Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Vi Bo‘Lim. Ayrim Toifadagi Xodimlar Mehnatini Huquqiy Jihatdan Tartibga Solishning O‘Ziga Xos Xususiyatlari
521-modda. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (bundan buyon matnda chet el fuqarolari deb yuritiladi) nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning umumiy normalari tatbiq etiladi.
Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan va yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi.
522-modda. Chet el fuqarosini ishga qabul qilish yoshi
Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari o‘n sakkiz yoshga to‘lganida xodim sifatida yakka tartibdagi mehnat munosabatlariga kirishish huquqiga ega.
523-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma
Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma asosidagina amalga oshirish huquqiga ega, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomalarini tuzishga ularda O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma mavjud bo‘lgan taqdirdagina haqli, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari bilan o‘rindoshlik shartlari asosidagi mehnat shartnomalari faqat ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir alohida tasdiqnoma olingan taqdirdagina tuzilishi mumkin. Yuqori malakali mutaxassislar va malakali mutaxassislar bilan o‘rindoshlik shartlari asosida mehnat shartnomalarini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 526-moddasida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomani berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
524-modda. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddati
Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddatidan, agar bunday tasdiqnomaning bo‘lishi (olinishi) qonunchilikda belgilangan bo‘lsa, ortiq bo‘lmasligi kerak.
525-modda. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarosi bo‘lgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddati tugatilganligi yoki bekor qilinganligi chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan uning amal qilish muddati tugagan kunda mehnat shartnomasi bekor qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma bekor qilinganda mehnat shartnomasi ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining tegishli xabarnomasini olgan kunda bekor qilinishi lozim.
526-modda. Yuqori malakali mutaxassis yoki malakali mutaxassis bo‘lgan chet el fuqarolari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan yuqori malakali mutaxassis yoki malakali mutaxassis bo‘lgan chet el fuqarolari uchun qonunchilikda ishga qabul qilishning, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomalarning amal qilish muddati yuqori malakali mutaxassis yoki malakali chet el mutaxassislari uchun, ularning xohishiga ko‘ra, tasdiqnomalar berilgan kundan e’tiboran uch yilgachani tashkil etadi, cheklanmagan miqdorda uzaytirishlar imkoniyati bilan beriladi, lekin bu miqdor har bir holda ko‘pi bilan uch yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Yuqori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma olmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rindoshlik asosida ishlash huquqiga ega.
Mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, yuqori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni ichida boshqa ish joyini izlashga haqlidir, bu davrda ularga ilgari berilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomalar, shuningdek vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlanadi.
Chet el fuqarolarini yuqori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar toifasiga kiritish mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 521-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddati
- Chet el fuqarosini ishga qabul qilish yoshi
- Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish
- Umumiy qoidalar
To‘g‘ri javob: Umumiy qoidalar. 521-modda: Umumiy qoidalar.
Mehnat kodeksi: «Umumiy qoidalar» qaysi moddada belgilangan?
- 521-modda
- 527-modda
- 522-modda
- 524-modda
To‘g‘ri javob: 521-modda. 521-modda: Umumiy qoidalar.
Chet el fuqarosi Jon O‘zbekistonda doimiy yashaydi va yashash guvohnomasiga ega. Mehnat kodeksiga ko‘ra, unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning qanday normalari tatbiq etiladi?
- Umumiy normalari
- Faqat maxsus cheklovlar
- Faqat xalqaro shartnomalar normalari
- Hech qanday normalar tatbiq etilmaydi
To‘g‘ri javob: Umumiy normalari. 521-moddaga ko‘ra doimiy yashovchi va yashash guvohnomasiga ega chet el fuqarolariga mehnat qonunchiligining umumiy normalari tatbiq etiladi.
Mehnat faoliyati maqsadida O‘zbekistonga qonuniy kirib kelgan va yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolariga nisbatan mehnat qonunchiligi qanday tatbiq etiladi?
- Umumiy tartibda, hech qanday o‘ziga xos xususiyatlarsiz va cheklovlarsiz
- Faqat ish beruvchi va xodim kelishuvida nazarda tutilgan shartlar asosida
- Bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda
- Faqat xalqaro shartnomalar asosida, mehnat qonunchiligi tatbiq etilmagan holda
To‘g‘ri javob: Bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda. 521-moddaga ko‘ra bunday chet el fuqarolariga qonunchilik o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi.
Mehnat faoliyati maqsadida O‘zbekistonga qonuniy kirgan chet el fuqarolari necha yoshga to‘lganida yakka tartibdagi mehnat munosabatlariga kirishish huquqiga ega?
- O‘n olti yoshga
- Yigirma bir yoshga
- O‘n besh yoshga
- O‘n sakkiz yoshga
To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshga. Chet el fuqarolari o‘n sakkiz yoshga to‘lganida xodim sifatida yakka tartibdagi mehnat munosabatlariga kirishish huquqiga ega.
Mehnat kodeksi — 522-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma
- Chet el fuqarosini ishga qabul qilish yoshi
- Uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish
- Mehnat huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari
To‘g‘ri javob: Chet el fuqarosini ishga qabul qilish yoshi. 522-modda: Chet el fuqarosini ishga qabul qilish yoshi.
Mehnat kodeksi: «Chet el fuqarosini ishga qabul qilish yoshi» qaysi moddada belgilangan?
- 520-modda
- 529-modda
- 522-modda
- 523-modda
To‘g‘ri javob: 522-modda. 522-modda: Chet el fuqarosini ishga qabul qilish yoshi.
Mehnat faoliyati maqsadida O‘zbekistonga qonuniy kirib kelgan 17 yoshli chet el fuqarosi Piter ishga kirmoqchi. Mehnat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Kira oladi: chet el fuqarolari o‘n olti yoshga to‘lganida yakka tartibdagi mehnat munosabatlariga kirishish huquqiga ega
- Kira olmaydi: chet el fuqarolari yigirma bir yoshga to‘lganida yakka tartibdagi mehnat munosabatlariga kirishish huquqiga ega
- Kira olmaydi: chet el fuqarolari o‘n sakkiz yoshga to‘lganida yakka tartibdagi mehnat munosabatlariga kirishish huquqiga ega
- Kira oladi, agar ota-onasining yozma roziligi bo‘lsa va ish beruvchi bilan sinov muddati kelishilgan bo‘lsa
To‘g‘ri javob: Kira olmaydi: chet el fuqarolari o‘n sakkiz yoshga to‘lganida yakka tartibdagi mehnat munosabatlariga kirishish huquqiga ega. 522-moddaga ko‘ra chet el fuqarolari o‘n sakkiz yoshga to‘lganida mehnat munosabatlariga kirishadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash