XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 550–558-m.

Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish (2/6)

Vii Bo‘Lim. Xodimlarning Mehnat Huquqlarini Himoya Qilish. Mehnat Nizolarini Ko‘Rib Chiqish

550-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlis o‘tkazilguniga qadar:

yakka tartibdagi mehnat nizosini to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan holatlarni aniqlaydi (isbotlash predmetini aniqlaydi);

nizoni hal qilishda tayanish kerak bo‘lgan qonunlar va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar doirasini aniqlaydi;

nizoni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibini aniqlashtiradi;

har bir taraf o‘z talablarini asoslash uchun taqdim etishi kerak bo‘lgan dalillar ro‘yxatini belgilaydi.

551-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish tartibi

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya yakka tartibdagi mehnat nizosini xodim ariza bergan kundan e’tiboran o‘n kalendar kun ichida ko‘rib chiqishi shart.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalarda ko‘riladigan yakka tartibdagi mehnat nizolari, zarur hollarda, xodimning ishdan tashqari vaqtida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Mehnat nizosi ariza bergan xodim yoki uning vakili ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Xodim yoki uning vakili yo‘qligida mehnat nizosini ko‘rib chiqishga faqat xodimning yozma arizasi asosida yo‘l qo‘yiladi. Xodim yoxud uning vakili mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning majlisida hozir bo‘lmagan taqdirda, mehnat nizosini ko‘rib chiqish keyinga qoldiriladi. Xodim yoki uning vakili uzrli sabablarsiz ikkinchi marta majlisda hozir bo‘lmagan taqdirda, komissiya masalani ko‘rib chiqishdan olib tashlash to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin, bu esa xodimni ushbu Kodeksda belgilangan muddat doirasida mehnat nizosini ko‘rib chiqish haqida takroran ariza berish huquqidan mahrum etmaydi. Komissiyaning arizani ko‘rib chiqishdan olib tashlash to‘g‘risidagi qarori arizani ko‘rib chiqishdan olib tashlash sababi albatta ko‘rsatilgan holda xodimga yozma shaklda yetkaziladi.

Xodim mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida ushbu nizoni tugatishga haqlidir.

O‘n besh yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan xodimlarning yakka tartibdagi mehnat nizolari ota-onasidan birining yoki vasiysining ishtirokida mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqiladi.

551-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish tartibi (davomi)

Xodim, kasaba uyushmasi qo‘mitasi mehnat nizosini ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun advokatni, ekspertni yoki boshqa uchinchi shaxsni taklif etish huquqiga ega.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya o‘z majlisiga guvohlarni chaqirish, mutaxassislarni taklif etish huquqiga ega.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning talabiga binoan ish beruvchi (uning vakillari) komissiyaga zarur bo‘lgan hujjatlarni komissiya tomonidan belgilangan muddatda taqdim etishi shart.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning majlisi, agar har bir tarafdan komissiya a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisida ish beruvchining va kasaba uyushmasi qo‘mitasining teng miqdordagi vakillari ishtirok etishi kerak.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning vakolatga ega bo‘lmagan tarkibi tomonidan qabul qilingan qaror g‘ayriqonuniydir.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning har bir majlisida raisning vazifalari ish beruvchining va kasaba uyushmasi qo‘mitasining vakillari tomonidan navbatma-navbat bajariladi. Bunda raisning va kotibning vazifalari ayni bir majlisning o‘zida bir taraf vakillari tomonidan bajarilishi mumkin emas.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning birinchi majlisida komissiya a’zolarining (xodimlar va ish beruvchilar vakillarining) kelishuviga ko‘ra ushbu majlisning raisi va kotibi belgilanadi. Komissiyaning keyingi majlislarida har bir keyingi majlis uchun rais va kotib tayinlanib, majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni chaqirish ularning zimmasiga yuklatiladi.

551-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish tartibi (davomi)

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning majlisini rais ochib, qaysi nizo ko‘rib chiqilishi lozimligini, komissiya tarkibini e’lon qiladi. Rais taraflarning hozir bo‘lgan-bo‘lmaganligini, vakillarning vakolatini tekshiradi, shundan so‘ng komissiya majlisida ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rilayotgan yakka tartibdagi mehnat nizosining taraflari:

dalillarni taqdim etishga;

dalillarni tekshirishda ishtirok etishga;

komissiya majlisida ishtirok etayotgan shaxslarga, komissiya majlisiga taklif qilingan guvohlarga, mutaxassislarga va boshqa shaxslarga savollar berishga;

iltimosnoma berishga;

komissiyaga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish;

komissiya majlisida ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalariga va vajlariga qarshi e’tiroz bildirishga;

komissiyaning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilishga;

komissiya majlisida audio va video uskunalardan foydalanishga haqli.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya yakka tartibdagi mehnat nizosini mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqar ekan, avval xodimning bildirilgan talablari xususidagi tushuntirishlarini eshitadi. Shundan so‘ng ish beruvchining vakili eshitiladi, taraflarning dalillari tekshiriladi, nizoni ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun chaqirilgan (taklif etilgan) mutaxassislar, guvohlar va boshqa shaxslar eshitiladi.

552-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining bayonnomasi

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning majlisida bayonnoma yuritiladi, u komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining bayonnomasida o‘tkazilayotgan majlisning quyidagi butun jarayoni aks ettiriladi:

majlis o‘tkazilayotgan sana;

komissiya tarkibi;

qanday ariza ko‘rilayotganligi;

komissiya majlisini olib borish tartibi;

xodim (uning vakili) hamda ish beruvchining vakili tomonidan keltirilayotgan tushuntirishlar va vajlarning, shuningdek guvohlar ko‘rsatuvlarining, mutaxassislar fikrlarining bayoni;

qarorning mazmuni.

Yakka tartibdagi mehnat nizosining taraflari va mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining manfaatdor ishtirokchilari majlis bayonnomasi bilan tanishishga haqli hamda ushbu bayonnoma imzolangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bayonnomaga nisbatan yozma e’tirozlarini undagi xatolarni, noto‘g‘ri talqinlarni yoki bayonnomaning to‘liq emasligini ko‘rsatgan holda berishi mumkin. Komissiya taraflarning yozma e’tirozlarini majlis bayonnomasiga ilova qilishi kerak.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlisining bayonnomasini yuritish komissiya majlisining audio- yoki videoyozuvi orqali elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.

553-modda. Xodimning arizasini qabul qilishni rad etish

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya xodimning arizasini qabul qilishni, agar mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning yoki sudning ish yurituvida xuddi shu taraflar o‘rtasidagi nizo bo‘yicha, xuddi shu predmet va xuddi shu asoslar bo‘yicha boshqa ariza mavjud bo‘lsa yoxud ariza xodimning nomidan buning uchun vakolatli bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa yoki ushbu yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqish komissiyaning vakolatlariga kirmasa, rad etadi.

Avvalgi majlisda tayinlangan mehnat nizolari bo‘yicha komissiya raisi ariza beruvchiga arizani qabul qilishga doir yozma ravishda asoslantirilgan rad javobini uch kunlik muddat ichida beradi.

554-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga murojaat qilish muddati

Xodim mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga o‘z huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran olti oylik muddat ichida murojaat qilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, mehnat nizolari bo‘yicha komissiya muddatni qayta tiklashi va nizoni mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqishi mumkin.

Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish yuzasidan murojaat etish muddatining o‘tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turiladi.

555-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya kasaba uyushmasi qo‘mitasi va ish beruvchi vakillarining kelishuviga ko‘ra qaror qabul qiladi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori asoslantirilgan hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:

tashkilotning nomi, yakka tartibdagi mehnat nizosi tashkilot alohida bo‘linmasining mehnat nizolari bo‘yicha komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan taqdirda esa bo‘linmaning nomi, komissiyaga murojaat etgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, kasbi yoki mutaxassisligi;

komissiyaga murojaat etilgan va nizo ko‘rib chiqilgan sana, nizoning mohiyati;

komissiya a’zolarining va majlisda hozir bo‘lgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;

qarorning mohiyati va uning asoslanishi (qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga havola qilingan holda);

ovoz berish natijalari.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning pulga oid talablar bo‘yicha qarorida xodimga tegishli bo‘lgan aniq summa ko‘rsatilishi kerak.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori komissiya majlisining raisi va kotibi tomonidan imzolanib, majburiy kuchga ega bo‘ladi va biron-bir tarzda tasdiqlanmaydi.

Mehnat nizosi bo‘yicha komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida topshiriladi (yuboriladi).

556-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqishni sudga o‘tkazish va mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish

Agar mehnat nizolari bo‘yicha komissiya o‘n kunlik muddat ichida yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim yoki uning vakili sudga murojaat qilishga haqli.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi o‘ziga topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sudga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat o‘tkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Sud o‘tkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topib, bu muddatni tiklashi va yakka tartibdagi mehnat nizosini mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqishi mumkin.

557-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning a’zolari uchun kafolatlar

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning a’zolari bo‘lgan xodimlarga nisbatan ular o‘z vakolatlarini amalga oshirayotgan davrda tarif stavkasini (maoshni) pasaytirishga va ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yakka tartibdagi mehnat nizosini bevosita ko‘rib chiqish va ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash davrida mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning a’zolari bo‘lgan xodimlar o‘rtacha ish haqi saqlangan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.

4-§. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini sud tartibida ko‘rib chiqish

558-modda. Bevosita sudda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan yakka tartibdagi mehnat nizolari

Quyidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari bevosita sudda ko‘rib chiqiladi:

Yakka tartibdagi mehnat nizolari, ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilganlaridan tashqari, xodimning xohishiga ko‘ra, bevosita sudlarda ham ko‘rib chiqiladi.

Xodimning arizasini ko‘rib chiqishni yakka tartibdagi nizo mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqilmaganligiga asoslangan holda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 550-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning vakolatlari
  2. Xodimning pulga oid talablarini qanoatlantirish
  3. Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash
  4. Xodimning arizasini qabul qilishni rad etish

To‘g‘ri javob: Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash. 550-modda: Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash.

Mehnat kodeksi: «Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 550-modda
  2. 548-modda
  3. 553-modda
  4. 546-modda

To‘g‘ri javob: 550-modda. 550-modda: Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlis o‘tkazilguniga qadar yakka tartibdagi nizoni ko‘rib chiqishga tayyorlashda nimani belgilaydi?
  1. Har bir taraf o‘z talablarini asoslash uchun taqdim etishi kerak bo‘lgan dalillar ro‘yxatini
  2. Taraflarga qo‘llaniladigan jarima miqdorini va uni to‘lash tartibini belgilovchi hisob-kitobni
  3. Komissiya a’zolarining mukofot miqdorini va majlislarda ishtirok etish uchun haq to‘lash tartibini
  4. Nizo bo‘yicha yakuniy qaror mazmunini hamda taraflar uchun majburiy bo‘lgan shartlarni oldindan

To‘g‘ri javob: Har bir taraf o‘z talablarini asoslash uchun taqdim etishi kerak bo‘lgan dalillar ro‘yxatini. 550-moddaga ko‘ra, komissiya taraflar taqdim etishi kerak bo‘lgan dalillar ro‘yxatini belgilaydi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya yakka tartibdagi mehnat nizosini xodim ariza bergan kundan e’tiboran necha kun ichida ko‘rib chiqishi shart?
  1. o‘ttiz kalendar kun
  2. o‘n kalendar kun
  3. besh ish kuni
  4. o‘n besh kalendar kun

To‘g‘ri javob: o‘n kalendar kun. Komissiya nizoni xodim ariza bergan kundan e’tiboran o‘n kalendar kun ichida ko‘rib chiqishi shart.

Qaysi yoshdagi xodimlarning yakka tartibdagi mehnat nizolari ota-onasidan birining yoki vasiysining ishtirokida mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqiladi?
  1. o‘n to‘rt yoshdan o‘n besh yoshgacha
  2. o‘n sakkiz yoshdan yigirma yoshgacha
  3. o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha
  4. O‘n besh yoshdan o‘n olti yoshgacha

To‘g‘ri javob: O‘n besh yoshdan o‘n olti yoshgacha. O‘n besh yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan xodimlarning nizolari ota-onasidan biri yoki vasiysi ishtirokida ko‘riladi.

Mehnat kodeksi — 551-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish tartibi
  2. Xodimning arizasini qabul qilishni rad etish
  3. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning vakolatlari
  4. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga ariza berish tartibi

To‘g‘ri javob: Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish tartibi. 551-modda: Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish tartibi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat nizolari bo‘yicha komissiya yakka tartibdagi mehnat nizosini xodim ariza bergan kundan e’tiboran qancha muddat ichida ko‘rib chiqishi shart?
  1. Besh kalendar kun
  2. O‘n kalendar kun
  3. O‘n besh kalendar kun
  4. Bir oy

To‘g‘ri javob: O‘n kalendar kun. 551-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, komissiya nizoni ariza berilgan kundan e’tiboran o‘n kalendar kun ichida ko‘rib chiqishi shart.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘riladigan yakka tartibdagi mehnat nizolari zarur hollarda qachon ko‘rib chiqilishi mumkin?
  1. Faqat xodimning ta’tili davrida
  2. Faqat ish beruvchining ish vaqtida
  3. Xodimning ishdan tashqari vaqtida
  4. Faqat dam olish kunlari kechqurun

To‘g‘ri javob: Xodimning ishdan tashqari vaqtida. 551-moddaga ko‘ra, zarur hollarda nizo xodimning ishdan tashqari vaqtida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnat nizolarini ko‘rib chiqish (1/6)Keyingi →Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish (3/6)