XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 495–503-m.

Xodim mehnatining xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (2/2)

Vi Bo‘Lim. Ayrim Toifadagi Xodimlar Mehnatini Huquqiy Jihatdan Tartibga Solishning O‘Ziga Xos Xususiyatlari

495-modda. Vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar

Ikki oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslardir (bundan buyon matnda vaqtinchalik xodimlar deb yuritiladi).

496-modda. Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari

Ishning vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi shartlar mehnat shartnomasida qayd etilgan bo‘lishi kerak.

Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida dastlabki sinov belgilanmaydi.

497-modda. Vaqtinchalik xodimlarni dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilish

Ikki oygacha bo‘lgan muddatga mehnat shartnomasi tuzgan xodimlar ushbu muddat doirasida dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayramlar kunlarida o‘z yozma roziligiga ko‘ra ishga jalb qilinishi mumkin.

Dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayramlar kunlaridagi ish kamida ikki hissa miqdorida pul shaklida kompensatsiya qilinadi.

498-modda. Vaqtinchalik xodimlarga mehnat ta’tili berish

Vaqtinchalik xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Vaqtinchalik xodimlarga mehnat ta’tillari beriladi yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning xohishiga ko‘ra ishning har bir oyi uchun ikki ish kuni hisobidan kompensatsiya to‘lanadi.

499-modda. Vaqtinchalik xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari

Vaqtinchalik xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.

Ish beruvchi tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) tugatilishi (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi), xodimlar sonining yoki shtatining o‘zgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi), shuningdek xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi) mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o‘z niyati to‘g‘risida vaqtinchalik xodimni kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart.

Vaqtinchalik xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi vaqtinchalik xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, vaqtinchalik xodim o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida bir kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi.

Vaqtinchalik xodimni ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismida nazarda tutilgan yozma ravishdagi ogohlantirish o‘rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to‘lashga haqli.

Agar jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, vaqtinchalik xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmaydi.

499-modda. Vaqtinchalik xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

4-§. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xodimlari va ayrim kasblar egalari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

500-modda. Transport xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bog‘liq ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatiga muvofiq boshqa xodimlar transport xodimlaridir.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ishga kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tganligi tegishli hujjat (diplom, shahodatnoma, guvohnoma va hokazo) bilan tasdiqlangan shaxslar qabul qilinadi.

Transport xodimlari ishga qabul qilinish chog‘ida (dastlabki) va ish jarayonida (davriy) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tadi.

Transport xodimlariga transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishda o‘rindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmaydi.

Transport xodimlarining mehnatini qo‘llash chog‘ida ish beruvchilar mazkur xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan ish vaqti va dam olish vaqti rejimining, mehnat sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlariga rioya etishi shart.

Transport xodimlarining intizomi ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda, shuningdek intizom to‘g‘risidagi ustavlarda (nizomlarda) tartibga solinadi.

501-modda. Pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarning bolalarni o‘qitish yoki tarbiyalash bilan bevosita shug‘ullanuvchi pedagog xodimlari va boshqa xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda dastlabki tarzda (ishga qabul qilish chog‘ida) va davriy (ish jarayonida) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tadi.

Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka, ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Pedagog xodimlarni oliy ta’lim tashkilotlariga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), stajyor-o‘qituvchi lavozimlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim tashkilotining rahbariga tanlov o‘tkazilguniga qadar kafedra mudiri vakant lavozimi bo‘yicha vazifalarni bajarishni kafedraning yetakchi o‘qituvchilaridan birining yoki tegishli fakultet dekanining zimmasiga yuklatishga ruxsat beriladi.

Oliy ta’lim tashkilotlariga soatbay haq to‘lanishi shartlari asosida o‘qituvchilik ishiga kirayotgan shaxslar tanlovsiz, oliy ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan ishga qabul qilinadi.

Ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi. Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

501-modda. Pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Ta’lim tashkilotlari mehnatga haq to‘lash uchun mavjud mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda lavozim maoshlariga tabaqalashtirilgan ustamalar belgilashga hamda mehnatga haq to‘lash va uni rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.

502-modda. Tibbiyot xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.

Ayrim toifadagi tibbiyot xodimlari yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Tibbiyot xodimlari ish vaqtining va yillik qo‘shimcha mehnat ta’tilining davomiyligi, shuningdek ularning mehnatiga haq to‘lash razryadlari hamda tarif stavkasiga (maoshga) qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Rahbar xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tibbiyot tashkilotlari guruhlari o‘zi bevosita bo‘ysunadigan sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tomonidan, davolangan bemorlar soniga qarab — statsionar muassasalar uchun, xizmat ko‘rsatiladigan aholi soniga qarab — ambulatoriya-poliklinika xizmati va boshqa tibbiyot tashkilotlari uchun belgilanadi.

Agar shifokorning mutaxassisligi bo‘yicha ish stajida uch yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa (ijtimoiy ta’tillar, tibbiyotga ixtisoslashmagan mutaxassislikda ishlash, uzoq davom etgan kasallik, nogironlik va boshqalar), shifokor o‘z kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin avvalgi yillarda olinganligi to‘g‘risida hujjat bilan tasdiqlangan mavjud bazaviy, asosiy yoki qo‘shimcha mutaxassislikka muvofiq ixtisoslashuv kurslaridan o‘tishi shart. Ixtisoslashuv kurslaridan o‘tish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

503-modda. Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu moddaning qoidalari mehnat vazifasi sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishdan va muayyan turdagi yoki sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarida ishtirok etishdan iborat bo‘lgan xodimlar (bundan buyon matnda sportchilar deb yuritiladi) bilan mehnat munosabatlarini tartibga soladi.

Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shu jumladan jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ichki hujjatlarda belgilanadi.

Ushbu Kodeks 104-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shartlardan tashqari, sportchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga quyidagilar kiritilishi shart:

ish beruvchining mashq tadbirlari o‘tkazilishini va sportchining sport musobaqalarida ishtirok etishini ta’minlash majburiyati to‘g‘risidagi shartlar;

sportchining ish beruvchi tomonidan belgilangan sport rejimiga rioya etish va sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish rejalarini bajarish majburiyati to‘g‘risidagi shartlar;

sportchining sport musobaqalarida faqat ish beruvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha ishtirok etish majburiyati to‘g‘risidagi shartlar;

sportchining xalqaro dopingga qarshi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarga rioya etish, doping nazoratidan o‘tish majburiyati to‘g‘risidagi shartlar;

ish beruvchining sportchining hayoti va sog‘lig‘i sug‘urta qilinishini, shuningdek sportchining qo‘shimcha tibbiy va boshqa xizmatlarni olish maqsadida tibbiy sug‘urta qilinishini ta’minlashga doir majburiyati to‘g‘risidagi shartlar.

503-modda. Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Mehnat shartnomasini tuzish chog‘ida sportchilar dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Ish beruvchi dastlabki va davriy majburiy tibbiy ko‘riklarning o‘tkazilishini o‘z hisobidan tashkil etishi shart. Mehnat shartnomasining amal qilishi davrida sportchilar topshirilgan ishni bajarish uchun yaroqliligini aniqlash hamda kasb kasalliklarining va sport jarohatlanishlarining oldini olish maqsadida davriy majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tadi.

Ish beruvchi o‘z mablag‘lari hisobidan sportchilarni sport kiyim-boshlari, sport anjomlari va ashyolari, ular mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlashi, shuningdek mazkur kiyim-boshlar, asbob-uskunalar, anjomlar, ashyolar va vositalarni foydalanishga yaroqli holatda saqlashi shart.

Sportchilarga yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi, uning davomiyligi jamoa shartnomalarida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomalarida belgilanadi, lekin u to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.

Ish beruvchi sportchining sport musobaqalarida ishtirok etishini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan hollarda, ish beruvchilar o‘rtasidagi kelishuvga, sportchining o‘z yozma roziligiga ko‘ra, bir yildan oshmaydigan muddatga vaqtincha boshqa ish beruvchiga o‘tishiga yo‘l qo‘yiladi.

Sportchining boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tishi davri uchun vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchi u bilan ushbu moddaning uchinchi qismi qoidalarini inobatga olgan holda muddatli mehnat shartnomasi tuzadi.

503-modda. Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Sportchi boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tgan davrda dastlab tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi to‘xtatib turiladi (taraflar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlar amalga oshirilishini hamda majburiyatlar bajarilishini to‘xtatib turadi). Bunda dastlab tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilishi muddatining o‘tishi uzilib qolmaydi. Sportchining boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tish muddati tugaganidan keyin dastlab tuzilgan mehnat shartnomasi to‘liq hajmda qayta tiklanadi.

Vaqtincha o‘tish muddati mobaynida sportchiga va vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchiga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat huquqi normalarini o‘z ichiga olgan boshqa hujjatlarda belgilangan qoidalar, ushbu moddada belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, to‘liq hajmda tatbiq etiladi.

Vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchi sportchining boshqa ish beruvchiga o‘tishiga doir tashabbus bilan chiqish huquqiga ega emas.

Sportchining boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tishi davriga tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslarning istalgan biriga ko‘ra muddatidan ilgari bekor qilingan taqdirda, vaqtincha o‘tish davriga tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kalendar sanasidan keyingi ish kunidan boshlab dastlab tuzilgan mehnat shartnomasi to‘liq hajmda amal qiladi.

Agar boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tish muddati tugaganidan keyin sportchi vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchida ishlashni davom ettirsa va na sportchi yoki na vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchi, na dastlab mehnat shartnomasi tuzilgan ish beruvchi vaqtinchalik o‘tish davri uchun tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni hamda dastlab tuzilgan mehnat shartnomasini qayta tiklashni talab qilmasa, dastlab tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi va vaqtinchalik o‘tish davri uchun tuzilgan mehnat shartnomasi taraflar kelishuvi bilan belgilanadigan muddatga, bunday kelishuv mavjud bo‘lmagan taqdirda esa nomuayyan muddatga uzaytiriladi.

503-modda. Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Sportchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslardan tashqari quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:

Mehnat shartnomasini sportchining tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risidagi ogohlantirish muddatining davomiyligi mehnat shartnomasi taraflari tomonidan tegishli sport turi yoki turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sport federatsiyalarining (assotsiatsiyalarining) tavsiyalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi belgilaydigan muddatlar inobatga olingan holda aniqlanadi.

Bilimingizni sinang

Qancha muddatgacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan vaqtinchalik xodimlar hisoblanadi?
  1. Ikki oygacha
  2. Uch oygacha
  3. Bir oygacha
  4. Olti oygacha

To‘g‘ri javob: Ikki oygacha. Ikki oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik xodimlardir.

Mehnat kodeksi — 495-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tibbiyot xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
  2. Tashkilotning kollegial ijro etuvchi organi a’zolarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
  3. Vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar
  4. Transport xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

To‘g‘ri javob: Vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar. 495-modda: Vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar.

Mehnat kodeksi: «Vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 490-modda
  2. 495-modda
  3. 502-modda
  4. 500-modda

To‘g‘ri javob: 495-modda. 495-modda: Vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, qanday shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar (vaqtinchalik xodimlar) hisoblanadi?
  1. Ikki oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar
  2. Olti oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar
  3. Bir yilgacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar
  4. Faqat sinov muddatidagi shaxslar

To‘g‘ri javob: Ikki oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar. 495-moddaga ko‘ra ikki oygacha muddatga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik xodimlardir.

Bekzod bilan 45 kunlik muddatga mehnat shartnomasi tuzildi. Mehnat kodeksiga ko‘ra u qanday xodim hisoblanadi?
  1. Mavsumiy xodim
  2. Vaqtinchalik xodim
  3. Masofadan turib ishlovchi xodim
  4. Vaxta usulida ishlovchi xodim

To‘g‘ri javob: Vaqtinchalik xodim. 495-moddaga ko‘ra ikki oygacha muddatga ishga qabul qilingan shaxs vaqtinchalik xodimdir.

Mehnat kodeksi — 496-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
  2. Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
  3. Vaqtinchalik xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
  4. Mavsumiy xodimlarning mehnat ta’tili

To‘g‘ri javob: Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. 496-modda: Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.

Mehnat kodeksi: «Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 496-modda
  2. 499-modda
  3. 493-modda
  4. 503-modda

To‘g‘ri javob: 496-modda. 496-modda: Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.

Lola vaqtinchalik xodim sifatida ishga qabul qilinmoqda. Ish beruvchi unga bir oylik sinov muddati belgilamoqchi. Mehnat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Sinov bir oygacha belgilanishi mumkin
  2. Sinov ikki haftagacha belgilanishi mumkin
  3. Dastlabki sinov belgilanmaydi
  4. Sinov faqat xodim roziligi bilan belgilanadi

To‘g‘ri javob: Dastlabki sinov belgilanmaydi. 496-moddaga ko‘ra vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXodim mehnatining xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (1/2)Keyingi →Mikrofirmalarda va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarda ishlovchi shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (1/2)