Mikrofirmalarda va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarda ishlovchi shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (1/2)
Vi Bo‘Lim. Ayrim Toifadagi Xodimlar Mehnatini Huquqiy Jihatdan Tartibga Solishning O‘Ziga Xos Xususiyatlari
504-modda. Umumiy qoidalar
Mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan ish beruvchilarda (bundan buyon matnda ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma deb yuritiladi) xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish ushbu paragrafda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Agar ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma tadbirkorlik subyektlarining belgilangan tasnifiga muvofiq mikrofirmalar jumlasiga kirmay qolsa, davlat statistika organlari tomonidan ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar kiritilgan paytdan e’tiboran ushbu ish beruvchida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq ushbu paragrafda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olinmagan holda amalga oshirilishi kerak.
505-modda. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma ichki hujjatlarni (ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomni, mukofotlash haqidagi nizomni, smenalar jadvalini va boshqalarni) qabul qilishdan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli. Bunda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ichki hujjatlar bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan shartlarni kiritishi kerak. Mazkur mehnat shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan namunaviy shakl asosida tuziladi.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmalarga ishga kiruvchi shaxslar bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoxud muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmalarning xodimlariga ushbu mikrofirmadagi ish staji uchun qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi mumkin, uning davomiyligi va uni berish tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimni mehnat sharoitlarining o‘zgarishi (ushbu Kodeksning 137-moddasi birinchi qismi) va ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi (ushbu moddaning 146-moddasi birinchi qismi) to‘g‘risida kamida bir oy oldin yozma ravishda xabardor qilishi shart.
506-modda. Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimi ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmani yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma o‘z xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati nazarda tutilishi mumkin.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimini mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan bo‘lsa, xodimlarga ushbu Kodeks hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi.
2-§. Yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanib ishlaydigan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
507-modda. Umumiy qoidalar
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bank hisobvarag‘ini ochganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga haqli.
Yakka tartibdagi tadbirkor va yollanma xodim o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ushbu paragrafda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
508-modda. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasi
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan shaxs bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan xodim bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Bunda mehnat shartnomasining muddati yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
Ish qidirayotgan shaxs mehnat shartnomasi tuzilguniga qadar mehnat va bandlik shartlari to‘g‘risida oldindan xabardor qilingan bo‘lishi kerak.
Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri yakka tartibdagi tadbirkorda qoladi, ikkinchisi yollanma xodimga beriladi, uchinchisi esa yakka tartibdagi tadbirkorning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Mehnat shartnomasining nusxasini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollanma xodimlarni ishga qabul qilish buyruq e’lon qilmasdan amalga oshiriladi.
508-modda. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasi (davomi)
Yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimlarga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.
509-modda. Ish va dam olish rejimi
Ish rejimi, dam olish kunlarini va yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi xodim bilan yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi. Bunda ish haftasining davomiyligi ushbu Kodeksda belgilanganidan ko‘proq, yillik mehnat ta’tilining davomiyligi esa qisqaroq bo‘lishi mumkin emas.
510-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartlarining o‘zgartirilishi
Ushbu Kodeks 137-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda yakka tartibdagi tadbirkor xodimning taraflar tomonidan belgilangan mehnat shartlari o‘zgartirilishi to‘g‘risida xodimni kamida o‘n to‘rt kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart.
511-modda. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilish
Xodim yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu tadbirkorni yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish muddati xodim va yakka tartibdagi tadbirkorning kelishuviga ko‘ra qisqartirilishi mumkin.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini unda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilishga haqlidir.
Xodim bilan yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati nazarda tutilishi mumkin.
Xodimni mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart.
511-modda. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilish (davomi)
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati to‘xtatib turilgan hollarda xodimning o‘rtacha ish haqi ikki hafta davomida saqlanib qoladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyati to‘xtatib turilishi munosabati bilan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini xodimga ushbu shartnomada nazarda tutilgan miqdorda, lekin xodimning ikki haftalik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya to‘lagan holda bekor qilishga haqli. Mazkur miqdordagi pulli kompensatsiya yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatining bir haftadan ortiq davom etgan to‘xtatib turilishi davrida, xodim mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilgan taqdirda ham to‘lanadi.
512-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorda ishlaydigan xodimlarning mehnat staji
Yakka tartibdagi tadbirkorda yollanib ishlash davrlari, basharti ijtimoiy soliq to‘lansa, xodimning mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Xodimning mehnat stajini hisobga olish ijtimoiy soliq to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 504-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasi
- Umumiy qoidalar
- Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
- Vaqtinchalik xodimlarni dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilish
To‘g‘ri javob: Umumiy qoidalar. 504-modda: Umumiy qoidalar.
Mehnat kodeksi: «Umumiy qoidalar» qaysi moddada belgilangan?
- 508-modda
- 496-modda
- 497-modda
- 504-modda
To‘g‘ri javob: 504-modda. 504-modda: Umumiy qoidalar.
Mikrofirma tadbirkorlik subyektlarining belgilangan tasnifiga muvofiq mikrofirmalar jumlasiga kirmay qoldi. Mehnat kodeksiga ko‘ra, mikrofirmalarga oid o‘ziga xos xususiyatlar qaysi paytdan boshlab hisobga olinmaydi?
- Davlat statistika organlari tomonidan tegishli ma’lumotlar kiritilgan paytdan e’tiboran
- Soliq organlari tomonidan mikrofirma faoliyati bo‘yicha hisobot qabul qilingan paytdan e’tiboran
- Tasnifdan chiqish to‘g‘risida ish beruvchi yozma ariza bergan kundan e’tiboran
- Tasnifdan chiqqanligi to‘g‘risida hokimlik qaror chiqargan kundan keyingi yil boshidan
To‘g‘ri javob: Davlat statistika organlari tomonidan tegishli ma’lumotlar kiritilgan paytdan e’tiboran. 504-moddaga ko‘ra davlat statistika organlari ma’lumot kiritgan paytdan e’tiboran paragrafdagi xususiyatlar hisobga olinmaydi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmalarda xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solish qanday amalga oshiriladi?
- Umumiy qoidalarga to‘liq muvofiq, mikrofirma xususiyatlarisiz hisobga olinmagan holda
- Faqat jamoa shartnomasida kelishilgan o‘ziga xos shartlar asosida, qonun normalarisiz
- Ushbu paragrafda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda
- Ish beruvchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra belgilangan ichki tartib asosida
To‘g‘ri javob: Ushbu paragrafda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda. 504-moddaga ko‘ra mikrofirmalarda mehnat paragrafdagi o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda tartibga solinadi.
Mikrofirma xodimni mehnat sharoitlarining o‘zgarishi yoki ish beruvchining ko‘chishi haqida kamida qancha oldin yozma xabardor qilishi shart?
- Bir oy
- Uch kalendar kun
- Yetti kalendar kun
- O‘n to‘rt kalendar kun
To‘g‘ri javob: Bir oy. Mikrofirma xodimni mehnat sharoitlari yoki joyi o‘zgarishi haqida kamida bir oy oldin yozma xabardor qilishi shart.
Mehnat kodeksi — 505-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish
- Tibbiyot xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
- Umumiy qoidalar
- Vaqtinchalik xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
To‘g‘ri javob: Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish. 505-modda: Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish.
Mehnat kodeksi: «Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish» qaysi moddada belgilangan?
- 502-modda
- 499-modda
- 505-modda
- 507-modda
To‘g‘ri javob: 505-modda. 505-modda: Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish.
Mikrofirma direktori Alisher korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatga haq to‘lash nizomi va mukofotlash nizomini qabul qilmaslikka qaror qildi. Mehnat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Qaror qonunga zid, chunki ichki mehnat tartibi qoidalarini qabul qilish majburiy hisoblanadi
- Qaror faqat sud yoki mehnat inspeksiyasi ruxsati bilan qabul qilinishi mumkin
- Mikrofirma ichki hujjatlarni qabul qilishdan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli
- Faqat ichki mehnat tartibi qoidalaridan voz kechish mumkin, boshqa nizomlar majburiy
To‘g‘ri javob: Mikrofirma ichki hujjatlarni qabul qilishdan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli. 505-moddaga ko‘ra mikrofirma ichki hujjatlarni qabul qilishdan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash