mol-mulkini yakka o‘zi tasarruf etish hamda xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish masalalarini hal etish
- Xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, shuningdek tashkilot nomidan shartnomalar tuzish va ishonchnomalar berish
- Tashkilot ta’sis hujjatlarini tasdiqlash va o‘zgartirish hamda mulkdor nomidan yillik hisobotni tasdiqlash va foydani taqsimlash
- Hisob siyosatini shakllantirish, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob berish
To‘g‘ri javob: Hisob siyosatini shakllantirish, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob berish. 485-moddaga ko‘ra bosh buxgalter hisob siyosatini shakllantirish va buxgalteriya hisobini yuritish uchun javob beradi.
“Nur” kichik korxonasida bosh buxgalter lavozimi mavjud emas, bosh buxgalter vazifasini mansabdor shaxs Zafar bajaradi. Bosh buxgalterga oid maxsus qoidalar kimga nisbatan tatbiq etiladi?
- Zafarga, ya’ni bosh buxgalter vazifasini amalga oshirayotgan mansabdor shaxsga
- Hech kimga tatbiq etilmaydi, chunki tashkilotda bosh buxgalter lavozimi mavjud emas
- Faqat tashkilot rahbariga, u bosh buxgalter vazifasini ham o‘z zimmasiga olgan sifatida
- Faqat tashkilot mulkdoriga, chunki u bosh buxgalterni tayinlash huquqiga ega
To‘g‘ri javob: Zafarga, ya’ni bosh buxgalter vazifasini amalga oshirayotgan mansabdor shaxsga. 485-moddaga ko‘ra bosh buxgalter lavozimi bo‘lmasa, qoidalar bosh buxgalter vazifasini bajarayotgan mansabdor shaxsga tatbiq etiladi.
Tashkilot rahbarlari mehnatiga oid maxsus qoidalar qanday tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi?
- Faqat davlat tashkilotlariga, tashkiliy-huquqiy shakli va mulk shakli davlat bo‘lgan tashkilotlargagina tatbiq etiladi
- Tashkiliy-huquqiy shakli, mulk shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha tashkilotlarga (belgilangan istisnolar bilan)
- Faqat xususiy tashkilotlarga, davlat mulki ulushi bo‘lmagan va idoraviy bo‘ysunuvi yo‘q tashkilotlargagina tatbiq etiladi
- Faqat aksiyadorlik jamiyatlari va xo‘jalik shirkatlariga, boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotlarga tatbiq etilmaydi
To‘g‘ri javob: Tashkiliy-huquqiy shakli, mulk shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha tashkilotlarga (belgilangan istisnolar bilan). 485-moddaga ko‘ra qoidalar tashkiliy-huquqiy shakl, mulk shakli va idoraviy bo‘ysunuvdan qat’i nazar tatbiq etiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash