XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 559–567-m.

Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish (3/6)

Vii Bo‘Lim. Xodimlarning Mehnat Huquqlarini Himoya Qilish. Mehnat Nizolarini Ko‘Rib Chiqish

559-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi

Quyidagilar yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega:

560-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish muddatlari

Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilanadi:

ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran uch oy;

xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan e’tiboran bir yil;

boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran olti oy.

Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat etish muddati belgilanmaydi.

Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sudga murojaat etish muddatining o‘tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turiladi.

561-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi va boshqa ishga o‘tkazish haqidagi nizolar bo‘yicha qarorlar qabul qilish

Mehnat shartnomasi qonuniy asossiz bekor qilingan, g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan, mehnat shartlari o‘zgartirilgan yoxud ishdan chetlashtirilgan hollarda yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiquvchi organ xodimni avvalgi ishiga tiklaydi, shuningdek avvalgi mehnat shartlarini tiklaydi.

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishning qonuniyligi to‘g‘risidagi masalani hal qilayotganda sud xodim bilan mehnat munosabatlarini tugatishning asosliligiga baho beradi.

Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan sud xodimga majburiy progulning butun vaqti uchun o‘rtacha ish haqini yoki kam ish haqi to‘lanadigan ishni bajargan butun vaqti uchun ish haqidagi farqni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

G‘ayriqonuniy ravishda hukm qilinganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan yoxud g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan ishdan (lavozimidan) chetlashtirilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi kerak, agar buning imkoni bo‘lmasa (tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) tugatilishi, qisqartirishga olib kelgan shtatlar o‘zgarishi yoki ishiga (lavozimiga) tiklanishiga to‘sqinlik qiluvchi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda), avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak.

Tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilgan hollarda yoki ishga (lavozimga) tiklashga monelik qiladigan, qonunda nazarda tutilgan o‘zga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, boshqa teng ish berish mahalliy mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

562-modda. Xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish

Xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat etganda sud xarajatlaridan ozod qilinadi.

563-modda. Da’vo miqdoriga va uni ta’minlashga doir cheklovlarning mavjud emasligi

Yakka tartibdagi mehnat nizolari bo‘yicha da’vo miqdoriga va da’voni ta’minlashga doir hech qanday cheklovlar belgilanishi mumkin emas.

564-modda. Mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishda, ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirishda yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxsning zimmasiga moddiy javobgarlikni yuklash

O‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimga, ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirilgan xodimga yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq holda mansabdor shaxs tomonidan ish beruvchiga zarar yetkazilgan taqdirda, sud yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs zimmasiga yuklatadi. Bunday majburiyat mansabdor shaxs xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning yoki sudning qarorini kechiktirgan taqdirda ham yuklatiladi.

Moddiy zararning o‘rnini qoplash miqdori mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

565-modda. Ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish

Xodimning mehnat huquqlari buzilishi unga ma’naviy va (yoki) jismoniy azob-uqubatlar yetkazishga sabab bo‘lgan hollarda, sud ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risida xodimning talabiga ko‘ra qaror chiqarishga haqli. Ma’naviy ziyonning miqdori sud tomonidan belgilanadi.

5-§. Yakka tartibdagi mehnat nizolari bo‘yicha qarorlarning ijro etilish tartibi

566-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarorining ijro etilishi

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorini ish beruvchi ushbu qaror ustidan shikoyat qilish uchun nazarda tutilgan o‘n kun o‘tganidan keyin uch kunlik muddatda ijro etishi kerak.

Ish beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatda mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorini ijro etmagan taqdirda, komissiya tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) beriladi.

Guvohnomada:

mehnat nizosi bo‘yicha qaror chiqargan mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning nomi;

qaror qabul qilingan va guvohnoma berilgan sanalar;

xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi;

nizoning mohiyati bo‘yicha qaror ko‘rsatiladi.

Guvohnoma komissiya raisi va kotibining imzolari bilan tasdiqlanadi hamda xodimga imzo qo‘ydirib beriladi.

Xodim mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida guvohnomani olish uchun komissiyaga murojaat qilishi mumkin.

Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa, guvohnoma berilmaydi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tomonidan berilgan hamda olingan kunidan e’tiboran uch oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan guvohnoma asosida davlat ijrochisi komissiyaning qarorini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy tartibda ijro etadi.

566-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarorining ijro etilishi (davomi)

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida belgilangan muddatlarni xodim uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan deb topsa, komissiya bu muddatlarni tiklaydi.

567-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarning qaroriga binoan to‘langan summalarni qaytarib undirib olishning cheklanishi

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroriga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat nizosi bo‘yicha sudning qaroriga ko‘ra xodimga to‘langan summalarni qaror bekor qilinganida undan qaytarib undirib olishga faqat bekor qilingan qaror xodim tomonidan berilgan yolg‘on ma’lumotlarga yoki uning tomonidan taqdim etilgan qalbaki hujjatlarga asoslangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi: «Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 552-modda
  2. 553-modda
  3. 559-modda
  4. 560-modda

To‘g‘ri javob: 559-modda. 559-modda: Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega?
  1. Ommaviy axborot vositalari tahririyati xodimlari
  2. Soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari
  3. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning o‘rinbosarlari
  4. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari

To‘g‘ri javob: Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari. 559-modda 2-bandiga ko‘ra, Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosi bo‘yicha sudga qaysi holatda murojaat qilishga haqli?
  1. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroridan norozi bo‘lganda
  2. Davlat mehnat inspeksiyasi tekshiruv o‘tkazib, hisobot tuzganda
  3. Xodim ishga kechikib kelgani uchun intizomiy jazo olganda
  4. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yozma ariza bergan paytdan keyin

To‘g‘ri javob: Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroridan norozi bo‘lganda. 559-modda 3-bandiga ko‘ra, ish beruvchi komissiya qaroridan norozi bo‘lganda hamda xodim yetkazgan moddiy zarar bo‘yicha sudga murojaat qiladi.

Ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha, buyruq ko‘chirma nusxasi xodimga topshirilgan kundan e’tiboran sudga murojaat qilish muddati qancha?
  1. uch oy
  2. bir oy
  3. bir yil
  4. olti oy

To‘g‘ri javob: uch oy. Ishga tiklash nizolari bo‘yicha sudga murojaat qilish muddati buyruq ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran uch oy.

Xodim ish beruvchiga yetkazgan moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish muddati zarar aniqlangan kundan e’tiboran qancha?
  1. olti oy
  2. ikki yil
  3. bir yil
  4. uch oy

To‘g‘ri javob: bir yil. Moddiy zararni qoplash nizolari bo‘yicha ish beruvchi zarar yetkazilganini aniqlagan kundan e’tiboran bir yil ichida sudga murojaat qilinadi.

Mehnat kodeksi — 560-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi va boshqa ishga o‘tkazish haqidagi nizolar bo‘yicha qarorlar qabul qilish
  2. Bevosita sudda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan yakka tartibdagi mehnat nizolari
  3. Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish muddatlari
  4. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarorining ijro etilishi

To‘g‘ri javob: Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish muddatlari. 560-modda: Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish muddatlari.

Ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish muddati qancha va qaysi paytdan hisoblanadi?
  1. Uch oy, ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan
  2. Bir yil, ish beruvchi buyrug‘i chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi
  3. Olti oy, mehnat shartnomasi tuzilgan kundan boshlab hisoblanadi
  4. Bir oy, xodim ishdan chetlatilgan kundan e’tiboran hisoblanadi

To‘g‘ri javob: Uch oy, ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan. 560-moddaga ko‘ra, ishga tiklash nizolari bo‘yicha muddat buyruq ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan uch oy.

Xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish muddati qancha?
  1. Uch oy
  2. Bir yil
  3. Olti oy
  4. Ikki yil

To‘g‘ri javob: Bir yil. 560-moddaga ko‘ra, bu nizolar bo‘yicha muddat ish beruvchi zarar yetkazilganini aniqlagan kundan bir yil.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnat nizolarini ko‘rib chiqish (2/6)Keyingi →Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish (4/6)