XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 513–520-m.

Mikrofirmalarda va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarda ishlovchi shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (2/2)

Vi Bo‘Lim. Ayrim Toifadagi Xodimlar Mehnatini Huquqiy Jihatdan Tartibga Solishning O‘Ziga Xos Xususiyatlari

513-modda. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish

Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida tartibga solinmagan yakka tartibdagi mehnat nizolari sud tartibida hal etiladi.

3-§. Uy ishchilarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

514-modda. Uy ishchilari

Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar (bog‘bonlar, enagalar, qorovullar, oqsochlar, haydovchilar va boshqalar) uy ishchilaridir.

Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular o‘n olti yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zida fuqarolik muomala layoqati to‘liq hajmda mavjud bo‘lgan taqdirda, uy ishchilarini ishga yollash huquqiga ega.

515-modda. Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi

Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi uy ishchisi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.

Ishga qabul qilinayotgan uy ishchisi bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

Mehnat shartnomasi tuzilguniga qadar uy ishchisi ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan mehnat shartlari to‘g‘risida oldindan xabardor qilinishi kerak.

Uy ishchisi bilan mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi, ikkinchisi ish beruvchida qoladi, uchinchisi esa xodimga beriladi.

Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Agar taraflar uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishgan bo‘lsa, bu shart mehnat shartnomasining mazmuniga kiritilishi kerak.

Uy ishchilarini ishga qabul qilish buyruq e’lon qilinmasdan amalga oshiriladi.

Uy ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.

516-modda. Ish va dam olish rejimi

Ish rejimi, dam olish kunlarini va yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi. Bunda ish haftasining davomiyligi ushbu Kodeksda belgilanganidan ko‘proq, yillik mehnat ta’tilining davomiyligi esa qisqaroq bo‘lishi mumkin emas.

Uy xo‘jaligida yashovchi uy ishchilarini har kunlik yoki har haftalik dam olish yoxud yillik mehnat ta’tillari davrida uy xo‘jaligida yoki uy xo‘jaligi a’zolari bilan qolishga majburlash taqiqlanadi.

517-modda. Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan uy ishchisining mehnat shartlarini o‘zgartirish

Ushbu Kodeks 137-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs uy ishchisining taraflar tomonidan mehnat shartnomasida belgilangan mehnat shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida xodimni kamida o‘n to‘rt kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart.

518-modda. Uy ishchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish

Uy ishchisi mehnat shartnomasini ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsni yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqlidir.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish muddati uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra qisqartirilishi mumkin.

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari, ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha uy ishchisi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.

Uy ishchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati nazarda tutilishi mumkin.

Uy ishchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etganligi munosabati bilan bekor qilinadi. Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsning vafotidan keyingi kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.

Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etganligi munosabati bilan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, mehnat shartnomasi bekor qilinganligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘lovlar ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsning merosxo‘rlariga regress tartibida talablar yuborishga haqli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining hisobidan amalga oshiriladi.

518-modda. Uy ishchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish (davomi)

Uy ishchisini mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan bo‘lsa, xodimlarga ushbu Kodeks hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi.

Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs uy ishchisi bilan mehnat shartnomasini bekor qilganda mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini yozma shaklda xabardor qilishi shart.

519-modda. Uy ishchilarining mehnat staji

Uy ishchilarining yollanib ishlash bo‘yicha ish davrlari basharti ijtimoiy soliq to‘lansa, xodimning mehnat stajiga kiritiladi.

Uy ishchisining mehnat stajini hisobga olish ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

520-modda. Uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish

Uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida tartibga solinmagan yakka tartibdagi mehnat nizolari sud tartibida hal etiladi.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 513-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Uy ishchilarining mehnat staji
  2. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish
  3. Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish
  4. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasi

To‘g‘ri javob: Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish. 513-modda: Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish.

Mehnat kodeksi: «Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 506-modda
  2. 519-modda
  3. 508-modda
  4. 513-modda

To‘g‘ri javob: 513-modda. 513-modda: Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish.

Xodim Baxtiyor va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat nizosi ular o‘zaro kelishuvi bilan tartibga solinmadi. Mehnat kodeksiga ko‘ra bu nizo qanday hal etiladi?
  1. Sud tartibida
  2. Faqat soliq organida
  3. Hokimlikda
  4. Tadbirkorning o‘zi tomonidan yakka tartibda

To‘g‘ri javob: Sud tartibida. 513-moddaga ko‘ra o‘zaro kelishuv asosida tartibga solinmagan yakka tartibdagi mehnat nizolari sud tartibida hal etiladi.

Uy ishchisi va ish beruvchi jismoniy shaxs o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bilan tartibga solinmagan yakka tartibdagi mehnat nizolari qayerda hal etiladi?
  1. Soliq organida
  2. Sud tartibida
  3. Hokimlikda
  4. Mahalla yig‘inida

To‘g‘ri javob: Sud tartibida. 520-moddaga ko‘ra bunday nizolar sud tartibida hal etiladi.

Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular necha yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi?
  1. O‘n besh yoshga
  2. O‘n to‘rt yoshga
  3. O‘n sakkiz yoshga
  4. O‘n olti yoshga

To‘g‘ri javob: O‘n olti yoshga. Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular o‘n olti yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi.

Mehnat kodeksi — 514-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish
  2. Uy ishchilari
  3. Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi
  4. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilish

To‘g‘ri javob: Uy ishchilari. 514-modda: Uy ishchilari.

Mehnat kodeksi: «Uy ishchilari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 511-modda
  2. 515-modda
  3. 520-modda
  4. 514-modda

To‘g‘ri javob: 514-modda. 514-modda: Uy ishchilari.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, uy ishchilari kimlar?
  1. Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ish bajaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
  2. Ish beruvchi bo‘lgan yuridik shaxslarga ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq xo‘jalik ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ish bajaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
  3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularning tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yordam berish uchun yollangan, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida ishlovchi xodimlar
  4. Mikrofirmalarga ularning kundalik ma’muriy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun tozalash va qo‘riqlash ishlarini bajaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar

To‘g‘ri javob: Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ish bajaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar. 514-moddaga ko‘ra uy ishchilari jismoniy shaxslarning tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlovchi xodimlardir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMikrofirmalarda va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarda ishlovchi shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (1/2)Keyingi →Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari